Muammoli savol: Firma usulida xizmat ko’rsatilganda qaysi tadbirlar to’liq
bajarilishi lozim? Dunyo avtoservisi amaliyotida avtomobillarga firma usulida xizmat
ko’rsatishning qanday shakllari mavjud? O’zbekistonda firma usulida xizmat
ko’rsatishni qanday shakllarini bilasiz? “UzDEU avto” hissadorlik jamiyatining
respublikamiz ichkarisida va tashqarisida nechta kafolat xizmat ko‘rsatuvchi dillerlari
mavjud?
Mavjud vaziyat
Avtotransport vositalari texnik servisi texnik ta’minlashning jahon bo’yicha
keng tarqalgan usuli hisoblanib, ishlashga yaroqliligi, ishonchliligi, xavfsizligi,
tejamkorligi va zaruriy tashqi ko’rinishini ta’minlash uchun bajariladigan bir qancha
xizmatlar majmuidir. Avtoservis xizmatining asosiy vazifasi mamlakatdagi avtomobil
transporti, qaysi mulk shaklida bo’lishidan kat’i nazar, beto’xtov, xavfsiz, tejamkor
va ishonchli ishlashini ta’minlashdir. Deyarli har kuni ishga chiquvchi avtomobillarni
yonilg’i-moy mahsulotlari bilan ta’minlash, ularni Yuvish-tozalash va nazorat qilish,
xizmat ko’rsatish yoki ta’mirlash talab etiladi.
Muammoli
savol:
avtoservis
tizimining
rivojlanishi–ko’rsatiladigan
xizmatlarning qanday xususiyatlarga ega bo’lishini taqozo etadi? Texnik xizmat
ko‘rsatishda qanday ishlar bajariladi? Tijoriy ishlar mazmuni nimalardan iborat?
Mijozlar bilan ishlash mazmuni nimalardan iborat?
Mavjud vaziyat
Servis ko’rsatishning texnologiyasi, ya’ni ishlarning bajarilish ketma-ketlik
tartibi ishlab chiqilar ekan, bu texnologiya maqsadga muvofiq, kam chiqimli va
samarali bo’lishi talab etiladi. Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqilgan.
Muammoli savol: texnik servis texnologik jarayon qanday talablarga javob
berishi lozim? Avtoservis korxonalarida texnik servisni tashkil qilishning texnologik
jarayoni.
Mavjud vaziyat
Avtomobillarni xizmatga qabul qilish avtomobil, uning agregatlari, uzellari va
tizimlarining texnik holatini aniqlash, bajariladigan ishlar hajmini va muddatini
belgilash, shuningdek, zarur hujjatlarni to’ldirish, mijozlar bilan muomala qilish kabi
ishlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |