U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


ii. Uy vazifasini tekshirish va baholash


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

ii. Uy vazifasini tekshirish va baholash. 
Uy vazifa 49-mashq va o‘tilgan mavzu so‘raladi. 
Erta tongda turaman,
Hovlida yuguraman.
Mashq qilib bir-ikki-uch,
Chiniqaman to‘plab kuch.

 
 
 Sobir Jabbor 
Harakatni bildirgan turaman, yuguraman, chiniqaman so‘zlarining tagiga 
chizilganligi tekshiriladi. 
Sport turlari haqida klaster olinadi va har qaysi sport turida bajariladigan 
harakatlar savollar asosida so‘raladi:
Futbol – to‘p tepiladi. 
Boks – qo‘l bilan uriladi. 
suzish – oyoq-qo‘lda harakatlaniladi. 


99
o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida mam-
lakatimizda sport sohasida olib borilayotgan ulkan o‘zgarishlar, bolalar sporti 
haqida tushuncha beriladi. 
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
iii. yangi mavzu bayoni: 
o‘qituvchi rasm ko‘rsatadi va shu rasm asosida savol-javob o‘tkazadi:
– rasmda qaysi xona tasvirlangan? 
– Sinf xonasi qanday ko‘rinishga ega ekan? 
– o‘quvchilar nima qilyapti? 
– o‘qituvchi nima qilyapti? 
– O‘quvchilarning kayfiyati qanday? 
– yaxshi. 
– mana shu aytganlarimizning hammasini bir so‘z bilan nima deymiz? 
– nutq. 
– nutq necha xil bo‘lardi? 
– og‘zaki va yozma. 
– nutq nimalardan tashkil topadi? 
– Gaplardan. 
– Gaplar-chi? 
– So‘zlardan. 
Ta’limiy mashq: 
Maktabda, bugun, ona tili, besh baho, men, oldim, fanidan. 
Darsda, husnixat, yozdim, men, mashqni, asosida. 
Xursand, mendan, bo‘ldilar, ustozim. 


100
mana shu so‘zlardan foydalanib matn hosil qiling. 
o‘quvchilar aralash so‘zlardan gap tuzib, matn hosil qilishadi va o‘qib 
berishadi: 
– Men bugun maktabda ona tili fanidan besh baho oldim. Men darsda mashqni 
husnixat asosida yozdim. Ustozim mendan xursand bo‘ldilar. 
– Mana, o‘quvchilar, biz so‘zlardan gap hosil qildik. Demak, biz fikrimizni 
aytish uchun gaplardan foydalanar ekanmiz. agar so‘zlarni bir-biriga bog‘lamasdan 
alohida aytsak, fikrimizni tushuntira olamizmi? 
– yo‘q. 
Shundan so‘ng so‘z va gap o‘rtasidagi farq qisqacha tushuntiriladi: 
– Gap fikr bildiradi, xabar beradi. So‘z esa narsa nomini, rangni, sonni, 

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling