Umumiy kimyo mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari


Molekular  strukturali, ya’ni molekulalardan tuzilgan birikmalaming tarkibi olinish


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana24.12.2022
Hajmi1.19 Mb.
#1059682
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
daslabki tushunchalar

Molekular
 strukturali, ya’ni molekulalardan tuzilgan birikmalaming tarkibi olinish 
usulidan qat’i nazar o‘zgarmas bo‘ladi. 
Kimyoning rivojlanishi shuni ko‘rsatdiki, o‘zgarmas tarkibli birikmalar bilan bir 
qatorda, o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo‘lar ekan. N.S. Kurnakovning taklifiga ko‘ra, 
o‘zgarmas tarkibli birikmalar daltonidlar (ingliz kimyogari va fizigi Daltonning xotirasiga), 
o‘zgaruvchan tarkiblilari bertollidlar (shunday birikmalar borligini oldindan 1808- yilda 
aytgan fransuz kimyogari Bertolle sharafiga) deb ataladi. 
Daltonidlaming tarkibi butun sonli stexiometrik indekslari bor oddiy formulalar bilan 
ifodalanadi. Masalan, H
2
O, HJ, CCl
4
, CO
2
. Bertollidlarning tarkibi o‘zgarib turadi va 
stexiometrik nisbatlarga muvofiq kelmaydi. Masalan, uran (Vl) oksidning tarkibi, odatda, UO
3
formula bilan ifodalanadi. Haqiqatda esa uning tarkibi UO
2.5
dan UO
3
gacha bo‘ladi. Olinish 
sharoitiga qarab, vannadiy (II) oksidning tarkibi VO
0.9
dan VO
1.3
gacha bo‘lishi mumkin. Yoki 
sirkoniy azot bilan birikib ZrN
0.59
, ZrN
0.69
, ZrN
0.74
va ZrN
0.89
nitridlar hosil qiladi. Bertollidlar, 
oksidlar, gidridlar, sulfidlar, nitridlar, karbidlar, silfidlar va kristall strukturaga ega bo‘lgan 
boshqa anorganik birikmalar orasida uchraydi. Nomolekular strukturali (atomli, ionli va metall 
panjarali) birlkmalaming tarkibi esa o‘zgaruvchandir va olinish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Masalan, vanadiy (II) oksidning tarkibi temperaturaga va sintezda ishlatiladigan kislorodning 
bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Elementlaming izotop tarkibini ham hisobga olish kerak: masalan, 
odatdagi suvda 11,19%, og‘irsuvda esa — 20% vodorod bo‘ladi. 
Karrali nisbatlar qonuni. Ko‘p elementlar bir-biri bilan birikkanda, ushbu elementlar 
massalari nisbati har bir holda bir-biridan farq qiluvchi aniq qiymatga ega bo‘lgan turli 
birikmalar hosil qiladi. Masalan, uglerod kislorod bilan ikki xil birikma hosil qiladi. Ulardan 
biri – uglerod (II)-oksid (CO) 42,88% uglerod va 57,12% kislorod tutadi. Ikkinchi birikma – 
uglerod (IV)-oksidi (CO
2
) 27,29% uglerod va 72,71% kislorod tutadi. Shunday birikmalarni 
o‘rganish jarayonida J.Dalton 1803-yilda karrali nisbatlar qonunini kashf qildi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling