Tu rk iy tilla rd a so ‘z turkum la ri asosiy tushunchalar
sokaktan “ko'chadan”, inekten
Download 83.84 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vosita kelishigi.
- Turub barsa avga xilin, qoldasin
sokaktan “ko'chadan”, inekten “sigirdan”; tuv. taygadan, aydan, civeden
“archadan”, dastan "toshdan", iyastan “yog'ochdan”; 2) oltoy, xakas, shor tillarida -day//-doy//-tay//-toy//-nay//-no\7 shakllari: attay, sostay “so'zdan”, m alday “moldan"', tayyay, shor. meney “mendan”, seney “sendan", anay “undan”; 3) yoq. -tan //-ttan//-ton shakllari: tastan “toshdan”, oyurtan “o'rm ondan”, tabattan “bug'udan”, borotton “bo'ridan”; 4) chuv. -tan //-ran: lajaran “otdan", xularan “shahardan”, varmandan “o'rmondan”, uramran “ko'chadan”, manran “mendan” shakllari ishlatiladi. Turkiy tillarda chiqish kelishigi shakli nisbatan keyingi davrlarda reallashgan bo'lib, m a’lum davrlargacha, masalan, O'rxun-enasoy bitiklarida, bu kelishik o'rnida ham o'rin-payt kelishigi shakli qo'llangan. Qadimgi turkiy til yodgorliklarida chiqish kelishigi cheklangan o'rinlarda kuzatiladi, Vosita kelishigi. Vosita kelishigi shakli -я; undoshdan keyin: -in /-in // -uni/tin affikslari bilan ifodalanadi. Vosita kelishigi turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlariga xos bo'lgan. Bu kelishik qadimgi turkiy til yodgorliklari, “Qutadg'u bilig” va “Devonu lug'otit turk” asarlarida keng qo'llangan. 76 Vosita kelishigi qurol, vositani bildirgan, ya’ni ish-harakatning amalga oshuvi vosita kelishigidagi so'z ifodalagan narsa orqali sodir bo'lgan ini anglatgan: Ol bicaqin sancdi - “U pichoq bilan sanchdi” (DLT); Vosita kelishigi birgalikni bildirgan, ya’ni ish-harakatning birgalikda bajarilishini anglatgan: Turub barsa avga xilin, qoldasin — “Ovga o‘z tengi va do‘sti bilan borsa...” (QB). Ish-harakatning bajarilish usuli, holatini bildirgan: Ezgulikin kel, esizlikin kelma - “Yaxshilik bilan kel, yomonlik bilan kelma” (DLT). Vosita kelishigi hozirgi turkiy tillarda o‘rin-payt ravishlari tarkibida saqlanib qolgan: olt. dazin “bahorda”, kuzun “kuzda”, tunun “tunda”, boshq. qisin “qishda”, yazin “yozda”; qoz.jazin “yozda”, qisin “qishda”, xak. casxizin “bahorda”; yoq. kihin “qish”, sayin “yoz”, kuhun “kuz”. Ta’kidlash joizki, qadimgi turkiy tilda makon m a’nosini ifoda etuvchi shakllar keng tarqalgan, makon tushunchasini bildiruvchi kelishik shakllari ham yetarlicha boigan. Keyinchalik bu shakllar miqdor jihatidan kamaygan. Ayrim turkiy tillarda kelishik qo‘shimchalari so‘zning unli yoki undosh bilan tugashiga ko'ra farqli ko‘rinish (fonetik variant)ga ega bo'ladi. Chunonchi, qirg'iz tilida tushum kelishigi unlidan so'ng -ni, undoshdan so'ng -di shaklida, jo'nalish kelishigi esa unlidan so'ng -ga, -ga, -go, undoshdan keyin -ka, -ко, -ke, -ki variantlarida qo'shiladi. Boshqird tilida so'z o'zagi r, v, y, z tovushlari bilan tugasa, kelishik qo'shim chasi z tovushi bilan boshlanadi: -zin, -za (- ga). Turk tilida tushum kelishigining qo'Uanishi o'ziga xos. U, asosan, ikki shaklga ega: ~i va -ni. Agar -i shakli unli bilan tugagan so'zga qo'shilsa, у tovushi orttiriladi: odayi (xonani). Bu, shu olmoshlari ga esa singarmonizm talabi bilan -nu shaklida qo'shiladi: bunu, sunu kabi. Shuningdek, unli bilan tugagan so'zlarda bir -y tovushining qo'shilishi boshqa ayrim kelishik qo'shimchalariga ham xos: su-y-a (suvga), ne-y-in (nimaning) kabi. Kelishik qo'shimchalarining funksional-semantik xususiyatlari turlicha, bu holat turkiy tillarda o'ziga xosliklarga ega. Yoqut tili kelishiklarga boy til hisoblanadi. Download 83.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling