Umumiy entomologiya


Tabiiy kushandalardalarga kiruvchi oltinko’z va brakonni


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1548250
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Dilmurod

Tabiiy kushandalardalarga kiruvchi oltinko’z va brakonni 
biolabaratoriyada ko’paytirish. 
Oltinkoʻzlar (Chrysopidae) -toʻrqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Oʻrta Osiyo 
faunasida 24 turi tarqalgan. Oʻzbekistonda Chhrysopidae carnea Steph., Chhrysopidae 
septempan cfata W., Chhrysopidae albolineata L., va Chhrysopidae vittata W. koʻp 
uchraydi. Tanasi och yashil, kuzlari tillarang, sadafeimon yoki kamalaksimon tovlanuvchi 
qanotlari yoyilganda 19– 50 mm. Moʻylovi choʻtkasimon, peshonasi tekis. Ingichka dastali 
och yashil tuxumini oʻsimlikka yopishtirib qoʻyadi. Lichinkasi tigiz, old va orqa tomoni 
ingichka, koʻkrak oyoqlari yaxshi rivojlangan. Gʻumbagi ochiq tipda, rangi yashil. 
Oltinkoʻzning lichinkalari yirtqich hayot kechirib, ular juda xoʻra va nihoyatda harakatchan. 
Ular polifag (ozuqa turi koʻp). Lichinkasi 3000 tagacha bit, oʻrgimchakkana va 
zararkunanda tunlam tuxumlarini yoʻq qilishi mumkin. Yetuk hasharot fazasida, kamdan-
kam gʻumbak xrlida qishlaydi. Qishlovdan mart oxiri — aprel boshlarida, sutkalik oʻrtacha 
harorat10—11° boʻlganda chiqadi. Tuxumini oʻsimlikning bargi va boshqa qismlariga 
bittadan yoki toʻp qilib qoʻyadi. Urgʻochisi bir kunda 65, hayoti davomida esa 500—750 
tagacha tuxum qoʻyadi. Dehqonlik mintaqalarida yashaydigan Oltinkoʻzning asosiy turlari 
4—5 avlod beradi. Paxta dalalari agrobiotsenozida Oltinkoʻz gʻoʻza va boshqa qishloq 
xoʻjaligi zararkunandalarini yoʻq qiluvchi etnomofaglar sifatida katta ahamiyatga ega. 
Oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan ximoya qilishda qoʻllash uchun Oltinkoʻzni 
laboratoriya sharoitida, tabiiy va sunʼiy ozuqa muhitida koʻpaytirish usuli ishlab chiqilgan. 
Bu oilaga mansub hasharotlar Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikada keng tarqalgan. 
Hozirgi vaqtda o’rta Osiyoda uning 24, Ozarbayjonda 33, Qozog’istonda 15 turi aniqlangan. 
O’zbekiston sharoitlarida oltinko’zlarning tur tarkibi hamda eng ko’p tarqalgan va istiqbolli 
turlarining 
ba‘zi 
bioekologik 
xususiyatlarini 
A.K.Mansurov, 
F.M.Uspenskiy, 
O.SH.Yuzbashyan va boshqalar o’rganishgan. Ular oltinko’zlarning qariyb 11 turini 
aniqlashgan. Bu oltinko’zlar tabiiy biotsenozlardagina emas, balki har xil ekinlarda va 
daraxtlarda ham uchraydi. 
Oltinko’zlar tillasimon och yashil tusli juda nozik hasharotlar hisoblanadi. Ularning ancha 
keng, sadafsimon yoki kamalaksimon tovlanadigan qanotlari yoyilganda 19 dan 55 mm 


gacha yetadi. Mo’ylovlari tuksimon, peshonasi yassi bo’ladi. Yorug’lik tomon yaxshi 
uchadi. Endigina qo’yilgan tuxumlari och yashil tusli, keyin esa asta-sekin qorayadi. 
Urg’ochisi tuxumlarini g’o’zaning shoxiga, barglariga yoki shona tugunchalariga bittadan 
yoki to’p-to’p qilib, nozik ipaksimon asosga qo’yadi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling