Upanishadlar va avesto
Download 0.65 Mb.
|
2 5262933941039408192
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy yangili gi
- Tadqiqotning amaliy natijalari.
Tadqiqotning predmeti: Upanishadlar va “Avesto”dagi axloqiy qadriyatlar konseptual asoslarini germenevtik-qiyosiy tadqiq etish.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot olib borish mobaynida dialektik, tizimlashtirish, komprotevistik va sinergetik metodlardan hamda to’ldiruvchanlik, verifikatsiya, tarixiylik va vorisiylik tamoyillaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 1. Axloqiy-qadriyaviy asoslari, mifologik prototiplari, ulardagi ijtimoiy funksiyalarning tarixiy, ijtimoiy belgilangan diniy-axloqiy talqinlari birinchi marta klassifikatsion ravishda yaxlit asoslangan; 2. Real tarixiy-ijtimoiy munosabatlarning ma’naviy hayotda, diniy va maishiy rasm-rusumlarga diniy tizimning mifologik tasavvur orqali bog‘lanadigan axloqiy masalalar personizatsional ta’siri doirasida ko‘rsatib berilgan; 3. “Avesto”da ezgulik kategoriyasi kelib chiqishi “triniti” (ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal) tushunchasi orqali strukturaviy asoslangan; 4. Ezgulik va yovuzlik qarama-qarshiligining tarixiy asoslari “Avesto” va Upanishadlar materiallari asosida tahlil qilingan va yovuzlikning motivlari turlichaligi, mohiyati esa ezgulik yo‘lini to‘suvchi yovuzlik ekani ko‘rsatilgan. Jamiyat miqyosida yovuzlikning umumlashma timsoli Avestoda “yovuzlik” leitmotivi orqali talqin qilingan. 5. Zardushtiylik va hinduizm davrining ijtimoiy hayoti, falsafiy-axloqiy tamoyillari haqida fundamental tarzda real tasavvurlar paydo qilish imkoni yaratilgan hamda axloqiy kategoriyalar tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik jihatlari tahlil qilinib, ularda tabiatga sig’inish axloqiy-aksiologik asoslari talqin qilingan. Tadqiqotning amaliy natijalari. Shu bilan birga, umumiy tinchlik gumanistik g‘oyalarni hayotga tatbiq etishning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston va Hindistonning azaldan to hozirgi zamon tarixi va falsafasida o’z xalqini tinchlik va ozodlik uchun mardonavor kurashga chorlagan va ilhom baxsh etgan beqiyos qarashlari va g‘oyalari mavjuddir. “Avesto” va “Rigveda”dagi talqin qilingan axloqiy qadriyatlar keyingi davr falsafiy ta’limot va maktablarining g‘oyalari rivojlanishiga asos bo’lganligi hamda “Avesto” va “Rigveda”dagi gotlar matnlari sanskrit va zend tillarining o’xshash jihatlarini, uning Qadimgi Hindistonda, Midiyada, Eronda, Ozarbayjonda va Turonda mavjudligi, mintaqa xalqlari ushbu tilda so’zlashganliklari, axloqiy ildizlari umumiy jihatdan bir ekanligi bosh omil sifatida aoslangan. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling