Shaxzod Qo’chqorov
Kimyoning asosiy qonunlari
Moddalar massasining saqlanish qonuni. Modda hech qachon yo‘qolib ketmaydi va
yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Olamdagi moddalaming miqdori hamma vaqt o‘zgarmasdan qoladi.
«Bir yerda qancha materiya kamaysa, ikkinchi bir yerda shuncha materiya ortadi» degan fikrni
miloddan 5 asr ilgari yunon faylasuflari aytib o‘tgan edilar. XVII va XVIII asrning materialist
faylasuflari bu fikrni hech qanday isbotga muhtoj bo‘lmagan qonun, deb hisoblar edilar. Biroq
o‘sha zamondagi kimyogarlar bu qonunning kimyo uchun
naqadar muhim ekanligini
tushunmadilar va kimyoviy jarayonlarning miqdoriy tomoniga e’tibor bermadilar.
Lomonosov kimyoga oid barcha tajribalarida
tarozidan foydalanib,
reaksiya uchun olingan
moddalar miqdorini reaksiya natijasida hosil bo‘lgan
moddalar miqdoriga solishtirib,
moddalaming umumiy miqdori o‘zgarmasligini aniqladi va yo‘qolmaslik
prinsipini aniq
miqdoriy tajribalarda isbot etdi,
miqdoriy tahlil usulini kimyoga birinchi bo‘lib kiritdi.
U og‘zi suyuqlantirib berkitilgan idishlarda metallarni qattiq
qizdirish tajribalarini
o‘tkazib, moddalarda bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlaming asosiy qonunini (1748-yilda)
kashf etdi. 1772-1789-yillarda fransuz olimi A.Lavuazye ham
yopiq idishda olib borilgan
tajribalarda umumiy massa o‘zgarmasligini kuzatgan va bu o‘ziga xos yangilik – yangi qonun
ekanligini tushunib yetgan. Shunday qilib, tabiatning asosiy qonunlaridan biri –
massaning
saqlanish qonuni ochilgan. Qonunning hozirgi ta’rifi quyidagicha: