Umumiy kimyo mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari


Kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalarning massasi reaksiya


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana24.12.2022
Hajmi1.19 Mb.
#1059682
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
daslabki tushunchalar

 
Kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalarning massasi reaksiya 
natijasida hosil bo‘ladigan moddalarning massasiga teng. 
A.Lavuazye bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada qatnashayotgan har 
bir element atomi massasi reaksiya davomida o‘zgarmasligini ta’kidlagan. Bu esa kimyoviy 
reaksiyada bir element atomining boshqa element atomiga aylanib ketmasligini bildiradi. 
Masalan, 8 g oltingugurt 14 g temir bilan reaksiyaga kirishib, 22 g temir sulfid hosil qiladi:
Fe + S = FeS 14 g + 8 g = 22g 
433,2 g simob oksid parchalanganda 401,2 g simob va 32 g kislorod ajralib chiqadi: 
2 HgO = 2Hg + O

433,2g = 401,2g + 32g 
Massa bilan energiya orasidagi o‘zaro bog‘liqlik (u fizika kursida ko‘rib chiqiladi) 
Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi: 
E=m c
2
 
bunda: E—energiya, m — massa, c — yorug‘likning vakumdagi tezligi.
Moddalar massasining saqlanish qonuni kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini tuzish 
uchun moddiy asos beradi. Unga asoslanib, kimyoviy tenglamalar bo‘yicha hisoblashlar 
o‘tkazish mumkin.
Tarkibning doimiylik qonuni.
J. Prust 1799-1808- yillardagi o‘z tekshirishlariga 
asoslanib, moddalar ma’lum miqdorlardagina o‘zaro birikadi, elementlar o‘zaro birikkanda 
faqat ma’lum tarkibli birikmalar hosil bo‘ladi, binobarin, murakkab moddalar bir xil tarkibga 


Shaxzod Qo’chqorov 
ega bo‘ladi, degan xulosaga keldi. Masalan, suv qanday yo‘l bilan olinishidan qat’iy nazar 
uning tarkibiga kirgan vodorod va kislorod miqdorlari o‘zaro 1 : 8 og‘irlik nisbatda bo‘ladi. 
Agar reaksiya uchun 2 og‘irlik qism vodorod, 8 og‘irlik qism kislorod olinsa, u holda 1 og‘irlik 
qism vodorod reaksiyaga
kirishadi. Natijada bir og‘irlik qismi reaksiyaga kirishmay ortib 
qoladi.
Yoki uglerod bilan kislorodni biriktirib olingan uglerod (IV) oksidda 3 og‘irlik qism 
uglerodga 8 og‘irlik qism kislorod to‘g‘ri kelishini ko‘ramiz. 
CO
2
ni uglerod bilan kislorodni biriktirib olinsa ham, CaCO
3
ni
parchalab olinsa ham, 
CaCO
3
ga xlorid kislota ta’sir ettirib olinsa ham
baribir uning tarkibi 3 : 8 nisbatda boʻladi. 
Demak, har qanday kimyoviy
birikmaning tarkibi doimiydir. Tarkibning doimiylik qonuni 
quyidagicha ta’riflanadi:

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling