Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

MUAMMOLI SAVOLLAR 
1. Oshkor etilmagan axborot tushunchasi 
2. Oshkor etilmagan axborot turlari 
3. Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish 
4. Oshkor etilmagan axborotga nisbatan faktik monopol huquq 
5. Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanganlik uchun fuqarolik-
huquqiy javobgarlik 


579 
65-BOB. FUQAROLIK HUQUQI MUOMALASI 
QATNASHCHILARI, TOVARLAR, ISHLAR VA XIZMATLARNI 
SHAXSIYLASHTIRISH VOSITALARI 
1 §. Firma nomiga bo’lgan huquq 
Ma’lumki, har bir jismoniy shaxs – fuqaro o’z ism, nasabiga ega va bu uni 
boshqalardan ajratib turuvchi belgilardan biridir. Yuridik shaxslar ham o’zining 
tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomga ega bo’ladi. Tijoratchi bo’lmagan 
tashkilotlar, unitar korxonalarning nomlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa 
boshqa tijoratchi tashkilotlarning ham nomlari yuridik shaxs faoliyatining 
xususiyatini ko’rsatishi kerak (masalan, «Lazzat» qandolat fabrikasi, «Kamolot» 
jamg’armasi va hokazo). 
O’zbekiston Respublikasining «Firma nomlari to’g’risida»gi 2006 yil 18 
sentyabrdagi Qonuni (keyingi o’rinlarda Qonun)ning 3-moddasiga muvofiq, firma 
nomi yuridik shaxs bo’lgan tijorat tashkilotining (bundan buyon matnda yuridik 
shaxs deb yuritiladi) individual nomi bo’lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs 
davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtda yuzaga keladi. Yuridik shaxs to’liq firma 
nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo’lishi mumkin. Yuridik 
shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakli ko’rsatilishi kerak. 
Qonunda nazarda tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining 
xususiyati ko’rsatilishi kerak. 
Yuridik shaxsning nomiga to’la yoki qisqartirilgan rasmiy nomni (davlatning 
nomini) kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga yoki reklama 
materiallariga shunday nomni yoxud davlat ramzlari (gerb, bayroq) elementlarini 
qo’shishga O’zbekiston Respublikasi hukumati belgilaydigan tartibda yo’l 
qo’yiladi. 
Yuridik shaxsning nomi uning ta’sis hujjatlarida ko’rsatiladi. 
Tijoratchi tashkilot bo’lgan yuridik shaxs o’z firma nomiga ega bo’lishi 
lozim va u undan foydalanish bo’yicha mutlaq huquqqa egadir. O’zga firma 
nomidan g’ayriqonuniy suratda foydalanayotgan shaxs firma nomiga egalik qilish 
huquqi bo’lgan shaxsning talabi bilan undan foydalanishni to’xtatishi va 
yetkazilgan zararlarni to’lashi lozim (FKning 46-moddasi). 
Firma nomi – tijoratchi tashkilotning fuqarolik muomalasida ishtirokida uni 
boshqa qatnashchilardan, ularning tovarlari, ishlari va xizmatlaridan farklovchi, 
ajratib turuvchi, individuallashtirish vositasi hisoblanadi. Yuridik shaxs firma 
nomidan yuridik shaxsning o’zini ham, uning ishlab chiqargan tovarlari, bajargan 
ishi, ko’rsatadigan xizmatini farqlovchi, xabardor qiluvchi vosita, belgi sifatida 
foydalanishiga bo’lgan mutlaq huquqi FKning 1098-moddasida qoida tariqasida 
belgilab qo’yilgan. 
Yuridik shaxsning firma nomi uning ta’sis hujjatlarini (ustav, ta’sis 
shartnomasi, tashkil etish haqidagi qaror) tasdiqlashda muassislar tomonidan 
belgilanadi va u yuridik shaxslar davlat reestriga kiritish yo’li bilan qayd etiladi, bu 
haqda yuridik shaxsga dalolatnoma beriladi. 
Firma nomida quyidagi belgilar ko’rsatilmasligi kerak.: 
1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat 


580 
tashkilotining qisqartirilgan yoki to’liq nomi; 
2) tarixiy yoki O’zbekiston Respublikasida mashhur bo’lgan shaxsning to’liq 
yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz; 
3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat 
xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg’itishi mumkin bo’lgan belgilar; 
4) jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo’lgan.
Shu bilan birga firma nomida quyidagilar ham ko’rsatilishi mumkin emas: 
- ilgari O’zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga ro’yxatdan 
o’tkazilgan yoki ro’yxatdan o’tkazish so’rab talabnoma berilgan, ilgariroq 
ustuvorlikka ega bo’lgan firma nomlari; 
- ilgari O’zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro’yxatdan 
o’tkazilgan yoki ro’yxatdan o’tkazish so’rab talabnoma berilgan, shuningdek 
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro’yxatdan 
o’tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko’rsatish belgilari); 
- belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari 
(xizmat ko’rsatish belgilari); 
- belgilangan tartibda qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan tovarlar 
kelib chiqqan joylarning nomlari bilan, shunday nomdan foydalanish huquqiga ega 
bo’lgan shaxs nomiga ro’yxatdan o’tkazish hollari bundan mustasno, adashtirib 
yuborish darajasida bir xil yoki ularga o’xshash bo’lgan.
FKning 1099-moddasida belgilangan qoidaga asosan yuridik shaxsning 
firma nomidan u ishlab chiqargan tovarlar, bajargan ish, ko’rsatgan xizmat 
belgisida foydalanishga yo’l qo’yiladi. 
Yuridik shaxs tovarlarga, ularning idishi va o’rovida, reklamada, 
peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisob varaqalari, bosma nashrlar, 
rasmiy blankalarda va shu kabi firma nomidan tovar (xizmat) belgisida 
foydalanishga haqli. 
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 5-
moddasiga asosan sotuvchi (tovar ishlab chiqaruvchi) o’z tashkilotining firma 
nomini bildirishi, xabardor qilishi shart. 
Yuridik shaxsning firma nomidan tovar (xizmat) belgisi sifatida foydalanishi 
bu unga tegishli huquq bo’lib, majburiyat emas. Agar yuridik shaxs firma nomini 
tovar belgisiga kiritsa, u tovar belgisining tarkibiy qismi, elementi sifatida yoki 
unga qo’shimcha, ilova element sifatida bo’lishi mumkin. Firma nomi tovar 
belgisining tarkibiy qismi sifatida bo’lganida, u vakolatli davlat idorasi tomonidan 
tasdiqlangan bo’lishi lozim. 
Firma nomi yuridik shaxs davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan e’tiboran, 
chet el yuridik shaxsining firma nomi esa, chet el yuridik shaxsi O’zbekiston 
Respublikasi hududida fuqarolik muomalasi ishtirokchisi sifatida faoliyatni amalga 
oshirishni boshlagan sanadan e’tiboran huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi. 
Yuridik shaxs o’z firma nomidan foydalanishda va boshqa yuridik 
shaxslarga ushbu firma nomidan foydalanish huquqini berishda mutlaq huquqqa 
ega. Chet el yuridik shaxsining firma nomiga bo’lgan mutlaq huquqi shu yuridik 
shaxs ta’sis etilgan mamlakatning qonun hujjatlarida belgilangan hujjat bilan 
tasdiqlanadi. 


581 
Quyidagi holatlar firma nomidan foydalanish hisoblanadi: 
- firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va yuridik 
shaxsning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan boshqa hujjatlarda aks ettirish; 
- firma nomini tovarlarda, ularning idishi va o’rovida, reklamada, 
peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda
tovarlarni O’zbekiston Respublikasida o’tkaziladigan ko’rgazmalar va 
yarmarkalarda namoyish etish vaqtida ishlatish. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling