Upanishadlar va avesto
Tadqiqotning respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlariga mosligi
Download 0.65 Mb.
|
2 5262933941039408192
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o’rganilganlik darajasi
Tadqiqotning respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlariga mosligi. Dissertatsiya mavzusi respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Jamiyatni isloh etish va modernizarsiyalash jarayonida milliy, adabiy, tarixiy va diniy qadriyatlar, milliy g’oya, estetik badiiy tarbiya, san’at, moddiy va nomoddiy madaniy me’ros, milliy davlatchilik tarixini tadqiq etish” ustuvor yo’nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o’rganilganlik darajasi: “Avesto” va Vedalar soha mutaxassislari tomonidan qiyosiy-tipologik tomonidan tahlil etilgan va o’rganilgan. Ammo bu borada axloqiy-aksiologik tahlil va tadqiqiy ishlar deyarli mavjud emas. Zardushtiylik asl makoni Aryanam Vaejudan chiqib, bu dinning dastlabki homiysi Boxtar zamin hukmdori Vishtaspa6 davrida Baqtriyaga, so’ngra Qadimiy Eronga tarqalgan paytlarda Avestaning yo’qotilgan qismlarini tiklash harakati bir necha asr davom etgan. Avesto kitobi milodiy 531-579 yillarda sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon homiyligida qayta tiklangan holda 21 naskdan iborat tizimga keltirilgan va muqaddas, o’zgarmas tarkib sifatida qaror topgan. Ilk o’rta asrlarda “Avesto” matnlarining tili juda qadimiyligi va din qavmlari uchun begonalashib ketgani sababli o’rta fors (pahlaviy) tilida “Avestani bilish” (“Zend Avesta”) nomli sharh tizimi yuzaga keldi. Bu harakatni ham avestoshunoslikning muhim bosqichlaridan biri sifatida baholash mumkin. Avestoshunoslikning bir bosqichi IX-XII asrlarga to’g’ri keldi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy qadimiy taqvimlar bilan bog’liq holda Avestoni o’rganib, qator zardushtiylik davri urf-odatlari hamda bayramlariga ilmiy baho bergan edi7. Abu Rayhon Beruniy8, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy9 asarlarida “Avesto” taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R FAShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov10, H. Homidov11, M. Is’hoqov12, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari chop etilgan. Avestoshunoslikda g’arb olimlarining hissasi katta. 1771-yilda fransuz olimi Anketil Dyuperron Avestoni “Zend Avesta” nomi bilan fransuz tiliga tarjima qilib nashr ettirdi13. Xorda Avestoning matni va tarjimasi 1880-yil gujarat tilida tayyorlangan. “Avesto” olimi Leyt Ervard Kavasji Edulji Kanga tomonidan “Xorda Avesto” gujarat tiliga tarjima qilingan14. O’tgan asr mobaynida Eron olimlaridan Ibrohim Purdovud, Xoshim Rizoiy, Jalil Do’stxoh singarilarning avestoshunoslik sohasida olib borgan ishlari natijasida “Avesto”ning izohli forsiy tarjimasi15, ikki jildlik avestoshunoslik tadqiqoti kabilar paydo bo’ldi16. 1990-yilda I.M.Steblin-Kamenskiy “Avesto”ning “Yasht” naskidan bir qismini rus tiliga tarjima qilib nashr ettirdi17. Shu muallif “Avesto”ning yangi tarjimalarini izohlar bilan chop ettirdi va unda tegishli o’rinlarda tadqiqotga oid ba’zi ma’lumotlarni uchratish mumkin18. Oxirgi 20 yil mobaynida O’zbekistonda ham avestoshunoslikka e’tibor kuchaydi. A.P.Qayumov “Avesto”, “Zaratushtra”, “Obon Yasht”, “Erondagi qadimiy xudoparastlik”, “Zardusht yo‘li”, “Ahura Mazda”, “Dev”, “Gotlar”, “28-Yasno hot”, “30-Yasno hot”, “Xurda Avesta kitobchasi”, “30 ulug’ kun”, “Ofarinlar” kabi mo‘jaz maqolalari turkumida zardushtiylik va mazkur mavzuga doir ayrim qirralari haqida qimmatli fikrlarni bayon etgan19. Bu davrda Avestoning M.Ishoqov, Asqar Mahkam tomonidan bajarilgan tarjimalari e’lon qilindi. Ayniqsa, Avesta “Yasht” naskining M.Ishoqov tarjimasida e’lon qilinishi bir qator ilmiy izlanishlar uchun asos bo’ldi20. Nihoyat 2007-yilda Avestoning “Videvdot” izohli tarjimasida ham ilmiy ishimizga daxldor ayrim fikrlar uchraydi. M.Eshmurodovning “Avestada tabiat kultlari talqini” asarida ham zardushtiylik diniy tizimi bilan bog’liq e’tiqod shakllari va ularning badiiy-adabiy talqinlari haqida fikr yuritilgan21. A.S.Sagdullaevning TDSHI ilmiy to’plamlaridan birida berilgan Avesto geografiyasiga, uning O’rta Osiyo bilan bog’liq asoslariga qaratilgan xulosalari ham diqqatga loyiq22. G.T.Mahmudova zardushtiylik falsafasiga oid jiddiy tadqiqotlar olib bormoqda. Biroq, bu muallifning ishlarida ham axloqiy-aksiologik maxsus tahlili maqsad qilib qo’yilmagan23. M.Imomnazarovning “Milliy ma’naviyatimiz takomil bosqichlari” nomli kitobida Avesto ilohiyotiga to’xtalib o’tilgan24. Bu holat zardushtiylikda ma’budalar guruhining tarixiy-ijtimoiy asoslarini o’rganish bo’yicha maxsus tadqiqotlar zarurligini ko’rsatadi. “Avesto” haqida F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy25, I. Braginskiy, K Hoffman26, H Humbach27 v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. Upanishadlar asosida yaratilgan ta’limotlarni dunyo ilm-fani rivojiga qo’shgan hissasi borasida ko’plab xorijlik olimlar tadqiqotlar olib borishgan, maqolalar, kitoblar yozishgan. Bular orasidan hindistonlik, ispaniyalik, fransiyalik, Angliya va germaniyalik olimlar, shuningdek, yahudiy va arab olimlari ham ko’pchilikni tashkil qiladi. Aynan hind faylasuflaridan Sarvapeli Radxakrishnan28 Vedalar va Upanishadlar tarixi va falsafasini o’rganib chiqib, “Hind falsafasi” nomli II tomli kitobini yozadi. Shuningdek, Swami Nikhilananda29, Swami Paramananda30 ham orginal sanskritdan tarjimalarni qilib, ularni izohlaydi. Chet el olimlaridan eng birinchi bo’lib Antekil Dyupperron31 ham 1802-yilda sanskritdan tarjimalar qiladi. Keyinchalik Max Myuller, Juan Maskaro32, Sazanova, Serebrikov I.G, Avdiyev V.I33 o’zimizdan Hodjayeva T.A kabi olimlarimiz bu borada o’z izlanishlarini olib borgan. Asosan, Brihadaryankaning “Chhandogya” Upanishadidan foydalanilgan. Bu ilmiy adabiyot 1937-yilda qayta nashr etilgan. Ilmiy adabiyot 1017 betdan iborat. Buni, asosan, A.Sirkin34, S.Radhakrishnan35, Shri Aurobindo36, Shri Yoshapanishad37, Veber A38, Covell E. B 39, o’rgangan. Mazkur mavzu yuzasidan dastlabki tadqiqotlar XIX asrning oxirlaridan boshlangan. Asosiy tadqiqotchilardan Darmesteter40, Geldner41, F.Karl, J. Ferdinand42, L.Herman43, Mainyo Khard44larning tadqiqotlari, T.Behremgore, E.Tahmuras45 va J.Tavadia46 tarjimalari bilan birgalikda 1951-yilda Garvard Universitetida chop etilgan Rigveda matnlari mavjud. Eron avestologi Bahrom Farhushiyning “Yoddoshthoye gotho”, ya’ni “Gotlarning ilovalari” kitobida “Avesta” va “Rigveda”dagi tushunchalar matn asosida filologik tahlil qilingan47. S.N.Sokolov ilohiyot tizimini ma’budlarning vazifalarini izohlash orqali yoritib, barcha ilohiy zotlar qatori Ardvi Sura, Ashi kabi ma’budalar haqida ham to’xtalib o’tgan 48. XX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan avestoshunoslikda jiddiy tadqiqotlardan biri akademik Tojikiston tarixchisi Bobojon G’ofurovning “Tojiklar. Eng qadimgi, qadimgi va o‘rta asrlar tarixi” kitobidagi “O’rta Osiyoda oriyonlarning shakllanishida hind va eronlarning umumiyligi” bobida keltirilishicha, qadimgi eron va hindlar o’rtasida din, urf-odatlar va tasavvurlarda bog’liqlar bor. Biz buni o’zaro Avesto va Vedalarda ko’ramiz49. Hozirgi xorvatyalik tilshunos, hind-yevropashunos hamda keltolog Ranko Matasovich “Avesto” va Vedalarni hind-yevropa dini jihatidan qiyosiy germenevtik talqin qildi.50 Biz mavzuyimiz doirasida “Rigveda” bo’yicha 8 ta Upanishadlarni hamda 1958-yilda Eronda chop qilingan Bahrom Farhushiyning “Yoddoshthoye gotho”51 asarini 2-qismini manba sifatida o’rganamiz. Dutta, S.C.ning Skopusning “Asian Agri-History” jurnalidagi “Soma va boshqa ichimliklar tarixi” maqolasida ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.52 Arnavaz Firoozian Esfahaniyning “Hind va Eron sivilizatsiyalari o’rtasidagi madaniy aloqalar: Panchatantra hamda Kalilla va Dimnani o’rganish” nomli maqolasida Veda va “Avesto” tili va madaniyatini o’xshashligini tahlil qilgan53. Urazova R.T. ““Rigveda” va “Avesto”: mifologik va ijtimoiy munosabatlarning qiyosiy tahlili” nomli maqolasida tadqiqot yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan54. Bu tadqiqotlarda asosan Avestoni va Rigvedaning Gotlar matnlari axloqiy qadriyatlarning ilmiy genezisi, ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyati tadqiq qilingan. Bu diniy-axloqiy me’rosimizni chuqur o’rganishga va undan unumli foydalanishga zamin yaratadi. Shunga qaramay, mazkur masala tadqiqotimizda axloqiy-aksiologik jihatdan germenevtik tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling