Umumiy entomologiya
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Dilmurod
ADABIYOTLAR SHARHI
Entomologiya ( lotincha : — hasharotlar va ...logiya) — hasharotlar toʻgʻrisidagi fan. Hasharotlarning tuzilishi, hayot kechirishi, ularning individual va tarixiy rivojlanishi, xilmaxilligi, yer yuzida tarqalishi, yashash muhiti bilan munosabatlari va boshqalarni oʻrganadi. Vazifasiga binoan, nazariy, yaʼni umumiy E. va amaliy E. farq qilinadi. Umumiy E. hasharotlar morfologiyasi, embriologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi, etologiyasi, entomogeografiyasi, paleontologiyasi, sistematikasi va boshqalar fanlarga ajratiladi. Bu fanlarni oʻrganish obʼyektiga binoan, yanada kichikroq boʻlimlarga ajratish mumkin. Mas, sistematika tarkibida koleopterologiya — qattiq qanotlilarni, lepidopterologiya — kapalaklarni, mirmikologiya — chumolilarni oʻrganadi.Amaliy E.ning oʻrganish obʼyekti — qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari va mahsulotlari zararkunandalari, odam, hayvonlar va oʻsimliklarning parazitlari hamda xalq xoʻjaligida va tabiatda foydali ahamiyatga ega boʻlgan hasharotlar. Amaliy E. ham oʻz vazifasiga binoan, oʻrmon zararkunandalari (oʻrmon E.si), qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari (qishloq xoʻjaligi E.si), xonaki va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar (veterinariya E.si), odamda parazitlik qiluvchi (tibbiyot E.si) hamda odam foydalanadigan mahsulot beradigan tut va dub ipak qurti (ipakchilik), asalarni (asalarichilik) oʻrganadigan fanlarga ajratiladi.E. fani faqat 17-asrda gollandiya olimi Ya. Svammerdamning asalari anatomiyasiva rivojlanishi (1669), italiya olimlari M. Malpigining ipak qurti anatomiyasi va rivojlanishi (1686) va F. Buonannining hasharotlar ogʻiz organlarining tuzilishi, nemis olimi I. Gedartning hasharotlar metamorfozi toʻgʻrisidagi ishlari asosida shakllandi. Shved olimi K. Linney hasharotlarning zamonaviy sistematikasiga asos soldi. U hasharotlarning 1936 turiga tavsif berib, qanotlarining tuzilishi asosida ularni 9 turkumga ajratadi va binar nomenklaturani asoslab beradi. 19 -asrda ingliz entomologlari U. Kyorbi, J. Uestvud va J. Lebbok yana bir necha turkumlarni tavsiflab berishdi. Franiiya entomologi P. Laterl hasharotlarning sinf hajmidagi sistematikasini taklif etdi. 1831. Ch. Darvinnit "Turlarning kelib chiqishi" (1859) asarining yuzaga kelishi bilan hasharotlar sistematikasi filogenetik asosda tuzila boshlandi. 19-asrning 2-yarmida hasharotlar anatomiyasi va metamorfozi toʻgʻrisida yirik ishlar paydo boʻladi. Rus olimlari N.P.Vagner pedogenezni (1862), A.A.Tixomirov ipak qurtida sunʼiy partenogenezni (1886), A.O.Kovalevskiy hasharotlarda murtak varaqdarini (1869—71), P. Marshal poliembrioniyani (1898) kashf etishdi.20-asr davomida dunyo entomofaunasi boʻyicha juda katta material toʻplandi; nazariy va amaliy E. sohasida koʻplab kashfiyotlar qilindi. 20-asr oxirlariga kelib hasharotlarning 1 mln.dan ortiq turi aniqlandi; turkumlar soni 40 ga yaqinlashdi, hasharotlar sistematikasi qayta koʻrib chiqildi va takomillashtirildi. E.da yangi va ancha nozik metodlar (elektron mikroskopiya, kariosistematika) va kompyuter texnologiyasi, sistematikada sonli taksonomiya va taksonomik taxlil qoʻllanila boshlandi (amerika olimi R. Sokal, rus olimi Ye.S.Smirnov va boshqalar). Hasharotlar fiziologiyasi, nafas olishi (daniyalik olim A.Krog), ayirish (ingliz olimi V.B.Unglsuort), sezgi organlari, qutblashgan nurni qabul qilish va unda moʻljal olish (nemis olimi K. Frish) va boshqalar masalalar keng miqyosda oʻrganila boshlandi. Hasharotlar markaziy nerv sistemasining gormon ajratishi (polyak olimi S. Kopets, 1917), tullash gormonlari—ekdizonlar (A.Butenand, 1954), hasharotlar rivojlanishini boshqaruvchi yuvenil gormon ( K. Uilyams, 1956) kashf qilindi.20-asrning 2-yarmiga kelib hasharotlar ajratadigan va ular xattiharakatini boshqaradigan feromonlarning kashf etilishi (nemis olimi A. Butenand va boshqalar) hasharotlar xattiharakatini oʻrganishga qiziqishni kuchaytirdi. 20-asr oʻrtalarida asalarilar tilining kashf etilishi (nemis zoologi K. Frish) bilan etologiya E.ning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi.Hasharotlar ekologiyasi sohasidagi dastlabki yirik tadqiqotlar amerika olimlari V.Shelford (1913) va R. Chempen (1931) nomi bilan bogʻliq. Nemis olimi G. Blunk (1922) hasharotlarning yashash muhiti bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganadi va ularning rivojlanishi harorat bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Norvegiya biologi K. Fegri (1975) hasharotlar bilan entomofil oʻsimliklar oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni umumlashtiradi. Amaliy E. sohasida tadqiqotlar 19va 20-asr chegarasida rivojlana boshladi. Dastlabki yirik ishlar oʻrmon, dala va poliz ekinlarining zararkunandalarini oʻrganishga bagʻishlangan edi (nemis olimlari Yu. Ratseburg , 1837—44; G. Nerdlinger, 1869; Kaltenx, 1874; rus olimi F. P. Keppen, 188184). Tibbiyot E.ning rivojlanishi bezgak kasalligini tarqatuvchi chivinning oʻrganilishidan boshlandi (rus olimi V.Ya.Danilovskiy, 1888; italyan olimi E. Martini, 1923, 1941 va boshqalar). Tibbiyot va veterinariya E.ning rivojlanishida rus olimlari V.N.Beklemishevning bezgak chivinini oʻrganish sohasidagi ishlari, Ye.N.Pavlovskiyning transmissiv (hasharotlar va boshqalar boʻgʻimoyokdilar orqali tarqaladigan) kasalliklarning tibbiy manbaligi toʻgʻrisidagi taʼlimoti katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻrta Osiyo hududida, jumladan, Oʻzbekistonda E. sohasida tadqiqotlarni rus tabiatshunos olimi A. B. Fedchenko boshlab bergan. U Olay va Zarafshon boʻylab oʻtkazgan ekspeditsiyalarida ( 1868—71) hasharotlarning 2000 ga yaqin kolleksiyasini toʻplagan. V.F.Oshanin (1844— 45) Amudaryo yuqori qismida tarqalgan hasharotlarni oʻrganadi. Uning "Turkiston chala qattiq qanotlilari faunasi zoogeofafiyasi" (1891) asarida 700 dan ortiq hasharotlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. 1898-yilda qishloq xoʻjaligi zararkunandalarini oʻrganish maqsadida Turkiston qishloq xoʻjaligi jamiyati qoshida "Chigirtka komiteti", 1911-yilda Toshkentda Turkiston entomologik stansiyasi tashkil etilib, 1925-yilda Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish stansiyasiga aylantiriladi. Stansiyada qishloq xoʻjaligi zararkunanda hasharotlarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha bir qancha tadqiqotlar olib borildi (V.I. Plotnikov, V.V.Yaxontov, P.P.Arxangelskiy, V.V.Nikolskiy). 1929-yil gʻoʻza zararkunandalarini oʻrganish boʻyicha maxsus stansiya tashkil etilib, 1958-yilda uning bazasida Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tekshirish instituti ochildi.Oʻzbekistonda tibbiyot va veterinariya E.si sohasidagi tadqiqotlar bezgak kasalligi qoʻzgʻatuvchisini oʻrganish bilan boshlandi. 1913-yilda Turkistonda odam va hayvonlar tropik kasalliklarini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan ekspeditsiya hisobotida bezgak kasalligini tarqatuvchi chivinlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi (V.L.Yakimov). 20- asrning 20—30- yillarida bezgak kasalligi va bezgak pashshasini oʻrganish boʻyicha keng miqyosda tadqiqotlar olib boriladi (N.I.Xodukin, L.M.Isayev); bezgakni tadqiq etuvchi bir qancha stansiyalar va Samarqand shahrida Tropik kasalliklar (hozirgi Tibbiyot parazitologiyasi) instituti tashkil etildi. 1920-yildan boshlab Turkiston davlat universiteti kafedralari qoshida entomologiya sohasidagi ishlar boshlab yuborildi (A.L.Brodskiy). Qon soʻruvchi ikki qanotlilarni oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston FA Zoologiya institutida olib borilgan ishlar ular turlari tarkibi, tarqalishi, ekologik xususiyatlari va epidemiologik ahamiyatini aniqlashga imkon berdi (E.I.Gan, M.K. Qodirova).E. sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar tufayli hozir gʻoʻza va boshqalar qishloq xoʻjaligi ekinlari hamda ombor zararkunandalari toʻgʻrisida katta maʼlumotlar yigʻildi (V.V.Yaxontov, A. G. Davletshina), kuzgi va gʻoʻza tunlamining tez koʻpayib ketishini prognoz qilish metodlari ishlab chiqildi (K.I.Larchenko, F.M.Uspenskiy, F.N.Stepanov, S.A.Juravskaya, A. Sh.Hamroyev va boshqalar); gʻoʻza maysalari va ildizida zararkunandalik qiluvchi hasharotlar (R.O. Olimjonov), qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxiralari (SM.Alimuhamedov), bogʻ va oʻrmon zararkunandalari (X.T.Nevskiy, M.I.Kosobutskiy, I.K. Maxnovskiy) oʻrganildi.Hozirgi davrda E. sohasida asosiy zʼtibor hasharotlarning xilmaxilligi, ularning noyob va yoʻqolib borayotgan turlarini oʻrganish, zararkunanda hasharotlar (jumladan termitlar)ga qarshi kurashning atrof muhitga kam ziyon yetkazadigan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu maqsadda har xil biologik faol preparatlar, jumladan, attraktantlar, feromonlar va jinsiy gormonlardan foydalanish metodlari ishlab chiqilmoqda. Oʻtonda E. sohasida tadqiqotlar Yaxontov V.V ( 1963) Xozirgi kunda ochiq maydonlardagi o’stiradigan qishloq xo’jalik o’simliklar bilan qatorida kuz, qish mavsumida issiqxonadagi o’simliklardan olinadigan mahsulotlar katga ahamiyatga ega. Lekin issiqhonalardagi o’simliklarni o’ziga xos zararkunandalari bor. Ana shu ekinlarning zararkunandalariga qarshi kurash usullaridan foydalanish qator shart sharoitlarga bog’liq. Bunda ekinlarning turi, zararkunandalarning biologik xususiyatlari qo’llaniladigan agrotexnika chora tadbirlari, o’simlikning rivojlanish fazalari, usulni qo’llash joyi, usulning texnologiyasi, zararkunandadarning turi va soni, o’simliklarni zararlash darajasi va amalga oshiriladigan tadbirning iqgisodiy hamda bologik samarasini hisobga olish zarur. Viktorov V.A (1974) . Zarakunandalarning rivojlanishini oldindan bilish ishlarini tashkil etish, kurash ishlarini aniqlash, ishlov beriladigan maydonlar hajmini aniqlash tadbiq etiladigan uslubinnig samarasini yanada oshiradi. Kurash chora tadbirlarini amalaga oshirishda quyidagi asosiy yo’nalishlarga e’tibor qaratish lozim: Zararli organizmlarning issiqxonadagi sharoitini xisobga olib, ularning ommaviy ko’payishi va rivojlashini kuzatib borish, iqgisodiy zarar yetkazadigan chegaralari darajasida ushlab turishdan iborat bo’lish lozim. Kimsanboyev X.X. va boshqalar ( 2002). Issiqxonadagi qishloq xo’jalik o’simliklarining o’sishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, ilgor texnologiyani tadbiq etish, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirish va natijada zararkunandalar xavfi eng kam bo’lishiga olib keladi. Zararkunandalar bilan zararlangan qishloq xo’jalik ekin maydonlaridan boshqa maydonga tarqalmasliginig oldini olish va chora tadbirlar va uslublarni ishlab chiqish zarur. SHunday qilib, issiqxonadagi zararkunandalarga kurashning ilmiy asoslangan uslubi. qishloq xo’jalik ekinlari xosilini saqlab qolish, oziq ovqat uchun sifatli xosil yetkazishda yetakchi rol o’ynaydi. Deyarli barcha agrotexnika chora tadbirlari zararli hasharotlar ko’payishining oldini olishga qaratilgan bo’lishi kerak. SHu bilan birga ayrim xollarda agrotexnika usullari bilan ham zararkunandalarni butunlay nobud qilish mumkin . Zararkunandalarannig tez ko’payishi va zarari juda ko’plab tashqi omillarga bog’liq bo’lib, bularga yetarli oziqa o’simligining bo’lishi va ularning zarar keltirish darajasini kamaytirishga qaratilgan. Issiqxonadagi tashkiliy xo’jalik chora tadbirlari zararkunandani ko’payishi oldini olish, ularni rivojlanishini oldindan bilib borishi, xavf soladigan maydonlarni belgilash va ularni yo’q qilish masalalarini hal etish talab qilinadi. Tashkiliy xo’jalik tadbirlari ekin turlari, navlari va duragaylarni ilmiy asoslangan holda rejalashtirishni o’z ichiga oladi va davlat miqyosidagi tadbirlari qatoriga kiradi. Xo‘jaev Sh.T. (1978) ma’lumotiga ko‘ra makajo‘xori maydonlarida ko‘llanilgan kimyoviy muddatlar 14-15 s/ga cha xosildordikni oshiradi. Hozirgi davrda makkajo‘xori tunlamining o‘simliklarda aniqlash va kurash chorasini muddati va turini belgilash uchun feremon tutqichlar yaratib amaliyotda keng ko‘llanidmoqda. Alimuxammedov S.N. va boshqalar (1991) ta’kidlashicha bu usul 1986-1988 yillarning xar birida O‘zbekistonda 400-500 ming tagacha ishlatiladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan shu davrlarda bu g‘oya muximdir. Entomologlar bizning mamlakatimiz va qo’shni hududlar faunasini o’rganishga katta hissa qo’shdilar. Ularning ichida birinchi navbatda prof. V.V.Yaxontov, prof. R.O.Olimjonov, M.Narziqulov, A.G.Davletshinalarni tilga olish kerak. Ular o’zlarining klassik ishlari bilan fanda katta fond qoldirdilar. Masalan, V.V.Yaxontov “O’rta Osiyodagi qishloq xo’jalik o’simlik mahsulotlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash” nomli kitobini yozdi(1953). Bu kitob haligacha o’z qadrini yuqotgani yo’q. A.G.Davletshina esa “Hayvonlar hayoti” nomli ko’p tomli kitobida shiralarni yoritish bilan bu fanga o’z hissasini qo’shgan. Bu yerda S.G.Bronshteyn ishlarini ham unutmaslik kerak. U sabzavot ekinlarida zararkunanda o’simlik hisoblangan “shumgiya” o’simligiga qarshi kurashning biologik metodini ishlab chiqdi. U birinchidan bo’lib bu zararkunandalarga qarshi fitomiza pashshasini keng miqiyosida ishlatgan. Bundan tashqari Zarafshon sharoiti uchun g’o’zaning ko’pgina zararkunandalariga qarshi itegral kurash tizimini o’tkazishning nazariy asosini yaratdi. O’zbekitonda tibbiy entomologiya rivojlanishida o’zining yuksak hissasini qo’shgan yirik olimlardan biri L.M.Isayev hisoblanadi (1886-1964). L.M.Isayev boshchiligida O’rta Osiyoda malyariya, leyshmanioz, gelmintoz va qaytalama tifga qarshi katta muvaffaqiyatli ishlar olib borildi. Bundan tashqari og’ir gelmintoz rishtaning manbasi yo’qotildi. Hozirgi kunda O’zbekistonda entomologiyaning rivojlanishi davom etmoqda. Uning rivojlanishida oliy o’quv yurtlarida va ilmiy tadqiqot istitutlarida faoliyat olib borayotgan olimlar o’z hissasini qo’shib kelmoqda Entomologiya so’zi grekcha “entomon”- hasharot, “Logos”-fan so’zidan olingan bo’lib, hasharotlar dunyosini o’rganadi. Hozirgi vaqtda jadal rivojlanayotganligi sababli entomologiya bir qator mustaqil fanlarga bo’lib o’rganiladi - umumiy entomologiya qishloq xo’jalik entomologiya va hokazo. Umumiy entomologiya nazariy fan hisoblanib yuqorida sanab o’tilgan fanlarning asosi hisoblanadi. Qolganlari o’zining vazifasi, o’simliklar, uy hayvonlari, odam uchun zararli hasharotlarga qarshi kurashishning ilmiy ishlab chiqarilgan metodlariga ega. Entomologiyaga yaqin fanlardan biri bu asalarichilk va ipakchilik hisoblanadi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish tarixida dramatik voqyeyalaridan biri 1945-46 yillarda yangi sintetik insektisid DDTning sanoat miqiyosida ishlab chiqarilishining boshlanishi hisoblanadi. DDTning boshqa mavjud bo’lgan insektisidlardan farqli ravishda (xlorli uglevodorodlar guruhiga mansub) juda past dozalarda ham yuqori samara bergan va juda barqaror edi. Shuning uchun hasharotlarni kirish uchun sarflanadigan harajatlar kamaydi. Lekin bir necha yillar o’tgandan so’ng DDT va boshqa insektisidlar ta’siriga chidamli zararli hasharotlar liniyalari paydo bo’lgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling