Umumiy entomologiya
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Dilmurod
- Bu sahifa navigatsiya:
- KARANTINI » KAFEDRASI “UMUMIY ENTOMOLOGIYA” Fanidan Mavzu
- O`simliklarni himoya qilish ta’lim yo’nalishi 2-bosqich, 33- gurux talabasi Ibrohimov Dilmurod.
- 1KOMISSIYA A’ZOLARI: ____________________________ (imzo) ANDIJON – 2022 y
- 2.1 Tabbiy kushandalarga kiruvchi hashoratlar to’g’risida malumot. 2.2 Tabiiy kushandalardalarga kiruvchi
- III. XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI ANDIJON QISHLOQ XO`JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI O’SIMLIKLAR HIMOYASI TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO FAKULTETI « O`SIMLIKLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARI KARANTINI » KAFEDRASI “UMUMIY ENTOMOLOGIYA” Fanidan Mavzu: Hashoratlarnining tabiiy kushandalari bilan tanishuv. Bajardi: O`simliklarni himoya qilish ta’lim yo’nalishi 2-bosqich, 33- gurux talabasi Ibrohimov Dilmurod. Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana “____” __________ 2022 y Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana “___” __________ 2022 y Kurs ishi himoya qilingan sana “____” ___________ 2022 y 1KOMISSIYA A’ZOLARI: ____________________________ (imzo) ANDIJON – 2022 y Hashoratlarnining tabiiy kushandalari bilan tanishuv. REJA KIRISH I. ADABIYOTLAR SHARHI II. ASOSIY QISM 2.1 Tabbiy kushandalarga kiruvchi hashoratlar to’g’risida malumot. 2.2 Tabiiy kushandalardalarga kiruvchi trixogrammani biolabaratoriyada ko’paytirish. 2.3 Tabiiy kushandalardalarga kiruvchi oltinko’z va brakonni biolabaratoriyada ko’paytirish. III. XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH Hasharotlar (Insecta) - boʻgʻimoyoqli umurtqasiz hayvonlar sinfi. Yer sharida 1,5 mln.ga yaqin turi maʼlum. Turlarining koʻpligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada 1-oʻrinni egallaydi. H. sinfi oyoqdumlilar, qoʻshdumlilar, qoʻngʻizlar, tuyaboʻyinlar, toʻrqanotlilar, kapalaklar, burgalar, termitlar, qandalalar kabi 34 turkumga boʻlinadi.Tanasining uzunligi 0,2 mm — 33 sm, odatda tashqi skeletni tashkil qiluvchi zich kutikula bilan qoplangan. Tanasi bosh, koʻkrak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft murakkab koʻz va koʻzchalari, bir juft moʻylovlari (hid tuyish va sezgi orga-ni) hamda ogʻiz apparati joylashgan. Ogʻiz apparati yuqori lab, yuqori va pastki juft jagʻlardan tashkil topgan. Kemiruvchi ogʻiz apparati barcha toʻgʻriqanotlilar, qoʻngʻizlar, chumolilar va boshqalarga xos. Soʻruvchi H.da esa xartum bor.Gulshira bilan oziqlanuvchi asalaritr xartumida kemiruvchilarning asosiy belgilari saqlangan, kapalaklarda xartum spiralsimon buraladigan naydan iborat; pashshalarda u faqat soʻrishga emas, balki qattiq ozuqani qirishga ham moslashgan. Qandalalar, oʻsimlik bitlari, tripslar, koksidlar, qon soʻruvchi chivinlar va boshqa sanchib soʻruvchi ogʻiz apparati yordamida oʻsimliklarning hujayra shirasi hamda hayvon qonini soʻrib oziqlanadi. Koʻkrak qismi old, oʻrta va orqa koʻkraklarga boʻlinadi. Har bir skelet halqasi yelka (us-tidan), koʻkrak (pastki tomondan), plevralardan (biqindan) tashkil topgan. Koʻkrakning har bir boʻgʻimi (segmenti)da bir juft oyoqlari joylashgan. Oyoqlar toscha, koʻst, son, boldir va 2 tirnoqpi boʻgʻimlarga boʻlingan panjalardan tuzilgan; qanotli H.ning oʻrta va orqa koʻkraklarida bir juftdan qanotlar bor. Urgʻochisi qornining uchida 11 boʻgʻimdan iborat tuxum qoʻygich, erkaklarida esa bir juft oʻsimtalar mavjud. Ovqat hazm qilish yoʻli ozuqani mexanik hamda kimyoviy qayta ishlaydigan ichaklardan tashkil topgan.H.ning individual rivojlanishi bir necha bosqichli (fazali) toʻliq yoki chala oʻzgarish (metamorfoz) bilan kechadi. Chala oʻzgarish bilan rivojlanish 3 faza (bosqich)da: tuxum, lichinka (imagoga oʻxshash) va voyaga yetgan hasharot — imago orqali amalga oshadi. Toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanishda esa lichinka (odatda chuvalchangsimon) bilan imago oraligʻida /umbaklik davri ham kuzatiladi. H.ning hayot sikli boʻgʻin (avlod)larsoni, mavsumiy dinamika (oʻzgarish)ning oʻziga xosligi va diapauza xususiyatlari bilan belgilanadi.Tabiatda H. turli-tuman va katta ahamiyatga ega. Ular butun quruqlikni egallagan; ayniqsa sernam subtropik yerlarda koʻp tarqalgan.Koʻpchiligi yerda, qator turlari suvda yashaydi, baʼzilarining hayoti tuproq bilan bogʻliq. H. xilma-xil mahsulotlar bilan oziqlanib, tabiatda moddalar alma-shinuvida ishtirok etadi. H.ning juda koʻp turlari oʻsimliklar zarar-kunandalari; hayvonlar va odamlarga zarar keltiradi.Oʻsimliklarni chang- latish, zararkunanda hasharot va begona oʻtlarni yoʻqotishda ham Hayvonning roli katta (qarang Entomofaglar); foydali hasharotlardan asalari, ipak qurtlar, lak beruvchi chervetslar qimmat-baho mahsulot beradi; ayrimlari ovlanadigan hayvonlar uchun ozuqa man-bai. H. xilma-xilligi va ularning olamini entomologiya fani, foydali Hashoratdan amaliyotda foydalanish va zararkunanda Hashoratlarga qarshi kurash usullarini qishloq xoʻjaligi entomologiyasi fani oʻrganadi. Muhit harorati . abiotik faktoirlar ichida hayotiy muhit sharoitni yaratishda iqllim faktorlarii –issiqlik , yorug’lik , namlik va havo harakati muhim ro’l o’ynaydi .ayniqsa , Hasharotlar uchun isssiqlik termik factor katta ro’l o’ynaydi Chunkinn hashoratlar sovuqqonli -poykliloterm organizmidir , yani doimiy haroratga ega emas . Shuning uchun Hasharotlarning hayot funksiyasi , ularning hulqi o’sish tezligi , populyatsiya dinamikasi tashqi muhit harorati bilan aniqlanadi.Hasharotlar odatta 10 -40C o’rtasidagi issiqlikda harakatchan bo’ladi . harorat pasayganda Hasharotlar ovqatlanishdan , so’ngra harakatlanishdan to’xtaydi, nobud bo'ladi. Xaroratning normadan ortiq ko’tarilishi xam Hasharotlarga salbiy tasir ko’rsatadi. Xarorat Hasharotlar jinsiy maxsulotoining yetilishiga ham tasir ko’rsatadi . suli shved pashshasi g’umbakdan chiqqandan keyin 22C issiqlikda 10 kundan so’ng , 17C-14, 14C-36 va 4C da esa50 kundan so’ng tuxum qo’yadi. O’simliklarning normal va erkin o’sishiga har xil kasalliklar, zararkunandalar va yovvoyi o’tlar halag’it beradi.Hasharotlar va umurtg’ali mayda xayvonlar (aynig’sa, sichg’on, kalamush va boshg’alar) o’simliklarning asosiy zararkunandasi hisoblanadi.Zararkunandalar keltiradigan zararning oldini olish va lozim bo’lganda kurash choralari o’tkazish uchun tabiatdagi foydali va zararli turlarini bir-biridan farg’ g’ilish lozim. Aynig’sa, hasharotlar orasida zararkunanda turlar juda ko’p, ularning kurinishi, tuzilishi, hayot kechirishi va hatto, uchrash joylari ham bir-biridan farg’ g’iladi.Paxta yetishtirish zonalarida uchraydigan hasharot turlari minglab hisoblanadi. Ularning ko’plari g’ishlog’ va o’rmon xo’jaliklariga, bog’dorchilikka, chorvachilikka va kishilar sihat- salomatligiga zarar keltirsa, ba‘zi turlari foyda keltirishi bilan ma‘lum ahamiyatga egadir.O’zbekistonda g’o’zaga zarar yetkazuvchi hasharot turlari 100 dan ortadi, bedazorlarda bo’lsa bundan ham ko’p tur uchraydi.SHuni ham eslatib o’tish kerakki, go’za- beda almashlab eg’iladigan maydonlar, boshg’a g’ishlog’ xo’jaliklari ekinlari eg’iladigan yoki o’zlashtirilmagan yerlar bilan tutash bo’ladi. Shunday ekan, tevarak-atrofda targ’algan hasharot turlari paxta maydonlarida ham uchraydi, deyishga hamma asoslar bor.G’o’za zararkunandalariga g’arshi kurash, boshg’a ekinlar zararkunan-dalariga karshi kurash demakdir. Entomologiya - (yunoncha-entomon - hasharot, logos - fan) hasharotlarni o’rganuvchi fan demakdir. Hozirgi zamon entomologiyasi biologiya fanining tez suratda rivojlanib borayotgan bir tarmog’i hisoblanadi. Hozirgi vak;tda entomologiya g’ator mustag’il ilmiy sohalarga - Umumiy entomologiya, g’ishlog’ xo’jaligi entomologiyasi, o’rmon entomologiyasi, meditsina entomologiyasi va veterinariya entomologiyasiga bo’linadi. Umumiy entomologiya nazariy fan bo’lib, ko’rsatilgan amaliy entomologiya sohalarining Hasharot turlari tabiatda juda keng targ’algan va turlicha tuzilishga ega.. Hozirgi vag’tda 1,5 mln. ga yag’in hasharot turi borligi fanga ma‘lum.CHunki, har yili 7-8 minga g’adar yangi turlar anig’lanib turadi. Sobig’; SSSRda 100 mingga yag’in hasharot turi borligi taxmin etiladi.Har bir tur o’ziga xos tuzilishga va xususiyatga ega. Hasharotlar tuzilishidagi o’ziga xos belgilar ularning muhit sharoitga moslanish darajasi, tabiatda tutgan o’rnini va kishilar uchun ahamiyati va boshg’alarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni chug’urrog’ o’rganish zararkunanda xasharotlar tomonidan keltiriladigan zararning o’z vag’tida oldini olish va foydalilarini sag’lab, ulardan foydalanish imkoniyatini beradi. Hasharotlar yetuk davriga g’adar bir necha marta o’zgarishga uchraydi. Hasharotlar to’lig’siz va to’lig’ o’zgarish bilan rivojlanadi. Hasharotlar to’lig’siz o’zgarish _bilan rivojlanganda ketma-ket uch faza (tuxum, lichinka va yetuk) ni o’taydi. Bu gruppa hasharotlarning lichinkalari ust ko’rinishidan yetuk zotlariga o’shxaydi, fag’at ulardan kichikligi va g’notlarining tarag’g’iy etmaganligi, burt bo’g’imlari mig’dori kamligi va yana bir g’ator belgilari bilan farg’ g’iladi. Lichinka katta bo’lgan sari temir g’anotlar paydo bo’lib, tana yiriklashadi, burt bo’g’imlarining mikdori ortib, umumiy gavda ko’rinishi borgan sari yetuk zotiga o’xshab boradi. To’lig’siz o’zgarishli hasharotlarga chigirtkalar, g’andalalar va shiralar misol bo’lishi mumkin.To’lig’ o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar to’rtta rivojlanish fazasini: tuxum, lichinka,g’umbak va yetuk hasharot fazasini o’taydi.Tuxumdan kemiruvchi og’iz apparatli va chuvalchangsimon lichinka ochib chig’adi. U rivojlanib, yetuk zotga bir oz o’xshash, lekin harakatlanmaydigan g’umbakka aylanadi. G’umbak esa kelgusida yetuk hasharotga aylanadi. To’lig’ o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarga g’o’ng’izlar, kapalaklar, pashshalar, chivinlar, burgalar va parda g’anotlilar kiradi. G’urtsimon tipdagi lichinkalar chuvalchangsimon tipdagilarga o’xshash bo’ladi. Ularning gavdasi chuvalchangsimon formali bo’lib, bosh g’ismi anig’ ajralgan, lekin uch juft hag’ig’iy ko’krak oyog’laridan tashg’ari yana g’orincha g’ismida soxta oyog’lar deb ataluvchi oyog’chalar ham bor. Bu oyog’chalar teri o’simtalaridan iborat, ular bo’g’imlarga bo’linmaydi. Ular kapalak g’urtlarida 2-5 va arrakash (parda g’anotlilar) da 6-8 juftdir. Kapalak lichinkalari g’urt, ularga o’xshash tuzilishdagi arrakash lichinkalari esa soxta g’urt deb ataladi.G’umbaklar ustki tuzilishi jihatidan uch asosiy tipga ajratiladi.1.Yalang g’umbak. Jild po’sti yo’g’, kelgusi yetuk zot tanao’simtalari (g’anot, oyog’ va boshg’alar) ning belgilari anig’ ajralib tu-radi, g’o’ng’izlar, parda g’anotlilar va boshg’alar g’umbaklari bunga mi-sol bo’la oladi.2.Parda g’umbak. Tanasi jild po’stli, tanaga yopishib o’r- nashgan kelgusi g’anotlar, oyog’lar, burtlar anig’ ko’rinmaydi. Bunga ka- palaklar g’umbagini ko’rsatish mumkin.3. G’o’lag’umbak - aslg’umbak. Teri g’oplagich soxta pilla ichida, shu sababli pupariy nomi bilan ham yuritiladi: bunday bochkacha formali g’umbak pashshalarda uchraydi.Hasharotlarning har qaysi rivojlanish fazasi ma‘lum fiziologik xususiyatlar bilan harakterlanadi. Tuxum faz asida embrion tarag’g’iy etadi.Hasharotlar lichinkalik fazasida ko’p ovg’atlanadi, tez rivojlanadi va o’sadi. Shuning uchun ko’pchilik tur o’simlikxur hasharotlarning zararkunandaligi shu fazasiga to’g’ri keladi.Lichinkalar rivojlana borish protsessida bir necha marta (4-5 marta) tullaydi. Tullashlar oraliridagi davr yosh deb ataladi. Lichinkaning tuxumdan chig’ib birinchi tullashga g’adar bo’lgan davr birinchi yosh hisoblanadi. So’ngra har bir tullash ketidan navbatdagi yosh farg’lanadi. So’nggi yoshda lichinka o’z rivojlanishi oxirida g’umbakka (tulig’ o’zgarishli hasharotlar) yoki birdaniga yetuk zotga (to’lig’siz o’zgarishli hasharotlar) aylanadi. Bir g’ator hasharotlar (kapalaklar, parda g’anotlilar)ning lichinkalari g’umbak fazasiga o’tishdan ilgari o’rgimchak uyasi ipi singari ip tolalaridan pilla uraydi) va uning ichida g’umbaklanadi. Pillasi ip tola chig’arish bezlari bo’lgan lichinkalargina uraydi. Bunday bezlar suyug’ligi pastki labning maxsus teshikchasidan ingichka og’im kabi ajralib, havoda tezda g’otadi.Ko’p hasharotlarning lichinkalari tuprog’ ichida g’umbakka aylanadi. Tanasi atrofini tuprog’ bilan zichlashtirib, beshikcha yasaydi.G’umbak lichinkaning yetuk hasharotga aylanish fazasidir. G’umbak harakatsiz, lekin unda yetuk hasharotga xos organlar hosil bo’lish jarayoni boradi.G’umbak fazasida hayotiy jarayon to’xtamaydi, nafas olish va shuningdeg’ tanadagi yog’ hisobiga ozig’lanish davom etadi.Gistogenez natijasida lichinka organlari anchagina o’zgaradi.G’anotlar paydo bo’lishi sababli muskulatura o’zgaradi, nafas olish organlari bag’uvvatlashib, uchishga moslashadi. Lichinkalarda ko’rtak holidagi urchish organlari rivojlanadi. Nerv sistemasi esa g’isman o’zgaradi.Yetuk hasharot g’umbak ichida shakllangach, g’umbak po’stini teshib, undan chig’adi.Ba‘zi tur hasharotlarning (etuk fazasida) erkak va urg’ochi zotlari tashg’i ko’rinishidan farg’ g’iladi; bunday farg’ jinsiy dimorfizm deb ataladi.Tengsiz ipakchi kapalakning urgochisi anchagina yirik va tinig’ tusda, erkagi esa kichikrog’ va to’g’rog’ kurinishda bo’ladi. Ko’pincha burtlarining tuzilishida ham farg’i bor; erkak zotlarining burtlari yaxshirog’ tarag’g’iy etgan.Ko’pchilik hasharotlar urug’langan tuxumdan, ba‘zilari esa urug’lanmagan tuxumdan ko’payadi. Parda g’anotlilar turkumiga kiruvchi ba‘zi arrakashlar va yaydog’chilar partenogenetik usulda va urug’lanmasdan urchiydi, ularning erkak zotlari borligi ma‘lum emas. Shiralarga o’xshash hasharotlarning partenogenetik urchishi, odamda, urug’lanmagan tuxum g’uyib urchish bilan gallanib turadi.Yetuk hasharot g’umbakdan jinsiy mahsulotlari yetishgan yoki yetishmagan holda chig’adi. Jinsiy mahsuloti yetishib chig’sa, ular tez vag’t ichida juftlashishga va tuxum g’uyishga kirishadi. Bunday hasharotlarga ipakchi kapalaklarni ko’rsatish mumkin. Bu turdagi hasharotlar ovg’atlanmaydi, hatto ularning og’iz organlari ham tarag’g’iy etmagan. Jinsiy yetilmagan hasharotlarning mahsuloti fag’at ovg’atlangandan so’ng paydo bo’ladi. Yetuk fazasida ovg’atlanish g’o’shimcha ovg’atlanish deyiladi. Bu davrda ko’pgina hasharotlar (masalan, butgullilarda ovg’atlanuvchi burgachalar, beda, mayda va lavlagi filchalari va boshg’alar) o’simliklarga anchagina shikast keltirishi mumkinQisman hasharotlar tirik tug’adi. Bunda lichinkalar (masalan, shiralar) jinsiy organning chig’arish yo’llarida tuxumlaridan ochib chig’adi. Jinsiy mahsulot yetilish davri, odatda, hasharotning aktiv uchish harakati bilan birga o’tadi. Bunda zrkak zotlari urg’ochi zotlarini topadi va juftlashadi. Hasharotlar jinsiy funktsiyani ado etgandan so’ng nobud bo’ladi. Yetuk hasharotlar tullamaydi va o’smaydi.Hasharotlarning tuxumdan boshlab to jinsiy yetuk holiga g’adar o’tgan rivojlanish davri tarag’g’iyot tsikli deyiladi. Bir yillik va ko’p yillik tarag’g’iyot tsikllari mavjud: Ko’p tsikllilar bir yilda bir necha bug’in berib urchiydi. Masalan, shiralar o’sish davrida 10-15 va undan ham ortig’ bug’in beradi. Bedaning maysa filchasi va murig’urti bir yil davomida rivojlanib bo’ladi. Ko’p yillik tarag’g’iyot tsiklli hasharotlarning rivojlanishi bir necha yilga chuziladi. Masalan, chertmakchi g’o’ng’izlarning bir bug’in rivojlanishi uchun bir necha yil lozim bo’ladi. Janubiy rayonlarda bir g’ator hasharotlar uchun issig’ ig’lim yashash tsiklining tezrog’ o’tishiga sharoit tug’diradi. Insoniyat birgina zararkunanda tufayli har yili 203,7 mln.tonna – don, 228,4 mln.tonna – qand lavlagi, 23,8 mln.tonna – kartoshka, 23,4 mln.tonna – sabzavot, 11,3 mln.tonna – meva xosilini kam olar ekan O’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish o’z oldiga zararkunanda va kasallik qo’zg’atuvchilarini iqtisodiy zarar keltirish me’yori chegarasida saqlashning imkoni bo’lgan barcha (agrotexnik, fizik, mexanik, biologik, karantin, va hokazo) usullardan samarali foydalanishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi Hasharotlar yer yuzasida keng tarqalgan va turlituzilishga ega. Ular eng ko’p sonli hayvonlar sinf bo’lib, milliondan ortiq turlari fanga ma’lum bo’lib, ular soni 1,5 mln.ga yaqinligi olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday katta turli xil hayot formalarni egallashning ilmiy vositasi sistematika yoki taksonomiyadir. Qishloq xo’jaligida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda, undan sifatli, yuqori hosil olishda, ayniqsa zararkunanda, kasallik va begona o’tlarga qarshi kurashning ahamiyati katta. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling