64
V BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI
IQTISODIY G„OYALAR VA IQTISODIY SIYOSAT
5.1. Amir Temurning iqtisodiy qarashlari
Amir
Temur
(1336-1405)
iqtisodiyotni
boshqarishda
o‗ziga xos maktab yaratdi.
Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh
vazir)dan tashqari
har bir viloyatda Devon,
deyiluvchi boshqarma bo‗lgan. U davlatning
muhim ishlarini: soliq yig‗ish,
tartib saqlashni,
ijtimoiy binolar – bozorlar,
hammomlar, yo‗llar,
suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan.
Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib
borgan. Ayniqsa, toshu tarozi to‗g‗riligi,
odil baho tekshirib turilgan,
qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan.
Mamlakatda ko‗rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar,
birinchi navbatda,
raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og‗ir
ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur:
“Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag„alashishiga
olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib
ketishiga sabab bo„ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o„z navbatida,
saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”, – deb ko‗rsatib bergan.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e‘tibor berilgan bo‗lib, yerga
egalik qilish quyidagi ko‗rinishlarda bo‗lgan:
1.
Suyurg„ol yerlar. Katta hajmdagi
bu yerlar davlat tomonidan
ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o‗tgan. Suyurg‗ol egasi
soliqdan ozod qilingan. Bunday yer
egalari dehqonlarni ishlatib, yer
solig‗i – xiroj olganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: