Tu rk iy tilla rd a so ‘z turkum la ri asosiy tushunchalar
Turkiy tillarda egalik tushunchasi
Download 83.84 Kb.
|
Turkiy tillarda egalik tushunchasi. Turkiy tillarda o'zakning unli
yoki undosh bilan tugashiga ko'ra egalik qo'shimchalari turli variantlarda qo'shiladi. Egalik qo'shimchalarining variantlari singarmonizm nisbatan 77 ko‘proq saqlangan tillarda o ‘zaklarning qattiq-yumshoqligiga ko‘ra ham farqlanadi. Egalik shaklini olgan so'z oldidan qaratqich kelishigi shaklidagi so'z qo'llanadi. Shunga ko'ra, ba’zi olimlar bu hodisalarni birbiriga bog‘laydilar. Qadimgi bobo til davrida qaratqich kelishigi va old qo'shimchalarning bo'lmaganligi turkiy tillarda egalik qo'shimchalarini vujudga keltirgan, degan fikrlar ham mavjud. Turkiy tillarda qarashlilikni ifodalash usullari, asosan, ikki yo'l: egalik qo'shimchalari va morfologik-sintetik usul orqali reallashadi. ' Turkiy tillarda egalik qo'shimchalari va sonning ko'plik shakli quyidagi umumiy xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1. Birlik sondagi I shaxsda turkiy tillarga xos egalik qo'shimchalari mushtarakdir. Shu bilan birga, shaklidagi unli и tovushiga aylanishi mumkin. Bu shaxsning ko'plikdagi -miz shakli ko'pgina turkiy tillarda -biz; yoqut tilida -bit/-bit (agabit "mening o ta m ”), tuva tilida -vis/-vis shakllarida qo'llanadi , 2. II shaxs birlik qo'shimchalari turk, gagauz, ozarbayjon tillarida -n,- in shaklida qo'llanadi. Ammo chuvash tilida bu shakl qadimgi holatini saqlagan: ogilig-vil-u (sening o'g'ling). Ko'plikda asosan -gig / / -niz shakli, turk, gagauz, ozarbayjon tilida -mz/-niz, tatar, boshqird. qumiq tillarida -giz / / -giz shakli mavjud. Sibir tillarida ancha farqli: chuvash tilida - ->; yoqut tilida -gt;-xt, oltoy tilida -gir, -xir shaklida uchraydi . Bu affikslar qadimiy shakllarning o'zgarishi natijasida shakllangan. 3. Ill shaxsning qadimgi variantlari saqlanib qolgan. Tuva, xakas, shor tillarida -si> zi ga o'tgan: kimezi fkemasy; boshqird tilida -hi: otahi (otasi). Olimlar -si shaklining ajratish m a’nosi borligini ta’kidlab, grammatik shaklning kelib chiqishini shu m a’no bilan izohlaydilar. Egalik kategoriyasiningevolyutsiyasi to ‘g'risidagifikrlardamunozarali o'rinlar bor. Shulardan biri egalik shakllarining kishilik olmoshlari bilan genetik aloqasidir. Ayrim turkologlar fikricha, egalik affikslarining ayni vaqtda shaxs va son m a’nolarini ifodalashi ularning kishilik olmoshlari asosida paydo bo'lganligini к о 'rsatadi. E galik k ateg o riy asi keng m a’noda q arash lilik m a’n o sining ifodalanishidir, bu hodisaning turkiy tillarda aniqlik va mavhumlik m a’nolari bilan bog'liqligi ham bor. Bu kategoriya ko'pgina agglyutinativ tillarda, masalan, m o'g'ui, ural, tungus-manchjur, shuningdek, eron tillarida ham uchraydi. 78 V .M .N asilov, B.A.Serebrennikov tadqiqotlarida egalik affikslari kelishik qo‘shimchalari va so‘z y aso v ch ilar bilan b o g ‘liq lik d a tah lil etilgan. Qadimgi turkiy tilda o'zakning unli yoki undosh bilan tugashi, qattiq -yumshoqligiga nisbatan egalik qo‘shimchalari turli variantlarda bo‘lgan:
B ulg:or, chuvash, yoqut, uyg‘ur tillari turkiy tillarning umumiy xususiyatlarini nisbatan to iiq saqlab qolgan tillar hisoblanadi. Mazkur tillarda egalik affikslarining qadimgi tizimi saqlanib qolgan:
Chuvash tilida otlar rus tilidan farqli o‘laroq I, II, III shaxs birlik va ko‘plikdagi tegishlilik qo‘shimchalarini qabul qiladi. Bu affikslar kishilik olmoshlaridan kelib chiqqan b o iib , narsa-buyumning kim gayoki nimaga tegishliligini bildiradi: menga, senga, unga, bizga, sizga, ularga, I shaxs tegishlilik affikslari undoshlardan keyin -yem, unlilardan keyin esa -m shakllarini qabul qiladi. Turkiy tillarda egalik tushunchasi haqida quyidagilarni umumlashtirish mumkin: 1.Turkiy, qadimgi german, m o‘g‘ul tillarida egalik shakllari sifatida kishilik olmoshlari keladi. Kishilik olmoshlaridan ayrim egalik affikslari shakllangan. Bunda fonetik o ‘zgarishlar kuzatiladi: mcmirj olmoshi -m shakliga qadar, sa-пщ - y shakliga qadar qisqargan. Bu fonetik o‘zgarishda nafaqat tovush, balki bo'g'inlar tushishi ham kuzatiladi. 2. Egalik affikslarining eng qadimiy ko‘plik shakli -z: m +z=m yz, ij+ z= ijyz- 79 3. C.Y.Malov tasnifida eng qadimgi turkiy tillar sifatida qayd etilgan bulg'or, uyg‘ur, chuvash, yoqut tillarida egalik qo'shimchalari asosga to’g'ridan to‘g ‘ri, kelishik qo'shimchalaridan oldin qo'shiladi va bu tartib barcha turkiy tillar uchun umumiy hisoblanadi. Download 83.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling