Tvich va diqt ma'ruza lotin
– Mavzu: Avtomobillarning na'munaviy detallarini tayyorlash texnologiyasi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dumaloq bo’lmagan sterjenlar tipidagi detallarni tayyorlash. 5. Disk tipidagi detallarni tayyorlash. 6. Kuzov detallarini tayyorlash.
6 – Mavzu: Avtomobillarning na'munaviy detallarini tayyorlash texnologiyasi.
Reja: 1. Korpus detallarini tayyorlash. 2. Dumaloq sterjenlar tipidagi detallarni tayyorlash. 3. Bo’sh silindirlar tipidagi detallarni tayyorlash. 4. Dumaloq bo’lmagan sterjenlar tipidagi detallarni tayyorlash. 5. Disk tipidagi detallarni tayyorlash. 6. Kuzov detallarini tayyorlash. Avtomobillarning korpus detallari boshqa mashinalar kabi ularga aloxida uzel va detallarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Korpus detallarining xususiyatlari shundaki, ularning aksariyati korobka shaklidadir. Bu sinfga kiruvchi detallar nafaqat miqdor jihatdan, balki tayyorlash sermehnatligi va tannarxi bo’yicha ham mashinalarda katta urin egallaydi. Ular murakkab shaklga ega bo’lib, dastgohdan dastgohga ko’chirish va dastgohlarga o’rnatish uchun sodda ishonchli yuzalar yuk. Shu sababli korpus detallarini dastgohdan dastgohga ko’chirish uchun odatda yo’ldosh moslamalarda bajariladi. Qo’yish bazasi. Ishlov berishda ko’pincha o’rnatish bazasi bo’lib, ikkita aniq ishlangan teshik va bitta yuza xizmat qiladi. Bu bazalar detalga ishlov berish texnologik jarayonining boshidan oxirigacha o’zgarmas bo’lib qoladi. Bu o’z navbatida ishlov berishning yuqori aniqligini va hamma operatsiyalarda bir xildagi moslamalardan foydalanish imkonini beradi. Agar korpus detallarining bazoviy yuzalari ishlov berish uchun yetarli uzunlikka ega bo’lmasa yoki bu yuzalarda bazaviy teshiklari bo’lmasa, bu holda qo’shimcha yuzalar (qo’shimcha maydonchalar) qilinib, bu yuzalarda texnologik teshiklar ochiladi va detalga bu teshikchalar orqali ishlov beriladi. Korpus detallariga ishlov berish uchun frezerlash, tortish, parmalash, rezba ochish, yo’nish, xoningovka qilish kabi turli mexanik ishlov berish uchun avtomat qatorlari keng qo’llaniladi. 40 Avtomat qatorlarda mexanik ishlov berishdan tashqari ayrim yig’ish ishlari (vtulkalarni presslab kiritish, boltlarni tortish) yuvish, sinash va nazorat qilish ishlarini ham bajarish mumkin. Korpus detallarini asosan kulrang va bolg’alanuvchan cho’yandan, shuningdek, alyumin qotishmalaridan tayyorlanadi. Po’latdan tayyorlangan shtamplangan-payvandlangan korpus detallari juda tor doirada ishlatiladi (kichik litrajli yengil avtomobillarining ketingi ko’prigi karteri). Quyma korpus detallarining gabarit o’lchamlari, og’irligi, materiali va quymani olish usullari detallarning devorlari qalinligi kancha bo’lishini oldindan belgilab beradi. Masalan, kulrang cho’yandan olinadigan va erga quyiladigan detallar uchun devorning qalinligi o’rtacha va mayda detallar uchun 3-4 mm, unchalik katta bo’lmagan va o’rtacha detallar uchun 6-8 mm va katta detallar uchun esa 15-20mm bo’ladi. Kobik shaklidagi formalarga (оболочные формы) qo’yilgan detallarning qalinligi 2 mmgacha bo’lishi mumkin. Alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan detallarning qalinligi quyidagicha bo’ladi: erga qo’yilganda; mayda va unchalik katta bo’lmagan detallar uchun 5...8 mm, erga qo’yilganda esa 3...5 mm. Bosim ostida qo’yilganda esa 1.5mm gacha ruxsat beriladi. Avtomobillardagi korpus detallarining turli-tuman bo’lishiga qaramasdan bu detallarni tayyorlash texnologiyasi ko’p jihatdan bir-biriga o’xshab ketadi. Avtomobillardagi dvigatellarning silindrlar bloqi murakkab va katta korpus detali xioblanadi. Bloqda joylashishi juda aniq bo’lgan uzel va mexanizmlar o’rin olgan (KShM, GTM, moy nasosi va boshqalar). Silindrlar bloqiga bloq kopkogi, karter poddoni taksimot shesternyalarining kopkogi, suv nasosi, generatori, xavo filteri, dag’al va nozik moy filterlari kotiriladi. Silindrlarning joylashuviga ko’ra qatorli va V -simon bo’lishi mumkin, klapanlarning joylashuviga ko’ra esa pastdan yoki yuqoridan joylashadi. V- simon o’rta litrajli dvigatellar xo’l gilzali bo’lib, alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi, kam litrajli dvigatellar cho’yandan yoki alyuminiy qotishmasidan quruq yarim gilzali qilib tayyorlanadi. Cho’yan bloqlarda devorning qalinligi 4 - 7 mm, alyuminiy bloqlardan esa cho’yan bloqlarga qaraganda 1.5...2 mm ortiqroq. Quymadagi 41 defektlarni aniqlash va unga ishlov berishda deformatsiyalanishning oldini olish uchun toza ishlov berish operatsiyalarida ishlov berishga qo’yilgan qo’yimni olib tashlanadi. Tepa va ostki tekisliklarga baraban - frezerlash yoki tortish (протяжные) dastgohlarida ishlov beriladi. Tepa va ostki yuzalarga ishlov berishda bloq zagotovkasi yon tomonida joylashgan plastinkalar bilan dastgohga o’rnatiladi. Avval plastin-kalar frezerlanadi. Bunda ikkita chetki silindr teshigi va o’zak podshipniklarining yarim doirasi bo’yicha bazalanadi. Avtomat qatorlarda esa o’tkazish yuzalari va qatirish teshiklariga ishlov beriladi. Bunda baza sifatida bloqning ostki tekisligi va ikkita teshigidan foydalaniladi. Tsilindrlar bloqining texnologik xususiyatlari shundaki, unga ishlov berishda yuqori aniqlik va teshiklarni o’zaro joylashuvida va teshiklar katta aniqlik talab qiladi. Ishlov berish ikki tomondan bajariladi. Shuning uchun silindrlar bloqi zagotovkasini olish juda murakkab va sermehnat ishdir. Juda ko’p yuzalar murakkab, juda yupqa devor qalinliklari, bikrlik kovurgalari va quymaga quyiladigan juda yuqori talablar uni tayyorlash texnologiyasini juda murakkablashtirib yuboradi. Cho’yan bloqlarni xo’l qoliplarga erga quyib olinadi. Qolip olish esa metal modellar yordamida mashinada olinadi. Bloqning murakkabligini xisobga olib, bloqni 6000 dan yuqori bo’lmagan sterjenlarni esa 4000 atrofida olinadi. Silindrlar va suv yo’li (kuylagi) devorlariga 2 mmdan ortiq qo’yim berilmaydi. Quyma mayda donali va tarkibi zich bo’lishi kerak. Quymada govaklar (rakovino`) shlak qoldig’i va yoriqlarga yo’l qo’yilmaydi. Asosiy yuzalar va yon tekisliklar tekis va toza bo’lishi kerak. Chizmada ko’rsatilmagan chiziqni radiuslar 5 mm, qo’yish qiyaligi esa 20 dan ortiq bo’lmagan holda qabul qilinadi. Cho’yan zagotovkalarning qattiqligi kulrang cho’yanning markasiga qarab NV163-241 atrofida bo’ladi. Har qaysi bloq 0.3...0.5 mPa bosim ostida gidravlik sinovdan o’tadi. Alyuminiy qotishmalaridan olinadigan bloqlar ikki xil usulda: metal qoliplarga quyib ( kokil (erkin) qo’yish) yoki bosim ostida quyib olinadi. Bunday bloqlar ancha yengil va cho’yan bloqlarga nisbatan kamroq mexanik ishlov beriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling