Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o
Download 43.03 Kb. Pdf ko'rish
|
36 108 98 Talabalar bilimini baholash tizimi: t/ r Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi Maksimal yig‘ish mumkin bo‘lgan ball JN va ON ballar taqsimoti I. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti 60ball 60 10 Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda Maksimal ball 1. Baholashda talabaning bilim darajasi, laboratoriya mashg`ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muxokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondashuvlar) xisobga olinadi. JB botanika fanidan 10-15 minutlik darsga tayyorgarligini bilish uchun og‘zaki nazorat ishi o`tkaziladi, kundalik daftarga uy vazifalarini yozganligi tekshirilad, og`zaki javobini e’tiborga olib, auditoriyada bajargan ishi va uning kundalikdagi bayonnomasi natijalarini qo`shib kundalik daftari so`nggi jadvalga to`plagan reyting bali qo`yiladi. Har bir mashg`ulotda barcha talabalar baholanishi shart. 5 2. Talabaning mustaqil ishi joriy nazorat jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqgan holda baholanadi. II. Oraliq nazorat 10ball 1. Botanika fandan ON semestr davomida bir marotaba o‘tkaziladi. ON ga o‘quv mashg‘ulotlaridan akademik qarzi bo‘lmagan talabalar quyiladi. Oraliq nazorat kafedra majlisi qarori bilan yozma ish, og‘zaki suhbat shakllarida yoki ularning kombinatsiyalarida o‘tkazilishi mumkin. 10 Semestrning 12-haftasi III. Yakuniy nazorat 30 ball Semestrning oxirgi ikki haftasida Botanika fandan YaN da talabaning bilim, ko`nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baxolanadi. YaN fan bo`yicha o`quv mashg`ulotlari tugaganidan so`ng har semestrda o`tkaziladi. JN va ON ga ajratilgan umumiy ballarning xar biridan saralash balini to`plagan talabaga YaN da ishtirok etish xuquqi beriladi. Botanika fani bo‘yicha yakuniy nazorat test sinov shaklida o‘tkaziladi. Jami: 100 ball Asosiy adabiyotlar: 1. Яковлев Г.П., Челомбитко В.А. Ботаника. – М.: “Высшая школа”, 1990. - 230 с. 2. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zFan, 2006. – 434 b. 3. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Mustafaeva M.S., Yulchieva M.T. Botanika. – T.: «TAFAKUR BO‘STONI» MChJ bosmaxonasi, 2012. – 202 b. 4. Mahkamova X.M. Botanika. – T.: «O‘qituvchi» nashriyoti, 1995. – 271 b. Qo‘shimcha adabiyotlar: 1. Hamidov A., Nabiev M.M. «O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi».-T.: 1987. – 235 b. 2. Василев А.Е. «Морфология, анатомия растений». - М.: изд-во “Высшая школа”, 1988. - 435 с. 3. Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor 38 o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati. -T.: X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b. 4. Berezovskaya T.P., Dmitruk S.Ye., Grishina Ye.I., Belousov M.V. Osnovы farmasevticheskoy botaniki.- Tomsk: Pechatnaya manifaktura, 2004. - 294 s. 5. Xolmatov X.X., Ahmedov O‘.A. Farmakognoziya. 1-2 qism. - T.: «Ibn Sino» nashriyoti, 2007. - 806 b. 6. Botanika fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar.- T.: X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2006, 2007, 2012. 7. Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova Sh.S. O‘simliklar sistematikasidan amaliy mashg‘ulotlar. - T.: “YuNAKS-PRINT” MChJ bosmaxonasi, 2007. - 127 b. 8. Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elektron darslik. - T.: 2008 9. Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published by forgotten books, 2013. –15 r. 10. V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York, Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 11. Рейвн П., Еверт Р., Айкхорн С. Современная ботаника. Т. 1-2. – М.: «Мир», 1990. 39 II. MO DUL NI O ‘QI TISHDA F O YDAL ANILADI GAN I NTE RFAOL TA’LIM METODLARI. “Insert ” metodi Insert lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo‘lib, talaba tomonidan o‘quv materialidagi asosiy g‘oya va faktik materiallarni aniqlashiga zamin yaratish maqsadida qo‘llaniladi. Insert yordamida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ularga talabalarga o‘rganiladigan o‘quv materiallari va maxsuss jadval tarqatiladi. Talaba har bir abzatsni o‘rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi. Agar abzatsda berilgan ma’lumot shu kungacha o‘zlashtirilgan bo‘lsa, u holda «Bilaman»-V, agar ma’lumot tushunarli va yangi bo‘lsa , u holda « Maqullayman » - +, agar ma’lumotlar talabaga o‘zlashtirilgan bilimiga mos kelmasa , u holda «O‘rganish lozim» - , talaba o‘zlashirish materiallari qiyin bo‘lsa «Tushunmadim» -? Belgisini qo‘yadi. Abzatslar Bilaman Maqullayman O‘rganish lozim Tushunmadim 1.O‘simliklar dunyosi xilma xil bo‘lib, tarkibida xlorofill pigmenti bo‘lganligi sababli avtotrof organizmlar hisoblanadi. V 2. Avtotrof organizmlarga so‘v o‘tlar, yuksak sporali o‘simliklar, ochiq urug‘lilar,yopiq urug‘li o‘simliklarni kiritishimiz mumkin. + 3. Ba’zi organizmlar tarkibida plastidalar uchraymaydi ular geteratroflar hisoblanadi. - Geteratoroflar saprofit va parazit xisoblanadi. ? 40 Venn diagrammasi Venn diagrammasi talabalarning avval o‘zlashtirilgan bilimlariniumulashtirib, keyingi tushunchalar bilan bog‘lash, tahlil qilish, taqqoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga yordam beradi. Masalan gulli o‘simliklarning oilalarini taqqoslashda qo‘yidagi Venn diagarammasidan foydalanishimiz mumkun. Keys stadi Keys stadi ya’ni - muammoli ta’lim texnologiyasi o‘qitishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishga asoslanib, uni maqsadga muvofiq holda, darsning turli bosqichlarida, jumladan uy vazifani so‘rash, yangi mavzuni o‘rganish, o‘rganilgan mavzuni umumlashtirish va yakunlashda tavsiya etiladi. Lishayniklarni dastlab olimlar bitta organizm deb qabul qilingan,1867 yili rus biologi A.S.Faminn va O.V.Baronetskiylar lishayniklar tanasidagi yashil suv o‘ti ksanoriya bo‘lib, u mustaqil oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payishi, sporalar orqali tarqalishini aniqladilar. Demak ksanoriya mustaqil hayot kechiruvchi so‘v uti ekan, lishayniklar qanday organizm, ularni qaysi bo‘limga kiritishimiz mumkin. Ўхшашлиги Бошоқдошлар оиласининг ўзига хос хусусиятлари Лилиягулдошла р оиласини ўзига хос хусусиятлари Атиргулдош лар учун хос жиҳатлар Атиргулдошлар ва дуккакдошлар учун умумий жиҳатлар Дуккакдош лар учун хос жиҳатлар 41 Atamalar zanjiri Atamalar zanjiri- bu atamalar va ularning ta’riflari bo‘lib, ulardan talabalar o‘tgan mavzuni yakunlash yoki yangi mavzuni mustaxkamlashga yordam beradi. 1 geliotropizm a erning tortishish kuchi, ya’ni o‘simlik organlarning erga nisbatan yo‘nalishi xususiyati 2 geotropizm b o‘simlik organlarning quyoshga nisbatan yo‘nalish xususiyati 3 gipokotil s poyaning urug‘palla bargi bilan birinchi chin bargi orasidagi qismi 4 Epikotil d poyaning ildiz bo‘ynidan urug‘palla bargchasigacha bo‘lgan qismi 5 metamorfoz e bitta o‘simlikda har xil barglarning uchrashi 6 geterofiliya j o‘simlikning tarixiy taraqqiyot jarayonida muayyan vazifani bajarishga moslasha borishi natijasida organlarning o‘zgarishi Zanjir javoblari:1-b,2-a, 3-d,4-s,5-j,6-e Blits-o’yin Bu metodni o’tkazilish tartibi. Har bir guruh talabalariga yuqorida ko’rsatilgan vazifa tarqatiladi. Talabalar to’g’ri deb hisoblagan raqamni "yakka baxo" qatoriga yozib chiqishadi. O’qituvchi to’g’ri javob e'lon qilgandan keyin, har bir guruh o’z xatolarini "gurux xatosi" qatoriga yozadi. Natijada to’gri, noto’g’ri javoblar solishtirilib, gurux baxosi hisoblab chiqiladi. Guruh baxosi Guruh xatosi To’g’ri javob Yakka xato Yakka baxo Gurux ichidan chetlatish Hujayraning turgor, plazmoliz va deplazmoliz holati 1.Filtr qogoz qoplag’ich oyna ostidagi suvning bir qismini shimib olgach uning o’rniga eritma kiradi va hujayralarda asta sekin plazmoliz xo- disasi yuz beradi. Bunda xlorofill donachalari bir -biriga yopishib hu- jayraning o’rtasiga to’p- lanadi. 2. Valisneriya hujayra- sining turgor holati tekshiriladi. 42 3. Preparatni qo’zg’atmas- dan turib qoplag’ich oyna ostidagi suvni to’yingan osh tuzi bilan almashtiriladi. Buning uchun qoplagich oynaga taqab fil'tr qog’oz tekkaziladi. 4. Valisneriya bargidan ozgina olib buyum oynasi- dagi suv tomchisiga qo’yib yopqich oyna yopiladi. 5. Preparatdan osh tuzi eritmasini suvga almash- tirilsa deplazmoliz ho- disasi sodir bo’ladi. 6. Turgor holatida xlo- rofill donachasi hujay- raning po’stiga yaqin joyda harakat qiladi. Bu bilan hujayra sitoplazmasining harakati turgor holat va xlorofill donachasi kuzatiladi. Bumerang treningi Talabalar kichik guruhlarga bo’linadi va vazifa yozilgan material tarqatiladi. har 1 ta guruh o’z fikrini bayon qiladi va guruhlar orasida savol-javob ketadi. 1 - guruhga beriladigan vazifa 1. Hujayradagi osmotik bosim holati 2. Hujayraning turgor holati 3. Hujayraning plazmoliz va deplazmoliz holati 2- guruhga beriladigan vazifa 1. Plastidalar qanday organoidlar va ularning shakllari 2. Plastidalar rangiga qarab necha xil bo’ladi 3. Plastidalarning uchraydigan joylari 3- guruhga beriladigan vazifa 1. Xloroplast - uchraydigan organlari, vazifasi, biologik ahamiyati. 2. Xromoplast - uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati 3. Leykoplast - uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati 43 Vertushka metodi Bu treningda guruhlarga material tarqatiladi va har bir guruh yakka holda alohida to’g’ri javobni belgilaydi. Keyin bu materiallar guruhlarga aralashtirib beriladi, yana belgilanadi. Guruhlar soniga qarab aylangandan keyin o’qituvchi va talabalar bilan umumiy to’g’ri javob belgilanadi. Hosil qiluvchi to’qima xillari va uchraydigan joyi Uchki meristem a Yon meristem a Inter kolyar meriste ma Jaroxat meristem asi Birlamc hi meriste ma Ikkilamc hi meriste ma 1.Yosh barglarda poya bo’lib,poyani bo’g’im oralig’i uzun bo’ladi. 2.Ildiz poyada silin dir- simon qavat hosil qilib o’simlik eniga o’sadi va qalinlashadi. 3.O’simlikning biror yeri shikastlansa jaro-hatlangan joyni tiklaydi. 4.Poya va ildizning bo’yiga o’sishini ta'- minlaydi. 5.Prokambiy birlamchi floema va birlamchi ksilema elementlarini hosil qiladi. 6.Kambiy ikkilamchi lub,ikkilamchi yog’ochlik hosil qiladi. 44 III. NAZARIY MAT ERIALL AR Ma’ruza – 1 Kirish, botanika fani, bo‘limlari va uni farmatsiya sohasidagi ahamiyati. O‘simlik hujayrasi. Sitoplazma. Plastidlar Reja: 1. Tabiatda tirik organizmlar haqida tushuncha. 2. Botanika fani va uning bo‘limlari haqida tushuncha. 3. O‘simliklarda kechadigan fotosintez protsessi. 4. Botanika fanining farmatsevtikadagi ahamiyati. 5. Hujayraning kashf etilishi ва Hujayra nazariyasi 6. Protoplazma (sitoplazma). Hujayradagi fermentlar, Vitaminlar. 7. O‘simlik hujayrasining tuzilishi. Yаdro. Hujayraning bo‘linishi 8. Plastidalar klassifikatsiyasi, ahamiyati. Tayanch iboralar: Botanika fanining bo‘limlari. O‘simlik tirik organizm. Avtotrof va geterotrof tanalar. Hayotni paydo bo‘lishi. hujayrasiz mayda tanalar, zamburug‘lar va ularni morfofiziologik xususiyati. Simbioz nazariyasi. Autotrof va geterotrof tanalarning tabiatdagi modda almashinuvida tutgan o‘rni. 1.1. Tabiatda tirik organizmlar haqida tushuncha Tirik organizmlar- tabiatning tarkibiy qismi bo‘lib, tevarak atrof muhit bilan chambarchas bog‘langan va o‘zini yashashi uchun barcha zarur sharoitni shu tabiatdan oladi. Dastlabki tirik moddalar zarrachalardan hosil bo‘lgan o‘simlik va hayvonlar keyinchalik turli yashash sharoitiga tushib, unga moslashgan, natijada o‘zgargan va tuzilishi murakkablashib borgan. Ularda yangi belgilar shakllanib borgan. SHu belgilarga ko‘ra hozir o‘simliklar olami hayvonot olamidan keskin farq qiladi. Masalan: umurtqali hayvonlar bilan gulli o‘simliklar va boshqalar. Biroq, hujayra nihoyatda murakkab biologik asos bo‘lgani uchun dastlabki tirik moddalardan, hatto eng sodda tuzulgan bir hujayrali organizmgacha bir necha yuz millionlab yil davom etadigan uzoq evolyutsion rivojlanish protsessida hosil bo‘lgan. O‘simliklar butun er yuziga tarqalgan bo‘lib, faqat quruqlikda emas, balki ko‘l, daryo, dengiz va okeanlarda, ba’zan ancha chuqurliklarda ham o‘sadi. Planetamizda dastlabki okeanlar suvida oddiy anorganik moddalar, uglevodlar, metan va suvdan – murakkab organik birikmalar hosil bo‘lgan. Akademik A.I. Oparinning fikriga ko‘ra, ularni ayrimlari liqildoq tomchi – koatservantlar shakliga kirgan va keyin murakkablashib, tirik modda hosil bo‘lishiga asos hisoblangan. K. Linney 1767 yil dunyoni 3 qismga bo‘ladi: 1. Noorganik jismlar – bularga jonsiz tabiat toshlar 2. Organik dunyo – o‘simliklar 3. Tirik harakatlanuchi organizmlar – hayvonlar. Botanika grek tilidan olingan bo‘lib, ko‘k-o‘t ma’nosini bildiradi. Botanika fani o‘simliklarning hayotiy protseslarini, ya’ni kelib chiqishini, ko‘payishini, rivojlanishi, oziqlanishi va tashqi tuzilishini o‘rganadigan fandir. 1.2 Botanika fani va uning bo‘limlari haqida tushuncha. Botanika fani biologik fanning bir tarmog‘i hisoblanadi. 1.O‘simlik hujayrasini o‘rganadigan fan sitologiya deyiladi. 45 2.O‘simlik to‘qimalarini o‘rganadigan fan gistologiya deyiladi. 3.O‘simliklarning tashqi tuzilishini o‘rganadigan fan morfologiya deyiladi. Morfologiya ham grek tilidan olingan bo‘lib, bu shaklni o‘rganadigan ilm ma’nosini bildiradi. 4. O‘simliklarning ichki tuzilishini o‘rganadigan fan anatomiya deyiladi. 5. O‘simliklarning fiziologiyasi va bioximiyasi. Bu so‘zlar ham grek tilidan olingan bo‘lib fizik-tabiat, bio-hayot ma’nosini bildiradi. Bu fanlar yordamida o‘simliklarning hujayrasida bo‘ladigan protsessning, masalan: nafas olish, oziqlanish, fotosintez protsesslari va boshqalar o‘rganiladi. 6. O‘simliklar sistematikasi. Bu so‘z ham grek tilidan olingan bo‘lib to‘plash, yig‘ish, biriktirish, ma’nosini bildiradi. Bu fan o‘simliklarning kelib chiqishi jihatidan bir biriga yaqinligini va shunga asoslanib er yuzidagi o‘simliklarni gruppalarga bo‘lib o‘rganadigan fandir. Masalan: Tur, avlod, oila, sinflarga bo‘linadi. 7. Genetika fani. Bu ham grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, ya’ni kelib chiqish ma’nosini bildiradi. Genetika nasl, irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganadigan fandir. 8. Geobotanika. Bu fan o‘simliklarning er yuzida tarqalishini o‘rgatadi. 9. Ekologiya. Bu o‘simliklarning sharoitga moslashishi qaysi sharoitda qanday o‘simlik o‘sishini o‘rganadigan fandir. Botanika to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan oldingi IV asrlarda paydo bo‘lgan. Teofrast (371-286 y.) o‘simliklar haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi va ularning klassifikatsiyasini yaratdi. Teofrast barcha o‘simliklarni – daraxt, buta, chala buta va o‘t o‘simlik kabi guruhlarga bo‘ladi. Botanika fanini rivojlantirishda o‘rta asrda yashagan va jahon fani taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan buyuk olim Abu Ali ibn Sinoning xizmati kattadir. Andrea Nezalsin o‘simliklar olamini avvalo 2 bo‘limga yog‘ochli o‘simliklarga (daraxt, buta) hamda chala buta, o‘t o‘simliklarga bo‘ladi. Ularni o‘z navbatida 15 sinfga ajratdi. Sinflarga bo‘lganda guli, meva, uya va undagi urug‘larning sonini hamda murtak tuzilishini asos qilib oladi va 15- sinfga mox, qirqquloq, qirqbo‘g‘im va zamburug‘larni kiritdi. Ingliz botanigi Djon Rey birinchi marta o‘simliklar olamini sporali (yashirin nikohli) va gulli (ochiq nikohli) o‘simliklarga bo‘lib, gullarni o‘z navbatida bir pallalilar va ikki pallalilarga ajratdi. Djon Rey o‘simliklar sistematikasiga birinchi bo‘lib tur terminini kiritdi. Botanikani rivojlantirishda shved olimi Karl Linney o‘simliklarni ta’sir etish texnikasini aniqlashni sistematikaga binar nomenklatura, ya’ni o‘simliklarni ikki nom bilan atashni, mavjud o‘simliklarni ma’lum sistemaga solib, ularning sun’iy sistemasini yaratishdek buyuk ishlar qildi. 1.3 O‘simliklarda kechadigan fotosintez protsessi. O‘simliklar hayvonlardan o‘zining yashil rang beruvchi xlorofill pigmenti borligi hamda fotosintez protsessi bo‘lishligi bilan farq qiladi. Biz o‘zimiz uchun kerak bo‘lgan barcha oziq moddalarni o‘simliklardan olamiz. SHuning uchun ham biz o‘simliklarsiz yashay olmaymiz. O‘simliklarda yashil rang beruvchi xlorofill pigmenti bo‘lganligi uchun fotosintez, ya’ni assimilyatsiya protsessi bo‘lib turadi. Bu protses natijasida oddiy noorganik moddalardan organik moddalar vujudga keladi. Fotosintez protsessi bo‘lishligi uchun xlorofill pigmenti, suv, karbonat angidrid va quyosh nurlari bo‘lishi shart. SHulardan birontasi bo‘lmasa fotosintez protsessi ham bo‘lmaydi. 46 O‘simliklar erdan suvni, havodan esa karbonat angidridni oladi. 6 CO 2 + 6 H 2 O + 674 KK+ xlorofill -------- C 6 H 12 O 6 + 6O 2 O‘simliklar hujayrasida glyukoza kraxmalga aylanadi. C 6 H 12 O 6 + H 2 O ------ (C 6 H 10 O 5 ) n Biz nafas olganda kislorodni yutib karbonat angidridni chiqaramiz. O‘simliklar esa fotosintez protsessida kislorodni chiqarib turadi, ya’ni o‘simliklar bizni kislorod bilan ta’minlab turadi. Biz nafas olganda chiqargan karbonat angidriddan o‘simliklar esa fotosintez protsessida foydalanadi. Havoda karbonat angidridning miqdori 0.03% dan oshmaydi. O‘simliklar bir tonna karbonat angidridni olish uchun 5 mln. kub metr havoni tozalaydi. O‘simliklar fotosintez protsessida karbonat angidridni oladi. Nafas olishda esa odamlarga o‘xshab kislorodni yutadi. O‘simliklar odamlarga o‘xshash kechasiyu- kunduzi kislorod bilan nafas oladi. YAshil rangdagi o‘simliklar erdan olgan oziq moddasidan tashqari fotosintez protsessi natijasida o‘ziga oziq moddalar tayyorlaydi. O‘ziga-o‘zi oziq modda tayyorlab ovqatlanishi - avtotrof oziqlanish deyiladi. Avtoc – o‘ziga o‘zi ma’nosini bildiradi. Ba’zi bir o‘simliklarda ildiz bo‘lmaydi. Masalan: suv o‘tlarida. Bu o‘simliklarning oziqlanishi faqat avtotrof yo‘lda bo‘ladi. Bakteriyalarda, zamburug‘larda va gullaydigan o‘simliklardan zarpechak, devpechak va shumg‘iya deb ataladigan o‘simliklarda yashil rang beruvchi xlorofill bo‘lmaydi. SHuning uchun ham bu o‘simliklar o‘zlariga oziq modda tayyorlay olmaydi. Bunday o‘simliklar geterotrof yo‘lda oziqlanadi. Geteroc – o‘zgalar hisobiga ma’nosini bildiradi. Geterotrof oziqlanish o‘z galida 2 ga bo‘linadi. 1. Parazit 2. Saprofit Parazit oziqlanish tirik organizm hisobiga, saprofit oziqlanish o‘lik organizm hisobiga bo‘ladi. Download 43.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling