37
Oqim ishlab chiqarishi sharoitida turli oqim qatorlari (yakkalab,
juftlangan va
guruxli) ishlov berish texnologik jarayoni uxshash bo’lgan
bir xil sinfga kiruvchi va
o’lchamlari bir xilda bo’lgan detallarga ko’ra yaratilishi kerak.
Detalning shakli ko’p jihatdan uning qanday tayyorlanishini aniqlab beradi.
Ammo ba'zi xollarda turli shaklli detallar uxshash texnologik jarayon bo’yicha
tayyorlanadi. Masalan, rasmdagi poganali val va krestovina shakli turlicha bo’lsa ham
ishlov berish texnologik jarayoni o’xshash bazalarining qo’yilishi bir xil,
operatsiyalarning ketma-ketligi bir xil.
Ishlov berish aniqligi ham detalni tayyorlash texnologik jarayoniga ta'sir qiladi.
Masalan, yuqori aniqlik detal tayyorlash texnologik
jarayonini ketma-ketligini
o’zgartirmasada, qo’shimcha ravishda meyoriga etkazish operatsiyalarini (otdelochno`e
operatsii) talab qiladi. Bu esa yuqori aniqlikdagi dastgohlarni jalb qilishni takazo qiladi.
Ishlab chiqarish miqdori jihoz tanlab olish va ma'lum
darajada texnolo-gik
jarayonga ham ta'sir qiladi. Agar ishlab chiqarish kulami katta bo’lsa,
yuqori unumdor
jihozlar maxsus avtomatlashgan moslamalar xisobiga bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: