Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi
ortiqcha berilishdan, ichkilikdan
Download 5.27 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu: G„oyaviy tahdidlarning yo„nalishlari REJA
- «Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko„ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya‟ni xatti-harakatlarini qo„zg„atib
- XX asr so„ngida ro„y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o„zgarishlar
- «XX asr oxirida dunyoda jo„g„rofiy-siyosiy ahamiyati va ko„lami jihatidan noyob o„zgarishlar ro„y bermoqda. Bu o„zgarishlar betakror. Ular nafaqat
- 1. Buyuk davlatchilik shovinizmi
- Buyuk davlatchilik shovinizmi
- 5.Xalifalikni tiklash. 6.Islom modernizmi. 7.Islom traditsionalizmi. 8.Islom fundamentalizmi.
ortiqcha berilishdan, ichkilikdan o‗zini tiyishi lozim. Sidxartxa Gautama insonni hayotdagi azob-uqubatlardan qutqarishning yo‗llarini topish haqidagi ta‘limotida, uning echimi insonning o‗ziga bog‗liqligini asoslashga urunib, inson faqat o‗z kuchiga tayangan holda ―najotning olijanob quyidagi sakkizlik yo‗lidan‖ ongli harakati va sobitqadamligi ila o‗z maqsadiga erishishi mumkin, degan g‗oyani ilgari suradi. Buning uchun: 1. E‘tiqod to‗g‗ri shakllangan bo‗lishi; 2. maqsad sari qat‘iy harakat qilishi; 3. to‗g‗ri tafakkur va nutq bo‗lishi; 4. to‗g‗ri fe‘l-atvor bo‗lishi; 5. to‗g‗ri turmush tarzi bo‗lishi; 6. kuch-g‗ayratning to‗g‗ri maqsadga qaratilgan bo‗lishi; 7. fikr, maqsadning to‗g‗ri yo‗naltirilgan bo‗lishi; 8. diqqat-e‘tiborni to‗g‗ri orzu-niyat qilishga qaratish kerakligi ta‘kidlanadi. Inson o‗zining hayot faoliyati davomida ushbu qoidalarga rioya qilsa, dunyoning mohiyatini teranroq anglay boradi, maqsad muddaosiga erishib, natijada yuksak kamolotga va osoyishtalikka erishadi. Ushbu ta‘limotda ilgari surilgan ijobiy axloqiy talablar, insonni o‗zini idora qilishga da‘vat etuvchi to‗g‗ri fikr yuritish, fe‘l-atvorni to‗g‗ri bo‗lishi, turmush tarzini kuch-g‗ayratning to‗g‗ri maqsadga qaratilgan bo‗lishi, fikr, maqsadning to‗g‗ri yo‗naltirish; diqqat-e‘tiborni to‗g‗ri orzu-niyat qilishga qaratish haqidagi g‗oyalar insonlarni o‗ziga jalb etgan va odamlar ushbu ta‘limotni qabul qilib uning talablarini bajarganlar. Umuman, bunyodkor g‗oyalar bilan qurollangan kishilar farovon hayot, erkin jamiyat qurish uchun kurash olib borganligi tarixdan ma‘lum. Bunday jarayon ijobiy g‗oyalarning tug‗ilishiga, ular esa, o‗z navbatida, elatlar, xalqlar, millatlar manfaatlarini ifodalovchi hayot tarzining shakllanishi uchun asos bo‗lgan. SHuningdek, milliy davlatlarning yuzaga kelishida bu g‗oyalar etakchi va yo‗naltiruvchi ahamiyat kasb etgan. Buni biz o‗zbek davlatchiligi g‗oyalarining shakllanishi va takomili misolida ham kuzatishimiz mumkin. Milliy davlatchilik g‗oyasi va uning xalqlar taraqqiyotiga ijobiy ta‘sirini mustaqil O‗zbekiston misolida ham yaqqol ko‗rish mumkin. O‗zbekistonning xalqaro hamkorlik, mintaqaviy tinchlik, millatlararo totuvlik borasida olib borayotgan siyosati barqarorlikka, taraqqiyotga xizmat qilmoqda. Mil.av. 7 asrlarda Avesto – Xorazm, So‗g‗diyona, Baqtriya davlatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan bo‗lsa, Mil.av. 6-4- asrlarda Buddaviylik kushon davlatining mafkurasiga aylandi. 9-12 asrlarda Samoniylar, qoraxoniylar, g‗aznaviylar, Xorazmshohlar sulolalari tomonidan mintaqada asos solingan davlatlar nafaqat o‗zbek xalqi, balki jahon xalqlari tarixida ham chuqur iz qoldirdi. Xorazmiy, Forobiy, Farg‗oniy, Ibn Sino, Beruniy kabi allomalarning o‗lmas asarlari jahon fanini boyitdi. Mutasavvuflar YU.Xamadoniy, YAssaviy, g‗ijduvoniy, Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta‘limotida aks etgan komil inson g‗oyalari, adolat haqidagi qarashlar jamiyatning sog‗lom ma‘naviy-axloqiy ruhini saqlash va mustahkamlashga xizmat qildi. Bu g‗oyalar o‗zbek davlatchiligini rivojlanishida ham muhim omil bo‗lib xizmat qildi. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizom ul-mulkning «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g‗oya sifatida ilgari suriladi. Amir Temurning Movarounnahr, Xuroson va boshqa joylarda bunyod etgan inshootlari, Temuriylar sulolasi davridagi madaniyat, fan va adabiyot sohasidagi yutuqlar bunga misol bo‗la oladi. Barcha davrlarda va turli xalqlar tarixida milliy g‗oya va mafkura o‗zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyati va imkoniyatlarini to‗la yuzaga chiqarishda beqiyosomil bo‗ladi. Hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandi (1869-1948) o‗z ma‘naviyati, g‗oyalari va ilg‗or qarashlari bilan XX asrning buyuk shaxslaridan biriga aylandi. U mustamlakachilarga qarshi kurashning timsoli edi. U hindlar bilan musulmonlarning o‗zaro do‗stligini mustahkamlashga intildi. Gandi din bilan siyosatni birga bog‗lashga harakat qildi. Fidoiylik va vatanparvarlik namunalarini ko‗rsatdi. XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yapon taraqqiyot modelida ham YApoln milliy mafkurasi ―milliy davlatchilik tizimi‖ (kokutay), ―fuqarolik burchi‖, ―yapon ruhi‖, ―tadbirkorlik‖, ―umumilliylik‖, ―fidoiylik‖, ―vatanparvarlik‖, ―paternalizm‖, ―jamoaga sadoqat‖, ―modernizatsiya‖ kabi g‗oya va tushunchalarga asoslanib, mamlakat erishgan yuksak natijalarga poydevor bo‗ldi. SHunday bunyodkor g‗oyalardan biri Janubiy Koreya mamlakati rivojiga katta hissa qo‗shgan fidoiy inson Yong Ki Kimning yuksak g‗oyalarga asoslangan vatanparvarlik faoliyati va bunyodkorlik ishlari diqqatga sazovor. O‗tgan asrning 30 yillarida ―12 oila – qishloqda‖ degan harakatni boshlab, tashlandiq tepalikni sotib olib, obod qilishga kirishadi. Keyinchalik fermerlar tayyorlaydigan ―Kanaan‖ (imkoniyatlar maktabi)ni ochadi. U odamlarni o‗z tashabbusi, g‗oyasi bilan orqasidan ergashtirib mamlakat rivoji va obodonligiga o‗z hissasini qo‗shdi. Bugungi kunda ―Kanaan‖ ta‘lim dargohining bosh maqsadi – tinglovchilarda insoniy e‘tiqod tuyg‗ularini shakllantirish, ularga insoniy fazilatlar – komillik, o‗zaro tenglik, birodarlik, vatanparvarlik hislarini singdirishdir. Vatan va millat yo‗lida fidokorona mehnat qilish, tug‗ilib o‗sgan vatanni jondan ortiq sevmoqlik shart ekanligi g‗oyasi har bir tinglovchiga singdiriladi. Ushbu bunyodkorlik g‗oyasi bugungi kunda ham keng tarqalib Janubiy Koreyaning obod bo‗lishiga katta hissa bo‗lib qo‗shilmoqda. Ozodlik, mustaqillik, tinchlik, adolat, tenglik, hamkorlik, do‗stlik, birodarlik, hurfikrlilik, ma‘rifatlik, bag‗rikenglik, va mehnatsevarlik, barqarorlik, tadbirkorlik, halollik va h.k. bunyodkorlik g‗oyalarining ko‗rinishlari bo‗lsa, kelajakka ishonch, adolat, haqiqatni tan olish, jur‘atli bo‗lish, sobitqadamlik, mehr-muruvvat, saxovatlilik, baynalmilallik, millatlararo do‗stlik va birodarlik, fidoiylik, yurtga sadoqatlilik, vijdon erkinligi, fikr erkinligi va g‗oyalar xilma xilligini tan olish kabilar bunyodkor g‗oyalarga xos xususiyatdir. Adabiyotlar: 1. Karimov I.A.asrlar to‗plami 1-23 tomlar, T.: O‗zbekiston, 2015 2. Karimov I.A.YUksak ma‘naviyat engilmas kuch. T., Ma‘naviyat, 2008. 3. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: O‗zbekiston, 2001. 4. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar T.:YAngi asr avlodi, 2001. 5. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‗at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002. 6. Milliy istiqlol g‗oyasi. –T.: Akademiya, 2005. 7.To‗raev SH. Jamiyat taraqqiyoti va milliy g‗oya. T.:Akademiya, 2008. 8.Falsafa qomusiy lug‗at. T. : O‗zbekiston faylasuflar milliy jamiyati. SHarq. 2004. 4-mavzu: G„oyaviy tahdidlarning yo„nalishlari REJA: 1. XXI asrda g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlar 2. G‗oyaviy tahdid va ularning ko‗rinishlari 3. Mafkuraviy yakkahokimlik va uning oqibatlari 4. Jahon moliyaviy inqirozining mafkuraviy jarayonlarga ta‘siri. Tayanch tushunchalar Tahdid, shovinizm, genotsid, fashizm, neofashizm, neokommunizm, irqchilik, diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm «Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko„ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya‟ni xatti-harakatlarini qo„zg„atib yuborish osonroq» I.A.Karimov Buzg‗unchi g‗oyalar xalqlar boshiga so‗ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko‗plab misollar keltirish mumkin. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g‗oyalarning ziddi bo‗lgan zulm va zo‗ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo‗lishga urinadi. Lekin ular odamzotning adolat, tinchlik va birodarlik, taraqqiyot va farovonlik g‗oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishlarini aslo to‗xtata olmaydi. Demak, vayronkor g„oya deb, turli ta’sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch maqsadlarga ergashtiruvchi, ularning kuch-qudratini buzg‘unchilik va jinoyatga yo‘naltiradigan, insoniyat uchun faqat kulfat keltiradigan g‘oyaga aytiladi. SHu bilan birga vayronkor g‗oyalarning mazmun-mohiyatini, maqsad-muddaolarini bilish nihoyatda muhim. Bu fuqarolar, ayniqsa yoshlar uchun buzg‗unchi g‗oyalar xavfini anglash, o‗zlarida mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun zarur bilimlarni egallashiga yordam beradi. XX asr so„ngida ro„y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o„zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o‗zgartirib yubordi. XX asrda dunyoda g‗oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tu solgan davr bo‗ldi. XX asr so‗ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan o‗zgardi. YUrtboshimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «XX asr oxirida dunyoda jo„g„rofiy-siyosiy ahamiyati va ko„lami jihatidan noyob o„zgarishlar ro„y bermoqda. Bu o„zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur o„ylab ko„rishni, balki ko„p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. «Sovuq urush» davrida xalqaro munosabatlarga asos bo„lgan ko„p qoidalar, tamoyillar va g„oyalarni tubdan qayta ko„rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog„liq tizim bo„lib bormoqda, unda o„zi - o„zidan qanoatlanishga va mahdudlikka o„rin yo„q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o„zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo„ymoqda» 1 Jahon maydonlarini mafkuraviy bo„lib olishga urinishlar: 1.Siyosiy (buyuk davlatchilik shovinizmi). 2.Diniy (diniy ekstremistik va aqidaparastlik, panislomizm). 3.Badiiy (G‗arb turmush tarzini targ‗ib qiluvchi, Amerikacha turmush tarzini targ‗ib qiluvchi, zo‗ravonlik, yovuzlik va boshqa axloqsizliklarni targ‗ib qiluvchi. XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib kommunistik va sotsia-listik partiya ta‘siridagi sotsializm lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga bo‗lindi. Ana shu rivojlangan ba‘zi mamlakatlar o‗z milliy mustaqilligini qo‗lga kiritgan, rivojla-nayotgan mamlakatlarni, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‗lib olishga urinmoqdalar. Bular quyidagi holatlarda ko‗rinadi: Dunyoni bo„lib olishga urinayotgan mafkuralarning shakllari: 1. Buyuk davlatchilik mafkurasi. 2. Diniy ekstremistik mafkuralar. 3. Pansovetizm mafkurasi. 4. Panislomizm mafkurasi. 5. G‗arb turmush tarzini ifodalagan mafkuralar. 6. Amerikacha turmush tarzini ifodalagan mafkuralar. 7. Turli diniy sektolarning g‗oyalarni ifodalovchi mafkuralar. 1. Buyuk davlatchilik shovinizmi - (SHovinizm - fran. burjua mil-latchiligining o‗ta reaksion formasi). SHovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan. SHovinizm go‗yo to‗laqonli bo‗lmagan boshqa millatlar va irqlar ustidan hukmronlik qi- lishga da‘vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ‗ib etadi. SHovinizm ba‘zi ko‗p sonli millatlarning nafaqat ko‗p millatli imperiya doirasida, balki uni o‗rab turgan jo‗g‗rofiy - siyosiy makonda ham o‗zining mutlaq hukmronligini o‗rnatish uchun kurashda namoyon bo‗ladi. Davlat etakchi mavqe (davlat)ga ega bo‗lgan, o‗z millatini «oliy» millat deb e‘lon qilgan millat hukmron ekspluatator sinflarining ideologiyasi va siyosati bo‗lgan buyuk davlatchilik shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir. Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o‗zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy imperiyalardir. Bu imperiyalarning iqtisodiyoti bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilar va hatto ularning hayotiy manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog‗da bo‗ysundirilgan xalqlarga ularga madaniy jihatdan va 1 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиѐт йЎлида. Т.: 6. - Т.: «Ўзбекистон», 1998, 240-241 - бетлар. umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g‗oya singdirilar edi. Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik bir-birini to‗ldiradi, bular o‗z davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madaniyatlar va ma‘naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtoritar tuzum o‗rnatishda, boshqa mamlakat xalqlarini itoatgo‗y qilib saqlab turishda, hozir esa sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan harakatida, o‗z ta‘sir doirasini boshqa mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar o‗rtasida o‗zaro ishonchsizlik tug‗dirishda, xalqaro-huquqiy me‘yorlarni inkor etishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni to‗sishda, yangi mustamlakachilikni zo‗rlab qabul qildirish harakatida yaqqol namoyon bo‗lmoqda. Prezident Islom Karimov «O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida...» asarida shovinizmga «SHovinizm ba‘zi ko‗p sonli millatlarning nafaqat ko‗p millatli imperiya doirasida, balki uni o‗rab turgan jo‗g‗rofiy- siyosiy makonda ham o‗zining mutlaq hukmronligini o‗rnatish uchun kurashida namoyon bo‗ladi» deb ta‘rif bergan (Karimov I.A. Asarlar. T. 6. 65-bet). Bunday davlatlarga ko‗proq iqtisodiy jihatdan zaif, ichki beqaror davlatlar nishon bo‗ladi. O‗zbekistonni, avvalo Rossiya imperiyasi, keyin sovet imperiyasi yuritgan buyuk davlatchilik shovinizmi jafolarni tortgan hozirgi paytda, XXI asr boshlariga kelib bu davr turlicha talqin etilmoqda. Bu talqinlarning 2 tasi haqida «O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida...» asarida fikr yuritilgan: 1) «Birinchi andozaning» mualliflari, - deyiladi asarda, - ehtimol samimiy tarzda, mintaqa Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston muxtoriyati sifatida rivojlanib, o‗z metropoliyasidan zarur rag‗batlarni olib turar edi. CHunki podsho Rossiyasi mahalliy an‘analar va asoslarni yo‗q qilmagan va buzmagan holda o‗lkaning burjuacha tadrijiy rivojlanishini rag‗batlantirgan edi, deb hisoblaydilar». Ushbu guruh mualliflari mintaqada o‗tkazilgan bolshevikcha tajriba, shu jumladan, milliy davlat chegaralanishi, iqtisodiyotning haddan tashqari ixtisoslashtirilishini keskin tanqid qiladilar va bularni Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi ziddiyatlarning asosiy sabablari, deb hisoblaydilar. SHu bilan birga ular kommunistik tuzumdan keyingi yangi Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlashtiruvchi rolni o‗ynash uchun juda mos keladi, degan g‗oyani ilgari suradilar. 2) Boshqa fikrga ko‗ra, mintaqadagi muammolarni o‗lkaning mustamlaka o‗tmishi keltirib chiqargan. Bu fikr tarafdorlari o‗lkani o‗z tarixiy va milliy negizlariga qaytarishni taklif qiladi. Bunga musulmon davlat-larga ergashgan, ular bilan yaqinroq integratsiyaga kirishgan taqdirdagina erishish mumkin, deb hisoblaydilar. Ikkala nuqtai nazarda ilmiylikka nisbatan siyosat va ehtiroslar ustunligi yaqqol ko‗rinib turibdi. Bu nuqtai nazarlar ayni buyuk davlat-chilik shovinizmi va agressiv millatchilikning hurujlari tufayli kelib chiqqan. Mustaqillikka erishib, bugungi kunda rivojlanayotgan Markaziy Osiyo respublikalarini asabiylik bilan, alam bilan qarshi olmoqdalar. Bunga Rossiya matbuotida chiqayotgan tahlilliy materiallar yaqqol misol bo‗la oladi. 1997 yil 26 martda «Novaya nezavisimaya gazeta» sonida bosilgan «MDH: tarixining ibtidosimi yoki intihosi» bosh maqolasida «sobiq Sovet respublikalari uchun mustaqil davlatga aylanish imkoniyatini berishdan iborat Rossiyaning xatosi», bu «xato»ni to‗g‗rilash haqidagi imperiyachilik da‘volari bilan chiqqan edi. Maqolada go‗yo Rossiyaga «Janub tahdidi» deb atalgan tahdid vujudga keldi, Rossiya shakllanib borayotgan Markaziy Osiyo hamdo‗stlik blokini parchalab yuborishi zarur, degan agressiv takliflar ilgari suriladi. Prezident Islom Karimov 2005 yil 14 yanvarda «Nezavisimaya gazeta» (Moskva) muxbirining savollariga javobi «Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi» deb nomlanib, mazkur intervyuda bunday holatlarga o‗z vaqtida javob berib, Ukrainadagi «Zarg‗aldoq inqilobi», «Gruziya va Ukrainada so‗nggi paytlarda sodir bo‗lgan voqealarni», O‗zbekiston ijtimoiy- siyosiy jarayonlaridagi o‗zgarishlar bilan chuqur tahlil qilib berdi. 1 Hozirgi kunda buyuk davlatchilik g‗oyalari mazmunan o‗sha-o‗sha bo‗lsada, unga endilikda o‗ta zamonaviy shakl berilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida bular rus millatining mumtozligini tiklash, Rossiya tevaragida kuchli jo‗g‗rofiy - siyosiy maydon yaratish, «YAgona va ahil xalqlar oilasi»ni tiklash, yangi mustaqil davlatlarning qaysi biri bilan hamkorlik qilish, qaysilarini ajratib qo‗yish va boshqa sohalarda ko‗rinmoqda. 1 Каримов И.А. Империя даврида бизни иккинчи даражали одамлар, деб ќисоблашар эди. - Т.: «Ўзбекистон», 2005. - 64 б. Mustaqil O‗zbekiston uchun bugungi kunda buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tug‗dirayotgan tahdidlarning real xavfi quyidagilardan iborat: 1)Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni kelti-rib chiqarish. 2)Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro‗yobga chiqarishga qarshilik ko‗rsatish. 3)O‗zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ular-ni teng huquqli bo‗lmagan sharoitga solib qo‗yishga urinish. 4)Mamlakatimiz aholisiga elektron, radio-axborot vositalari orqali mafkuraviy yo‗l bilan tazyiq o‗tkazish, jahon afkor ommasida O‗zbekiston haqida noto‗g‗ri tasavvur tug‗dirishga intilish. 5)Millatlar o‗rtasidagi o‗zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish. 6)YAngi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo‗rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o‗zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi. 2. Panislomizm - XIX asr oxirida O‗rta SHarqdagi musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan diniy - siyosiy oqim. Asoschisi - Jamol ad-din al-Afg‗oniy. Panislomizm tarafdorlari musulmonlarnipng «birligi» va ularni xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirish zarurligi g‗oyasini ilgari surgan. Ayni vaqtda panislomizm tarafdorlari diniy islohotchilik pozitsiyasida turib, islom dinini davr talablariga muvofiq isloh qilishga intilganlar. XX asr boshlarida Turkiya sultonlari bu nazariyadan foydalanib, musulmon xalqlarini o‗z qo‗l ostida birlashtirishga uringan. Bu oqim Vah-hobiylar, «Hizbut-tahrir» kabi diniy oqimlarda bugungi kunda O‗zbekis-tonda xalifalik davlatini tiklash uchun urinish bo‗ldi. «Panislomizm» g‗oyasida hozirgi kunda turli xristian konfessiyalari ham targ‗ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqdalar. XX asr boshlarida quyidagi oqimlar ham mavjud bo‗lgan. 3. Panturkizm - bolshevizmning ashaddiy dushmani edi. I jahon urushi arafasida «YOsh turklar partiyasi», Rossiyaga qarshi urush ochishda yagona tashviqot-targ‗ibot quroli vazifasini o‗tadi, jadidchilik harakatini avj oldirishda bosh rolni o‗ynadi. Panturkizm oqimi, uning siyosati Tatariston va Boshqiriston o‗lkalariga 1912 yilarda kirib keldi. Bolshevizm XX asr 20-30 yillarda ularni «millatchilik»da ayblab, «SHo‗roga qarshi» sifatida bosh liderlarini qirib tashladi. Panturkistlar - oq va qizil imperiya istibdodiga, adolatsizlik va tengsizlikka qarshi kurashgan, ozodlik va mustaqillik yo‗lida jon fido qilganlar sifatida tarixda qolishdi. Ular qonxo‗rlik, hunrezlik va zulmga qarshi adolat uchun kurashuvchi xalqparvarlar edi. 1 1) Rossiyada bolsheviklar tomonidan «mushtumzo‗r - pomeshnik» hisoblangan Kondratev guruhi «Sanoat partiyasi» yuzaga kelgan. 2) Tataristonda panislomizm va panturkizm oqimlari sifatida «Sulton Alievchilik» qaror topgan edi. 3) Qirimda «Ibrahimovchilik». 4) Ozarbayjonda «Milliy partiya». 5) O‗zbekistonda «Munavarqorichilik» - «Milliy istiqlol» mahfiy partiyasi faoliyat ko‗rsatgan. 4. Pansovetizm. Buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda pansove-tizm bilan o‗ziga xos tarzda qo‗shilib ketgan. Pansovetizm tushunchasi uzoq vaqt davomida bir ittifoq doirasida yashash natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kelgan muayyan yaqinlik, o‗xshashlik, umumiylik, iqtisodiy aloqadorlik va bog‗liqlikni mutlaqlashtirishga asoslangan. Ammo, Prezidentimiz o‗rinli ta‘kidlaganidek, bunday qarashlar ortida ham sodda kishilarning bosh-ko‗zini aylantirib, o‗z umrini yashab bo‗lgan g‗oyalarini hayotimizga qaytadan tiqishtirishga, shu yo‗l bilan yana eski tuzumni tiklashga, bir so‗z bilan aytganda, milliy o‗zligimizni yo‗qotishga qaratilgan intilish yotganligini yoddan chiqarmaslik zarur. 5.Xalifalikni tiklash. 6.Islom modernizmi. 7.Islom traditsionalizmi. 8.Islom fundamentalizmi. Bu oqimlar diniy va dunyoviy hokimiyatni o‗zida mujassamlashtirgan xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirishni ko‗zlagan, sog‗lom mantiqqa mutlaqo zid da‘vodan iborat. XX asr 1 Узоқов Ќ. Пантуркизм - большевизмнинг ашаддий душмани. «Халқ таълими». 1998, №3, 57-62- бетлар. 80-yillarida «Musulmon birodarlari» tashkilotining fraksiyalarga bo‗linib ketishi natijasida quyidagi diniy tashkilot va partiyalar ham yuzaga kelgan: 1) «Islom ozodlik partiyasi» 2) «Sotsial islohotlar jamiyati» 3) «At - Takfir val - Hijra» 4) «Junud Alloh» 5) «Jihod» 6) «Hizbulloh» kabi. Bundan boshqa yana quyidagi diniy oqimlar ham mavjud: 7) Vahhobiylik (XVIII asrda paydo bo‗lgan). 8) Ahmadiya (IX asrda Pokistonda). 9) Hizb-at-tahrir (1953 yilda Isroilda - tushuntirish, harakat, to‗ntarish). 10)Tablig‗chilar - etkazish ma‘no. XX asr Hindistonda, islomga chorlash. 11)Akromiylar - 1997-1999 yillarda Farg‗onada va 2005 yil 12-13 mayda Andijon oqim sardoriga bo‗ysunish (Akrom Yo‗ldoshev boshchiligidagi). 12)Nurchilar - Turkiyada, hokimiyat uchun kurashga chorlash. 13)Tavba-ekstremistik ruhdagi harakat. Bokuda va O‗zbekistonga (1991 yil). 14)Islom uyg‗onish partiyasi - 1989-1991 yillarda Tojikistonda. 15)Islom lashkarlari - 1990-1992 yillarda Namanganda «Otavalixon» masjidida. 16)Adolat - 1990-1992 yillarda Namanganda paydo bo‗ldi. Download 5.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling