Ishning davlat dasturlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi 2012-2016 yildagi F-1-140 “Sharq falsafasining axloqiy qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni (qo‘lyozmalar tarjimasi va tahlili asosida)” nomli grant loyiha doirasida hamda “Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi ilmiy tadqiqot ishlari rejasining “Sharq falsafasi qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni” mavzusi doirasida tadqiqot olib borildi.
Tadqiqotning maqsadi Upanishadlar va “Avesto”dagi axloqiy qadriyatlar konseptual asoslarining falsafiy-germenevtik qiyosiy tadqiqi yuzasidan ezgulik kategoriyasining axloqiy va aksiologik izchilligi hamda ta’limiy-axloqiy jihatdan ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
1. Upanishadlar va “Avesto”dagi axloqiy qadriyatlarning germenevtik tadqiq etishning metodologik asoslarini tahlil etish;
2. Upanishadlar va “Avesto”dagi axloqiy kategoriyalar tizimi va masalalarining falsafiy tahlilini ochib berish;
3. Ezgulik kategoriyasining mohiyati, uning genezisi hamda ushbu kategoriya falsafiy-diniy tizimining bosh g’oyasi sifatida asoslab berish;
4. Tabiat va jamiyat aloqadorligining axloqiy-qadriyaviy jihatlari tadqiqot doirasida tabiat kultlarining axloqiy – aksiologik asoslari bilan bo’g’liq obrazlarining axloqiy xususiyatlarining qadriyaviy ahamiyatini aniqlash hamda zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
5. “Avesto” va Upanishadlarda ezgulik kategoriyasining o’rganish vazifalari jamiyatning reproduktiv faoliyatiga, oilaviy farovonlikka, sog‘lom turmush tarziga, umuman tabiat va jamiyat mutanosibligiga qaratilganligini o‘ziga xos ko‘rsatkich sifatida talqin qilish.
Tadqiqotning obyekti: “Avesto” va Upanishadlardagi Gotlarning matnlari sharxlarining hamda shu paytgacha ma’lum bo’lgan Upanishadlar va “Avesto”dagi falsafiy g’oyalar tadqiqot ishlarini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |