Toshkent farmatsevtika instituti


Download 4.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/53
Sana12.12.2017
Hajmi4.3 Mb.
#22078
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53

13-bob. Gormonlar 

 

 

 Gormonlar haqida tushuncha. 

 

 Gormonlar      organizm  ichki  muhiti  doimiyligini  saqlab  turuvchi,  moddalar  



almashinuvi  va  neyroendokrin  boshqarilishni  nazorat  qiluvchi  murakkab  tizimdir. 

Gormonlar  –  bevosita  qon  oqimiga    chiqariladigan  endokrin  bezlari  yoki  ichki 

sekretsiya bezlari mahsuli. Bular qatoriga qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi 

bezi,  jinsiy  bezlar,  buyrak  usti  bezi,  oshqozon  osti  bezi,  gipofiz,  gipotalamus  va 

boshqalar  kiradi.  Endokrin  bezlarida  ishlanadigan  sekretlarga  gormonlar 

(yunoncha  –  hormaino  –  qo`zg`atuvchi,  harakatga  keltiruvchi,  stimullovchi 

ma`nolarini  beradi)  deyiladi.  Gormonlar  oz  miqdorda    ishlab  chiqarilsa  ham 

organizmga    kuchli  ta`sir  ko`rsatadigan  hayot  uchun  nihoyatda  zarur  bo`lgan 

organik biologik faol moddalardir.  

Endokrin  bezlari  (ichki  sekretsiya  bezlari),  gormonlar  va  gormonal  nazorat 

haqidagi fan – Endokrinologiya deb yuritiladi

Endokrinologiya  fani  fiziologiya,  bioximiya,  molekulyar  biologiyani 

muammo  va  metodlarini  birlashtirib,  odam  va  hayvonlar  endokrin  sistemasining 

funktsional  -  strukturaviy  tuzilishini  tushuntiradi.  Endokrin  sistema  hayotiy 

jarayonlar  -  o`sish,  rivojlanish,  ko`payish  va  moslashishni  boshqarish  asoslarini 

o`rganadi.  Endokrinologiya  fani  sohaning  fundamental  muammolari  bilan  bir 

qatorda,  endokrin  kasalliklarini  kelib  chiqishi  va  ularning  gormonal  terapiyasi, 

gormonlarni  chorvachilikda  qo`llash  kabi  amaliy  masalalarni  hal  etishda  ishtirok 

etadi.  Hozirgi  vaqtda  endokrinologiya  nisbatan  tor  va  xususiy  tibbiyot 

mutaxassisligidan  hayotiy  jarayonlarni  kimyoviy  boshqarilishi  to`g`risidagi 

umumbiologik  fanga  aylandi.  Xulosa  qilib  aytganda  endokrinologiya  -  endokrin 

bezlar,  gormonlar,  hayvon  organizmidagi  almashinuv  jarayonlari  va  fiziologik 

funktsiyalarning markazlashgan koordinatsiyasi to`g`risidagi fandir. 

 


 

420 


13.1. Hujayralardagi metabolik jarayonlarning hujayralararo nazorat 

sistemasi va endokrinologiya 

 

Umurtqali  hayvonlar  organizmidagi  ko`p  milliardli  hujayralar  morfologik  va 

funktsional  tuzilishiga  ko`ra  bir  necha  o`n  hujayralar  tipiga  taqsimlanib,  yuqori 

ixtisoslashgan to`qima, organ va sistemalarni tashkil qiladi. Evolyutsiya davomida 

hujayralararo  o`zaro  ta`sir  natijasida  modda  va  energiya  almashinuvida 

hujayralararo  axborot  o`tkazish  yoki  signal  sistemalari  rivojlandi.  Hujayralararo 

nazorat  hujayra  ichi  nazorat  mexanizmlarini  (genetik,  fermentativ,  transport) 

takomillashtirdi va koordinatsiya qildi; to`qima, organ, organizm talablariga ko`ra 

hujayra metabolizmini boshqardi, natijada organizm ichki muhitining doimiyligi - 

gomeostazni ta`minladi. 

Hujayralararo  nazoratning  bir  qator  turlari,  darajalari  va  mexanizmlari 

mavjud. Turlari - ixtisoslashmagan va ixtisoslashgan nazorat; darajalari - mahalliy 

va  umumiy  nazorat;  signal  birikmalari  –  hujayralararo  o`tkazish  mexanizmlari  - 

kontaktli  va  gumoral  mexanizmlar.  Ixtisoslashmagan  nazorat      har  xil  turdagi 

hujayralar  tomonidan  ishlab  chiqariladigan,  sarf  bo`ladigan  birikmalar  (masalan, 

yog`  kislotalari,  glyukoza,  aminokislotalar,  mononukleotidlar,  ionlar  )  ta`sirida 

namoyon  bo`ladigan  signal  effektlari  hisobiga  amalgam  oshiriladi.  Erkin  yog` 

kislotalari  yog`  to`qimasi  yoki  jigar  va  mushaklarda  yonilg`i  sifatida  ishlatiladi. 

Yuqori kontsentratsiyalarda glikoliz tezligini sekinlashtiradi va nafas olish hamda 

oksidlanishli  fosforlanishning  o`zaro  bog`liqligini  kamaytiradi;  Ca

2+

  -  sekretsiya 



jarayonlarini  sekinlashtiradi.          Ixtisoslashgan  hujayralararo  bioregulyatorlar 

kimyoviy  strukturalari,  xossalari,  hosil  bo`lish  joyidan  qat`iy  nazar  umumiy 

fiziologik  signal  funktsiyalariga  ega  bo`ladi.  Informonlarning  (informatsiyani 

o`tkazuvchi moddalar) utilizonlardan farqi ular hujayralar tomonidan hujayralararo 

bo`shliqqa  ajratiladi;  hujayralar  tomonidan  plastik  va  energetik  manba  sifatida 

o`zlashtirilmaydi, tanlab ta`sir qiladi, juda yuqori darajada ixtisoslashgan biologik 

faollikka ega (10

-11


 – 10

-6

 mol/l). Hosil bo`lish joyi, ta`sir qilishi, tarqalganligi va 



hujayralararo transport usuliga ko`ra informonlar bir necha turlarga bo`linadi. 

 

421 


13.2. Gistogormonlar (to`qima gormonlari) va to`qima  

darajasidagi nazorat 

 

Gistogormonlar  –  beqaror  maxalliy  birikmalar,  hujayralararo  kontakt  yoki 

gumoral  yo`li  bilan  o`zlari  hosil  bo`lgan  to`qimalarga  yoki  yaqin  joylashgan 

to`qimalarga  ta`sir  ko`rsatadi.  Mahalliy  gormonlar  to`qima  jarayonlarining  o`zini 

o`zi  boshqarilishini  ta`minlaydi  (hujayralarning  metabolik    faolligi;  qon  bilan 

ta`minlanishi).  

Ixtisoslashgan  to`qima  gistogormonlariga  vazoaktiv  kininlar  (bradikinin, 

kallidin);  ba`zi  biogen  aminlar  (gistamin,  serotonin,  adenozin);  polisaxarid  — 

geparin, endoteliy va nerv hujayralarini o`stiruvchi peptidli faktorlar kiradi. 

Mahalliy  nazoratning  yuqori  ixtisoslashish  darajasi  to`qima  gistogormonlari 

tufayli  yuzaga  keladi.  Masalan,  o`sish  faktorlari,  neyromodulyatorlar  (nerv 

hujayralarining endogen opioidlari), antivirus xususiyatli o`smalar hosil bo`lishiga 

qarshilik qiluvchi interferonlar. 



Neyromediatorlar.  Neyromediatorlar  MNS  (markaziy  nerv  sistemasi)  nerv 

impulslarini  maxsus  turdagi  informonlar  orqali  o`tkazuvchi    beqaror,  tez  ta`sir 

qiluvchi  birikmalar  –  neyrotransmittorlar.  Klassik  neyromediatorlarga  - 

atsetilxolin,  katexolaminlar  (noradrenalin,  dofamin),  gistamin,  serotonin,  γ  - 

aminomoy kislotasi kiradi. 

13.3. Endokrin sistema 

Gormonlar va ularning asosiy xossalari 

 

Gormonlar  –  informonlarning  maxsus,  gumoral  yo`l  bilan  boshqaruvchi 

funktsiyalarini  bajaradi.  Hayvonlar  organizmida  ikki  turdagi  –  endokrin  va 

ekzokrin  bezlari  mavjud.  Ekzokrin  bezlar  (ovqat  hazm  qilish,  so`lak,  ter,  yog` 

bezlari  va  boshqalar)  o`z  sekretini  maxsus  chiqaruv  yo`llari  orqali  tana  ichki 

bo`shliqlariga  yoki  uning  yuzasiga  ajratadi  (tashqi  sekretsiya).  Endokrin  bezlar 

chiqaruv  yo`llariga  ega  emas,  ular  sekreti  qon,  limfa,  likvor  yoki  gemolimfaga 

ajraladi (ichki sekretsiya). 


 

422 


Gormonlarning muhim xossalari;  

1)  ixtisoslashgan endokrin bez hujayralarida hosil bo`ladi;  

2)  o`ziga xos biologik faollikka ega;  

3) qonga yoki boshqa harakatlanuvchi suyuqliklarga ajraladi;  

4) ta`sirida oraliq masofaning mavjudlgi. 

Chin  yoki  haqiqiy  gormonlar  ixtisoslashgan  bez  hujayralarida  hosil  bo`lishi 

bilan to`qima gumoral bioregulyatorlaridan farq qiladi. 

Ixtisoslashgan  bez  hujayralari  epitelial,  chin  bezli  va  neyrosekretor  (gipofiz, 

buyrak  usti  bezlarining  mag`iz  qismi)  bo`lishi  mumkin.  Ko`pchilik  gormonlar  -   

turli  xildagi  hujayra  populyatsiyalarida  hosil  bo`ladi,  masalan,  erkaklar  jinsiy 

gormonlari  -  urug`don,  tuxumdon,  buyrak  usti  bezining  po`stloq  qismida;  ayollik 

jinsiy  gormonlari  -  tuxumdon,  urug`don,  yo`ldoshda;  glyukagon  -  oshqozon  osti 

bezi  va  ichakda;  insulin  -  oshqozon  osti  bezi  va  so`lak  bezlarida;  gonadotropin  - 

gipofiz  va  yo`ldoshda  ishlab  chiqariladi.  Gormonlarning  bir  necha  joylarda  hosil 

bo`lishi endokrin sistemasidagi kompensatorlik funktsiyani ta`minlaydi. 

Endokrin  bezlar  ba`zi  hollarda  faol  gormonni  emas,  balki  uning  biosintetik 

o`tmishdoshini  (progormonni)  hosil  qiladi.  Progormon  esa  periferiyada  faol 

gormon  holatiga  o`tadi.  Jigarda  sintezlangan  angiotenzinogen,  qonga  o`tib, 

angiotenzin  gormoniga  aylanadi.  Gormonlarni  o`ziga  xos  va  yuqori  darajadagi 

biologik faolligi juda oz kontsentratsiyalarida 10

-11

 – 10


-6

 mol/l ko`rinadi. Masalan, 

ayollik jinsiy gormoni - estradiolni 1 grammi 10

-7

 ta jinsiy etilmagan sichqonlarda 



kuyikishni  keltirib  chiqaradi;  1  gramm  adrenalin  108  ta  baqani  yurak  ishini 

faollashtirishi mumkin. 

Gormonlar  immun  sistemasi  funktsiyalarini  boshqaradi.  Timusda  T- 

hujayralar hosil bo`ladi. 

 

13.4. Gormonlar va moslanish (adaptatsiya) 

Tirik  organizmlarni  umumiy  xususiyatlaridan  biri  moslanish  qobiliyatiga 

egaligidir.  Moslaninshning  tub  ma`nosi  –  o`zgaruvchi  tashqi  muhit  sharoitlarida 

o`zini saqlash va himoya qilish, ya`ni ichki muhit doimiyligini ta`minlashdir.       



 

423 


Gormonlar  va  stress.  Stress  -  turli  hayajonga  soluvchi  ta`sirlar  natijasida 

organizmda yuzaga keladigan barcha nospetsifik o`zgarishlar yig`indisidir. Stressni 

keltirib  chiqaruvchi  omillarni  stressorlar  deb  ataladi.  Yetarli  darajada  kuchli 

ta`sirlar  stressor  bo`lishi  mumkin:  issiq,  sovuq,  emotsional  ta`sir,  og`riq 

chaqiruvchilar,  och  qolish,  intoksikatsiya  va  boshqalar.  Stressdagi  nospetsifik 

himoya - moslanish reaktsiyalari kompleksi turli omillarga nisbatak organizmning 

chidamliligini  (rezistentligini)  ta`minlashga  qaratilgan  bo`lib,  Sel`e  tomonidan 

umumiy adaptatsion sindrom deb atalgan. Stress rivojlanishidagi umumiy sindrom 

dinamikasida    organizm  rezistentligini  tushuntiruvchi  3  ta  bosqich  mavjud:  1) 

xavotirlanish reaktsiyasi;       2) rezistentlik bosqichi;       3) kuchsizlanish bosqichi. 



Xavotirlanish  reaktsiyasi  –  stress  vaqtida  gomeostaz  o`zgarishiga  javoban 

organizmning  moslanish    jarayonlari  tezlik  bilan    mobilizatsiyalanadi  (birlamchi 

shokka nisbatan). Bu vaqtda ta`sirotga nisbatan organizm chidamliligi tez ortadi.   

Rezistentlik  bosqichida  –  organizmni  stressorga  nisbatan  umumiy  va 

nospetsifik  xarakterga  ega    bo`lgan  qarshiligi  yuzaga  keladi. Masalan,  agar  stress 

sovuq  tufayli  yuzaga  kelsa,  rezistentlik  bosqichida  faqat  sovuqqa  emas,  balki 

yuqori harorat, rentgen nurlari, toksinlar va boshqalarga nisbatan ham chidamlilik 

ortadi. 

Stress 


juda 

kuchli 


bo`lsa 

yoki 


uzoq 

davom 


etsa, 

himoya  -  moslanish  mexanizmlari  zaiflashadi,  organizm    umumiy  adaptatsion 

sindromining uchinchi bosqichiga o`tadi. 

Kuchsizlanish 

bosqichida 

– 

ta`sir 



qilayotgan 

stressorga 

va 

boshqa  ta`sirlarga  nisbatan  organizm  rezistentligi  kamayadi.  Bu  bosqichga,  



ikkilamchi  shok  ham  deyiladi.  Sel`e  va  boshqa  olimlar  tadqiqotlarini 

ko`rsatishicha, umurtqalilar organizmida turli shakldagi stressga nisbatan  umumiy 

adaptatsion  sindromning    tashkil  etilishida  gipatolamo  –  gipofizar  -  buyrak  usti 

bezlari  sistemasi    muhim  rol  o`ynaydi.    Bu  sharoitda  avvalo  gipotalamik 

kortikotropin, rilizing faktor (KRF) ta`sirida gipofizda adrenokortikotrop gormon( 

AKTG) sekretsiyasi kuchayadi. 

Ma`lum  vaqt  oralig`ida  buyrak  usti  bezi  po`stloq  qavati  glyukokortikoidlari 

sekretsiyasi  ta`sir  kuchiga  to`g`ri  proportsional  bo`ladi.  Gipofizektomiya, 



 

424 


gipotalamusni  shikastlanishi,  adrenalektomiya  -  stressga  nisbatan  javob  

reaktsiyasini  so`ndiradi  va  umumiy  adaptatsion  sindromni  rivojlanishiga  yo`l 

qo`ymaydi  hamda  organizmning  turli  stressorlarga  nisbatan  paydo  bo`ladigan 

chidamliligini  tezda  kamaytiradi.  Stress  holatidagi  hayvonlarga  tabiiy  yoki  sun`iy 

glyukokortikoid  gormonlarini  kiritib,  turli  ta`sirlarga  nisbatan  organizmni 

moslanish darajasini orttirish mumkin. 

Antistressor  gormonlar  guruhiga  glyukokortikoidlar  bilan  bir  qatorda  

samototropin  gormoni  (STG)  va  u  bilan  funktsional  bog`liq  gormonlar  (mos 

keluvchi  rilizing-faktorlar,  somatomedinlar)  kiradi.  Biroq  vaqt  o`tishi  bilan  STG 

sekretsiyasi glyukokortikoidlar sekretsiyasidan orqada qoladi. Kortikosteroidlar va 

STGdan tashqari organizmning moslanish reaktsiyalarida simpato-adrenal sistema 

–  ya`ni  buyrak  usti  bezlari  va  simpatik  nerv  tolalari  oxirlaridagi  katexolaminlar 

sekretsiyasi ham ishtirok etadi. 

 

13.5. Endokrinologiyaning mavzusi va vazifalari 

Endokrin  sistema  gormonlari  bevosita  nerv,  immun  va  to`qima  nazorat 

sistemalari  ishtirokida  periferik  organ  va  to`qima  hujayralarining  metabolizmiga, 

fiziologiya  va  morfologiyasiga  turli  yo`nalishlarda  ta`sir  ko`rsatadi.  Gormonlar 

hujayralarda  oqsil  va  DNKning  sintezlanish  darajasi,    ularning  mitotik  faolligi, 

to`qima  differentsirovkasi  va  organizmning  o`sishi,  moslanishi,  metabolik 

gomeostazning  doimiyligi,  xulq-atvorini  belgilaydi.  Endokrin  sistemaning  birorta 

bo`g`imini buzilishi patologiyaga olib keladi. 

 

13.5.1. Endokrin bezlar va ularning gormonlari  

 

Jinsiy  bezlar  (gonadlar)  -  sut  emizuvchilarda  aralash  sekretsiyali  juft 

organlar.  Jinsiy    bez  hujayralarida  tashqi  sekretsiya  bilan  bir  qatorda  ichki 

sekretsiya – jinsiy gormonlar ishlab chiqariladi. 



Urug`donlar  -  erkaklik  gonadlari.  Urug`don  yo`llarida  spermatogenez 

jarayoni bajarilib, ular orasida joylashgan  Leydig hujayralarida erkak organizmida 



 

425 


ko`payish funktsiyalarini boshqaruvchi asosiy erkaklik jinsiy gormoni (androgen) - 

testosteron  hosil  bo`ladi.    Urug`donda  yana  kam  miqdorda  ayollik  jinsiy 

gormonlari va ingibin sintezlanadi, Ingibin - spermatogenez ingibitori hisoblanadi. 

Tuxumdonlar  (ovaria)  -  ayol  gonadlari.  Tuxumdonning  ichki  sekretsiya 

qismi  follikulalar  –  sariq  tanachalardan  iborat.  Tuxumdonlarning  asosiy 

gormonalari  –  estrogenlar  (estradiol,  estriol,  estron)  ikkilamchi  ayollik  jinsiy 

belgilarini  ta`minlaydi;  progestinlar  (progesteron)  -  sut  emizuvchilarda  homila 

rivojlanishi va jinsiy siklni normal kechishini boshqaradi; tuxumdon hujayralarida  

qisman androgenlar ham hosil bo`ladi. 



Buyrak  usti  bezlari  (glandula  suprarenalis)  -  juft  organ,  yuqori 

umurtqalilarda  buyrakning  yuqori  qutblari  yaqinida  joylashgan.  Ikkita  mustaqil 

endokrin bezlaridan iborat: po`stloq va mag`iz qismlari. 

Buyrak usti bezlari po`stloq qismi (adrenal po`stloq yoki interrenal to`qima) 

hujayralari shakli bo`yicha uch qismdan iborat. Ustki qismi  gormoni - aldosteron  

Na

+

, K



+

 almashinuvi va N

+

 ekskretsiyasini boshqaradi; o`rta qismi -   kortizon va 



kortikosteron, ichki qismida esa - kortizon ishlab chiqaradi. Bu gormonlar uglevod 

va  oqsillar  almashinuvini  boshqaradi,  organizmning  ichki  va  tashqi  muhit 

sharoitiga  nospetsifik  moslanishida  ishtirok  etadi.  Ichki  to`rsimon  qismida 

androgenlar  qatorining  ba`zi  biologik  faol  bo`lmagan  birikmalari  (androstendion,  

adrenosterinlar)  hosil  bo`ladi.  Periferiyada  ushbu  birikmalar  erkaklik  jinsiy 

gormonlarining faol shakllari – androgenlarga  aylanadi. 



Buyrak  usti  bezlarining  mag`iz  qismi  (substantsia  medularis)    xromaffin 

to`qimalarida  katexolaminlar  (adrenalin,  noradrenalin)  sintezlanadi.  Ular 

uglevodlar  va  yog`lar  almashinuvida,  yurak  va  qon-tomir  sistemasi,  silliq 

muskullar  faoliyati,  qon  ivishi,  organizmning  adaptiv  moslashuv  reaktsiyalari 

safarbarligini  boshqarishda  ishtirok  etadi.  Xromaffin  to`qimalar  ba`zi  simpatik 

gangliyalar va paragangliyalar orasida ham uchraydi. 



Oshqozon osti  bezi (pancreas)  -  qorin  bo`shlig`ining chap tomonida,  me`da 

ostida  joylashgan  aralash  sekretsiyali  organ.  Bezning  ekzokrin  qismi  -  atsinoz 

(zimogen) to`qimadan, endokrin qismi - Langergans orolchalaridan tashkil topgan. 


 

426 


Langergans  orolchalari  –  murakkab  ichki  sekretor  apparati  bo`lib,  har  xil  turdagi 

hujayralar to`plamidan iborat: A - hujayralarida  ishlanadigan glyukagon gormoni 

uglevodlar  va  yog`lar  almashinuvini,  β  -  hujayralarida  sintezlanadigan  insulin 

uglevodlar,  yog`lar,  oqsillar  metabolizmini  boshqaradi.  D  –  hujayralarida  esa 

somatostatin,  pankreagastrin  va  sekretinlar  ishlab  chiqariladi.  Somatostatin  bir 

qator  gormonlar  -  insulin,  glyukagon  va  boshqalar  sekretsiyasini  nazorat  qilsa, 

pankreagastrin - oshqozon bezlarining nordon (kislotali) sekretsiyasini boshqaradi. 

Sekretinlar - oshqozon osti ekzokrin sekretsiyasining stimulyatori bo`lib, ingichka 

ichakning yuqori bo`limlarida ham hosil bo`ladi. 

Qalqonsimon bez (grandula thyrioidea) - toq organ, bo`yinning o`rta qismi, 

kekirdak  ostida  joylashgan.  Bezning  follikulalarida  2  xil  gormon–  tiroksin  va 

triyodtironin  ishlanadi.  Ular  energiya  almashinuvi,  oqsil  sintezi,  to`qimalar 

differentsirovkasi, organizmni o`sish va rivojlanishini boshqarishda ishtirok etadi. 

S - hujayralarida (parafollikulyar hujayralarda) sintezlanadigan kaltsitonin gormoni  

kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi. 



Qalqonsimon  bez  oldi  bezi  -  2-4  ta  bo`lib,  qalqonsimon  bez  yuzasida  yoki 

ichki  qismida  joylashgan.  Kaltsiy  va  fosfor  almashinuvini  boshqarishda  ishtirok 

etadigan paratgormon ishlab chiqaradi. 

Timus  yoki  ayrisimon  bez  (buqoq  bezi).  Toq  limfoid  organ,  to`sh  suyagi 

orqasida joylashgan, jinsiy balog`atga etish davriga kelib, involyutsiyaga uchraydi. 

Timus  limfoidlar  kabi  T-hujayralari  bilan  bir  qatorda  timozin  va  timopoetin 

gormonlarini  ham  ishlab  chiqaradi.  Ular  immun  va  o`sish  jarayonlarining 

kimyoviy stimulyatorlari hisoblanadi. 

Gipofiz  -  miyaning  pastki  ortig`i  yoki  pituitar  bezi.  Gipofiz  bosh  miya   

asos  suyagidagi  turk  egarida  joylashgan,  anatomik  jihatdan  oraliq  miyaning 

uchinchi miya qorinchasi osti bilan  bog`langan. Gipofiz oldi, o`rta orqa   qismdan 

iborat  bo`lib, oldi va o`rta qismlari - adenogipofiz, orqa qismi – neyrogipofiz, deb 

ataladi. 

Gipofiz  oldi  qismi  –  boshqa  endokrin  bezlarini  bevosita  boshqaruvchi  trop 

gormonlarini  ishlab  chiqaradi:  AKTG  –  adrenokortikotrop  gormoni  yoki 



 

427 


kortikotropin  - buyrak  usti bezlarining stimulyatori; lyuteinlovchi gormon  (LG)  – 

lyutropin  -  gonadlarning  interstitsial  hujayralarini  stimullaydi;  gonadotropin  - 

jinsiy  gormonlar biosintezi,  follikulalar  yetilishi, ovulyatsiya,  tuxumdondagi  sariq 

tanachalarini hosil bo`lishi va ishlashini asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi; FSG – 

follikula  stimullovchi  gormon  yoki  follitropin  -  LG  ning  ta`siriga  follikulalar  va 

Leydig hujayralari sezuvchanligi (sensibillashtirish) ni oshiradi,   spermatogenezni  

stimullaydi;  TTG  (tireotrop gormon) - tireotropin - qalqonsimon bez gormonlarini 

sintezlanishi  va  sekretsiyasini  boshqaradi;  STG  (somatotrop  gormon)  - 

somatotropin  -  hujayralarda  oqsil  sintezi,  hujayralarni  ko`payishi,  glyukoza  hosil 

bo`lishi, yog`lar parchalanishini stimulyatori. 

Gipofiz  oldi  qismida  trop  gormonlardan  tashqari  mustaqil  ishlaydigan 

gormonlar  ham  bor.  Prolaktin  yoki  laktogen  (lyuteotrop)  gormon  (LTG)  - 

laktatsiya,  to`qimalar  differentsiatsiyasi,  avlodga  g`amxo`rlik  qilish  instinktini 

boshqaradi va lipotropinlar - yog` almashinuvida qatnashadi. 



O`rta  qismi  –  melanotsit  stimullovchi  gormon  (MSG)  yoki    intermedin. 

Organizmda pigment almashinuvini boshqaradi. 



Orqa  qismi  -  gipotalamusda  sintezlanadigan  va  aksonlar  orqali  gipofiz  orqa 

qismiga  o`tkaziladigan  gormonlarni  to`plovchi  va  qonga  chiqaruvchi  organ. 

Neyrogivofizar gormonlaridan - vazopressin yoki antidiuretik gormon (ADG) - suv 

almashinuvini  va  arteriolalar  tonusini  boshqaradi.  Oksitotsin  bachadon 

mushaklarini  qisqarishi,  ya`ni  tug`ish  aktini  stimullaydi,  sut  bezlarida  sut 

sekretsiyasini ta`minlaydi. 

Gipofiz  faoliyati  gipotalamik  rilizing  faktorlar,  ya`ni  gipofiz  funktsiyasini 

boshqaruvchi gormonlar tomonidan nazorat qilinadi. 



Gipotalamus  –        bosh  miya  osti  oraliq  miya,    nerv  tabiatli  endokrin  organ. 

Gipotalamusda sintezlanadigan vazopressin, oksitotsin, rilizing - faktorlar  gipofiz 

oldi  va  o`rta  qismlari  barcha  funktsiyalarini  boshqaradilar.  Gipofiz  funktsiyasini 

stimullovchi 

gipotalamus 

faktorlariga 

liberinlar, 

ingibitorlik 

vazifasini 

bajaruvchilarga  –  statinlar  deb  ataladi.  Hozirda  gipotalamik  faktorlardan 

kortikoliberin yoki kortikotropin rilizing faktor (KRF yoki AKTG-RF); lyuliberin 


 

428 


yoki  folliliberin  –  lyuteinizirlovchi  gormonning  rilizing  faktori  –  LG  va  FSGRG; 

tireoliberin  yoki  tireotropin  rilizing  faktor  (TRF);  somatoliberin  (STG-RF  yoki 

SRF),  somatostatin  yoki  somatotropin  ingibirlovchi  faktor  (SIF),  prolaktostatin 

(GEIF);  melanoliberin  yoki  melanotsit  stimullovchi  gormonning  rilizing  -  faktori 

(MSG-RF  yoki  MRF),  melanostatin  yoki  MSG  ni  intibirlovchi  faktor  (MIF). 

Gipotalamus -endokrin miya, Gipotalamus va gipofiz yagona struktur - funktsional 

kompleksni hosil qiladi. 


Download 4.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling