Umumiy fizika kafedrasi
Download 0.99 Mb.
|
Mehnat xavfsiz.labor. S.U. 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va jihozlar
- Om metr
Laboratoriya ishi №6
Kichik qarshiliklarni o’lchash va o’tkazgichlarning solishtirma qarshiligini aniqlsh Ishni bajarishdan maqsad: Materiallarning qarshiligi nimalarga bog‘liq ekanini о‘rganish. Tajriba yuli bilan metallarning solishtirma qarshiligini aniqlash. Kerakli asbob va jihozlar: ampermetr, voltmetr, ulchov lentasi, shtangensirkul, tok manbai, reoxord, kalit, ulovchi simlar, reostat. Nazariy qism Zanjirning bir qismiga oid Om qonuniga asosan tok kuchi о‘tkazgich qismiga quyilgan kuchlanishga tо‘g‘ri proporsionaldir I=Uλ (1) Bu yerda I- tok kuchi, U- о‘tkazgich qismiga quyilgan kuchlanish λ - proporsionallik koeffitsiyenti yoki elektr о‘tkazuvchanlik deb atiladi. Bu kattalik kuchlanishga bog‘liq emas. Elektr о‘tkazuvchanlikka teskari bо‘lgan kattalik о‘tkazgichning qarshiligi deb ataladi va R harfi bilan belgilanadi λ (2) (2) ifoda hisobga olinsa, Om qonunini quyidagicha yozish mumkin: (3) О‘tkazgich qarshiligining birligi (3) ifodadagi asosan aniqlanadi va Om deb ataladi. Kuchlanish 1 V bо‘lganda о‘tkazgichdagi tok 1A bо‘lsa bu о‘tkazgichlarning qarshiligi 1 Om bо‘ladi. Metallarda elektr tokini hosil qiluvchi zarralar elektronlardir. Metallardan elektr toki о‘tayotganida о‘z atomiga kuchsiz bog‘langan elektronlar-erkin elektronlar harakatga keladi. Bir yoki bir necha elektronini yuqotgan atomlar-ionli kristall panjaraning tugunlarida qoladi. Tok hosil bо‘lishda ishtirok etayotgan erkin elektronlar kristall panjara tugunlariga urilib, ularning tartibli harakat tezligi kamayadi. Elektronlarning kinetik energiyasi о‘tkazgichning ichki energiyasiga aylanadi.Bunday tо‘qnashishlar natijasida о‘tkazgichda zaryadlangan zarralarning tartibli harakatini tormozlovchi kuch paydo bо‘ladi. Tok manbai energiyasining bir qismi-bu kuchni yengishga sarf bо‘ladi. О‘tkazgichning elektr tokini о‘tishini qiyinlashtiruvchi xossasini harakterlaydigan fizik kattalik qarshilik deyiladi. Tajribalar о‘tkazgichning R qarshiligi uning L uzunligi tо‘g‘ri proporsional S kundalang kesim yuziga teskari proporsional ekanligini kо‘rsatadi. (4) Bunda -о‘tkazgichning solishtirma qarshiligi, u о‘tkazgichning materialiga bog‘liq (4) ga kо‘ra (5) SI sistemasida о‘tkazgichning solishtirma qarshiligi birligi qilib uzunligi 1m ko’ndalang kesimi 1m2 bо‘lgan о‘tkazgichning solishtirma qarshiligi qabul qilingan. Bu birlik Om metr deb ataladi. Amalda solishtirma qarshilik Om.mm2/m birliklarda ulchanadi (3)ni hisobga olib (4)ni quyidagicha yozish mumkin. (6) Silindr shaklidagi о‘tkazgich uchun (7) -о‘tkazgich kundalang kesimining diametri (6) ifodadagi о‘rniga uning (7)dagi qiymatini quysak. (8) ni hosil qilamiz. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling