Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena


Download 466.5 Kb.
bet17/27
Sana14.01.2023
Hajmi466.5 Kb.
#1092539
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
Restoranda sanitariya va gigiyena

Savol va topshiriqlar:



  1. Mahsulotlarni omborxonaga qabul qilib olishda nimalarga ahamiyat berish kerak?

  2. Omborxonalarga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?

  3. go’sht va kalla pochcha mahsulotlarining saqlash qoidalari qanday?

  4. Parranda go’shti va baliq mahsulotlari saqlash qoidalarini aytib bering.

  5. Muzlatilgan sabzavot mevalarni saqlash usulini aytib bering.

OZIQ –OVQAT MAHSULOTLARIGA PAZANDALIK ISHLOV BERISHNING SANITARIYA TALABLARI
Reja:
1.Maxsulotga pazandalik ishlovi berish ahamiyati.
2.Maxsulotni qayta ishlashda texnalogik jarayonning
ahamiyati.
Tayach iboralar:
Fiziologik ahamiyat, mexanik ishlov, issiqlik ishlovi.
Xomashyolarga birinchi ishlov berish tayyorlov sexlarida maxsus stollarda oshtaxta, taxtakach, pichoqlar yordamida amalga oshiriladi. Sanitariya qoidalariga binoan ham mahsulotlar alohida taxtachalar ustida, alohida pichoqlar bilan ishlanadi, pishirilgan mahsulotlar ham alohida tayyorlanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga pazandalik ishlovi berish katta fiziologik va sanitariya-gigenik ahamiyatga ega. Fiziologik ahamiyati shundaki oziq-ovqat mahsulotlariga mexanik va issiqlik ishlovi berilishi natijasida ularning ozuqaviy qiymati va hazm bo'lishi tubdan yaxshilanadi. Sanitariya gigiyenik ahamiyati esa oziq-ovqat masulotlarining ifloslanishini oldini oladi. Shuning uchun mahsulotlarga pazandalik ishlovi berishda taomlar tayyorlash texnologiyasiga qat'iy amal qilish, texnologik jarayonlarning ketma-ketligini saqlash xom ashyolarni tayyor taomlar bilan qo'shilib ketishiga yo'l qo'ymaslik, korxonaning qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlaridan unumli foydalanish kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarni qayta ishlashda texnologik jarayon- , larni maksimal qisqartirish maqsadga muvofiqdir. Qayta ishlash jarayonlarida sanitariya qoidalarining buzilishi ularni mikroblar bilan ifloslanishiga, shuningdek mikroblar miqdori taomlarni qanday xom ashyodan tayyorlanganligiga ham bog'liq. Shuning uchun omborxonalardan xom ashyolarni olishda ularni sifati standart talablariga to'liq javob berishiga katta ahamiyat berish kerak. Ularni sifatini organik yo'l bilan, zarurat bo'lganda esa laboratoriya tahlili usuli bilan aniqlanadi.
Qayta ishlanadigan xom ashyo va tayyor taomlarning sifati ishjoyiga, jihozlarning va invertarlarning sanitariya holatiga bevosita bog'liqdir. Sanitariya talablariga ko'ra xom ashyo qayta ishlanadigan stollar ish boshlanishidan oldin xo'l latta bilan yaxshilab artilib, ish tugagandan so'ng esa kir yuvish kukuni solingan issiq suv bilan yuvish kerak bo'ladi.

Download 466.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling