Upanishadlar va avesto


Download 0.65 Mb.
bet15/29
Sana17.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1208123
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
2 5262933941039408192

Yaratuvchi (Boriy, Xoliq) ga

  • Iblisga

  • Hayuloga

  • Makonga.

  • Zamonga138

    Yuqoridagi Soed Andalusiyning fikrlaridan ham ko’rininb turibdiki, Yaratuvchiga bo’lgan ishonch birinchi o’rinda turibdi.
    So’nggi Upanishadlarda keltirilishicha, ऊँ(AUM) tushunchasi अहिंसा(ahimsa) tushunchasi bog‘liq ravishda tushuntiriladi. Ya’ni, अहिंसा(ahimsa) – bu xalqning tinch xolatini, uni azob–uqubatlarga sabr bilan bardosh berishini bildiradi.
    इतिहास सतत युद्रों का एक लेखा है, पर हम नया इतिहास बनाने की कोशिश कर रहे हैं। मैं ऐसा इसलिए कह रहा हूँ, क्यों कि जहां तक अहिंसा का सवाल है – मैं राष्टीय मानत का प्रतिनिधित्व करता हूँ । तलवार के सिद्रांत को मैंने खूब सोच-विचार करने के बाद छोड़ा है । उसकी सम्भावनाओं का मैंने हिसाब लगाया है, और मैं इस निष्कष पर पहंचा हूँ कि जंगल के कानून की जगह, प्रबुद्र प्रेम के कानून की स्थापना ही मनुष्य की नियति है।139
    Itihāsa satat yudrōṁ kā ēk lēkhā he, par ham nayā itihās banānē kī kōśiś kar rahē heMey aisā isali'ē kaha rahā hūm̐, kyōṁ ki jahāṁ taka ahinsā kā savāla he - me rāṣṭīya mānat kā pratinidhitva kartā hūm̐Talvār kē sidrānta kō meinnē khūb sōca-vicāra karanē kē bāda chōṛā heUskī sambhāvnā'ōṁ kā mainnē hisāb lagāyā he, aura mey is niṣkaṣ par pahan̄cā hūm̐ ki jaṅgal kē kānūn kī jagah, prabudra prēm kē kānūn kī sthāpnā hī manuṣya ki niyati he.
    Tarjimasi: Tarix bu muttasil davom etib kelayotgan urushlarning guvohidir, lekin biz yangi tarixni yaratishga harakat qilyapmiz. Men shuning uchun aytyapman, qachonki, Ahimsa haqida savol ko’tarilsa, men millatga vakillik qilaman. Qilich ko’tarish pirinsipini o’ylab, shu qarorga kelgandan so’ng uni tanladim. Uning imkoniyatlarini hisoblab chiqib shu xulosaga keldimki, yovuzlik o’rniga sevgi muhabbatni o’rnatish, bu insonning burchi. Insonga xos narsa bir-biriga sevgi muhabbatda bo’lishdir.
    Aynan, bu kabi tinchlik g‘oyasi qadimdan to hozirgi davrgacha davom etib kelayotgan barcha urush hamda sivilizatsiya jarayonlarining kurash g‘oyasi sifatida ko’rib kelinmoqda.
    Javaharlal Neruning fikricha, “Bizning vazifamiz tinchlikni yoki aslini olganda, butun svilizatsiyamizni asrab qolishdan iborat”. U doim militarizm va bosqinchilik urushlar g‘oyasiga qarshi turdi. Chunki ular xalqlar va davlatlarning bunyodkorlik faoliyatlariga to’sqinlik qiladi, moddiy boylilarni yo’q qiladi, odamlarni ruhan yo’q qiladi, ularning ma’naviy buzilishiga olib keladi. “Urush paytida, - deb, yozadi u, - svilizatsiyaning rivojlanish jarayoni to’xtaydi va inson ongi allaqanday varvarlik darajasiga tushub qoladi”140.
    Bugungi kunning eng oliy qadriyatlaridan biri bo’lgan tinchlik haqida shuni ta’kidlash mumkin: “eng muhim vazifamiz – mamlakatimizda tinchlik va faravonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat”. 141
    Ahura Mazda va AUM “Avesto” va Upanishadlarning har bir qismida uchraydigan bosh ezgulik kategoriyasi hisoblanadi.
    Yaratuvchi hamma din va ta’limotlarda so’zsiz ulug’lanib kelgan. Bugungi zamonaviy dunyoda ham bu ongu-shuurimizdadir.
    “Avesto”da bo’lsa:
    “Ey Mazda! Ey ulviy olamning urug’i – asosi – bunyodi!
    Ibtidoda yozuq qo’llarim bilan senga namoz keltururman, istagim behro’zlik va shodmonlik. Zora, Ashah – Haqiqat amoli, butkul donishmandlik va Ezgu niyat bilan Go’shvarvan – olam ruhini xushnud aylasam!”142
    Yuqorida keltirilgan Mazda – asl avestoviy shakl bo’lib, “Ahurah Mazdah”. U Ashah va yaxshilik olamining bunyodkori, bu tun ezgulik va poklik olamini yaratgan qudrat. Fors tilida “Ahurah Mazdah” bo’lib, dastlab juz sanskrit tilida “Asura” bo’lib qadimgi hind asotirlarida bir guruh devlarning nomini ifodalagan. “Mazda” fors tilida “hushyor”, “dono”, “ogoh” ma’nolarni bildirsa, Sanskrit tilida ham shu ma’nolarni bildirgan “mizos” so’zi aslida “Mazda” demakdir.
    Har ikki so’z biriktirib qo’llanilganda “Dono Sarvar”, “Hushyor Yaratuvchi” ma’nolarini bildiradi. “Avesto”da keltirilgan “ezgu niyat”’ tushunchasi “vuhvmana” nomi bilan kelib, Bahman – Ezgu Niyat odamlarini aql-tadbir bilan bahraman aylab, uni yaratuvchiga qovushtiradi. “Goh”larda Bahman – Ahura Mazdaning og’li sifatida keltirilgan.
    “Xorda Avesto”ning 1-fargard qismida keltirilishicha: “Men ikkinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda ezgulik va tinchlikka boy sug’dlar yashaydigan mamlakatni yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, bosqinchilik va gunohni yaratdi. Butun yomonlik va o’lim xudosi esa, chorvaga va o’simliklarga o’lim olib keldi”.
    “- Ey, devlar!
    Sizning barchangiz qabih niyatga qarindoshsiz. Sizlarni azaldan qo’llab quvvatlab, asrab-avaylab kelayotgan kuch kazzob va xudbinlikdan o’zga narsa emas.
    Bu yolg’on va munofiqona amallaringiz bilan yetti iqlimga nom taratdingiz va oxir-oqibat sharmanda bo’ldingiz.” Yasna 32-hot143
    Ilohiy so‘zlar – bu, avvalo, Ahura Mazda nomi bilan va uning sha’niga aytiladigan duolardir, ularni “teskari qilish” durug‘vand-devlarga qo‘l kelishidan ogohlantiradi, shuningdek, “tiriklik idroki”, “rostlik sarmoyasi” bo‘lgan axloqiy kamolotga putur yetkazishi ta’kidlanadi. Bundan tashqari, yomon tarbiyachi nazarida quyosh va zaminni ikki ko‘z bilan ko‘rmoq gunohdir. Bu o‘rinda zardushtiylik ta’limotida g‘oyat e’zozlangan ikki ilohiy tushuncha – quyosh va zamin (yer)ga bunday salbiy munosabat axloqiy tubanlik va yovuzlikka mayllik nishonasi bo‘lib, kishilarni pokdomonlikdan chalg‘itishga qaratilgan.
    “Eng asosiysi, – filologiya fanlari doktori H.Homidov yozganidek, yomon muallim iymon-e’tiqodni kuydirib, odamlarni Yazdon yo‘lidan qaytarib, johillik sari yetaklaydi. Vatan ravnaqi, odamlarning ijodiy mehnatini ko‘ra olmaydi, yer ochib, qo‘sh haydab, ekin ekkanlar-u bog‘ bunyod etganlarga rashk ko‘zi bilan qaraydi, xalqni esa qutlug‘ an’analaridan mahrum etadi”.
    “Har kim bu dunyoda tiriklikni bunyod etguvchi qonun bo’lgan Ashah – haqiqat ta’limoti asosida yashashi lozim.
    Zardusht durmand, ashavan yoxud ezgu va qabih amallari qorishib ketgan kimsani eng yaxshi ravish rafshorga eltadi”144. Yasna 33-hot.
    “Har kim andisha, so’z yoxud ikki qo’li bilan durvand – yolg’on bilan kurashsa, uning izdoshlarini yaxshi yo’lga boshlayolsa, Mazda Ahuraning muhabbatini qozonadi”145. Yasna 33-hot.
    “Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi-ma’no mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi”146.
    Zardushtiylik dini rasman qabul qilingach, ta’lim-tarbiyaga e’tibor yanada kuchaydi. Ibodatxona, otashkadalar huzurida maxsus maktablar ochildi, madrasa tipidagi bilim dargohlari tashkil qilindi, ularning ta’lim tizimi ishlab chiqildi: ta’lim jarayoniga matematika, astronomiya, tib ilmi, tarix, huquqshunoslik, gigiyena singari fanlari tobora ko‘proq kirib bordi: bu davrda yoshlarning ma’naviy kamolotiga alohida e’tibor berildi. Bir tomondan, ularga zardushtiylik dini asoslari, Ahura Mazdaning murojaatlari-yu Zardusht o‘gitlari har jihatdan puxta o‘qitilib, badiiy so‘z asoslariga suyangan holda “Gohlar” maxsus yod olingan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, uch yaxshi ishda sustkashlik qilmaslik: yaxshi fikr, yaxshi so‘z va yaxshi amalni esda tutish; uch yomon ishdan, ya’ni yomon fikr, yomon so‘z va yomon amaldan yuz o‘girish o‘rgatilgan.
    Har bir yoshning pokdomon, luqmasi halol, qo‘li to‘g‘ri, nekbin bo‘lib voyaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Ana shu ehtiyoj va talablardan kelib chiqib “Avesto”da tarbiyachilar, muallimlar, ustoz-u mudarrislarning burchlari belgilangan.
    Yaxshi ustozlar “sog‘lom, aqlli - xushli farzandlar, jasur, dono va turli tillarni biladigan o‘g‘il-qizlar, elni balo-qazolardan himoya eta oladigan o‘g‘lonlar, yaxshi kelajak, porloq hayotni ravshan ko‘z bilan ko‘ra oladigan avlodni” tarbiyalaydi. Bunday muallim yoshlar qalbida o‘z dini, xalqi, yurtiga mehr uyg‘otadi, ularni halol mehnat evaziga rizq-ro‘z topib yashashga o‘rgatadi.
    Nekbinlik, pokdomonlik, do‘stlig-u hamkorlik, hamjihatlig-u xushravobinlik odamlarga faqat yaxshilik istash o‘quvchilarga donishmand ustozlardan yuqadi, yodgorlik bo‘lib qoladi. “Goh” va “Yasht”lardagi aksariyat parchalarda yaxshilik yomonlikka, adolat zulmga, donolik nodonlikka zid qo‘yib tasvirlanib, birinchisi olqishlanib, ikkinchisi illat sifatida qoralanganidek, yaxshi ustozlar nodon ustozlarga qarshi qo‘yib tasvirlangan. Yomon ustoz o‘z loqaydligi, farosatsizligi, uquvsizligi, hunari, bilimi, malakasini takomillashtirish yo‘lida zahmat chekmasligi bilan yosh avlodning, umuman, odamlarning zehnini o‘tmaslashtiribgina qolmay, aqlini zanglatadi, hayotga, mehnatga bo‘lgan munosabatlarini zaiflashtirib “ma’naviy jihatdan qashshoqlashtirib qo‘yadi”.
    Zardushtning Tangri bilan muloqoti bayonida ham yaxshi va yomon ustozlar haqida mulohazalar mavjud. “Noshud yomon muallim o‘quvchi qalbidan xirandmanlikni yo‘qotar ekan, ey Yazdon! Yomon ustozdan o‘z panohingda asra”, – deydi Zardusht 147.
    Shunday qilib, “Avesto” va Upanishadlarda fikrlar jamuljamligi dual konsepsiyaga asoslanganligi hamda ezgulik kategoriyasi ustunligi jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotida insoniyat sivilizatsiyasining muhim manbai bo’lib xizmat qiladi. Ulardagi ezgulik kategoriyasi harakatdagi dunyo, butun mavjudot, jonli va jonsiz olamga nisbatan inson munosabatlarini aql-idrok, cheksiz tafakkur orqali barkamollashtirish g’oyasini o’zida mujassam etadi. Insonga hissiy olam bilan fikrat dunyosining sintezi shaklida ta’sir o’tkazadi hamda insonga hos bo’lgan poklik, ezgu niyat, pokiza tuyg’u, tuproqni muqaddas bilish, Vatanni anglash singari oliyjanob fazilatlarni yuksak axloqiy me’yorlar va tafakkur tarzi orqali ifoda etadi.

    Download 0.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling