Umumiy entomologiya
Brakon tunlam qurtini zararlashi
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Dilmurod
Brakon tunlam qurtini zararlashi.
Urg‘ochi brakon zotlari o‘lja tanasiga tuxum qo‘yishdan oldin uni elkasiga tuxum qo‘ygichini sanchib falajlaydi. Natijada qurt harakatsizlanib, oziqlanishdan to‘xtaydi. SHuni qayd qilish lozimki, brakon o‘ljasini zararlaganda faqat zahar bezidagi qo‘shimcha zahardan foydalanadi. Umuman olganda bitta urg‘ochi brakon zaharidan 1 mln. 600 ming xo‘jayin qurtlari falajlanishi mumkin. Brakon tuxum qo‘yishda xo‘jayin tanasi sirtining silliqligiga, siyrak tukligiga, uning tana o‘lchamiga e'tibor beradi, ya'ni yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar qanchalik qulay bo‘lsa, parazit qo‘yadigan tuxum soni ham shunchalik yuqori bo‘ladi. SHuning uchun ham, yaydoqchi ko‘pincha o‘rta va katta yoshdagi qurtlarni zararlaydi. Ko‘p yillik tajribalarda kuzatilishicha har bir g‘o‘za tunlami qurtining tanasiga 50 dan ko‘proq (o‘rtacha 20-25 ta), makkajo‘xori kapalagi qurti tanasiga 40 tagacha (o‘rtacha 15 ta), katta mum kuyasi qurti tanasiga 35-60 tagacha (o‘rtacha 20 ta), un kuyasi qurti tanasiga 10-12 (o‘rtacha 5 ta) tuxum qo‘yishi aniqlangan (Mirzalieva, 1981). Xavo xarorati va nisbiy namligiga qarab tuxumlardan lichinka chiqishi uchun 1-5 kungacha, lichinkalarning to‘liq rivojlanishi 2 - 6 kungacha va nihoyat g‘umbaklardan etuk zotlar uchib chiqishi uchun esa 6-13 kungacha vaqt kerak bo‘ladi. Brakonning otalangan tuxumidan urg‘ochi va erkak, urug‘lanmagan tuxumlaridan esa faqat erkak zotlar rivojlanadi. Lichinkalar xo‘jayin qurt tanasida 3-5 kun oziqlanadi, keyin esa uzunchoq oq pillacha o‘rab, uning ichida g‘umbakka aylanadi. Oradan 5-8 kun o‘tgach g‘umbaklardan voyaga etgan brakonlar uchib chiqadi. Odatda jinslar nisbati 1:1 ga teng bo‘ladi. Tabiatda urg‘ochi brakon o‘z xo‘jayinini qurti yoshiga qapab 150-300 taga qadar uning qurtlarini zararlaydi. Ekinzorlardagi zararkunanda populyasiyasi zichligi katta bo‘lsa, urg‘ochi brakon ularning ko‘pchiligini zararlasada, zararlangan qurtlarning faqat 60-70 foizigagina tuxum qo‘yadi. Normal zararlangan qurtlar 13-35 kungacha va undan ham ko‘proq buzilmasdan saqlanadi. Bu muddat brakon avlodining to‘liq rivojlanishi uchun etarlidir. Tuxum qo‘yishdan oldin urg‘ochi brakon xo‘jayin tanasiga bir necha bor tuxum qo‘ygichini sanchadi va bunday sanchiqlar o‘rnidan chiqqan gemolimfa bilan urg‘ochi va erkak brakon voyaga etganlari qo‘shimcha oziqlanadi. Tabiiy sharoitda, mavsum davomida brakon 10 va undan ortiqroq martagacha avlod berishi, laboratoriya sharoitida esa uni yil davomida ko‘paytirish mumkin . Umuman olganda g‘o‘za tunlami bir dona qurtida 60 tagacha, makkajo‘xori kuyasi 40-60, janubiy ombor va un parvonalari qurtlarida 10 tagacha, mum kuyasi qurtida 30 tagacha, arvoh kapalagi bir dona qurtida esa 250 taga qadar brakon lichinkalari rivojlana olishi mumkin. Brakon juda serpusht bo‘lib, uni ko‘paytirish sharoitlariga qarab va xo‘jayin turiga mos ravishda har bir urg‘ochi 100 tadan 800 tagacha tuxum qo‘yishi kuzatilgan. Respublika ishlab chiqarish biolaboratoriyalarida brakon faqat katta mum kuyasi qurtlaridagina ko‘paytiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling