Upanishadlar va avesto
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
Download 0.65 Mb.
|
2 5262933941039408192
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
- Upanishadlar va “Avesto” ta’limotlari shakllanishining madaniy-sivilizatsion va g’oyaviy asoslari.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro va 25 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruza ko’rinishida bayon etilgan hamda aprobatsiyadan o’tgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqotning natija va xulosalari muallif tomonidan 1 ta monografiya(Upanishadlardagi ezgulik g’oyasining konseptual asoslari), 2 ta xalqaro va 5 ta respublikadagi ilmiy jurnallarida nashr etilgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, to’qqiz paragrafni o’z ichiga olgan uch bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 139 betni tashkil etadi. I BOB. UPANISHADLAR VA “AVESTO”DAGI AXLOQIY QADRIYATLARNI GERMENEVTIK TADQIQ ETISHNING METODOLOGIK ASOSLARI Upanishadlar va “Avesto” ta’limotlari shakllanishining madaniy-sivilizatsion va g’oyaviy asoslari. Har bir davlatning ichki va tashqi siyosatidan tortib, to uning chet ellar bilan bo’lgan barcha sohalardagi hamkorligi, avvalo, o’z ma’naviy muhiti va an’analarida shakllangan falsafiy dunyoqarashlariga asoslanadi. Shunday ekan, tashqi dunyo vakillari bilan o’zaro munosabatlarda ularning tarixi, diniy e’tiqodi va madaniyati mazmun-mohiyatidan xabardor holda ish tutish, shubhasiz, bo’lg’usi muvaffaqqiyatning ishonchli garovidir. “Tarixni unutgan xalq, jamiyat o’z yo’lini yo’qotadi. Bunday xalq va jamiyatning kelajagi yo’q”55. So’nggi chorak asr voqealari tubdan o’zgartirib yuborgan ongu tafakkur tarzi, hayot va inson mohiyatini teran anglash istagi insoniyat tarixiga butkul yangicha qarashlarni keltirib chiqarmoqda. Shu asosda bevosita tarix haqiqatini tiklash, tarixiy jarayonlarga ilmiy baho berish bilan birga, tarixiy jarayonni falsafiy-mantiqiy tushunishni ham taqozo etmoqda. Falsafa tarixining mohiyati ham tarixni falsafiy anglash, falsafiy tushunish, har bir voqealik va hodisaga tahliliy yondoshish, uni keltirib chiqargan omillar, manbalar, ijtimoiy-tarixiy muhit va manfaatlar asosida idrok etishni dolzarb qilib qo’ymoqda. Insoniyatning hozirgi taraqqiyot pallasida, bir tomondan, extiyojlar to’xtovsiz o’sib borayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularni axloq nuqtai nazardan talqinidir. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida axborot ado etayotgan buyuk bir missiya haqida bafurja to’xtalishga to’g’ri keladi. A. Toynbining fikricha, insoniyat tarixida 21 ta sivilizatsiya mavjud bo’lib, ulardan faqat 6 tasi bugun ham faoliyat yuritmoqda56. Tamaddunlar bir biridan asosan tafakkur tarzi bilan farqlangan. Tabiiy, davrlar, zamonlar o’tgani sayin tafakkur tarzi shakllangan, o’zgacha qiyofalarga, shakl-shamoyillarga kirgan. Tafakkur tarzi imkoniyatlarini kengaytiruvchi, chuqurlashtiruvchi yangidan yangi vositalar yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda nechta ekanidan qat’i nazar, tamaddularning o’xshash jihati ham bo’lgan. Bu o’xshashlik har bir tamaddun o’zi tarqalgan hudud doirasida aholini mumkin qadar birlashtirishga, jipslashtirishga, shu orqali jamiyat a’zolarini jipslashtiruvchi qudratga ega bo’lishda o’z ifodasini topgan. Turli tabiiy muhit va ijtimoiy sharoitda yashash natijasida odamlar turfa xususiyatlar, turfa alomat-belgilar orttirganlar. Irq, din, til, millat, yashash hududiga xos omillar, kasb hunar, oilaviy qadriyatlar odamni odamdan farqlaydi. Hatto, diqqat qilinsa, odamlarni umumlashtiruvchi xususiyatlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlari ko’proq. Qadimgi eroniy va hind qabilalar tillarining nisbatan o’zaro o’xshashligi “qachonlardir ularning hatto bir yerda istiqomat qilgan bo’lishlari mumkin”ligi ehtimol qilishga olib keladi. Lekin bu hududiy birlik ehtimolining aniqligi haqida olimlar hali ham aniq bir fikrga kelmaganlar. Shu jihatdan olinganda, qadimgi hind xalqining muqaddas kitobi Vedalar hamda Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlariga mansub bo’lgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”dagi madaniy-ma’naviy, yuksak ijtimoiy, axloqiy-huquqiy hamda gumanistik g’oyalarning ma’naviy ildizlari bir ekanligini ko’rish mumkin. Zardushtga ilk vahiy kelgan yer Xorazm zamini ekani hisobga olinsa, zardushtiylikning ilk vatani O’rta Osiyo ekanligi Mehr Yasht (14-band) va “Videvdot”dagi mifologik “geografiya” tavsifida berilgan57. “Avesto” kitobi eski pahlaviy, ya’ni sanskrit tiliga yaqin bo’lgan tilda bitilgan. Kitob boshqa tillarga juda ko’plab tarjima qilingan va “Avesto” kitobini o’rganishga, ya’ni qiziqishga olib keldi. “Avesto”dagi ko’plab va muhim ma’lumotlar asosan o’g’zaki tarzda avloddan – avlodga o’tib kelgan. Ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob ahamoniylar sulolasi poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidda saqlangan. “Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli, deb taxmin qiladi olimlar. Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni tazyiq ostiga olib, ularni o’ldirib yuboradilar. Eng xayratlanarli jihati shundaki, Makedoniyalik Aleksandr (Iskandar)ga bu kitobning nima keragi bor edi, nima uchun uni yoqib yuborgan? Chunki unda dunyo, inson, xalqning paydo bo’lishi, ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi kurash, ezgulikning har doim yovuzlik ustidan g’alaba qozonishi, adolatning qaror topishi, ona zamin, uning tuprog’i, suvi va barcha boyliklarining muqaddasligi, ulardan ezgulik yo’lida foydalanish, yovuzlikka qarshi kurash g’oyalari, axloqiy poklik, oila, farzand kabi qadriyatlar o’z ifodasini topgan. Ulardagi ana shu g’oyalar xalqning istiqbolda erkin va ozod hayot kechirishi, o’z davlati va ma’naviyatiga ega bo’lishi uchun muhim manbalar ekanligini Aleksandr yaxshi bilgan. Ulardan maxrum bo’lgan xalqning istiqbolda o’z qaddini ko’tara olmasligini ham u yaxshi tushunib yetgan. Shuning uchun ham uni yoqib yuborish orqali butun xalq ustidan o’z hukmronligini abadiylashtirishni ko’zlagan. Shuning uchun ham “Avesto”ning 3/5 qismi yo’qolib ketdi. Lekin, Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) falsafa, tibbiyot, astronomiyaga tegishli qismini saqlab qolgan. Bu qo’lyozmalardan keng foydalanilgan va uni yunon tiliga tarjima qildirgan. Iskandarning hukmronligi tugagach, miloddan avvalgi 250 yilda Ashokiylar davrida “Avesto”ning yana yo’qotilgan qismlari tiklangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrida sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib, to’la kitob holiga keltirilgan. Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilmaganlari esa, Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki, hozirda ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikka amal qiladilar.58 Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. Bu kitob birinchi bora 30 ta kitobdan, keyin 21 ta kitobdan iborat edi. Bizgacha bu kitobning 4 tasi saqlanib qolgan. Bu kitoblar quyidagilar: Birinchi kitob “Vadovdot” (Vendidat) deyiladi. Bu kitob 22 bobdan iborat bo’lgan holda, payg’ambar Zardusht va xudo Ahura Mazdalarning savol- javoblari bayon etilgan. Ikkinchi kitob esa, “Yasna” deb ataladi. Bu yerda asosan Zardushtning xatlari va 72 ta “Ha” degan bashoratlardan iborat. Uchinchi kitob, “Vispart” deb nomlanadi va 24 bobdan iborat. U pand- nasihatlar yig’indisidan tashkil topgan. To’rtinchi kitob esa, “Bundaxash” (YASHTA) deyiladi. Bunda Ahuramazdaning zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi 22 ta qo’shiqdan tashkil topgan. Zend Avesto forslarning falsafiy-diniy kitobi bo’lib, uning tarafdorlari sosoniylar davridan keng tarqala boshlagan. Bu din o’sha paytda zaroastrizm hamda olovga sig’inish yoki eng asosiysi yakka xudoga e’tiqod qilish kabi tushunilgan. Bu davrda mamlakatni bosib olganlar tomonidan siyosat, din va kundalik hayotda yangi qonunlar yaratildi. Zardusht tarafdorlari bo’lgan tub aholi buni qabul qila olmay, boshqa mamlakatlarga ko’chish jarayonida G’arbiy Hindiston va Gujarotga borib qolishadi. Ular u yerda o’zlarining xudosiga sig’inishardi. Ular u yerda ravnaq topdi va haliyam u yerda yashashadi. Ularning qimmatli yodgorliklari kamayib ketdi. Ular qo’lida faqat Kichik Avesto qoldi59. Malumotlarga ko’ra, zardushtiylik dini ancha oldin boshlangan. Birinchi bo’lib, ularni forslaning raqibi, ya’ni yunonlar o’rgangan. Aristotel, Germippus va boshqalarning kitoblarida bu haqida yozilgan, baxtga qarshi, ularning kam qismi bizga yetib kelgan. Bu ma’lumotlar tarixchilar va sayoxatchilar, Gerodotning qaydnomalarida keltirilgan. U milodiy I asrgacha ishtiyoq bilan o’rganilmagan, ammo bu o’rganish jarayoni haqqoniylik kam bo’lsada, ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan. Diniy va falsafiy talimotlarga ko’ra, Gerodotdan oldin yashagan lidiyalik Xanzus Zaroatsrian ismli karomat qiluvchi xudoning odami keladi, deb yozadi. Keyinchalik Zardusht va Platonni talqin qilishganida, go’yoki ular bir xil maktab faylasuflari bo’lgan deyishadi. Gerokles ularning kitoblari va ta’limotlarini bir xil, deb izohlaydi. Prokl Zardushtning 70 ta fragmentini to’plab, ularga sharhlar yozadi. Ammo bu yerda Prokl “Avesto” tilini qay darajada bilgan, degan savol turadi. O’rta aslarda Zardushtiylikka e’tibor kam bo’lgan. Aniq ma’lumotlarga ko’ra Yevropa uyg’onish davrigacha zardushtiylik deyarli hech kim tomonidan o’rganilmadi. Birinchi qadam sifatida yunon va rim yozuvchilari tomonidan barcha ma’lumotlar to’plangan, Barnebe Brisson bu topshiriqni o’z bo’yniga oladi va alo darajada buni bajaradi. Keyingi qimmatli manbalar italyan, ingliz va fransuz sayoxatchilarining Osiyoga sayoxati davomida yuzaga keldi. Keyinchalik Pyotr say-harakatlari tufayli Eron va Hindistondan zardushtiylik dinining izdoshlarini topdilar. Ularni hayot tarzi, odatlari va o’ziga xosligini o’rganishdi. Gabriel du Chinon ularning kitoblarini tanishib chiqqanida, ularning hammasi bir xil tilda emasligi hamda haqiqiy manbalarni tushunish juda qiyinligiga duch kelgan. 1700-yilda o’z davrining buyuk sharqshunosi Tomas Gid qadimgi fors diniy ta’limot tarixini qaytadan birlashtirib chiqadi60. Xorda Avestoning matni va tarjimasi 1880-yil gujarat tilida tayyorlangan. Avesto olimi Leyt Ervard Kavasji Edulji Kanga tomonidan “Xorda Avesto” gujarat tiliga tarjima qilingan. Kitob 13 nusxada bosilgan. Asrlar davomida bu kitob o’z bahosi va foydasi bilan alohida o’ringa ega. Keyinchalik ko’p zaroastlar g’arbiy davlatlarga ko’chganligi sababli gujarat tilida yozilgan “Avesto”ni tushunish ularga qiyinchilik tug’dirgan. Bundan tashqari, Hindistonning ko’pgina yoshlari gujarat tilini yaxshi bilmasdi. Shu kabi sabablar paydo bo’lganidan so’ng, Ervard R.E Kanga tomonidan yaratilgan gujarat tilidagi “Xorda Avesta Ba - Mayeni”ning ingliz tilidagi tarjimasi yaratildi. Ingliz tilidagi tarjimani professor Ervard Manek Furdonji Kanga amalga oshirdi. Ammo olimga kitobni to’liq chop etilishini ko’rish nasib qilmadi. Kitob 1993-yilda chop etildi. Ervard Solining urinishlari natijasida kitob avesta.org web saytiga joylashtiriladi. Natijada bu kitob nusxasi eng noyob sanalib, saytlarda eng ko’p ko’rilgan va yuklangan xujjatlarning biriga aylangan. U deyarli 170000 marta ko’rilgan. 2011-yilda Ervard Kanga nusxasi eng maqbul standart duo kitobi deb e’tirof etildi. Qadimgi zardushtiylikning diniy kitobi Avesto nomi bilan mashxur Avestoning bu qismi “Xorda Avesto” ya’ni “KichikAvesto” deb ataladi. Bu zardushtiy oilalarining kundalik qo’llaydigan muqaddas kitobi bo’lib, Yasna, Visparad, Vendidod va Yashtlardan ajratib olingan duolardan iborat. Misol uchun, Atash Nyayesh Yasnaning 62-bobidan, Avan Ardvisur Nyayesh 65-bobidan olingan. “Xorda Avesto”da Kusti va Hoshbam duolari, 5 ta Gotlar, 5 ta Nyayeshes (alqov va duolar) hamda Afringan (fotihalar)dan tashkil topgan. Shuningdek, “Xorda Avesto” 21 ta nask nomlari, Hormazd Yasht, Haftan Yasht, Ardibehesht Yasht, Xordad Yasht, Xorshed Yasht, Man Yasht, Tir Yasht, Srosh Yasht, Farvardin Yasht hamda Beheram Yashtlarni o’z ichiga oladi61. 21 ta nask nomlari: 1)Satudgar; 2)Vahishta Mānsar; 3)Bagh; 4)Dāmdād; 5)Nādur; 6)Pājeh or Pājam; 7)Ratoshtāi; 8)Barash; 9)Kashasrub; 10)Vishtāspashāh or Vishtāsp; 11)Khesht; 12)Jerasht; 13)Safand; 14)Baghān yasht; 15)Niyāram; 16)Dvāsrujad or dvāsraub; 17)Aspāram; 18)Askāram; 19)Jud-dev-dād; 20)Hādokh; 21)Satud yasht. Darhaqiqat, “Avesto” kitobidagi ilohiy mazmun va teran qarashlar insoniyat tafakkuri tarixida alohida o‘rin tutadi. Asardagi ijtimoiy, ta’limiy-axloqiy, diniy-ma’rifiy fikrlar o‘zining umumbashariy mohiyati bilan hamma zamonlar uchun dolzarb va ibratlidir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “bu kitobda ifoda etilgan buyuk g‘oyalar, falsafiy hikmatlar o‘zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi”62. Ana shu hayotiy mazmun tarkibining katta qismi axloq-odob masalalariga bag‘ishlangandir. Shu bois, “Avesto” ezgulik falsafasi, axloq kodeksi hamdir. “Avesto”dagi axloqiy qarashlarga munosabatda zardushtiylik ta’limoti rivojidagi bosqichlar, kishilarning turli davrlarga oid turmush tarzi va ma’naviy-maishiy sharoitlarni hisobga olish zarur. Tadqiqotlarda bunday bosqichlar uchtaligi ta’kidlanadi63. Jumladan: Jamiyat hali sinflarga bo‘linmagan davrlarda urug‘, qabila va elatlarning ijtimoiy-axloqiy qarashlari aks etgan bo‘lib, unda ko‘pxudolilik aqidasi saqlangan va tabiat kuchlarini ilohiylashtirish mavjud edi. Ko‘pxudolikdan yakka Tangri Ahura Mazda e’tiqodiga o‘tish va Zardusht faoliyatining boshlanish davri. Ezgulik va yovuzlik kurashi, mazdaparastlik-zardushtiylik dini ta’limoti davri. Bu bosqichlarning har biridagi ijtimoiy-axloqiy qarashlar “Avesto”ning muayyan qismlarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, birinchi bosqichga xos qarashlar asosan, “Yasht” va “Videvdot”da aks etsa, ikkinchi bosqich uchun bevosita qadimda Daytira daryosi sohilida tug’ilgan64 muallifi Zardusht bo‘lgan “Got” (goh)lar xarakterli deb hisoblanmoqda. Uchinchi bosqichda yuqoridagi davrlarda mavjud bo‘lgan qarama-qarshi aqidalar, kuchlarning yakka Tangri g‘oyasi uchun murosasiz kurash jarayoni bayon etiladi. Ikkinchidan, uzoq vaqt mobaynida shakllanib, takomillashib borgan bu ma’naviy ta’limot tarixiy sharoit va zamonlar taqozosi bilan muayyan o‘zgarishga uchragani tabiiydir. “Avesto”ning asl nusxasi qadimgi sanskrit tiliga yaqin tilda yozilgan bo‘lib, turli ofat va johilliklar natijasida uning ayrim qismlari nobud bo‘lgani ma’lum. Qadimgi sanskritdagi “ariya” va shuningdek, fors tilidagi “ayriya” so’zining ma’nosi “aslzoda”, “yaxshi oiladan”, ya’ni aristokrat demakdir. Oriylarning Hindistondagi faoliyati olimlar o’rtasida ikki xil sharhlanadi. Ayniqsa, madaniyat xususida ayrim tadqiqiy xulosalarda ularning madaniyati hindlarnikiga qaraganda yuqoriroq hisoblansa, boshqa izlanishlarda bu xulosaning aksi isbotlangan. Xarappada topilgan muhr va boshqa bitiklardan ma’lum bo’lishicha, oriylar hindlarga qaraganda ancha keyin faqat miloddan avvalgi 700-yillardan xat-yozuvga o’tganlar. Chunki dastlabki davrda Veda dini matnlari og‘zaki o’zlashtirilgan. Bu ma’noda hindlarning xat-savod xususida oriylardan ilgari ekanliklari shundan ayonki, ular hali miloddan avvalgi uchinchi mingyillikda boya zikr etilgan suratli yozma - iyeroglif usulidan foydalanganlar.65 “Hind-yevropa tillarida so’zlovchi oriylar Hindistonga miloddan avvalgi ikkinchi mingyillikda kirib kelganlar. Bu davrda shu hududda istiqomat qiluvchi qabilalar yarim orolning markaziy va shimoliy-g’arbiy hududlariga tarqalgan bo’lib, tibet-birma qabilalari esa, shimoliy-sharqda yashagan. Hindistonda ham xuddi hamma yerlarda bo’lganidek, qadim vaqtlardan irqlar va xalqlarning o’zaro assimilyatsiya jarayoni bor edi”66. Demak, hind va eroniylardan tashkil topgan “hind-eron etnik jamoasi” ham shu davrga taalluqli bo’lishi kerak. Buni ular tillarining o’zaro yaqinligi, Quyosh va Ahd muqaddasligi ramzi Mitra xudosi yoxud xos marosimlarda sarmast etuvchi “soma” ichimligining iste’mol qilinishi ham dalillaydi. Hind-eroniylar orasida keng tarqalgan “oriy” atamasi o’sha davr qabilalari ittifoqida rahbarlik lavozimini egallagan oliy nasabli kishilarga taalluqli bo’lganligiga ishora qiladi. Mantiqan, bu “tabaqalanish”dan shunday ma’no chiqadiki, oriy atamasi jamiyatda dastlab irqiy emas, balki etnik va ijtimoiy ma’no kasb etgan”67. Qadimgi hind falsafasi shakllanishining dastlabki shart-sharoiti quyidagilar hisoblanadi: iqtisodiy sharoit – misdan temirga o’tish, tovar-pul munosabatlarining taraqqiy etishi, ijtimoiy-siyosiy sharoit – urug‘-qabila munosabatlarining zaiflashuvi, davlatning paydo bo’lishi va rivojlanishi, dunyoqarashlik sharoiti – diniy-mifologik dunyoqarash taraqqiyotining yuqori bosqichi. Yaxlit olganda, hind falsafasi tarixini 3 davrga ajratish qabul qilingan: 1.Vedalar davri, bu davrda falsafiy qarashlar diniy va mifologik qarashlardan hali alohida mavjud bo’lmagan. 2. Klassik davr, milodning V asridan X asrga qadar davom etgan davr; Shu davrda asosiy ortodoksal va noortodoksal falsafiy maktablar shakllangan. 3. Postklassik davr (X-asrdan hozirgi kungacha bo’lgan davr). Asosiy falsafiy maktablarga quyidagilar mansub: 1. Ortodoksal (Vedalar nufuzini tan oluvchi): sankxya, nyaya, yoga, vaysheshika, mimansa, vedanta; 2. Noortodoksal: jaynizm, buddizm, charvoqa-lokayata maktabi.68 Vedalar Hindistonda milloddan avvalgi 1500-600 yillar orasida vujudga kelgan falsafiy-diniy kitob hisoblanadi. Vedalarni paydo bo’lishida asosan, o’sha davrda yashagan qadimiy hind xalqining roli juda katta. Zardushtiylik dining muqadddas kitobi “Avesto” ham miloddan avvalgi II – I ming yillikda Markaziy Osiyo hududida vujudga kela boshlagan. Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asarida yozilishicha: “Veda – muqaddam ma’lum bo’lmagan bilimni anglatadi. Uni hindlar oliy tangrining Brahma tilidan aytgan so’zlari, deb ishonadilar”. Shuningdek, Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida keltirilishicha: “Zardusht majusiylar “Abisto” deb ataydigan kitob bilan keldi. Bu kitob barcha boshqa xalqlar tillariga muxolif bir tilda yozilgan va alohida tartibda bo’lib, maxsus bir til egalari bilib, boshqa tillar xarflaridan ortiq edi”69. Veda so’zi sanskritcha so’z bo’lib, “bilim” degan ma’noni bildirsa, “Avesto” so’zi bo’lsa, I.S Braginskiy “muqaddas qonun”, “ko’rsatma”, “nizom”, “pand-nasixat” ma’nolarini bildirishini ta’kidlasa, A.Sagdullayevning fikricha, Avesto so’zi eramizdan oldingi I asrda vujudga kelib, “asosiy manba” ma’nolarida keladi. M.Isxoqov “Avesto”ni “o’rganilgan”, “tasdiqlangan”, “oldindan belgilangan”, yani tartibga soluvchi qonunlar majmuasi, deb tushuntiradi.70 Vedalar qadimgi hind xalqlarining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayoti hamda dini, etikasi, estetikasi masalalarini o’z ichiga oladi. “Avesto”da insonparvar qarashlar nafaqat inson, balki butun borliq, tuproq, havo, suv, koinot, yulduzlar, hayvonlar, hashorotla, parrandayu darrandalar yaxlit olamining o’zaro munosabatlari orqali ilk bor ishlab chiqilgan ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy voqelik mujassamlashgan. O’rnatilgan an’analarga muvofiq, barcha Vedalar adabiyoti aynan u biz uchun qadimgi hind bilimlarining asosiy manbasi hisoblanadi: “Veda” so’zining o’zi sanskrit tilidan tarjima qilganda “xabardor bo’lish”, “bilish” ma’nolariga ega bo’lib, vedik adabiyotlar 4 guruhga bo’linadi: 1.सामहीता – Samxitalar (bu to’rt to’plamdan iborat: Rigveda, Samaveda, Yadjurveda va Atxarvaveda). 2.ब्राहमन – Braxmanlar (oliy mohiyatni sharhlash» va ibodatga oid marosimlar to’plamidan iborat). 3.आरानयक – Aranyaklar (so’zma-so’z: “o’rmonga oid”, haqiqat haqida falsafiy tafakkur yuritadigan tarki dunyo qilganlar, qariyalar, darveshlar uchun o’rmon matnlaridan iborat). 4.ऊपनिषद – Upanishadlar (so’zma-so’z: “ustoz o’rindig‘i, ustoz qarshisida”; keyinchalik pirovardida – “sir tutilgan bilim”. Keyinchalik Vedalar sharhlash xususiyatiga ega bir qator matnlar bilan to’ldirilgan. Ulardan eng birinchisi “Brahmanlar” nomini olgan sharhlardir, chunki ular jangchilar tomonidan to’plangan. Alohida maxsus guruhga o’rmondagi tarki dunyo qilganlar tomonidan to’plangan “Aranyakalar” - Vedalar sharhi kiradi. Upanishadlar doim Vedalarning gultoji deb hisoblangan. Upanishadlar Vedalardan chetga chiqmagan holda Vedalardagi g’oyalarni davom ettirgan va rivojlantirgan. Upanishadlar o’rganuvchilar uchun ikki qismga bo’lingan: 1)Tor ko’lamli(kichik o’lchamli) Tor ko’lamli Upanishadlar kichik hajmda bo’lib, ularga, asosan, Isha, Katha, Mundaka, Shvetashvatara, Taittiriya Upanishadlarini o’z ichiga oladi. 2)Keng ko’lamli(katta o’lchamli) Keng ko’lamli Upanishadlar katta hajmda bo’lib, ularga Chhandogya, Brihadaryanka hamda Maitriya Upanishadlari kiradi. Upanishad kitoblarining soni 200 dan ortiq. Ammo ulardan 108 tasini muallifi ma’lumdir. Shulardan 50 tasi fors tiliga tarjima qilingan. Upanishadlar o’z falsafiy qamrovi bilan hind dinidagi mavjud bari oqimlar uchun o’ziga xos so’nggi yirik manba sifatida shuxrat qozondi. Shuningdek, 108 ta Upanishidlardan 13 tasi asosiysi hisoblanib, ular miloddan avvalgi III-I asrlardagi “Sirli ta’limotlar” matnining birinchi na’munalari bo’lgan. 13 ta Upanishadlar: 1) Isha; 2)Kena; 3)Katha; 4)Prashna; 5)Mundaka; 6)Mandukya; 7)Aiteriya; 8)Tayttiriya; 9)Chhandogya: 10)Brihadaryanka; 11)Shvetashvatara; 12)Kaushitaki; 13)Maitriya. Upanishadlarni yozish an’anasi davom etib borgan. Boburiy sulola vakillaridan biri, Hindiston tarixida alohida nomga ega bo’lgan Akbarshoh farmoni bilan “Alloh upanisha”ning yozilishi edi. Ilk Upanishadlardan biri “Brixadaranyanka” (ब्रहादरयानका) eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda yuzaga kelgan. O’sha davrda va keyingi bir necha asrlar davomida Upanishadlarning asosiy konsepsiyasi shakllanib kelgan. V.Ruben o’zining “Upanishadlar falsafasi” nomli asarida 109 ta donishmandning ismini keltiradi. Shu jumladan, ular ichida Shandilya, Yajnavalkiya va Uddalakalar alohida o’rin tutadi. Ularning fikricha, xudolar va g’ayri tabiiy kuchlar olamning yaratilishida ishtirok etmaydilar, tabiatning o’zi yaratuvchanlik kuchi sifatida namoyon bo’ladi71. Rus faylasufi Sirkinning fikricha, ulardan 11tasi hamda Rubenda 1 ta qo’shilgani holda: 1)Aiteriya; 2) Kaushitaki; 3) Kena; 4) Taitriya; 5) Katha; 6)Shvetashvatara; 7)Maitri; 8)Isha; 9)Prashna; 10) Mandukya; 11)Chhandogya; 12) Mundakya. Upanishadlar ham hind xalqining ma’naviy jasorati mahsulidir. Toj Mahalni qurdirgan Joh Jahon 1640-yil Kashmirda bo’lganida Upanishadlar haqida eshitib qoladi. Shundan so’ng, ulardan ellik ikkitasini Doro Shukuhga fors tiliga tarjima qilishni buyuradi. Bu tarjima 1657-yilda tugallanadi. Keyinchalik tarjima Anketil Dyuperron tomonidan lotin tiliga tarjima qilinib, 1802-yilda Fransiyada chop etiladi. Yirik nemis faylasuf vakillaridan biri Shopengauer Upanishadlarni o’qib, shunday deydi:-“Ular mening hayotimga taskin berdi va endi o’limimga ham taskin beradi”72. Shu bilan birgalikda bu Shopengauer falsafasiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Shundan kelib chiqib Shopengauer iroda falsafasini yaratdi. Upanishadlarning ustozlari ijtimoiy o’zgarishlarning tarafdorlari bo’lmagan, lekin ulardagi islohotchilik ruhi davrning ijtimoiy havosiga ta’sirini o’tkazgan. Ularda hinduizm g’oyalari bitilgan dastlabki yodgorliklardan hisoblanadi. Upanishadlarda asosan Vedalarga falsafiy talqin berilgan bo’lsada, hinduizmga oid qarashlar ham mavjuddir. Chunki hinduizmning ko’p g’oyalari dastlab Vedalar tarkibida shakllangan. Aynan Upanishadlar Vedalarga yozilgan falsafiy sharxlar hisoblanib, ular Vedalarni tub mag’zini tushunishga yordam beradi. Upanishadlar eramizdan 1000-800 yillar oldin vujudga kela boshlagan. “Upanishad” so’zi sanskritcha bo’lib, upa - (yaqinida), ni - (pastda), sad- (o’tirmoq), ya’ni “ustozning yonida o’tirgan shogird” hamda “foydali nasihatlar va maslahatlar” kabi ma’nolarni bildiradi. Uning asl mohiyati “sirli bilim”, deganidir. Haqiqatdan, Upanishadlardan ko’p nasihat va o’gitlar olish mumkin. Bundan tashqari, Upanishadlar ichida qirol saroyidagi brahmanlarning suhbatlari bilan bir qatorda ular o’rtasidagi bahs munozaralar ham o’rin olgan. Qadimiy 108 ta Upanishad: 1)Isha; 2)Kena; 3)Katha; 4)Prashna; 5)Mundaka; 6)Mandukya; 7)Aiteriya; 8)Taittiriya; 9)Chhandohya; 10)Rahadaranyaka; 10)Brahma; 11)Kaivalya; 11)Jabala; 12)Shvetashvatara; 13)Hamsa; 14)Arunika; 15)Garbha; 16)Narayana; 17)Paramahamsa; 18) Amrtabindu; 20)Amrtanada; 21)Atharvashiras; 22)Atharvashika; 23)Maitrayani; 24)Kaushitaki; 25)Brhajjabala; 26)Nrsmhatapaniya; 27)Kalagnirudra; 28)Maitreya; 30)Subala; 31)Kshurika; 32)Mantrika; 33)Sarvasara; 34)Niralamba; 35)Sukarahasya; 36)Vajrasuchi; 37)Tejobindu; 38)Nadabindu; 39)Dhyanabindu; 40)Brahmavidya; 41)Yogatattva; 42)Atmabodha; 43)Naradaparivrajaka; 44)Trishikhibrahmana; 45)Sita; 46)Yogachudamani; 47)Nirvana; 48)Mandalabrahmana; 49)Dakshinamurti; 50)Sharbha; 51)Skanda; 52)Shribadvibhuti 53)Mahanarayana 54)Advayataraka; 55)Ramarahasya; 56)Ramatapaniya; 57)Vasudeva; 58)Mudgala; 59)Shandilya; 60)Paingala; 61)Bhikshuka; 62)Maha; 63)Shriraka; 64)Yogashikha; 65)Turiyatitavadhuta; 66)Samnyasa; 67)Paramahamsa; 68)Akshamalika; 69)Avyakta; 70)Ekakshara; 71)Annapurna; 72)Surya 73)Akshi; 74)Adhyatma; 75)Kundika; 76)Savitri; 77)Atma; 78)ashupatabrahma; 79)Parabrahma; 80)Avadhuta; 81)Tripuratapini; 82)Devi; 83)Tripura; 84)Katha(rudra); 85)Bhavana; 86)Rudrahdaya; 87)Yogakundali; 88)Bhasmajabala; 89)Rudrakshajabala; 90)Ganapati; 91)Darshana; 92)Tarasara; 93)Mahavakya; 94)Panchabrahma; 95)Pranagnihotra; 96)Gopalatapani; 97)Krshna Yajnavalkya; 98)Varaha; 99)Satyayana; 100)Hayagriva; 101)Dattatreya; 102)Garuda; 103)Kalisamtarana; 104)Jabali; 105)Saubhagyalakshmi; 106)Sarasvatirahasya; 107)Bahvrcha; 108)Muktika. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Upanishadlarning 108 tadan ortiq to’plamlari bo’lib, Vedalarga izohlar sifatida 5 ta yirik to’plamga birlashtirilgan. Ya’ni: Rigveda bo’yicha 10 ta Upanishad Shukla – Yajurveda bo’yicha 19 ta Upanishad Krishna – Yajurveda bo’yicha 32 ta Upanishad Samaveda bo’yicha 16 ta Upanishad Atharvaveda bo’yicha 31 ta Upanishad73 Shuningdek, Shri Aurobindoni keltirishicha, Upansihadlarni 6 ta to’plamga bo’lish mumkin: Samanya Vedanta Upanishad bo’yicha 24 ta Upanishad Sannyasa Upanishad bo’yicha 17 ta Upanishad Shakta Upanishad bo’yicha 8 ta Upanishad Vaishnava Upanishad bo’yicha 14 ta Upanishad Shaiva Upanishad bo’yicha 15 ta Upanishad Yoga Upanishad bo’yicha 20 ta Upanishad Barcha Upanishadlar katta va kichik she’rlar, bazmlar, hikoyalar va aralash bo’lgan badiiy yo’nalishlarni o’z ichiga olgan. Upanishadlar eramizdan avvalgi XX asr o’rtalaridan boshlab oxirlarigacha bo’lgan davrlarda yaratila boshlangan.74 Upanishadlar tuzilishi jihatdan ustoz va shogird o’rtasidagi savol-javob, ya’ni suhbatdan iborat. Bunda ustoz shogird uchun maxsus tayinlangan ustoz emas, balki ustoz shogirdning ota-onasi, bobo-buvisi hamda xurmatli shaxslar bo’lishi mumkin. Xulosa sifatida deyarli bir hil rivojlanish jarayoniga ega bo’lgan ana shunday tarixiy yodgorlik na’munalari “Avesto” hamda Upanishadlar bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ulardagi umuminsoniy qadriyatlar maqomi va hayot falsafasi bizni hozirda ham hayratda qoldirishiga yana bir bor amin bo’lamiz. O’tmishdan to shu kungacha o’zining tarixi, madaniyati va ma’naviyati bilan butun jahonga tanilgan madaniy manbalar sivilizatsiyalar beshigiga asos bo’lgan. Bugungi kundagi ma’naviyat va madaniyatning rivojlanishida har bir mamlakatning o’chmas qadimiy tarixiy va falsafiy manbalari alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimgi sivilizatsiya o’choqlaridan biri bo’lgan Hindiston va O’rta Osiyodagi ilk ijtimoiy-falsafiy qarashlar ham uning ilk tarixiy rivojlanishiga borib taqalishi bilan birgalikda “Avesto” va Upanishadlardagi talqin qilingan ta’limotlar yuksak sivilizatsiya doirasida paydo bo’lganligi keying davr uchun xizmat qildi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling