Toshkent farmatsevtika instituti


 Gormonlarni  mеmbranali ta`sir etish mexanizmi


Download 4.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/53
Sana12.12.2017
Hajmi4.3 Mb.
#22078
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53

13.12.1. Gormonlarni  mеmbranali ta`sir etish mexanizmi 

 Gormonlar  hujayralar  faoliyati  asosida  yotuvchi  almashinuv  jarayonlariga 

ta`sir etib, ular funksiyasini boshqarib turadi. 

Gormon    hujayra      mеmbranasi    bilan  bog`langan  joyda  glyukoza, 

aminokislotlar,  ba`zi  bir  ionlar  o`tkazuvchanligini    o`zgartiradi.  Gormon 

mеmbrana transport sistеmasiga  allostеrik  ta`sir ko`rsatadi. Hujayrada glyukoza  

va  aminokislotalar  biokimyoviy  jarayonlarga  ta`sir  etadilar.  Mеmbrana  ikki 

tomonidagi  ionlar  taqsimlanishini    o`zgarishi  -  elеktrik  potеntsialga  va      hujayra 

funktsiyasiga ta`sir etadi.  

Gormonlarni  mеmbranali    ta`sir  etishi    alohida  holda    kam  uchraydi.  Buni 

insulin  misolida  ko`rish  mumkin.  Insulin  bir  vaqtni  o`zida  mеmbranali    va  

mеmbrana  hujayra  ichki    turlari  bo`yicha  ta`sir  etadi.  Insulin  membrana  orqali 

ionlar,  glyukoza  va  aminokislotalar  transportini  osonlashtiradi.  Insulin  va  o`sish 

gormonlari hujayraning tashqi pardasiga, paratgormon va tiroksin mitoxondriyalar 

membranalariga, gidrokortizon lizosoma membranalariga   ta`sir etadi. 

13.12.2. Gormonlarning mеmbrana - hujayra  ichki  ta`sir etish   

mеxanizmi 

Ushbu  mexanizm  hujayra  ichiga  o`tolmaydigan    oqsil  tabiatli    gormonlar 

uchun    xarakterlidir.  Shu  xususiyatiga  (o`ta  olmasligiga)  ko`ra  gormonlar  modda 

almashinuviga   hujayra  ichki kimyoviy  vositachilari  orqali ta`sir etadilar.  



 

453 


  Vositachilar  –  gormonlarni  hujayra    ichidagi    o`ziga  xos  vakili 

hisoblanadilar. Hujayra  ichki  vositachilariga 3  guruh  moddalar da`vogar:  



  1. Siklik  nuklеotidlar –  sAMF,  sGMF;  

  2. Kaltsiy ioni – Ca

2+



  3. 2,5-oligo (A) adеnillioligonuklеotid. 

 Gormonlar  hujayralarda ikkilamchi vositachilar hosil bo`lishini boshqarishda 

turli fеrmеntlar faolligiga  va  miqdoriga ta`sir etib, hujayralarning  biokimyoviy  

funktsiyalarini  o`zgartiradilar.  

Gormonlar    uchun    mеmbrana  R  –  rеtsеptorlari    hujayra    mеtabolizmini  

boshqarish    pulti  –  ―knopka‖  si  hisoblanadi.  Ular  orqali  hujayra    tashqarisidagi  

rеgulyatorlar, hujayra  ichki  vositachilarni hosil bo`lishini tеzlashtiruvchi  signalli  

sistеma    funktsiyasiga    ta`sir    etadilar.  Birinchisi  adenilatsiklaza–sAMF    hosil 

bo`lishini, ikkinchisi guanilatsiklaza–sGMF hosil bo`lishini  boshqaradi.  

Gormon  hujayra  membranasini  ma`lum  qismi  (reseptori)  bilan  o`zaro 

ta`sirlanishida  adenilatsiklaza  deb  ataluvchi  sistemani  faollanishiga  olib  keladi. 

Adenilatsiklaza sistemasi ATF dan  sAMF (siklik 3,5–AMF) ning hosil bo`lishini 

katalaizlaydi,  uning  ishtirokida  fosforlanish  ya`ni  fermentlar  faollanishi  yuzaga 

keladi. 


Adenilatsiklaza 

va 


guanilatsiklaza 

fermentlari 

sistemasining 

ta`sir 


mexanizimini  alohida ko`rib chiqamiz. 

   Adenilatsiklaza  fermenti  membrananing  lipid  qismida  joylashgan  bo`lib, 

o`zaro bog`langan  3 ta oqsilli  qismdan  tuzilgan: 

      1)  Tanuvchi  R  –  qism.  Mеmbranani    tashqi  qismida  joylashgan,  membrana 

retseptorlari yig`indisidan iborat. Unga   qondagi gormon bog`lanadi.  

2)  Birlashadigan  (  bir-biriga  bog`lanadigan)  N  –  qism  –    maxsus  oqsil 

hisoblanib,  (N-oqsil  deyiladi).  Mеmbrananing    lipid  qavati  oralig`ida  ya`ni  

rеtsеptor va katalitik qismlar orasida joylashgan. N – oqsilni – GTF ni bog`lovchi 

va parchalovchi qismi mavjud. Bog`langan GTF shu zahoti parchalanadi.  


 

454 


3)  Katalitik  C  –  qism.  Ferment  oqsili  –  adеnilattsiklaza    fеrmеntidir.  Uning  

faol  markazi    hujayra    ichiga  joylashgan.  ATF  –  sAMF  ga  quyidagi    sxеma 

bo`yicha o`zgaradi:     ATF →  3 





 

5



– sAMF + H



P



O

7 

  

Adinilatsiklaza  bilan gormon bog`langanda 10 ta molekuladan 100 tagacha s 



AMF hosil bo`ladi.  

Adenilatsiklaza  mexanizmi:  Adеnilattsiklaza    sistеmasining    ishlash  

mеxanizmi  quyidagicha:  gormon    rеtsеptor  bilan  bog`langandan  so`ng,  gormon-

rеtsеptor komplеksi  N - oqsil bilan bir-biriga o`zaro ta`sir ko`rsatadi. Natijada N - 

oqsilning  konfiguratsiyasi    o`zgarib,  GTF  bilan  bog`lanadi.  N-oqsil  GTF 

komplеksi    adеnidattsiklazani  (katalitik    qismini)  maxsus  allostеrik  aktivatori 

hisoblanadi.    Faollashgan  adеnilattsiklaza  hujayra  ichida  ATF-dan    sAMF    ni 

ajratib chiqaradi. 

  Gormonlar  boshqa hujayra ichki vositachi- sGMF-ni ham shunga o`xshash 

reaktsiyada hosil  qiladilar. 

 Siklik  nuklеotidlar    so`ngra    sitoplazma  va  yadrodagi  faol  bo`lmagan 

protеinkinazalarni faol proteinkinazaga aylantiradi. Kamida ikkita guruh  sAMF - 

ga qaram bo`lgan va  sGMF-ga qaram bo`lgan protеinkinazalar mavjuddir.   

  sAMF    protеinkinazalar    4  ta  subbirlikdan  tuzilgan  bo`lib,  ikkitasi 

rеgulyatorlik (R), ular bilan 4 molekula siklik mononuklеotidlar birikadilar va yana 

ikkitasi  katalitik  (C) funktsiyalarni bajaradi.  

 sAMF-ni 

R–subbirliklarga 

birikishi 

tеtramеrlarni 

dissotsialanishiga 

yordamlashadi.  Ikkita  C-subbirliklar    qo`shilishidan    hosil  bo`lgan  dimеr 

protеinkinazalarning  faol    shakli  hisoblanadi.  Shundan  so`ng  siklik  nukleotidlarni 

biokimyoviy  jarayonlarga  ta`siri  to`xtab,  faol  protеinkinazalar  oqsillarni  

fosforlaydi.  



Oqsil +  ATF  

Proteinkinazalar 

→   Fosfoprotеid +ADF 

Protеinkinazalar  bilan  fosforlangan  ayrim  oqsil  funktsiyalari    faollashadi, 

boshqalarniki esa kamayadi. Shuni aytish kеrakki, bir guruh  funktsional  oqsillar   

sAMF  ning    boshqarilishiga,    boshqalari  esa      sGMF-ga    bo`ysunadilar. 



 

455 


Protеinkinaza  allostеrik  fеrmеnt  bo`lib,    fosforilaza    fеrmеntini    faollashtirishda 

muhim  rol  o`ynaydi.  Protеinkinaza    faol  bo`lmagan  ikkita    katalitik    (C)  

subbirlikdan    va    ikkita    rеgulyator    (R)  subbirlikdan  tashkil  topgan.    sAMF-ni 

to`rtta  molеkulasi    ikkita    rеgulyator    subbirlikdagi  spеtsifik    qismi    bilan 

bog`langan.    sAMF    rеgulyator    subbirlik  bilan  tormozlangan  protеinkinazani 

faollashtiradi.  Faollangan  protеinkinaza  fеrmеntlari  nishon-hujayradagi    muhim 

fеrmеntlarni  fosforlashi  mumkin.  

Demak,    siklik    nuklеotidlarning    ta`sir  etishi    maxsus    fеrmentlar:    sAMF-

fosforli  estеraza    yoki      sGMF-fosforli    estеrazalar    ishtirokida    siklik  

nuklеotidlarning    va  hosil  bo`lgan    fosfoprotеidlarni    parchalashi    natijasida  

to`xtaydi.  Siklik    nuklеotidlarning    gidrolizi    fosfodiestеrazalar    ishtirokida  

quyidagi  sxеma  bo`yicha  amalga  oshadi: 



 3

1

, 5

1

– sAMF(yoki 3

1

, 5

1

– sGMF) + 

H

2

O fosfodiesteraza

→5

1

–AMF(yoki 5

1

– GMF) 

Erkin  AMF  yoki  GMF      protеinkinazalarni  faollash    xususiyatiga    ega 

emaslar. Fosfodiesterazlardan tashqari hujayrada  fosfoprotеidfosfotazalar bo`lib, 

ular fosfoprotеidlarni  quyidagi  sxеma  bo`yicha  gidrolizlaydi. 



Fosfoprotеid + H

2

O →   Oqsil + H

3

PO

 Fosfodiestеraza  va    fosfoprotеidfosfotazalar    ta`siri  natijasida  gormonlar  

ta`siri butunlay  to`xtatiladi.  

Demak,  faol  proteinkinaza    hujayra  oqsillarini  ATF  ishtirokida 

fosfoproteidlarga aylantirib, hujayra modda almashinuvi jarayonlarini o`zgartiradi. 

Gormon  ta`siri  to`xtagandan  so`ng  hujayradagi  ortiqcha    sAMF  molekulalari 

fosfodiesterazalar  ta`sirida  5

1

–AMFgacha  gidrolizlanadi.  Faol  proteinkinaza  o`z 



faolligini  yo`qotadi,  fosfoproteidlar  esa  fosfatazalar  ta`sirida  oqsillarga  aylanib, 

gormon ta`siri to`xtatiladi.  



Guanilattsiklaza  mexanizmi:  Guanilattsiklaza    adеnilattsiklazadan  farqi  2 

qismdan – retseptor va katalitik qismdan iborat bo`lib,  hujayra  mеmbranasi  bilan  

mustahkam    bog`lanmagan.  Shu  sabab  guanilattsiklaza  boshqaradigan  rеtsеptor  u 

bilan bog`lanishi uchun mеmbranani  lipidli qatlamida  chuqurroq  joylashgan. 



 

456 


 sGMF-kinaza dimеr dеb  tahmin  qilinadi. Har  bir  subbirlik uchun katalitik 

markazi    (C)  va    sGMF  ni  bog`laydigan  qismi    (R)  bo`lib,    gormon    rеtsеptor  

komplеksi guanilattsiklazani  aktivatori  hisoblanadi. 

Protеinkinazani    aktivlash  uchun    ikki  molеkula    sGMF  R-qismi    bilan 

bog`lanishi    kerak.  Aktivlangan    protеinkinazalarni  roli  oqsillarni    quyidagi  

sxеmaga  binoan fosforillashdir:  

               Oqsil  + ATF  

proteinkinaza 

→  fosfoprotеid + ADF 

Turli  protеinkinazalar  turlicha  oqsillarni  fosforlaydilar. Ayrim   oqsillarni 

fosforlangandan so`ng funktsiyalari  faollashadi, ba`zilariniki  susayadi. Bir guruh  

funktsional  oqsillar      sGMFni  boshqaruvchi    ta`siriga  bo`ysunsa,  boshqasi 

bo`ysunmaydi.  Shuning    uchun    mеmbrana  gormonini    bog`lovchi  rеtsеptoriga 

qarab  yoki    sAMFga      bog`liq    bo`lgan    biologik  jarayon    yoki      sGMF-qaram  

jarayon ishga tushadi.   

Hosil  bo`lgan    sGMF  o`ziga  bog`liq  bo`lgan  protein  kinazalarni  faollaydi. 

Ular  o`z  navbatida    oqsillardan  fosfoproteidlar  hosil  bo`lishini  ta`minlaydi. 

Adenilatsiklaza va guanilatsiklaza orqali ta`sir ko`rsatadigan moddalar almashinuvi 

turlicha  bo`lib,  adenilatsiklaza  ta`sirida  hujayrada    katabolik  jarayonlar,    sGMF 

faollanishi natijasida esa anabolik jarayonlar kuchayadi.  



 

13.12.3. Ca

2+ 

yordamida gormonlar almashinuvini boshqarilish mexanizmi  

 Gormonal  effektni  kuchaytirishning  boshqa  muhim  yo`li  plazmatik 

membranani  «sekinlashgan»  Ca-kanallarini  faollanishi  -  gormonal  vositachi 

sifatida  Ca

2+

  ionlarini  kiritishdir.  Neyrogumoral  faktorlar  ta`sirida  Ca



2+

  ionlarini 

katta miqdorda hujayraga kirishi natijasida sitozoldagi Ca

2+

 miqdori 10



-8

 – 10


-7

 dan 


10

-5

 mol/l gacha ortadi. 



Ca

2+

  yo`li  mexanizmi  ishtirokida  insulin,  STG  va  mediatorlar  sifatida 



glikopeptidlar ta`sir qiladi. 

Plazmatik  membranalarning  «sekinlashgan»  Ca-kanallarining  strukturasi,  va 

ularning  gormon  -  retseptor  komplekslari  bilan  o`zaro  ta`siri  hozircha 


 

457 


aniqlanmagan.  Ca-kanallarini  faollanishi  plazmatik  membrananing  fosfolipid 

komponenti  -  fosfatidil  -  inozitolni  parchalanishi  bilan  kuzatiladi,  deb  taxmin 

qalinmoqda.  Ca

2+

  ionlari  ta`sir  mexanizmi  asosini  maxsus  Ca-bog`lovchi  oqsil  - 



kalmodulin  tashkil  etadi.  Proteinkinazalar  sAMF  effektlariga  vositachilik  qilgani 

kabi, kalmodulin Ca

2+

 effektlarining universal vositachisi vazifasini bajarsa kerak. 



CaM  (kalmodulin)  -  gidrofil  oqsil,  mol.  massasi  -  16500,  148  ta  aminokislotalar 

qoldiqlaridan  tashkil  topgan.  Oqsilning  fosforlangan  ko`rinishi  sitozolda, 

fosforlanmagan ko`rinishi esa hujayra membrana oqsillari bilan bog`lanadi. 

CaM  ko`pchilik  to`qimalarda  sAMF  -  fosfodiesterazalarini  10  barobar 

faollashtiradi, natijada  gormonlar ta`sirini sAMF  yo`li chegaralanadi.  Ca

2+ 


Mg

2+

  - 



CaM effektlari Ca

2+

 ga bog`liq proteinfosfokinazalar vositasida amalga oshiriladi. 



Lipomodulin  kinaza  –  plazmatik  membranalar  oqsili  bo`lib,  fosfolipazalar 

faolligini boshqaradi. 



13.12.4. Gormonlarning  sitozolli  ta`sir  etish  mеxanizmi 

  

Ushbu  tipdagi    ta`sir    etish    mexanizmi  plazmatik  mеmbranalarning    lipid  

qatlami  orqali    o`ta    oladigan    gormonlar      (stеroid  va  tiroid    gormonlari)  uchun 

xosdir.  Steroid  gormonlari    hujayra  ichiga  o`tib,  sitozoldagi  rеtsеptorlar  bilan  

komplеks  hosil  qiladilar  va  shu  orqali  gormon–hujayra  metabolizmiga 

boshqaruvchi  ta`sir  ko`rsatadi.  Sitorеtsеptorlar  oqsil  bo`lib,  o`z  gormonlari  bilan 

stereokimyoviy  bog`lanadi.  Faol  holatidagi  gormon-rеtsеptor    komplеksi  

hujayrada    fеrmеntlar    miqdorini    boshqaradi,  yadroda    xromosoma  (gеnlar) 

faolligiga    tanlab    ta`sir  etib,  hujayra    funktsiyasi    va    modda    almashinuvini  

o`zgartiradi.  Hujayra  ichiga    o`tgan  gormon  fеrmеntlar    miqdorini    rеgulyatsiya  

qilish    mеxanizmida  qatnashganligi    uchun    bunday  ta`sir  turini    –  to`g`ri    ta`sir  

etish  dеyiladi. 

 Steroidli    gormonlar    va    tiroksin    hujayra    mеmbranasi    orqali        sitozolga 

o`tib,  undagi  rеtsеptorlar    bilan  birikadi    va  ular    orqali    hujayra    mеtabolizmiga  

boshqaruvchi    ta`sir  ko`rsatadi.  Gormon    sitoplazmada  sitorеtsеptor  molеkulasini  

qayta    qurishdan  iborat    bo`lgan    faollanishga  uchraydi.  Faollashgan  gormon-

rеtsеptorli    komplеks        yadro  mеmbranasidan    xromosoma    yadrosiga    o`tish  


 

458 


xususiyatiga    ega    va    u    bilan    o`zaro  bog`lanadi.    Xromatinni      boshqaruvchi 

gistonlar    yoki    giston  bo`lmagan  oqsillar    DNK    bilan  bog`lanib,    hujayra  

bo`linishini,  o`sishini,  transkriptsiya va spеtsifik  oqsil  sintеzini  boshqaradi. 

 

13.13. Markaziy va endokrin bez gormonlarini ta`sir qilish mexanizmi va 

biologik funktsiyalari 

 

Kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqarishda ishtirok etadigan polipeptid 

gormonlar 

13.13.1. Qalqonsimon bez gormonlari 

 

 Qalqonsimon  bez  modda  almashinuviga  2  xil  ta`sir  etadigan    gormonlarni  



ishlab  chiqazadi.  1)  Yodtironinlar  -  tiroksin  va  triyodtironin  –  organizm  

energiya almashinuviga, hujayralar o`sishi va diferentsirovkasiga ta`sir etadi. 

        2)  Kaltsiotonin  –    qalqonsimon  bezning  S  hujayralarida  sintezlanib, 

kaltsiy  va  fosfor  almashinuvini  boshqaradi.  Uning  ta`sirida  gipokaltsiyemiya 

kuzatiladi. 84 ta aminokislota qoldig`idan iborat bo`lgan oqsil, molekulyar massasi 

– 9800. 


Hozirgi  vaqtda  kaltsiotonin    sof  holda  hayvon  va  odam  qalqonsimon  bezi  

to`qimasidan  ajratib  olinib,  aminokislota  ketma-ketligi  va  kimyoviy  sintezi  to`liq 

o`rganilgan.  Odam  qalqonsimon  bezi  kaltsiotonining  birlamchi  strukturasi 

quyidagicha:  

        

 

Yodtironinlar sintezi: Qalqonsimon bezda yodtironinlar sintezlanishi uchun 

qonda yod, bezning o`zida tireoglobulin bo`lishi zarur. Sintez bir necha bosqichda 

amalga  oshiriladi.  Sintezlanayotgan  gormon    biogenezining  ikkita  turdagi  genetik 

boshqaruv  yo`llari  bor:  to`g`ri  –  ko`pchilik  oqsil  -  peptidli  gormonlar 



 

459 


o`tmishdoshlarini  polisomalardagi  sintezi  va  vositali  –  steroid  gormonlari, 

aminokislota  unumlari  va  rilizing-faktorga  o`xshash  katta  bo`lmagan  peptidlarni 

ribosomalardan  tashqaridagi  sintezi.  Birinchi  usuldagi  biosintezning  genetik 

boshqaruvini  printsipial  sxemasi:  gen  —  mRNK  —  progormon  —  gormon. 

Ikkinchi  usulning  sxemasi:  gen  —  mRNK  —  fermentlar  —  gormon  (in  vitro 

sharoitidagi biosintez usullari — inkubatsiya — xromatografiya). 

 T

3

  va  T



4

  biosintezi  quyidagi  bosqichlar  bo`yicha  qalqonsimon  bez 

follikulalarida bajariladi:  

1)  qon  yodidlarini  bezda  to`planishi  va  ularni  elementar  yodgacha 

oksidlanishi;  

2) maxsus gormonal oqsil–tireoglobulin sintezi va undagi tirozin qoldiqlarini 

elementar yod bilan yodlanishi;    

3)   tireoglobulin molekulasida   yodlangan   tirozin qoldiqlaridan  gormonal  

yodtironinlarning hosil bo`lishi: 

4) tireoid gormonlarini oqsildan ajralishi. 

Yodidlarning  qondagi  normal  konsentratsiyasi  -  0,1-0,5  mkg  %.  Odamni 

yodga  bo`lgan  sutkalik  minimal      talabi  50-75  mkg,  optimal  talabi  120  mkg  ni 

tashkil qiladi.  Yod  yetishmasa  bo`qoq rivojlanadi.  Qalqonsimon  bez  gormonlari -

yodtironinlar strukturasi organospetsifik oqsil–tireoglobulin ichki qismida,   uning   

polipeptidi      asosida    hosil  bo`ladi.      Tireoglobulin      -      katta  molekulali  nordon 

(kislotali) 

glikoproteid, 

sedimentatsiya 

koeffitsenti 

195, 


mol.  massasi  ~  670000.  Gormon  biosintezining  boshlang`ich  bosqichida 

tireoglobulin tarkibidagi tirozin qoldiqlari elementar yod bilan yodlanib, monoyod 

tirozin  (MYT)  va  diyodtirozinlarga  (DYT)  o`tadi.  So`ngra  tireoglobulin  tarkibida 

MYT  DYT  qoldiqlarini  o`zaro  kondensatsiyalanishi  natijasida  T

3

,  ikkita  DYT 



qoldiqlarini  kondensatsiyalanishidan  esa-  T

4

  hosil  bo`ladi.  Keyinchalik 



tireoglobulin  TTG  ta`sirida  proteolizga  uchrashidan  yodtironinlar  ajralib  chiqadi. 

Hosil  bo`lgan  tironinlarning  miqdoriy  nisbati  T

4

/T

3



  4:1,  ya`ni  ularning 

biosintezlanish darajasiga to`g`ri keladi. 



 

460 


  Proteazalar  yordamida  gidrolizlangan  tireoglobulindan  ajralib  chiqqan 

tiroksin  va  triyodtironin  faol  gormon  ko`rinishida  qonga  o`tadi.  Qonda  tiroksin 

biriktiruvchi  oqsillar  –  globulin,  albumin  va  prealbuminlar  bilan  kompleks  hosil 

qilib,  pereferik  to`qimalarga  tarqaladi.  T

3

  ni  oqsillar  bilan  bog`lanishi  T



4

  ga 


nisbatan  3-5  marotaba  kam,  ammo  T

3

  ni  biologik  effekti  T



dan  3-5  marotaba 

kuchliroq. T

3

 va T



4

 sintezi va sekretsiyasi gipofizar tireotropin bilan boshqariladi. 

Bir sutkada odam organizmidan 55 mkg T

3

 va 110 mkg T



4

 ajralib chiqadi.  



Tireoid gormonlar metabolizmi 

 

Tireoid  gormonlarining  periferik  metabolizmi  asosida  ularning  mikrosomal 

diyodinazalar ta`sirida yodsizlanishi yotadi. Gormon molekulasining qaysi qismini 

yodsizlanishiga  qarab  gormonning  aktivlanishi  yoki  inaktivlanganini  kuzatish 

mumkin.  Masalan,  T

4

  molekulasidan  5`    holatdagi  yod  atomining  ajralib  chiqishi 



T

3

 ni hosil bo`lishiga olib keladi. T



3

 biologik faolligi T

4

 ga nisbatan yuqori. T



4

 ni 


T

  ga  o`tishi  T



4

  ning  biologik  effektlarini  namoyon  bo`lishining  muhim  bosqichi 

hisoblanadi.  T

4

  ning  5`  –  holat  bo`yicha  yodsizlanishi  organizmning  turli 



to`qimalarida,  ayniqsa  jigarda  ko`proq  uchrab,    3,  3`,  5`  –  T

3

  va  so`ngra  3,  3`  - 



diyodtironinlar  hosil  qilib,  oxir  oqibat  gormon  faolligini  yo`qolishiga  olib  keladi. 

Demak, jigar va boshqa to`qimalardaga tireoid 



 

 

461 


 

 

 gormonlaridan  asta-sekin  yod  atomlarini  olib  tashlanishi  yoki  yodsizlanish 

jarayoni  tireoid  gormonlari  katabolizmining  asosiy  yo`li  hisoblanadi  (boshqa 

yo`llari - yon zanjirning dezaminlanishi, dekarboksillanishi). Ajralgan yod atomlari 

tezda yodidgacha qaytariladi va siydik bilan organizmdan chiqariladi. 

 

Yodtironinlarni ta`sir etish mexanizmi 



 

Yodtironinlarga ta`sirchan to`qimalar: jigar, yurak, buyrak, skelet mushaklari, 

oz  darajada  yog`  va  nerv  to`qimasi.  Tireoid  gormonlarini  hujayra  rivojlanishi  va 

differentsirovkasiga,  organizm  energiya  almashinuviga  kuchli  ta`sir  ko`rsatib, 

issiqlik ajralib chiqarish xususiyatiga kalorigenli xossasi deyiladi.   

 Hujayrada tireoid gormonlari yadrodagi  xromatin  oqsillari  bilan  bog`lanib,  

qator  fеrmеnt  oqsillari  sintеzini  tеzlashtiradi. Bundan  tashqari, bu gormonlarni  

sitozolda  alohida  rеtsеptorlari topilgan. Tiroksin  100 dan ortiq fеrmеnt faolligiga 

ta`sir  etadi,  ularning  kopchiligi      enеrgiya    almashinuvida    qatnashuvchi  

fеrmеntlardir.  Masalan,  tireoid  gormonlari    H

ni  sitoplazmadan    mitoxondriya 



matriksiga  tashib  o`tilishida  qatnashadigan  oksidlovchi  fermentlarni  faollaydi. 

Bunda  hujayra  mitoxondriyalari  soni  ko`payib,  ulardagi  kristalar  hajmi 

kattalashgani kuzatilgan. Umuman yodtironinlar avvalo hujayra genetik apparatiga 

ta`sir ko`rsatadi va natijada energiyani aerob yo`l bilan hosil bo`lishi tezlashadi. 



 

462 


Qalqonsimon  bеzi  gormonlari  ta`sirida  to`qima  adеnilattsiklazalarini    

faollanishi hisobiga  ATF  miqdori  ortadi,  yog`  to`qimalarida  lipoliz,  jigar  va 



skelet  mushaklarida  esa  glikogеnoliz  jadallashadi.  Tireoid    gormonlari 

konsentratsiyasini  qonda  ortishi,  organizmda  moddalar  oksidlanishini  kuchay-

tiradi. Bu sharoitda lipid va uglevod substratlari almashinuvi uchun katta miqdorda 

O

2



 talab qilinib, ko`p miqdorda issiqlik energiyasi ajralib chiqadi. 

 

                                              Tireoid gormon 



                                                   ↓ faollangan adenilatsiklaza 

         (yog`to`qimasida)Lipoliz←  sAMF→ glikogenoliz (jigar,skelet mushak) 

 

↓ 

                                                     O



2

 →  Q   


Download 4.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling