Umumiy entomologiya


Tabiiy kushandalardan beshiktebratar


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1548250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Dilmurod

Tabiiy kushandalardan beshiktebratar 
Entomofaglar (Yunoncha — hasharot, — yeb qo’yuvchi) — hasharotlar bilan oziqlanuvchi 
parazit va yirtqich mikro yoki makroorganizmlar. Entomofaglarning eng muhim guruhlari: 
hasharotlar; mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburug’lar va viruslar); eng sodda 
hayvonlarga mansub bir hujayrali organizmlar (1200 ga yaqin tur). Bulardan tashqari 
Entomofaglarga zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanadigan suvda ham quruqda 
yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar kiradi. Entomofaglarning juda kam turlari 


zararkunanda hasharotlar epizootiyasini qo’zg’atishi, nasl berishni kamaytirishi yoki 
ularning kasallik qo’zg’atuvchilarga, insektisidlar ta’siriga nisbatan sezgirligini oshirishi 
mumkin. Shunday Entomofaglarga sporoviklar va knidosporidiylar, shuningdek
kamdankam xivchinlilar hamda gaplosporidiylar sinfining vakillari kiradi. Chala o’zgarish 
bilan rivojlanuvchi (ninachilar, beshiktervatlar, bahorgi kapalaklar, to’g’riqanotlilar, 
quloqqazgichlar, qandalalar, tripslar) va to’liq o’zgarish bilan rivojlanadigan (qo’ng’izlar, 
to’rqanotlilar, tuyabo’yinlar, buloqchilar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar va ikki qanotlilar) 
hasharotlar yirtqichlik bilan hayot kechiradi. Entomofagkanalarning ko’pchiligi fitoseyidlar 
oilasining vakillaridir, ba’zilarigina bdellid, stigimeid, xeyletid, gemisarkoptid va boshqalar 
oilaga mansub. Hasharotlar paraziti 5 turkum: qo’ngizlar, tengqanotlilar, tangaqanotlilar, 
pardaqanotlilar va ikki qanotlilar vakillari orasida uchraydi. O’simliklarni biologik himoya 
usulida pardaqanotlilar va ikki qanotlilar turkumiga mansub turlar katta ahamiyatga ega. 
Xo’jayinga ixtisoslashiga ko’ra, Entomofaglar 3 biologik guruhga: monofaglar (bir yoki 
ikki tur xo’jayinni zararlaydi), oligofaglar (bir oiladagi bir necha uruqqa mansub turlar 
hisobiga yashaydi) va polifaglarga (har xil turkumga mansub ko’pgina turlarni zararlaydi) 
bo’linadi. Organizmlararo munosabatning yana bir shakli — antibioz yoki organizmlararo 
antagonistik o’zaro munosabat (mikroorganizmlar yoki yuksak o’simliklarning boshqa 
organizmlar rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi yoki uni nobud qiladigan moddalar ajratishi) 
farqlanadi. Dehqonchilik biosenozida Entomofaglardan xonqizi qo’ng’izlari, oltinko’zlar, 
taxin pashshalar, sirfidlar, sassiqqo’ng’izlar va boshqalar katta ahamiyatga ega. 
O’simliklarni biologik himoya usulida Entomofaglardan trixogramma va gabrobrakondan 
foydalaniladi. Bu tabiiy kushandalar zararli hashoratlarga qarshi kurashib qishloq xo’jalik 
ekinlarining zararlanishini oldini oladi. Samarali foyda ko’rsatadi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling