Umumiy entomologiya


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1548250
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Dilmurod

XULOSA. 
Zararkunanda hasharotlar kushandasi yoki ularda parazitlik qiluvchi koʻpgina Foydali 
hasharotlar maʼlum. Masalan oltinkoʻzlar, sirfidlar, xonqizi qoʻngʻizlari, kanaxoʻr, tripslar, 
yirtqich qandala — oriuslar, afididlar va boshqa Oʻsimliklarni himoya qilishning biologik 
usulida parazit entomofaglardan trixogramma, gabrabrakondsh(tunlamlar tuxumi va qurtiga 
qarshi) foydalaniladi. Entomofagkanalarning ko’pchiligi fitoseyidlar oilasining vakillaridir, 
ba’zilarigina bdellid, stigimeid, xeyletid, gemisarkoptid va boshqalar oilaga mansub. 
Hasharotlar paraziti 5 turkum: qo’ngizlar, tengqanotlilar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar va 
ikki qanotlilar vakillari orasida uchraydi. O’simliklarni biologik himoya usulida 
pardaqanotlilar va ikki qanotlilar turkumiga mansub turlar katta ahamiyatga ega. Xo’jayinga 
ixtisoslashiga ko’ra, Entomofaglar 3 biologik guruhga: monofaglar (bir yoki ikki tur 
xo’jayinni zararlaydi), oligofaglar (bir oiladagi bir necha uruqqa mansub turlar hisobiga 
yashaydi) va polifaglarga (har xil turkumga mansub ko’pgina turlarni zararlaydi) bo’linadi. 
Organizmlararo munosabatning yana bir shakli — antibioz yoki organizmlararo 
antagonistik o’zaro munosabat (mikroorganizmlar yoki yuksak o’simliklarning boshqa 
organizmlar rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi yoki uni nobud qiladigan moddalar ajratishi) 
farqlanadi. Dehqonchilik biosenozida Entomofaglardan xonqizi qo’ng’izlari, oltinko’zlar, 
taxin pashshalar, sirfidlar, sassiqqo’ng’izlar va boshqalar katta ahamiyatga ega. 
O’simliklarni biologik himoya usulida Entomofaglardan trixogramma va gabrobrakondan 
foydalaniladi.
Entomofaglardan foydalanish ko'pincha ancha samarali bo'ladi, ayniqsa, 
boshqa usullar imkonsiz yoki qiyin bo'lgan joylarda (makkajo'xori, kungaboqar va 
boshqalar). Shu bilan birga, entomofaglar o'z o'ljasini faol ravishda qidirish va yo'q qilish 
qobiliyatiga ega bo'lishi juda muhimdir. 70-80-yillarning oxirlarida Trichogramma ko'plab 
zararkunandalarga qarshi millionlab gektar ekinlarda ishlatilgan. Tabiatdagi entomofaglar 
faolligini oshirishda yordam beradigan bir qancha usullar mavjud. Gessen pashs hasi 
entomofaglariga beda ekini ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Tabiiy komplekslarda entomofaglami 
yig'ish maqsadida bioagentlar rezervatorlari - maxsus mikrozapovedniklar tashkil qilinadi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling