Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
-rasm. Uch pog‘onali uzatmalar qutisining sxemasi
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2-rasm. Avtomobilning orqaga harakatlanishida uzatmalar qutisining ishlashi
6.1-rasm. Uch pog‘onali uzatmalar qutisining sxemasi:
i-birlamchi (yetakchi) val; 2-birlamchi valni doimiy ilashishda turgan shesternyasi; 3-tishli mufta; 4,7-vilkalar; 5-g‘ildirak; 6-g‘ildirak-karetka; S-yetaklanuvchi (ikkilamchi) val; 9- shesternya; 10-o‘q; 11- oraliq shesternyasi; 12, /3-shesternyalar; 14-doimiy ilashishda turgan oraliq val g‘ildiragi; i5-oraliq val; i6-karter Uzatmalar qutisi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: - uzatmalar qutisi (vazifasi - dvigatelning burovchi momentini va dvigatel valining burchak tezligini yetakchi g‘ildiraklarga o ‘zgartirib uzatish); - uzatmalar qutisining yuritmasi (vazifasi - haydovchi tomonidan uzatmalar qutisini boshqarish); - sinxronizator (vazifasi - pog‘onalami shovqinsiz qo‘shish); 60 - fiksator (vazifasi - pog‘onalami qo‘shilgan holatda ushlab turish); - qulf (vazifasi - bir vaqtda ikkita pog‘onaga qo‘shilishining oldini olish); 6.2-rasm. Avtomobilning orqaga harakatlanishida uzatmalar qutisining ishlashi: 7-birIamchi (etakchi) val; 2-birlamchi valni doimiy ilashishda turgan shesternyasi; 3-tishli mufta; 4,7-vilkalar; 5-g‘ildirak; 6-g‘ildirak-karetka; 8-yetaklanuvchi (ikkilamchi) val; 9- shesternya; 10-o ‘q; 11- oraliq shesternyasi; 12, 73-shestemyalar; 74-doimiy ilashishda turgan oraliq val g‘ildiragi; /5-oraliq val; /6-karter Yengil va yuk avtomobillarning ko‘pchiligida pog‘onali uzatmalar qutisi o ‘rnatiladi. Pog‘onalar soni 4, 5 va oxirgi pog‘onaning uzatishlar soni birdan kichik bo‘lgan ikki valli uzatmalar qutisi kichik klassdagi oldi yetakchi bo‘lgan avtomobillarda (Tiko, Neksiya, VAZ-2118) va dvigateli orqada va orqa g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan avtomobillarda (ZAZ) qo‘llaniladi. Odatda hamma pog‘onalari sinxronizator bilan ulanadi. Klassik kompanovkali yengil avtomobillar, kichik va o'rta klassdagi yuk avtomobillari va avtobuslarda uch valli uzatmalar qutisi o ‘rnatiladi. Zamonaviy yengil avtomobillarda uzatmalar qulisiiiiii^. pog‘onalar soni beshtadan kam emas. Uch pog‘onali uzatmalar qutisifj.a 61 ega bo‘lgan (GAZ-20, GAZ-21) avtomobillar hozirda ishlatilmaydi. Kichik yuk ko‘taruvchanlikka ega boMgan yuk avtomobillarida (UAZ) to‘rt pog'onali uzatmalar qutisi o‘rantilgan. 0 ‘rta yuk ko‘taruvchanlikka ega boMgan yuk avtomobillarda (Isuzu, GAZ) besh yoki olti pog‘onali uzatmalar qutisi o‘matiladi. Tortish va yonilg‘i tejamkorlik xususiyatini yaxshilash maqsadida katta yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan yuk avtomobillarida pog‘onalar sonini oshirish uchun ko‘p valli uzatmalar qutisi o‘matiladi. Ko‘p valli uzatmalar qutisining asosida to‘rt, besh yoki olti pog‘onali uch valli uzatmlar qutisi bilan bitta karterda yotuvchi uzatishlar sonini oshiruvchi reduktor (delitel) yoki uzatishlar sonini kamaytiruvchi (demultiplikator) va ayrim hollarda uzatmalar qutisi bilan bitta karterda delitel va demultiplikator joylashtiriladi. Ko‘p valli uzatmalar qutisi qo‘llanilgan- da pog‘onalar soni 8 dan 24gacha boMishi mumkin. Tirkama va yarim tirkamalarni tortuvchi avtomobillarda ko‘p pog‘onali uzatmalar qutisi ishlatiladi. Uzatmalar qutisining kup konstuktsiyalarida pog‘onalarni ulash haydovchi kuchi bilan amalga oshiriladi. Oxirgi vaqtdagi pog‘onali uzatmalar qutisining konstruksiyalarida mikroprotsessorli texnikani qo‘llanilishi natijasida pog‘onalarni ulash avtomatlashtirilgan. Ba’z:i bir kichik klassdagi yengil avtomobillarda («Fiat Uno» va h.k) friksion tipdagi pog'onasiz uzatmalar (variatorlar) o ‘rnatilgan. 20- 30 yillarda har xil variantlarda taklif etilgan impuisli pog‘anasiz ulatmalar avtomobillarda kam qo‘llanildi. Hamma turdagi pog‘onasiz uzatmalardan keng qo‘llanilayotgani bu gidrodinamik uzatma (gidrotransformatorlar) bilan avtomatik boshqariladigan pog‘onali uzatmalar qutisi birga qo‘llanilgan gidromexanik uzatma. Hozirda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan barcha chet el firmalari mijozlarning xohishiga ko‘ra avtomobillarga qo‘shimcha haq evaziga gidromexanik uzamalar qutisini o‘rnatishni taklif etmoqda. Gidromexanik uzatmalaming FIK va avtomobillarning yonilg‘i tejamkorligi oshirish ustida olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko‘satadiki, bu uzatmalar qutisi har xil vazifani bajaruvchi avtomobillarda keng qo‘llanishiga asos bo'ladi. Yuqori sinfdagi yengil avtomobillarda, ba'zi avtobuslarda va maxsus avtomobillarda gidromexanik uzatmalar qutisi o‘matilgan. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling