Tvich va diqt ma'ruza lotin


 - Mavzu: Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

5 - Mavzu: Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni. 
Reja: 
1.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonining ketma ketligi. 
2.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni elementlari. 
3.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayoniga ta'sir qiluvchi omillar. 
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini ishlab chiqish kompleks masala 
bo’lib, uni echish uchun zagotovkani tayyor detalga aylantirishning shunday varintini 
topish kerakki, bunda texnik shartlarga asosan berilgan aniqlik va sifatni ta'minlash 
kerak. 
Detalga mexanik ishlov berish texnologik jarayonni ishlab chiqish uchun 
texnologiyaga quyidagi dastlabki berilgan ma'lumotlar va materiallar kerak: 
1) detalning ishchi chizmasi va shu detal ishtiroq yetadigan yig’ish chizmasi;
2) zagotovkaning ishchi chizmasi;
3) detallarni bir yilda ishlab chiqarish hajmi;
4) ishlab chiqilgan texnologik jarayonni amalga oshirish sharoitlari (amaldagi 
ishlab chiqarish, ishlab chiqarishning porloq usullari va boshqalar);
5) kesuvchi va o’lchash jihozlariga norma va GOST lar;
6) detallarni tayyorlashning na’munaviy tipovoy usullari; 
7) moslamalarning normal va maxsus albomlari
8) jihozlarning texnik xolnomalari; 
9) axborot va normativ adabiyotlar, foydalaniladigan materiallar. 
Detalni tayyorlash texnologik jarayonini ishlab chiqish ma'lum ketma-ketlikda
tayyorlanadi. Uni detal va yig’ish chizmasini o’rganish va tanqidiy taxlil qilishdan 
boshlanadi. Agar biror xato topilsa (noto’g’ri o’lcham qo’yilgan bo’lsa, uning aniqligi 
va tozaligiga, shakliga noto’g’ri talablar qo’yilgan bo’lsa va xokazo) ular konstruktor 
tomonidan to’g’rilanadi. Zagotovkani olish usuli tayyorlov sexining texnologi 
tomonidan aniqlanadi. Mexanik ishlov berish variantini tanlab olish zagotovkani turiga
bog’liq. 


31
Texnologik jarayon dag’al, toza va yakuniy ishlov berish operatsiyalariga 
bo’linadi. Jihozdan foydalanish koeffitsientini oshirish uchun operatsiyalarning 
dastgohlarni band qilish vaqti taktga teng yoki karrali bo’lishi kerak . 
Texnologik jarayon bir yoki ko’p o’tishli ko’p pozitsiyali operatsiyalarni o’z 
ichiga oladi. Operatsiyalarni shakllanishida ko’p dastgohli xizmatni yoki ixtisosliklarni 
qo’shib shakllantirish imkoniyatlarini qo’rish kerak.
Dag’al ishlov berish operatsiyalari uchun yuqori aniqlikda va yuqori
unumdorlikni ta'minlovchi dastgohlarni tanlash kerak. Mayin ishlovlar uchun esa juda 
yuqori aniqlikni ta'minlovchi dastgohlar, yakuniy ishlov berish uchun esa pertsizion 
dastgohlar tanlab olinadi. Shunday qilib detalga ishlov berish texnologik jarayonini 
loyihalayotganda har qaysi tur ishlov berish, ya'ni dag’al, mayin va yakuniy ishlov 
berish uchun aloxida - aloxida dastgohlardan foydalanish kerak. 
Bunda juda og’ir detallarga ishlov berish bundan mustasno, chunki ularni 
qaytadan dastgohga o’rnatish juda ko’p vaqtni oladi. Lekin bunda olinadigan qatlam 
unchalik qalin bo’lmasligi va bir xil bo’lishi, dag’al va mayin ishlov berishda katta farq 
bo’lmasligi kerak. 
Ko’p jihozli ishlov berish operatsiyalarini ishlab chiqish va shakllantirish 
quyidagi ketma-ketlikda bajariladi. 
a) yuzalarga ishlov berish rejasi va kesish jihozini pozitsiyalar bo’yicha 
joylashtirish rejasi tuziladi; 
b) berilgan takt bo’yicha kesish tartibini belgilanadi; 
v) operatsiyalarda ishlatiladigan jihozlarning ro’yxati tuziladi va kesish tartibi 
oydinlashtiriladi; 
g) operatsion karta rasmiylashtiriladi va jihoz shifri ko’rsatiladi, donabay vaqt 
ko’rsatiladi; 
d) jihozlarning ishchi chizmalari ishlab chiqiladi. 
Detalni tayyorlash texnologik jarayonini ishlab chiqishda tipovoy jarayonlardan, 
zavodning tajribalaridan hamda maxsus adabiyotlardan foydalanish kerak. Ishlab 
chiqilgan texnologik jarayon texnologik xujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Detalning 
ishchi chizmasi detalni qabul qilib olish texnologik shartlarini va mashina detallarini 
konstruktiv rasmiylashtirish shartlariga mos kelishi kerak. Zagotovkaning ishchi 


32
chizmasi esa chizmalarga qo’yiladigan talablarga javob berishi va zagotovkani qabul 
qilish shartlarini o’z ichiga oladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling