Tvich va diqt ma'ruza lotin
– Mavzu: Konstruktsiyalarning texnologiyaga mosligi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
4 – Mavzu: Konstruktsiyalarning texnologiyaga mosligi.
Reja: 1. Konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini ta'minlash. 2. Konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini baholash. 3. Konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini ta'minlashda yig’ish jarayonining roli. Zamonaviy buyumlarni konstruktsiya qilishda ularning tannarxi past bo’lgan holda ulardan foydalanish xususiyatlari yuqori bo’lishini ta'minlashga asoslanadi. Bunday kostruktsiya qilish konstrutsiyaning texnologiyaga mosligi printsipiga amal qilingan holda amalga oshirilishi mumkin. Konstruktsiyaning texnologiyaga mosligi foydalanish sifatining yuqori bo’lishini, mehnat materiallar sarfini va tannarxining minimal bo’lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari konstruktsiyaning texnologiyaga mosligi buyumning seriyalab ishlab chiqarishini tezroq o’zlashtirishga imkon beradi. Buyumlarning konstruktsiyasini texnologiyaga mosligi bu ishlab chiqishda uzluksiz jarayon bo’lib, u buyumni ishlab chiqishning boshlangich etaplaridan boshlanib, seriyalab va ko’plab ishlab chiqarish davomida ham davom etadi. Konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini ishlash buyumni ishlab chiqish to’xtatilgandagina to’xtatiladi. Texnologiyaga mosligini loyihalashning boshlangich etaplarida konstruktorlar, texnologlar ishtiroqida keyingi etaplarida esa ishlab chiqarish xodimlari va texnik nazorat bo’limi xodimlari (OTK) ishtiroqida olib boradilar. Shunday qilib konstruktsiyaning texnologiyaga mosligini ishlab chiqish konstruktorlik va texnologik imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga qaratilgan aloxida olingan tadbirlar hamda ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ko’tarishga qaratilgan bo’ladi. Buyumni ko’plab ishlab chiqarish uchun konstruktsiya qilishda ikkita masala yechiladi: - buyumni normal ishlashini ta'minlovchi barcha texnik shartlarni kanoatlantirish, - ishlab chiqarish texnologiyasi talablarini qondirish. Konstruktsiyaning texnologiyaga mosligi ishlab chiqishda quyidagicha bo’lishi mumkin: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling