Toshkent farmatsevtika instituti


 Glyukokortikoidlar - kortizol (gidrokartizon), kortikostеron


Download 4.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/53
Sana12.12.2017
Hajmi4.3 Mb.
#22078
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53

1. Glyukokortikoidlar - kortizol (gidrokartizon), kortikostеron.  

 

472 


  Adenogipofizni    kortikotropin  gormoni  glyukokartikoidlar  sekretsiyasini 

boshqaradi.  Kortikotropin  buyrak  usti  bezi  po`stloq  qismining  hujayra 

membranalaridagi  adeniladtsiklazani  faollab,    sAMF  orqali  xolesterin  efirlarini 

glyukokortikoidlar sinteziga jalb qiladi.  

Glyukokortikoidlar  plazma  tashuvchi  oqsili  transkortin  bilan  bog`lanib, 

periferik  to`qimalarga  (jigar,  buyrak,  taloq,  limfotsitlar,  timus,  suyaklar,  teri  osti 

biriktiruvchi to`qima,  yog` to`qimasi,  mushaklar) sitoretseptorlar orqali to`g`ridan 

to`g`ri  o`z  ta`sirini  ko`rsatadi.  To`qimalar  xiliga  qarab  gormonlar  ta`siri  o`zaro 

farqlanadi.  Jigar  va  buyrakda  aminokislotalardan  glyukoneogenez  va  oqsil 

biosintezini  kuchaytirsa,  qolgan  to`qimalarda  oqsil  sintezini  pasaytiradi.  Hosil 

bo`lgan glyukoza jigar va mushaklarda glikogen sintezida ishlatiladi.  

Glyukokortikoidlar  adrenalin  sekretsiyasini  stimullanishi  natijasida  yog` 

to`qimasida lipoliz faollanadi. Natijada qonga o`tgan ortiqcha miqdordagi glitserin 

va  yog`  kislotalari  jigarda  oksidlanib,  keton  tanachalarini  hosil  qiladi  va  ularni 

qonga chiqaradi. Qonda glyukoza, aminokislota, yog` kislotalari, glitserin va keton 

tanachalarini  miqdorini  ortishi  natijasida  glyukozuriya    aminoatsiduriya, 

ketonuriya singari patologik o`zgarishlar kuzatiladi va bu holat steroidli  diabet deb 

ataladi.  

Glyukokortikoidlar 

ionlar 


almashinuviga 

ham 


ta`sir 

etadi: 


Na

+

 



rearbsorbtsiyasi  ortib,  K

+

  ni  chiqib  ketishi  ko`payadi.  Na



+

  va  H


2

O    hujayralar 

oralig`ida yig`ilib, shish paydo qiladi.  

2. Mineralokortikoidlardan – aldosteron organizmda Na

, K



,Cl


-

 va H


2

balansini  boshqaradi.  Buyrak  usti  bezi  po`stloq  qismidan  ajralib  chiqqan  gormon 



qonda  albumin  bilan  birikib,  buyrakga  boradi.  Aldosteron  –  sitoretseptor 

kompleksi  hujayra  yadrosida  Na

ionlari  transportida    qatnashadigan  oqsillar 



strukturasi  tog`risidagi  axborot  saqlaydigan  genlar  transkripsiyasini    faollaydi. 

Aldosteron    Na

,Cl


-

 

 



va 

 

H



2

O  ni  to`qimalarda ushlab,      K

+

  ionlarini  organizmdan 



siydik bilan chiqarilishini boshqaradi.  

 

 

473 


Buyrak usti bezining funktsiyasining buzilishi 

Giperkortitsizm  -    Itsengo  –  Kushing  kasalligi  va  kortikosteroma  belgisi 

bo`lib, ikkala kasallikda ham kortikosteroidlarni katta miqdorda ishlab chiqarilishi  

kuzatiladi. 1–  da  –  kortikotropin  ortiqcha sekretsiyalansa; 2– da  –o`sma  (saraton) 

to`qimalarida kortizol haddan ziyoda miqdorda sintezlanadi.  



Belgilari  –  teri  osti  biriktiruvchi  to`qimalarini  atrofiyasi,  steroidli  diabetni 

shakillanishi,  gipertoniya  (    adrenalin  va  noradrenalinni  ikklamchi  sekretsiyasi 

oshgani hisobiga), osteoporoz. 

Giperkortitsizmni    boshqa  turi  aldosteron  gipersekretsiyasi  bilan  bog`liq: 

tuzlar va suv almashinuvini buzilish alomatlari, shishlar, qon bosimini ko`tarilishi, 

miokard qo`zg`aluvchanligini ortishi, qon kasalligi. 

Addison  kasalligi  yoki  bronza  kasalligi  19  asrning  ikkinchi  yarmida  

aniqlangan 

bo`lib, 

bemorda 


teri 

pigmentatsiyasi 

ko`payib, 

mushaklar 

kuchsizlanadi,  suv-tuz,  oqsil  va  uglevodlar  almashinuvi  buziladi.  Kasallik  buyrak 

usti  bezlari  tuberkulyozi  natijasida  po`stloq  qavati  gormonlari  sinteznining 

yetishmovchiligida kuzatiladi. Addison kasalligida qonda natriy va xlor ionlarining 

kamayishi,  kaliy  ionlarining  ortishi  hisobiga  organizmdan  suvni  yo`qotilishi  va 

qonda  glyukoza  miqdorining  ortishi  kuzatiladi.        Aminokislotalardan  oqsillar 

sintezining  pasayishi  va  qonda  qoldiq  azotning  ortishi  ko`rinishida  namoyon 

bo`ladi.  Kasallik  tuberkulyoz  terapiyasining  spetsifik  preparatlari  yordamida 

davolanadi. 



Gipokortitsizm      yoki      bronza  kasalligi    (Addison  kasalligi)  –  barcha 

kortikosteroidlarni  yetishmovchiligi.  Bemorlarda  gipoglikemiya,  emotsional 

stresga,  infektsion,  kimyoviy,  mexanik  faktorlar  ta`siriga  sezuvchanlikni 

kamayishi,  gipotoniya,  mushaklar  tonusini  bo`shashib  ketishi  kuzatiladi.  Sanab 

o`tilgan  alomatlar  membranadagi  Na

+

,  K



gradienti  va  suv  mineral  almashinuvini 

buzilganligidan kelib chiqadi.  

Kortikosteroidlarni 

ishlatilishi

allergik 

va 

autoimun 



kasalliklarida(revmatizm, artritlar, bronxial astma, dermatozlar), keng qo`llaniladi. 

 

474 


Yalig`lanishni  davolashda  imunnodepressantlar  sifatida  (transplantattsiyada) 

foydalaniladi.   



13.15. Jinsiy bеzlar gormonlari 

 Erkaklar jinsiy gormonlari – androgеnlar urug`donlarni Leydig hujayralarida,  

ayollar – estrogеnlari esa tuxumdonlarda sintezlanadi. 

 Tuxumdon  folekulalaridan  ajratib  olingan      ayollar  jinsiy  gormonlari  ichida 

estradiol yuqori faollikka ega, Ular qatoridagi estron va estriolda gormonal faollik 

kamroq. 

Estrogenlarning organizmgagi biologik roli xilma-xil bo`lib, ular jinsiy sikl, 

homiladorlik  va  laktatsiya  davrini  ifodalaydi,  bachadon  va  qinning  spetsifik 

o`zgarishi, sut bezlarini o`sishi, ikkilamchi jinsiy belgilarni shakillanishiga sharoit 

yaratadi, shuningdek, hujayra bo`linish jarayonlarini stimullaydi. 

Follikulalarni yetilishi bachadon to`qimalarida modda almashinuvini oshiradi, 

oqsil sintezi, nuklein kislotalar hosil bo`lishini tezlashtiradi. Follikulalar yetilishida 

hosil  bo`ladigan  sariq  tanada  urug`langan  tuxumni  bachadon  devorining  shilliq 

qavatiga  birikishini  va  homiladorlikning  birinchi  yarimida  embrionning 

rivojlanishini  ta`minlaydigan  gormon–progesterone  ishlanadi.  Bu  gormon 

homiladorlik  davrida  o`zining  xususiy  xoriogonadotrop  gormonini  ham 

sintezlaydigan  planseta(yo`ldosh)da  ishlab  chiqariladi.  Uning  ta`sirida  follikula 

yetiladi  va  sariq  tana  o`sa  boshlaydi.  Hozirda  estrogenlar  faolligiga  ega  bo`lgan 

sintetik moddalar olingan, ular vakili stilbesteroldir. 

Estrogenlarni  - estron, estradiol, estriolni sitoretseptor orqali spetsifik genlar 

faolligiga ta`sir etishidan sintezlangan maxsus oqsillar hujayra metabolizmi, o`sishi 

va  rivojlanishini  boshqaradilar.  Uni  hisobiga  (+  )  N

    balansi  yuzaga  keladi. 



Suyaklarda  estrogenlar  kaltsiy  va  fosfor  tuzlarini  o`zlashtirilishini,  kollogenni 

sintezini  oshiradilar.  Glikoliz  va  PFS  fermentlarini  induktorlari  bo`lganligi  uchun 

uglevodlar metabolizmida energiyani aerob hosil bo`lishida  qatnashadilar. 


 

475 


Lipidlar almashinuviga ham ta`siri bor. Lipidlarni yangilanib turishini, ularni 

jigarda  va  yog`  to`qimasida  to`planib  qolmasligi,  organizmdan  xolesterinni 

chiqarilishini ta`minlab turadi. 

Androgеnlar  –  tеstostеron,  digidrotеstostеron.  Ajralib  chiqqan  testosteron  

qondagi  glikoproteid  bilan  bog`lanib,  to`qimalarda    HADFH

2

  steroid  reduktaza 



ishtirokida digidrotestosteronga o`tadi. Oqsil biosintezini keskin oshiradi, (+) azot 

balansi nuvozanatini ta`minlaydi.  

 

Erkaklar jinsiy gormonlari urug`donlarda sintezlanib, funktsiyasi gipofizning 



gonodotrop  gormoni  tomonidan  nazorat  qilinadi.  Androgenlar  jinsiy  organlar 

rivojlanishini stimullab, ikkilamchi jinsiy belgilarni shakllantiradi. 

 

Androgenlarni  anabolik  ta`siri  estrogenlarnikidan  kuchliroq.  Skelet 



muskulaturasi  va  suyaklarni  o`shishini  oshiradi.  Buyrak  va  jigarda  oqsillar 

biosintezini  kuchaytiradi.  Bosh  miyaga  ta`sir  etib,  erkaklarga  xos  bo`lgan 

psixofiziologik  xususiyatlarni  shakillanishida  qatnashadi.  Uglevodlar  va  yog`lar 

aerob  parchalanishida  fermentlar  induktsiyasi  orqali  qatnashadi.  Fosfolipidlarni 

sintezini oshirib, qondagi lipidlar va xolesterin miqdorini pasaytiradi. 

 

13.16. Epifiz gormonlari  

 

Epifizda  triptofandan  serotonin,  melatonin  sintezlanadi.  Melatoninni  sintezi 

yorug`likga  bog`liq  bo`lgani  uchun  sutka  davomida  o`zgaradi.  Qorong`ida 

melatonin  sintezi  oshib,  yorug`da  kamayadi.  Melatonin  gipofiz  gonadotropinlari 

sekretsiyasini pasaytiradi. Kunning yorug`lik vaqti uzayganda (bahorda) melatonin 

sintezi tormozlanib, gonadotropinlar sekretsiyasi ortadi, bular o`z navbatida jinsiy 

bezlar funktsiyasini stimullaydi.           

Gipotalamus  va  Gipofiz.  Gipotalamus  va  gipofiz  gormonlari  funktsiyasini 

birga ko`rish maqsadga muvofiq, sababi  har ikkala organda gormon hosil bo`lishi 

va  ajralishini    o`zaro    aloqadorligi  bor.  Gipotalamus    gormonlari  organizmning 


 

476 


barcha  a`zo,  to`qimalarining    biokimyoviy    funktsiyalarini  gumoral  boshqaradi.  

Hozirda  quyidagi  gipotalamik  nеytropеptidlar  ajratib olingan: 

Gipotalamik  nеyropеptidlari-liberinlar:      Gipofiz trop gormonlari: 

Somatolibеrin                                                        Somatotropin 

Kortikolibеrin                                                        Kortikotropin 

Follilibеrin                                                             Follitropin 

Tirеolibеrin                                                           Tireotropin 

Lyulibеrin                                                              Lyutropin 

Prolaktolibеrin                                                       Prolaktin 

Mеlanolibеrin                                                         Mеlanotropin 

Trop  gormonlari  gipofiz oldi va o`rta qismida  ishlab  chiqarilsa  orqa  qismida 

neyrogormonlar  oksitotsin, vasopressin ishlanadi. Gipotalamus libеrinlari gormon  

ishlab    chiqarilishini    stimullasa,  gipotalamik  statinlar  aksincha,  gormon 

sekretsiyasini ingibirlaydi. 

Gipofiz  gormonlarini effektlari. 1. Pereferik bezlar gormonlarini biosintezi va 

sekretsiyasini 

boshqarish 

(TTG, 


follitropin, 

lyuttropin, 

kortikotropin, 

somatotropin). 2. Jinsiy hujayralarni shakllanishiga ta`siri (follitropin). 3. To`qima 

va  organlar  funktsiyasi  va  metabolizmini  boshqarish  (somatotropin,  α,  β–

lipotropinlar,  kortikotropin,  oksitotsin,  vasopressin).  4.  Nerv  sistemasi  faoliyatiga 

ta`siri (kortikotropin, bettalipotropin). 

 

13.17. Gipofiz  gormonlarini pеrifеrik  bеzlarga ta`siri 

 

Kortikotropin – yog` to`qimaga to`g`ridan-to`g`ri  ta`sir ko`rsatadi. 

Gormon → adеnilattsiklaza→ sAMF→TG-Lipaza →yog` kislota 

 

↑ 



↓ 

Kortikotropin,                                                 Glitserin 

Α,β-lipotropin, 

gonadotropin                             

 


 

477 


 Ular  ta`siri  mеmbrana  rеtsеptorlari  bilan    bog`lanib,  adеnilattsiklazani  

faollashtirish    orqali    amalga    oshiriladi.  Nishon    hujayralarida  modda  

almashinuviga    ta`sir  ko`rsatib,  yog`    kislotalari,  glitsеrin    ajralishini    

stimulyatsiya  qiladi. Bundan tashqari  mеlanotsit stimullovchi  faollikga ega. 

Gipofizar  pakanalikda  (gipofizar  karlik  –  gipofizni  tug`ma  rivojlanmasligi 

bilan  bog`liq  patologiya)  tana,  shu  jumladan,  skeletning  proportsional 

rivojlanmasligi  kuzatiladi.  Lekin  aqliy  rivojlanishda  sezilarli  o`zgarishlar 

bo`lmaydi.  Gipofizning  gipo-  yoki  giperfunktsiyasida  katta  odamlar  tashqi 

ko`rinishida  ham  ma`lum  o`zgarishlar  uchraydi.  Masalan,  akromegaliya  (yunon. 

akros – qo`l-oyoqlari, megas - katta) kasalligida tananing oxirgi qismlarida –   qo`l, 

oyoq, burun, til noproportsional o`sib, kattalashib ketadi. Kasallikni rivojlanishiga 

gipofiz oldi qismini  o`sma kasalligi  sabab bo`ladi. 

 Vazoprеssin    –    antidiurеtik    gormon,  yog`larni    parchalanishiga    va  suvni 

buyrak  kanalchalarida  qayta    so`rilishi  (rearbsorbsiyasi)  ga  ta`sir  etib, 

ajratilayotgan  siydik    miqdorini  kamaytiradi  siydikda    natriy    va    xloridlar  

kontsеntratsiyasi ko`payib,  zichligi  ortadi. 



Vasopressin→adеnilattsiklaza→sAMF→proteinkinazalar→membrana oqsillarini                                       

                                                                                                                           fosforlanishi   

                        

                                              ↓ 

                                                                         Suvga nisbatan o`tkazuvchanlik  oshadi                        

                                                                                                                            ↓ 

                                                                                                               Diurez pasayadi 

 

                ↓ 

                                             Siydikda Na

+

, Cl

-

 konsentratsiyasi oshadi, zichligi oshadi 

Vazopressin  yuqori  bo`lmagan  kontsentratsiyalarda  (1  kg  tana  massasiga 

0,2ng) buyrak kanalchalari membranalari orqali suvning reabsorbtsiyasini oshirish 

yo`li  bilan  kuchli  antidiuretik  ta`sir  ko`rsatadi.  Normada  gormon  organizmda  suv 

balansi  va  qon  plazmasidagi  osmotik  bosimni  boshqarib  turadi.  Gipofizning  orqa 

qismi atrofiyasida buyrak kanalchalarida suvni qayta so`rilishi buzillishi oqibatida 



qandsiz diabet kasalligi rivojlanib, siydik bilan katta miqdorda suyuqlik ajraladi. 

Bemorlar vazopressin preparatlari bilan davolanadilar. 



 

478 


Oksitotsin  sGMF orqali hujayra  ichidagi  Ca

2+

 kontsеntratsiyasini oshiradi, 



bachadon  mushaklari  qisqarishini  kuchaytiradi.  Yog`  to`qimasiga  insulinga 

o`xshash ta`sir ko`rsatadi (glyukoza transporti va triglitseridlar sintezini oshiradi).  



Melanotropin (α,β – melanotropinlar) – gipofizni  o`rta  qismida sintezlanadi.  

Tеri va ko`z  qora chig`ida  melanin hosil bo`lishida qatnashadi. 



 Somatotropin  –    o`sish  gormoni  (yoki  bo`yni  o`stiruvchi  gormon).  Tog`ay 

hujayralar  bo`linishiga  ,  suyak,  ichki  organlar,  yuzdagi  va  og`izdagi  yumshoq 

to`qimalarni  o`sishiga  to`g`ridan  –  to`g`ri  yoki  vositachilar  (  somatamedinlar) 

orqali ta`sir etadi.  To`g`ridan – to`g`ri  ta`siri:  

Gormon→adеnilattsiklaza→sAMF→ glyukogon (ko`proq)→ diabetogen effekti  

                        

                                              ↓ 

                                                                                                            insulin 

      Gormon vositachilari     →  somatomedinlar yordamida 

                                         A

1

, A


2

, C – tog`ay hujayralarini bo`linishi 

  

                                DNK, RNK, oqsil, SO



4

2-

ni proteoglikanlarga kirishi                 



                                                  

                                                                                                                                                                       



                                                 Lipoliz va glikoliz

 ↑

                                                  



 Nerv  to`qimasida  oqsil  sintezi  va  DNK  miqdorini  ko`paytiradi.    Yaqqol  

anabolik ta`sir ko`rsatib, musbat ( +) N

2

  balansini keltirib chiqaradi.  



O`sish  jarayonlarining  gormonal  boshqarilishi.  O`sish  jarayonlarining 

jadalligi  va  davomiyligi  bir  qator  ichki  va  tashqi  omillar  bilan  nazorat  qilinadi. 

Ichki regulyatorlarga gormonlar, mahalliy to`qima spetsifik substratlari va boshqa 

o`sish  jarayonlarini  boshqarishi  omillari  kiradi.  Tashqi  omillarga  ovqatlanish 

sharoitlari,  jismoniy  va  asabiy  (nerv)  ta`siri  iqlim  omillari,  havodagi  kislorod 

kontsentratsiyasi  kiradi.  Gormonlardan  STG  umurtqali  organizmlarida  o`sish 

jarayonlarini  sistemali  nazoratida  muhim  ahamiyatga  ega.  Gipofizar  gormonning 

asosiy  funktsiyalaridan  biri  –  bo`yni  o`sishi,  tanani  umumiy  rivojlanishi,  uning 

og`irligi, alohida organlar xajmi va massasiga stimullovchi  ta`sir ko`rsatishdir. 

Hayvonlarda 

postembrional 

ontogenezning 

erta 

bosqichlarida  



gipofizektomiya tana o`sishi va og`irlik ortishini to`xtatadi. Gormon preparatlarini 

kiritish  esa  to`xtagan  jarayonlar  jadalligini  yana  o`z  xoliga  qaytaradi.  Odam 



 

479 


embrionida 12 chi haftadan 16 chi haftagacha qondagi STG kontsentratsiyasi ortib 

boradi  va  yuqori  kontsentratsiyalarda  32  haftagacha  saqlanadi,  tug`ilishdan  oldin 

esa,  taxminan,  10  marta  kamayadi.  Ontogenezning  erta  postnatal  bosqichida 

gipofiz gormoni sekretsiyasini tezligi katta odamlardagi  miqdoriga yaqinlashadi. 

Bolalarni  o`sish  davrida  STG  ishlovchi  gipofiz  o`smalari  gigantizm  deb 

ataluvchi  kasallikni  keltirib  chiqaradi.  Bemorlarda  suyaklar,  mushaklar,  ichki 

organlar  og`irligini  rivojlanishi  tufayli  tananing  bo`yi  va  og`irligi  proportsional 

ravishda  kattalashadi.  Kasallik  bolalikni  so`nggi  yillari  yoki  o`smirlik  davrida 

boshlansa, akromegaliya deyilib, tana qismlarini proportsional kattalashishi – (qo`l 

panjasi,  burun,  kalla  suyagi,  til  va  boshqalar)  kuzatiladi.  O`sayotgan  bola 

organizmida  STG  yetishmasa  o`sish  jarayonlarida  teskari  patologik  ko`rinish  - 

gipofizar  pakanalik  (liliputizm,  gipofizar  nanizm)  kuzatilanadi.    Rivojlanayotgan 

(o`suvchi) 

umurtqalilar 

organizmidagi 

naysimon 

suyaklarning 

epifizar 

qismlaridagi  tog`ay  to`qimasi  STG  ta`siriga  hixoyatda  sezuvchan  bo`ladi.  Faol 

tog`ay  qismlarini  ossifikatsiyasi  suyaklar  o`sishi  asta-sekin  to`xtaydi.  STG 

o`sayotgan  hayvonlarning  to`qima  va  organlarida  oqsil  biosintezini  stimulyatori 

bo`lishi bilan birga, katta hayvonlarda ham shunday ta`sir ko`rsatadi. 

STG  ning  jigarga  ta`sirining  muhim  tomoni  shundaki,  u  jigar  hujayralarini 

spetsifik  stimulyatsiya  qilib,  mahsus  gormonal  birikmalar  -  somatomedinlar  va 

STGning  boshqa  ko`pgina  effektlari,  ayniqsa  suyak-tog`ay  apparatining  o`sishiga 

vositachilik qiladigan omillarini ishlab chiqarilishini ta`minlaydi. 

Hayvonlar 

qonida 


STGga 

bog`liq 


mahsus 

faktor 


bo`lib, 

uning 


kontsentratsiyasi  STG  darajasiga  bog`liq.  Zardobdagi  STGga  bog`liq  faktor 

(STGdan  farqli  ravishda)  in  vivo  sharoitida  anabolik  jarayonlarga  ta`sir  qilish 

xususiyatiga  ega.  Uni  mushak  va  yog`  to`qimalari  hujayralariga  effekti 

(aminokislotalar  va  glyukoza  transportining  kuchayishi)  insulinga  o`xshash.     

Zardob  faktori  STGga  o`xshash  effektga  ega  bo`lgani,  fiziologik  ta`sirini 

normallashtirgani  uchun  ularni  somatomedinlar  deb  ataladi.  Somatomedinlar 

asosan  jigarda  va  qisman  boshqa  organlarda  ham  hosil  bo`ladi.  Ularni  jigar 

hujayralaridan qonga tushish  tezligi  STG tomonidan stimullanadi. 



 

480 


Yosh  bolalarda  so`matotropinni  yetishmovchiligi  vaqtidan  ilgari  bo`y 

o`sishini to`xtatib, karlik deb nomlanuvchi holatga olib keladi.  Ushbu vaziyatda 

voyaga  yetgan  karlikni  bo`yi  100  –  120  sm  dan  oshmaydi.  Somatotropin 

yetishmovchiligidagi 

karlik 

gipotireozdagi 



bo`yi 

o`smaganlikdan 

tanani 

proporsional  rivojlanganligi  bilan  farqlanadi  va  aqli  zaiflik  alomatlari  bo`lmaydi. 



Bolalarni  o`sish  davridagi  somatotropin  gipersekretsiasi  gigantizmga,  voyaga 

yetgan organizmda esa akromegaliyaga olib keladi.         



    

 13.18. Prostaglandinlar 

Prostaglandinlar  faqat  organizmda  sintezlanib,  tashqaridan  organizmga 

kirmaydi. Prostaglandin – PG deb belgilanib, indeks yog` kislotadagi to`yinmagan 

bog`lari soni, moddaning qaysi guruhga mansubligi arab harflari bilan belgilanadi. 

А-  to`yinmagan  keton,  Е-  oksiketon, 

F  –  1,3  diol  ni  bildiradi.  Tarkibiga 

qarab  prostaglandinlar bir necha tipga 

bo`linadi; A,B,C,D,E,F,G,H. 

 Prostaglandinlar  gormonsimon 

ta`sir  etadigan  C

20 

-  poliеnli    yog`  



kislotalari 

 

hosilalari 



bo`lib, 

siklopеntеn    halqasini    saqlaydilar.  

Eritrositlardan 

tashqari 

hamma 

to`qima va hujayralarda hosil bo`ladi. 



Yashash  muddati  juda  qisqa  to`qima 

gormonlaridir bo`lib, ta`sir etayotgan to`qimani o`zida sintezlanadi.    

  

Prostaglandinlarning har bir tipi qo`shbog`lari soniga qarab, bir nechta 



seriyaga bo`linadi (PGE

1

, PGE



2

, PGE


3

). Bundan tashqari OH–gruhi va siklopentan 

halqasini  joylashishiga  qarab  α,  β-  indekslari  kiritiladi  (PGE

).  Tabiiy 



prostaglandinlar α – konfiguratsiyaga ega. 

 

481 


        Prostaglandinlar sintezida boshlang`ich modda bo`lib C 

20:3  


(gomo γ-linol ), C 

20:4   


-  araxidon  kislota,  C 

20:5   


-  ekozopentayen  kislotasi  ishlatiladi.  Bu  kislotalar 

organizmga  ovqat  bilan  kiradigan  linol  kislotasidan  hosil  bo`ladi.  Ularning  hosil 

bo`lishi yuqoridagi jadvalda va quyidagi sxemada keltirilgan: PGA izomeriyasi → 

PGB, PGC 



Download 4.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling