Tvich va diqt ma'ruza lotin


Mexanik ishlov berishga texnik shartlar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/71
Sana16.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1279162
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
Bog'liq
Kitob 7399 uzsmart.uz

Mexanik ishlov berishga texnik shartlar. Silindrlar bloqiga mexanik ishlov 
berishda asosiy yuzalar juda katta aniqlikda va juda kichik g’adir-budirlik bilan 
tayyorlanadi, ya'ni: 
1) Tepa va ostki yuzalarning parallel emasligi har 100 mm uzunlikka 0.08 
mm. Oldingi va ketingi yuzalarning parallel emasligi esa har 50 mm uzunlikka
0.05 mmgacha.
2) Silindrlar diametrining aniqligi 2 va 2a klasslari bo’yicha ovallik va konuslik 
esa silindrlarning butun uzunligi bo’yicha 0.01...0.02 mm, yuza g’adir-budirligi 
esa 10-11 klass tozaligida. 
3) O’zak podshipniklari teshiklarning aniqligi 1 klass aniqligida, ularning
ovalligi va konusligi qo’yimning 70% gacha yuza g’adir-budirligi esa 9-10 klass
tozaligi bo’yicha. 
4) Silindrning tirsakli val o’qiga ^ emasligi 0.03...0.05 mm har 200 mm 
uzunlikka va silindrning butun uzunligi bo’yicha 0.07 mmdan ortiq bo’lmasligi 
kerak. 
 
Dumaloq sterjenlar tipidagi detallar turga kiruvchi detallarni tayyorlash 
texnologik jarayonining umumiy sxemasi quyidagicha: 
a) zagotovkani to’la yoki trubadan, issiq shtamplash yoki quyma usulida olish;
b) mexanik ishlov berishda detallarni bazalash markaziy teshiklar yoki bo’yin
yuzalar orqali bo’ladi;
v) tokarlik ishlov berish detalni aylantirib amalga oshiriladi
g) uzun vallar dastlabki ishlov berishda, ya'ni yo’nish va jilvirlashda lyunet
yordamida amalga oshiriladi
d) shakldor (fasonno`x) yuzalarga ishlov berish; 
e) yordamchi yuzalarga ishlov berish; 
j) kerak bo’lganda termik ishlov berish; 
z) termik ishlovdan so’ng jilvirlash; 
i) muvozanatlash; 
k) me’yoriga yetkazuv ishlarini bajarish.


43
Ma'lumki, hamma detallarga ishlov berishda yuqoridagi sxemaga to’liq amal 
qilinmaydi. Ba'zi bir punktlari tushib qolishi mumkin, ammo har doim emas. Masalan, 
tirsakli vallarni ekstsentrikli vallarni yoki taksimot vallariga ishlov berishda shatun 
bo’yinlariga, ekstsentriklariga yoki mushtchalarga ishlov berishda aylanish ukini 
siljitishga to’g’ri keladi. Ishchi bo’sh vallarga ishlov berishda esa valning ichki 
yuzalariga ishlov berish operatsiyasi qo’shiladi. 
Ma'lumki, Avtomobil dvigatellarining tirsakli vallari shatun-porshen gruppasiga 
ta'sir qilayotgan kuchlarni qabul qilib olib, transmissiyaga burovchi momentni utkazib 
beradi.
Tirsakli valning konstruktiv xususiyatlari va o’lchamlari, dvigatelning turi, 
silindrlar soni va ularning dvigatelda qanday joylashuviga bog’liq.
Tirsakli vallar tayanchlar soniga ko’ra ikki va to’qqiz tayanchli bo’ladi. Tirsakli 
vallarning shatun bo’yinlari bir tekislikda 900 yoki 1200dan joylashadi. Tirsakli 
valning oldi qismi burovchi momentni taqsimot mexanizmi, sovutish tizimi, generator va 
boshqa mexanizmalarga uzatsa, orqa qismi esa transmissiyaga uzatadi. Shatun 
bo’yinlarini yetarli darajada moylab turish uchun tirsakli val tanasidan moy kanali 
parmalanadi. 
Avtomobillarda qo’yiladigan tirsakli vallarning uzunligi 500...1200 mm; shatun 
bo’yinlarining uzunligi 40...90 mm, diametri esa 40...95 mm; krivoship radiusi 35...105 
mm; moy kanallarining diametri 6...10 mm. 
Tirsakli vallarni tayyorlash aniqligi quyidagicha: o’zak va shatun bo’yinlarining 
qo’yimi 0.01...0.025 mm, o’zak bo’yinlarining nisbiy tepishi 0.01... 0.05 mm; flanets 
yon tomonining tepishi 0.02...0.05 mm; bo’yinlarning ovalligi va konusligi 0.006...0.02 
mm; valning nomuvozanatligi (disbalansligi) 15..40 kg.sm. Val bo’yinlarini 3...5 mm 
chuqurlikda HRC 48...62 qattiqlikkacha yuqori chastotali tok bilan toblanadi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling