Upanishadlar va avesto


Ezgulik kategoriyasi Upanishadlar va “Avesto”dagi falsafiy-diniy tizimning konseptual asosi sifatida


Download 0.65 Mb.
bet14/29
Sana17.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1208123
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
2 5262933941039408192

Ezgulik kategoriyasi Upanishadlar va “Avesto”dagi falsafiy-diniy tizimning konseptual asosi sifatida

“Avesto’ va Upanishadlarda ezgulikka chorlagan qadimiy dunyoqarash tarixini o’rganish, undagi umumbashariy ezgulik g’oyalaridan bugungi islohotlarni ko’paytirishda foydalanish dolzarb masala bo’lib turibdi. Vedalar va Upanishadlar sanskrit tilida yozilgan. “Sanskrit” so’zi “san”, ya’ni “sam” tugallangan, to’la, mukammal hamda “krit” bajarilgan ma’nolarida keladi. Sanskrit to’la, mukammal bajarilgan ma’nolarida keladi. Sanskrit qadimdan hinduizm hamda uning negizida shakllangan jaynizm, buddizm va sikhizm dinining muqaddas tili hiisoblanadi. Sanskrit atamasi adabiyotlarda ikki xil davrlashtiriladi. Vedalar va klassik davrga bo’linadi. Vedalar davri Vedalarning sirli matnlari, ayniqsa Rig Veda, Puranlar hamda Upanishadlardagi tilning haqiqiy shakli sifatida foydalanilgan. Bu davr asosan, eramizdan oldingi II-I ming yillikka borib taqaladi. Bu til eramizdan oldingi X-asrgacha og’zaki shakllangan. 52 harfdan iborat bo’lgan qadimgi sankrit tili so’z boyligi jihatdan juda boy sanalib, uning fonetikasi hamda grammatikasi bugungi kungacha o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
“Avesto”dagi ezgulik kategoriyasi Ahura-Mazda tushunchasi bilan bog’liq. Misol uchun, Tojikiston tarixchisi Bobojon G’ofurovning “Tojiklar” kitobidagi “O’rta Osiyoda oriyonlarning shakllanishida hind va eronlarning umumiyligi” bobida keltirilishicha, qadimgi eron va hindlar o’rtasida din, urf-odatlar va tasavvurlarda bog’liqdir. Biz buni o’zaro “Avesto” va Vedalarda ko’ramiz.
Ulardagi ismlar ham o’xshash. “Masalan, Xudolar jangi haqida gap ketganda, “Avesto”da Avesto qahramoni podshoh Yima – Vivaning og’li deyilsa, Vedada esa, Veda qahramoni podshoh Yama – Vivasvont o’g’li deyiladi. Yoki mafkuralar mushtarakligini ko’rsak, Rigvedada “asura” Baruna xudosi deyilsa, Avestoda “Ahura mazda” deyilgan. Bularning ma’nolari “asura” - sohib, “ahura” – hukmron demakdir”133.
Olamning paydo bo’lishida ham o’xshash fikrlar yuritilgan. Koinotning uchta muhim ko’rinishi – osmon, fazo, yer va xudolar haqida bir xil fikrlashgan. “Ularning fikricha, Rigvedada “ded” – ota – osmon, “nan” – ona – yer, shuningdek, Avesto va Vedalarda ham “gav” – sigir, “ushtra”- tuya, Avestoda “aspa”, Rigvedada “ashva” – ot ma’nosida keladi. Eronliklarda “ayak”, hindlarda “ayse”- mis demakdir. Eronlarda “zaraniya”, hindlarda “hiranya”- tillo deyilgan”134. Yuqoridagi so’zlarni bugungi kunda ham ba’zi hududlarda uchratish mumkin.
Ahura Mazda ezgulik yo’lida butun olam hukmdori sifatida ko’riladi.
Eron avestologi Bahrom Farhushiyning “Yoddoshthoye gotho”, ya’ni “Gotlarning ilovalari” kitobida quyidagicha keltiriladi:
۶ – مه=مزْ ......maz، در پهلوی مس ...... (مسمغان = مصمغان یعنی بزرگ مغان، در لهجهٔ دری: لهجه زرتشتیان ایران مامس و بامس یعلی مادر بزرگ و پدربزرگ)، در فارسی مه یعنی و واژه های مهتر و مهتری و مهست و مهی و مهین یعنی بزرگتر و بزرگتری و بزرگتری و بزرگی و بزرگ در برابر کیه (کوچک) و کهتر و کهتری و کهی کهین است. در بند ۲ از هات ۳۰ در بند ۳۱ ازهات ۴۶ نیز بواژهٔ مزْ maz (=بزرگ) بر می خوریم.-135
“Meh = maz …… dar pahlavi mas …… (masmag’on-masmag’on), ya’ni bo’zorg mag’on, dar lahjeyi dari: lahjaye zardo’shtoyoni eron manas va bomas, ya’ni modar bo’zorg va pedar bo’zo’rg) dar forsi meh, ya’ni bo’zo’rg va vojehoye mehtar va mehtari va mehest va mehi va mehon, ya’ni bo’zo’rgtar va bo’zo’rgtari va bo’zorgtarinva bo’zo’rgi va bo’zo’rg dar barobar kiye va kehtar va kehtari va kehi va kehiyon ast, dar band 2 az hot 30 va dar band 14 az hot 46 niz bevoje maz(=bo’zo’rg) bar xo’rim”.
Maz “Avesto” maz, pahlaviy tilida mas(mas-mag’on=masmag’on), ya’ni katta mag’on, dariy lahjasida, ya’ni eron zardushtiylari momos va bomos, ya’ni katta ona va katta ota) fors tilida meh – katta deganidir. Meh so’zi mehtar, mehtari va mehest hamda mehi va mehiyon shakllarida darajalanadi. Ya’ni katta, kattaroq va eng kattasi. shaklidadir. Agar buni kichik so’ziga nisbatan qo’llasak, kehtar, kehtari, va kehi va kehiyondir.
(46-gotning 14-bandi va 30-gotning 2-bandi maz bo’lib kelgan).
Ahura Mazda kattalarning kattasi butun ezgu borliqni va uning rivoju- ravnaqini ta’minlashga hizmat qiluvchi barcha ezgu ma’budlarni yaratgan azal mavjud zotdir.
Upanishadlarda ऊँ, ya’ni Om ezgulik kategoriyasi hisoblanadi. Dastlab ऊँ, ya’ni Om ezgulik kategoriyasiga “Chxandogya” (छान्दोगयोपनिषद) Upanishadida duch kelamiz. Bu jarayon ustoz va shogird o’rtasidagi suhbat tarzida keltirilgan. Shogird o’ziga ma’lum bo’lmagan sirli bilimlar haqida savollarni birma-bir so’raydi. Ustoz Rigveda va Yajurvedadan dalillar keltirib 6 ta savol-javobning beshinchisida oydinlik kiritgan. Aynan bunda beshinchi savol-javobda Om ezgulik kategoriyasiga to’xtalgan.
ऊँ, ya’ni Om yoki AUM atamasi Braxmanning tabiati va uning aniq xarakterini bildiradi. Upanishadlarda bu tushuncha aniq, keng va to’la simvoldir va beshinchi savolda quyidagicha aniqlanadi.
Bir kuni Saibya Satyakama ustozidan so’radi:-“Nima uchun insonlar hayotining so’nggi paytlarida Omga murojat qilishadi? U nima?”. Ustoz javob berdi:-“ OM ya’ni AUM – Braxmanning tabiati va uning aniq xarakterini bildiradi. AUM – bu aniq, keng va to’la simvoldir. U yuqori ruhning uchta sifatini bildiradi.
“A”- bu Braxman – yaratuvchi,
“U” - bu Vishnu – himoya qiluvchi,
“M” – bu Shiva – vayron qiluvchi.
Om bu hayotning asosiy belgisi hisoblanadi”136.
Shuningdek, Upanishadlardagi ऊँ(AUM) ezgulik g‘oyasi bevosita tinchlik tushunchasi bilan bog‘liqdir.
Ularda Xudo yaratuvchi, Braxman undan ham a’lo bo’lgan siymoni yaratuvchisi, deb ta’kidlanadi. Kshatriy obrazi - bu Varnalarning jonlantirilgan qiyofasidir. Braxma “vish”ni yaratadi. “Vish” bu Vayshelarni jonlantirilgan qiyofasi hamda u butun dunyoni oziqlantiruvchi, dunyodagi tiriklikni saqlab turuvchidir. Kshatriy Braxmanlardan a’loroq, Kshatriylardan yuksakroq narsa yo’q. Vishnu ma’budi hind diniy-falsafiy qarashlaridagi borliq mavjudligining uch asosiy xususiyatidan kelib chiquvchi uch ma’budlardan birining nomidir. Hinduizm falsafasiga ko’ra, borliq, dunyo va umuman har bir narsa avval yaratiladi, ma’lum vaqt yashaydi, ya’ni saqlanadi, keyin esa, yakson bo’ladi. Mana shu jarayon hind diniy-falsafiy qarashlarida uch ma’bud nomi bilan ifodalangan: Braxma – yaratuvchi, Vishnu – saqlovchi hamda Shiva – yakson etuvchi ma’budlar nomi bilan ifodalangan.
ऊँ(AUM) bu hayotning asosiy belgisi hisoblanadi va yuqori bilim tushunchasi bilan ifodalanadi.
ऊँ पूर्णमद: पूर्णमदं पूरर्गमिदं पूर्णात्पूर्णमुदच्यते ।
पूर्णस्य पूर्णमादाय पूर्णमेवावशिष्यते ।।
ऊँ शांतिः शांतिः शांतिः ।।137
Om purnamadah purnamad puranatpurnamudachyate
Pūrṇasya pūrṇamādāya pūrṇamēvāvaśiṣyatē ।।
Om̐ śāntiḥ śāntiḥ śāntiḥ ।।
Tarjimasi: Xudo! U noaniq mukammallik bilan birgalikda aniq mukammallikdir. Hech qanday to’siqsiz u qaytadan yaratish jarayonini davom ettiradi. Xudo – tinchlik, tinchlik, tinchlik!
Yuqoridagi sankrit tilidagi matn tarjimasidan ko’rininb turibdiki, ऊँ(AUM) tinchlik g‘oyasi sifatida Xudoning sifatlaridan biri ekanligi ta’kidlanmoqda.
Yuqoridagi dalillardan ko’rininb turibdiki, Tangri taoloning yaratuvchanlik qudrati yakkayu yagonaligi, irodasi hamda faoliyatining targ‘iboti doim asosiy o’rinda turgan. O’z dinlari doirasida xalqlar va millatlar ilm-fan tarqqiyotiga o’z hissalarini qo’shib kelishgan.
Masalan, XI asrlarda yashagan arab-ispan faylasufi Soed Andalusiy “Tabaqot ul-umam”da yuqorida keltirib o’tilgan, ya’ni dunyo ilm-fani rivojiga hissa qo’shgan 8 millatning har birini alohida tahlil qilgan, ularning urf-odatlarini, tabiiy va geografik muhitini tasvirlagan, ularning tillari hamda dinlaridagi asosiy prinsiplarini muhokama qilgan va ushbu millatlarning kelib chiqish tarixini qisqacha bayon qilib bergan.
Masalan, muallif fors xalqining tarixiga to’xtalib, quyidagilarni yozadi:
"... و ذكر بعض علماء الاخبار انَّ الفرس في اوَّل امرها كانت موحّدة على دين نوح عليهِ السلام ثمَّ هم الصابئيُّون فاعتقدوه نحو الف سنة و ثمانمائة سنة الى ان تمجَّسوا جميعًا.
و كان سبب تمجُّسهم ان زرادشت الفارسي ظهر في زمان يستاسب ملك الفرس و دعا الى دين المجوسيَّة من تعظيم النار و القول بتركيب العالم من النور و الظلام و اعتقاد القدماء الخمسة التي هي عندهم: البارئ و ابليس و الهيولى و الزمان و المكان..."
Tarjimasi: … Ba’zi xabar keltiruvchi olimlar eslatib o’tadiki, forslar dastlab Nuh Alayhissalomning dinlarida bo’lishgan. So’ng ular (forslar) majusiylik (olov va quyoshga ibodat qiluvchilar) diniga e’tiqod qilgunlariga qadar, ya’ni taxminan 1300 yil davomida sobiiylikka (islomgacha Quyi Mesopotamiyada yashagan osmon yorituvchilariga topinadiganlar dini) e’tiqod qilib kelganlar.
Ularning majusiy bo’lishiga sabab esa forsiy Zardushtdir. U Fors shohi Yastasib davrida yashagan va u forslarni olovni ulug’lashga chorlaydigan majusiy dinga da’vat qilgan. U olam zulmat va yorug’likdan iborat ekanligini, hamda quyidagi 5 narsaga ishonish kerakligini aytib o’tgan:


  1. Download 0.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling