Upanishadlar va avesto


III bob bo’yicha xulosa ………….....…………………….…………..….…...137-138 Xulosa


Download 0.65 Mb.
bet2/29
Sana17.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1208123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2 5262933941039408192

III bob bo’yicha xulosa ………….....…………………….…………..….…...137-138
Xulosa…………………………………………………………………….…138-141
Foydalanilayotgan adabiyotlar ro’yxati…………..……............................142-152
Ilova……………………………………………………………….………...153-160

KIRISH
Doktorlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi va zarurati. “Dunyo shiddat bilan o’zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo’layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga etishga intilishga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat faravonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo’lishga undaydi”1. Shu jihatdan o’tmishga yondashuvning tafakkur va falsafa orqali baholash mezoniga o’tish hamda yuksak ta’riflarga munosib zaminda ta’lim va ma’rifat bilan tinchlik va bunyodkorlik sari yo’l tutish lozim. Falsafaning asosiy yo’nalishlaridan biri – germenevtikaning metodologik jihatlarini tahlil qilish bugungi kun integratsiya jarayonidagi voqealar ma’no-mazmunini tushunish imkonini beradi. Fan oldida turgan asosiy vazifalardan biri narsa-hodisalar mohiyatini tushunish va tushuntirishda iboratligi, falsafa tarixini germenevtika orqali o’rganish axloqiy-aksiologik qadriyatlar bilan bog’liq tarbiya sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. “Bugungi notinch va tahlikali zamonda yoshlarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan turli xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotganini barchangiz yaxshi bilasiz. Ularga qarshi kurashishda xalqimizning boy tarixi va madaniyati, buyuk ajdodlarimiz jasorati, jonajon O’zbekistonimizning milliy manfaatlari biz uchun kuch-qudrat manbai bo’lib xizmat qiladi”2. Milliy va axloqiy qadriyatlarimizga e’tibor oshib borayotgan bir davrda ham o’zligimizni, ham boshqa madaniyatlarni tushunishimiz muhimdir. Fan doirasida axloqiy aksiologik qadriyatlarni germenevtik jihatdan o’rganish mamlakatimiz milliy me’rosini, ilmiy manbalarini chuqur tahlil etish imkonini beradi. “Mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar davri va butun hayot bizdan tarixga munosabatni jiddiy ravishda o’zgartirishni taqozo etmoqda. Bu xalqimiz tarixi va madaniyatining yutuq va kamchiliklari bilan birgalikda xolis o’rganishni taqozo etmoqda”3.
“Avesto” O’rta Osiyo, Eron va Hindiston xalqlari sivilizatsiyalarining muhim manbai, eng qadimiy mashhur madaniy yodgorliklaridan biri sifatida jahon fanida doimiy tadqiqot obyektiga aylandi. Uning badiiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy va ijtimoiy soha taraqqiyotiga qo’shgan hissasi jahon xalqlari tomonidan katta qiziqish bilan o’rganilmoqda. “Biz Hindiston, Pokiston va Janubiy Osiyoning bashqa davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport va kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdorimiz4”, deb ta’kidlaydi muhtaram Prezidentimiz. “Mamlakatimizda diniy erkinlik borasida ham vaziyat keskin yaxshilandi. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglikni yanada mustahkamlash biz uchun doimiy muhim vazifadir”5. Shuningdek, jahonda diniy va dunyoviy qarashlar o’rtasidagi ziddiyatlar real voqealikka aylanayotgani hamda O’zbekistonda tarixiy-madaniy meros sifatida diniy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bugunning dolzarb masalasi sifatida qo’yilmoqda. BMT bosh assambeliyasining 2018-yil 12-dekabrdagi yalpi sessiyasida qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag’rikenglik” to’g’risidagi maxsus rezolutsiya, 2020-yil 23-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasi va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda asos bo’ladi.
Darhaqiqat, yurtimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga oid turli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi”dagi ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga asosan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish belgilangan. Sharq xalqlarining qadimgi tarixi, diniy e’tiqodi, ilm-fani va madaniyati hozirda istiqlol sharofati bilan yanada keng qamrovda tadqiq etilmoqda. Shuningdek, tarix har qaysi davrga taalluqli bo’lmasin, u doim insoniyat uchun saboq va sabot ko’zgusi bo’lib kelgan. Mustaqillik bizga faqat o’z tariximizni emas, balki butun bashariyat tarixini o’rganish hamda ularni o’z tafakkur tarzimiz asosida ilmiy tahlil va tadqiq etish imkonini berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi, 2017-yil 19-maydagi PF-5046-son “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi va 2019-yil 8-apreldagi F-5465-son “O’zbekiston tarqqiyotining yangi bosqichida milliy g’oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora tadbirlar to’g’risida”gi hamda boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling