Upanishadlar va avesto
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
Download 0.65 Mb.
|
2 5262933941039408192
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarininbg ilmiy va amaliy ahamiyati.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi tadqiqot doirasida barcha fikrlar respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyalarda muhokama qilinganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarininbg ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati Sharq falsafasi va madaniyati fani doirasida hind falsafasiga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ushbu tadqiqoqt ishida litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida “Falsafa” va “Sharq falsafasi tarixi” kurslarini o’qitish jarayonida, o’quv-uslubiy qo’llanmalarni tuzishda va ilmiy tadqiqotlarda, faylasuflar, mantiqshunoslar va talabalar tomonidan Qadimgi Sharqdagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixini mukammal o’rganuvchi talaba va magistrlar, pedagog va ilmiy izlanuvchilar foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy xulosalaridan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va O’zbekiston Milliy Universitetida hamda ular qoshidagi litseylarda “Dinshunoslik”, “Ma’naviyat asoslari”, “Manbashunoslik”, “Falsafa”, “Etika” va “Estetika” umumiy kurslari, “Madaniyatshunoslik” hamda “Sharq falsafasi va madaniyati” maxsus kurslari bo’yicha ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida, o’quv-uslubiy jarayonlarda foydalanildi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalariga tatbiq etilib, maxsus seminar treninglar tashkil etildi. 2019-yil 21-sentyabrda “O’zbekiston” teleradiokanali davlat yunitar korxonasi qoshidagi “O’zbekiston tarixi” telekanali tomonidan tayyorlangan “Xayrli kun” ko’rsatuvida yoshlar tarbiyasida ezgulik g’oyalarini shakllantirish va milliy o’zlikni anglashda kiyinish madaniyatining axloqiy qadriyatlar bilan chambarchas bog’liqligi borasidagi fikr-mulohazalardan foydalanilgan ( 2020-yil 28-dekabrdagi 01-40-1341-son ma’lumotnomasi). 2020-yil 3-dekabrda “UzCaseService” qo’shma korxonasi Toshkent serviz markazi ishchi hodimlari bilan birgalikda o’tkazilgan “Hayotiy motivatsiya”nomli seminarni tayyorlashda foydalanildi hamda “Avesto”da ezgulik kategoriyasi kelib chiqishi “triniti” (ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal) tushunchasi orqali ularda ezgulik sari yetaklovchi bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda nazariy bilim shakllantirildi( 2020-yil 3-dekabrdagi 04/057-son ma’lumotnomasi). Seminarda ezgulik va yovuzlik qarama-qarshiligining tarixiy asoslari “Avesto” va Upanishadlar materiallari asosida tahlil qilingan va yovuzlikning motivlari turlichaligi, mohiyati esa ezgulik yo‘lini to‘suvchi yovuzlik ekani ko‘rsatildi. Jamiyat miqyosida yovuzlikning umumlashma timsoli Avestoda “yovuzlik” leitmotivi orqali talqin qilingani ochib berildi. Zardushtiylik va hinduizm davrining ijtimoiy hayoti, falsafiy-axloqiy tamoyillari haqida fundamental tarzda real tasavvurlar paydo qilish imkoni yaratildi. Axoqiy kategoriyalar tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik jihatlari tahlil qilinib, ularda tabiatga sig’inish axloqiy-aksiologik asoslari talqin qilindi. Jamiyatda o’z so’zlari bilan yoshlar tarbiyasida ezgulik g’oyalarini shakllantirish va milliy o’zlikni anglashda axloqiy qadriyatlarning o’rni borasidagi fikrlardan foydalanildi. O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent viloyati Kengashida 2020-yil 23-dekabr kuni yoshlar o’rtasida o’tkazilagan “Yoshlar uchun hayotiy motivatsiya”nomli seminarni tayyorlashda foydalanildi hamda “Avesto”da va Upanishadlardagi ezgulik kategoriyasi kelib chiqqan holda hayotiy 5 ta protsedura orqali ulardan hayotga bo’lgan ishonch hamda ma’naviy tarbiya shaklantirildi. Seminar davomida, “Avesto” va Upanishadlar ulug’langan axloqiy g’oyalarda erta turish, vaqtni to’g’ri taqsimlash, barchasinin qoyilmaqom qilib bajarish, 60 daqiqalik talaba hamda shaxsiy fikr mulohazalr kabi protseduralarga to’xtab o’tildi. Ushbu hayotiy protseduralar orqali yoshlarda hayotda doim har sohada birinchi, yuklatilgan vazifalarni 10baravarini bajarish, o’zidan yangi qahramonni shakllantirish, kelajak uchun aniq maqsad belgilab olishi hamda belgilangan maqsad sari qadamni tashlash kabi fikrlar ilgari surildi. Bu jarayonda turli ilmiy bahslar va chuqur o’rganilishi, tahlil qilish, to’g’ridan-to’g’ri yondashishga xizmat qilgan( 2020-yil 25-dekabrdagi 01-32/478 son ma’lumotnomasi). Shuningdek, Natijalaridan O’rta Chirchiq tuman pedagogika va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida 2020-yil 15-fevral kuni o’quvchi va o’qituvchilar hamda ota-onalar bilan birgalikda o’tkazilagan “Yoshlar tarbiyasida milliylik va o’zlik” nomli seminarni tayyorlashda foydalanildi. (O’rta Chirchiq tuman pedagogika va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida 2020-yil 15-fevral 01-03/43-son ma’lumotnomasi). Seminarda jamiyatda o’z so’zlari bilan yoshlar tarbiyasida ezgulik g’oyalarini shakllantirish va milliy o’zlikni anglashda axloqiy qadriyatlarning o’rni borasidagi fikrlari bilan bilan yaqindan tanishtirishga imkon yaratgan. Hususan, ushbu seminarda tadqiqotchining “Avesto”da qayd etilgan ta’lim tizimi yoshlarga diniy va dunyoviy bilimlarni singdirishda oila, maktab va o‘quv dargohlari hamda jamoatchilik o‘rniga alohida ahamiyat berilishi jarayonida ezgulikka ishonish, unga e’tiqod saqlash, yomon niyat va yovuzlikdan holi bo‘lish bosh dasturulamal bo‘lib, ilm, hunar va odob kabi fazilatlar shu yo‘ldagi zaruriy shart sanalishi bilan birgalikda barkamol shaxs tarbiyasi “Avesto”ning barcha qismlarida bevosita yoki bilvosita aks etuvchi markaziy masalalardan biri ekanligi, bunda ezgulik insoniy kamolotning bosh yo‘li, axloqiy tarbiyaning asosiy mezoni sifatida izohlanishi kabi fikr va nazariy xulosalaridan foydalanildi. Qadimgi ajdodlarimizning yuksak ma’naviyati, ularning yaratuvchilik ibrati, ezguliklarni ko’paytirish kabi g’oyalarini jamiyat ma’naviy kamolotiga xizmat qildirish maqsadida Respublika konferensiyalrida 30ga ilmiy maqolalar chop etildi. Tadqiqot natijalaridan monografiyalar yaratishda, o’quv qo’llanmalari, metodik ishlanmalar tuzishda, darsliklarning tegishli qismlarini yozishda foydalanish mumkin. Shuningdek, oliy va o’rta-maxsus o’quv yurtlari uchun maxsus kurslar joriy etish mo’ljallanmoqda. Bundan tashqari, tadqiqot materiallari asosida matbuot, radio, televideniya orqali ezgulik targ’iboti ishlarini olib borish mumkin. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling