Upanishadlar va avesto
Upanishadlarda ezgulik kategoriyasining genezisi va strukturasi
Download 0.65 Mb.
|
2 5262933941039408192
Upanishadlarda ezgulik kategoriyasining genezisi va strukturasi
Barcha davrlarda tinchlik orqali gumanistik g‘oyalarni hayotga tatbiq etish hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Muharatam Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: - “Biz nimani istaymiz - ona Vatanimizda tinchlik va omonlik bo’lishini istaymiz. Boshqalarga ham shuni tilaymiz”118. Hindistonning azaldan to hozirgi zamon tarixi va falsafasida o’z xalqini tinchlik va ozodlik uchun mardonavor kurashga chorlagan va ilhom baxsh etgan beqiyos qarashlari va g‘oyalari mavjuddir. Hind falsafasining qadimgi tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, hind xalqining muqaddas kitobi Vedalarning falsafiy talqini Upanishadlar alohida o’rin tutadi. Chunki Upanishadlardagi talqin qilingan ezgulik g‘oyalari keyingi davr falsafiy ta’limot va maktablarining g‘oyalari rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qilgan. Ezgulik barcha dinlarda va falsafiy ta’limotlarda ulug‘lanib kelganligidek, Upanishadlarda bu hususida alohida to’xtalgan. Ulardagi ko’p kategoriyalar o’zgarmagan holda ishlatiladi. Har bir tushuncha o’z kelib chiqishiga ega. Bulardan asosiylari quyidagilar: 1)Brahman; 2)Atman; 3)Avidya; 4)Sansara; 5)Karma; 6)Moksha; 7)Dhyana; 8)Neti, Neti. बराहमान – Brahman sanskritcha so’z bo’lib, birlashish hamda yagonalik ma’nolarida keladi. Bu tushunchani barcha Upanishadlarda uchratish mumkin. Brahman – bu Xudo va dunyo, o’zgarmas holdagi aniqlikdir. Brahman – bu barqarorlik va abadiy haqiqatdir. U yagona, chunki hamma borlikni va yo’qlikni o’z ichiga oladi. U barqaror yoki harakatsizdir, chunki harakatlanish makon va zamonda o’zgargan holda vujudga keladi. U makon va zamondan tashqarida. U o’smaydi ham, zavolga yuz tutmaydi ham. U barcha narsalar va hodisalarga abadiy egalik qiladi. U sababiyat va oqibatdan tashqarida. Brahmanning o’zi barcha narsaning sababchisi hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Brahman – bu yaratuvchi, ya’ni xudo sifatida ko’rsatilyapti. Yaratuvchi hamma din va ta’limotlarda so’zsiz ulug’lanib kelgan. Bugungi zamonaviy dunyoda ham bu ongu-shuurimizdadir. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida ham Yaratuvchi tangri sifatida ulug’lanadi. “Ay sirka yaqin ay ko’nulka ediz Tanu qo’l sanga barcha surat bediz”. (Ey har sirga yaqin, ey har ko’ngil uchun yuksak Tangri, barcha sur’at va shakllar senga shohiddir). ॐ आप्यायन्तु ममाङ्गानि वाक्प्राणश्च्क्षुः श्रोत्रमथो बलमिन्द्रियाणि च सर्वाणि । सर्वं ब्रह्मौपनिषदं माहं ब्रह्म निराकुर्यां मा मा ब्रह्म निराकरोदनिकारणमस्त्वनिकारणं मेऽस्तु । तदात्मनि निरते य उपनिषत्सु धर्मास्ते मयि सन्तु ते मयि सन्तु ॥ ॥ ॐ शान्तिः शान्तिः शान्तिः ॥119 Yuqoridagi tarjimadan shunday fikrlarni keltirish mumkinku, Om, ya’ni mavjudlik hamda yaratuvchanlik inson tanasida, tili, ko’zi, qulog’i, kuchi hamda barcha energiya oladigan a’zolarida bo’lishi mumkin. Bu yaratuvchanlik o’z-o’zidan Brahmandir. Biz hech qachon buni inkor qila olmaymiz. Buni hech kim inkor qila olmaydi. Barcha mavjud narsalar bizga tegishli. Buni hech kim inkor qila olmaydi. Yaratuvchi –tinchlik, tinchlik, tinchlik! Har qanday jamiyatda, makonda va zamonda yaratuvchanlik u xoh moddiy jihatdan bo’lsin, xoh ma’naviy jihatdan bo’lsin insoniyat uchun xizmat qilgan. Yaratuvchanlik ijobiy yo’lda bo’lsa, bu insoniyatni ezgulik sari yetaklaydi. अतमन – Atman sanskritcha so’z bo’lib, ikki xil ma’noda keladi. Ulardan biri bu - sof vijdon, biri – obyekt. Bu tushunchani ilk bor Shvetashvatara Upanishadida uchratich mumkin. Upanishadlarda aytilishicha, Atman sof mavjudlik deb ataladi. ॥ इति चतुर्विंशः खण्डः ॥ ॥ इति पञ्चमोऽध्यायः ॥॥ ६.॥120 Tarjima: Bu Atmanni Brahman o’rganadi. Yuqoridagi fikrdan kelib chiqadiki, Atman va Brahman bir-biriga bog’liq tushuncha bo’lib, Brahman – Subyekt, Atman – bu obyektni tashkil qiladi. Barcha mavjud narsalar Brahman tomonidan o’rganiladi va yaratiladi. आविदया – Avidya sanskritcha so’z bo’lib, bilimsizlik ma’nosida keladi. Insoniylik nuqtai nazaridan, bilimsizlik haqiqat va o’zlikning sof tabiatiga xos tushuncha hisoblanadi. Chunki bilish jarayonida subyekt ko’proq subyektivlikdan kelib chiqib o’rganadi, yani o’ziga foydali deb bilgan narsalarini to’g’ri deb hisoblaydi. Bunda egoizm ustunlik qiladi va oqibatda bu bilimsizlikni keltirib chiqaradi. O’z davrida Abu Nasr Forobiyning ta’kidlashicha, kimki o’zini o’z darajasidan yuqori ko’tarsa, unday kishiga kamolot yo’li to’sib qo’yiladi. सनसारा – Sansara bu sankritcha so’z bo’lib, san – hayot, sara – charxpalag ma’nosida keladi. Shuningdek, Sansaraning ya’na bir ma’nosi qayta tug’ilish sifatida keltiriladi. Ilk Upanishadlarda Sansara hayot charxpalagi sifatida ko’rsatiladi. Bundan insonning tug’ilishidan to o’lishigacha bo’lgan davrni tushunish mumkin. Sansara tug’ilish va o’lish, yaralish va yo’q bo’lish singari jarayonning davriy ravishda muttasil bir holatdan ikkinchisiga o’tib o’zgarib turishining falsafiy in’ikosi. Yoki har bir ruhning inson qiyofasida tug‘ilishidan to qazoga qadar, moddiy dunyodan o’z asliga qaytishigacha berilgan sinov muddatlarining takrorlanishi. करमा – Karma so’zi sankritcha so’z bo’lib, kri - vaziyat ma’nosida keladi. Karma xayot chaxpalagini boshqaradi. Karma sabab qonuni bo’lib, bu hayotdagi vaziyatlar keying hayotga ta’sir qilishini ko’rsatadi. Karma usuli mustahkam tabiatning aniq bir ko’rinishi hisoblanadi. मोक्ष - Moksha so’zi sanskritcha so’z bo’lib, o’zini-o’zi ozod qilish ma’nosida keladi.121 Bu tushuncha Upanishadlarda Sansaradan keyingi jarayon hisoblanadi. Milodiy II asrda yozilgan Upanishadlarda keltirilishicha, inson qayta tug’ilish zanjiridan uziladi va Moksha yo’li tomon boradi. Bu yo’l to’g’ri hisoblanadi. Chunki har bir inson o’z hayotida ma’lum bir darajada gunohli ishlarga qo’l uradi. Agar u doimiy qayta tug’ilish jarayonidan halos bo’lmasa, u inson keyingi hayotida umuman yo’q bo’lib ketishi, yoki inqirozga yuz tutushi mumkin. O’z o’zidan ko’rinib turibdiki, bu holat insonlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. धयाना – Dhyana bu sanskritcha so’z bo’lib, hotirjamlik ma’nosida keladi. Shuningdek, bu meditatsiya jarayoni bo’lib, hamma narsani unutib hotirajamlik holatiga ketish hisoblanadi. नेती,नेती – Neti, neti sanskritcha so’z bo’lib, hamma narsani his qilish va bilish ma’nosida keladi. Meditatsiya holatidan so’ng, his qilish va bilish holati hisoblanadi. Yaratilish jarayonida barcha narsalar dastlab ilk nuqtadan paydo bo’ladi. Keyingi jarayonda nuqtalar birlashuvi yangi-yangi narsalarning paydo bo’lishiga va o’zgarishiga olib keladi. Har bir sivilizatsiyaning yuzaga kelishi, yuqori cho’qqiga chiqishi hamda zavolga yuz tutishida ham yuqoridagi jarayon qatnashadi. Falsafiy jihatdan oladigan bo’lsak, sivilizatsiyalar beshigi hisoblangan Xitoy va Hindistonda ham bu jarayonni o’zaro monand tarzda ko’rish mumkin. Qadimgi Xitoy va Hindiston ijtimoiy falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan mamlakatlardan biri edi. Xitoyda fan va madaniyat o`ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi 2000-yilning o`rtalariga kelib, diniy-mifologik dunyoqarash ustuvorlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo`lishini o`ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o`z ta`sirini o`tkazgan. Qadimgi Xitoy falsafasida turli xil yo`nalish va oqimlar mavjud. Ularda falsafiy tafakkur qadriyatlarini ishlab chiqishga uringan mashhur kishilar, o`z davrining ko`zga ko`ringan donishmandlari tabiat, jamiyat va inson hayotiga taalluqli bo`lgan ko`pgina muammolarning real yechimini izlaganlar. Bunday muammolarni o`z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda hal etishga uringanlar. Tabiiyki muammolarning yechimi bir xil emas, chunki olam cheksiz va benihoyadir. Ularni chegaralangan nazariy tamoyillar tizimi vositasida qamrab olish mumkin emas. Falsafiy maktablar, yo`nalishlarning turli-tumanligini, shu bilan izohlash mumkin. Xitoy mifologiyalarida butun koinot - osmon, yer va tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan bo`lib, inson hayot kechirish muhitini tashkil qiladi.122 Aynan shu afsonalashtirilgan muhitdan narsalar, hodisalar mavjudligini ta`minlaydigan, ularni boshqarib turadigan oliy bir tamoyil keltirib chiqariladi. Ko`pchilik tomonidan hurmat-ehtirom bilan tan olingan donishmandlar ta`sirida asta-sekin xitoy falsafiy tafakkuri shakllana borgan. Ularning qarashlarida afsonaviy va dunyoviy bilimlar bir-biri bilan bevosita bog’lanib, bir-birini to’ldirib borgan xitoy falsafasi o`zining gullab yashnagan vaqtiga “urushuvchi davlatlar” deb atalgan davrda erishdiki, uni xitoy falsafasining “oltin davri”123 (eramizdan avvalgi VI-IIIasrlar) deb atadilar. Asosiy falsafiy yo`nalishlar quyidagilardan iborat edi: In va Yan, konfutsiychilik, daosizm, ismlar maktabi, moizm, legizm kabilar.124 Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta'limotlar yozma manba - “Veda”larda o’z aksini topgan. Qadimgi hind falsafiy maktablari ikki guruhga bo’linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n'yaya va mimansa - guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar bo’lgan. Ushbu maktablarning tarafdorlari “Veda”ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm - nastika guruhiga kiradi. Xitoyliklar ham, hindlar ham hayotdagi har bir vaziyat va holatning ikki ajralmas tarkibiy qismini ta’kidlashadi: bir tomondan, ziddiyat, albatta odatdagi holatni vayron etadi, va boshqa tarafdan, ziddiyat, uning kelib chiqishi bilan vaziyatga o’z ta’sirini o’tkazadi, natijada yangi vaziyat vujudga keladi, ana shu yangi vaziyatda esa o’ziga xos ijobiy holat ham mavjud bo’ladi, shu bois ziddiyat yangi ijobiy o’zgarishlar uchun ham imkon yaratishi mumkin. Ziddiyatning ijobiy va yaratuvchanlik qobiliyati siz bu vaziyatni qanday maqsadlarga ishlata olishingizga bog‘liq bo’ladi. Xitoyliklar fikricha, ziddiyat ikki asosiy tushuncha: vayron etish va yaratuvchanlikning yaxlitligi, yagonaligidan iboratdir. Qadimgi xitoy falsafasida In va Yan tushunchalari mavjud. Ularga ko’ra Yan – oq rang, yaxshi va ijobiy narsalarda iborat bo’lgan, faol birlik, tashqi olamni bilishga qaratilgan va erkaklik belgilaridan iborat bo’lgan voqelikdir. In esa – qora rang, sust bo’lgan, ya’ni faol bo’lmagan birlik, ayollik belgilarini o’zida mujassam etgan, ichki olamni anglashga qaratilgan voqelikdir. Hayot esa, mana shu ikki muhim kategoriya – Yan va In birligi, o’zaro qorishmasi, yagonaligi, uzviyligi, biri birini mutlaqo inkor etmasligi, o’zaro hamkorligidan tashkil topadi. “Veda”larning falsafiy qismini tashkil etgan “Upanishadalar”da Atman(अतमन) va Braxman(बराहमन) tushunchalari In(在) va Yan(颜) tushunchalari bajaradigan vazifalar o’rnida keladi. Upanishadlarda yaratilishi jarayonini ko’proq biz falsafiy jihatdan Atman va Braxman o’rtasida ko’ramiz. Bunda Yaratuvchi va Ruh o’rtasidagi munosabatlar ta’riflanib, borliq va insoniyatning mavjudlik sababi, ularning bu dunyodagi vazifa va burchlari haqida ma’lumot beradi. Upanishadlarda dunyo Atman va Braxmaning ko’rinishi, deb ham e’tirof etiladi. Atman va Braxman doim teng o’rinda turadi. Atman ong, nutq va nafasdan iborat hamda jamiki mavjudotlarni birlashtiradi. Upanishadlardagi Atman va Braxman munosabatlariga keladigan bo’lsak, Atman – obyekt, Braxman – subyektdir. Bu ikkalasining ko’rinishi dunyoni tashkil qiladi125. Bu tushunchalarni o’zaro qarama-qarshi qo’yish olamdagi tabiiy mavjud bo’lgan muvozanatni buzishga va rivojlanishiga olib keladi. Shu bois, qadimgi obidalardan bo’lgan “I szin”(O’zgarishlar kitobi)da hamda Upanishadlarda ta’kidlanishicha, Yan va In, Atman va Braxman olamdagi rang-baranglik asosida vujudga keladigan birlikni tashkil etuvchi omillar hisoblangan. Tabiatdagi yorug‘lik va qorong‘ulik, nur va og‘u, yumshoqlik va qattiqlik, tosh va suv, ayol va erkak, kun va tun, osmon va yer, quyosh va oy, issiq va sovuq, yaxshilik va yomonlik kabi qarama-qarshiliklar muvozanati tabiiy bo’lib, ularni o’zaro qarama-qarshi qo’yish emas, ularni o’z holicha qabul qilish kerak. Tabiatdagi evolyutsion taraqqiyot mana shu tabiatan qarama-qarshi bo’lgan birliklarning hamkorlikdagi tabiiy harakatidan iboratdir. Haqiqat orqali maqsadga erishishga tafakkur vositadir. “Haqiqat cheksizdir. Tafakkur doirasi ham cheksizdir ”, deydi Svamini.126 Shunday qilib maqsadga erishish uchun qilinadigan ish tartibi 8 bosqichda davom etadi: 1)haqiqat, 2)amalga oshirish, 3)fikrlash, 4)imon, 5)qat'iyatlilik, 6)faoliyat, 7)baxt va 8)cheksiz baxt. Maqsadga erishish rostini aytsam, birinchisidan keyingisiga qadar (8 dan 1 gacha) barchasida tajriba bo'lishi kerak. Sadxana kabi odatlanib, doimiy baxtga bo'lgan intilishdan boshlanadi.127 Satyam – haqiqat. “Eshah tu vai ativadati yah SATYENA ativadati”. “Sanatkumara: Ammo u haqiqatan ham haqiqat to'g'risida haqiqat bilan gapiruvchi Ativadidir” sah aham bhagavah satyena ativadaani iti. “Narada: Hurmatli janob, agar shunday bo'lsa, istardim Haqiqat to'g'risida haqiqatni gapiring”. SATYAM tu eva vijijnaa-sitavyam iti. “Sanatkumara: Lekin avval haqiqat tushunishni istash kerak”. satyam bhagavah vijijnaa-sa iti. “Narada: hurmatli janob, men haqiqatni tushunishni istayman” “Vijnaanah” – anglash. “yadaa vai VIJNAA-NAATI, atha satyam vadati” “Sanatkumara: Faqat kimdir anglagan bo'lsa, keyin haqiqatni e'lon qilish mumkin”128. Fan doirasida Upanishadlardagi Vedalar kosmologiyasi olimlar tomonidan qadimgi Vedalar ilmi sifatida tasqiqlangan. Shuningdek, Karl Sagan hamda Kaunt Mauris Meterlinklarning ta’kidlashicha, Upanishadlardagi kosmologiya bugungi ilmiy kuzatish va hisoblashlar ayni mos tushadi. Karl Saganning ta’kidlashicha, Upanishadlar kosmologiyasi vaqt tarozisida o’lchanganda hozirgi zamon ilmiy kosmologiyasiga mos tushadi. Nobel mukofoti sovrindori Kaunt Mauris Meterlinkning yozishicha, kosmogoniyada Yevropaliklar konsepsiyasi afzal ko’rilmaydi. Fransuz astronomi Jen Klaud Bellining tasdiqlashicha, qadimgi Vedalar astronomik o’lchamlar yunon va misrliklarga nisbatan aniqroq bo’lgan. Bundan 4500 yil oldin o’lchangan yulduzlar harakati bugungi kundagi yulduzlar harakati jadvalidan bir minut ham farq qilmaydi. Jaypurdagi qirol Suvai Jay Singh nomli to’qqiz fut balanlikdagi astronomik asbob har kuni uzog’i bilan ikki sekundda vaqtni o’lchaydi. Qadimgi Hindistonning kosmologiya hamda boshqa ilmiy tajribalari boshqa mamlakatlar bilan uzoq savdo-sotiq va madaniy aloqalarni o’rnatishga sabab bo’ldi. Hind tarixchisi R.S. Majumdarning keltirishicha, odamlarni tijorat orqali G’arbiy Osiyo va Krit orollariga hind sivilizatsiyasini olib borishgan. Barcha falsafiy tizimlar falsafani amaliy zaruriyat sifatida qabul qiladi va uni hayotni yaxshi tashkil etishga yordam beruvchi asosiy vosita deb qaraydi. Falsafaning maqsadi faqatgina aqliy mushohada bo’lib qolmay, balki, farovon hayotga boshlash, uzoqni ko’rish va o’tkir zukkolikdir. Shuning uchun ham hind yozuvchilarida asarning boshida bu asar insoniyat uchun qanday xizmat qilishini tushuntirib berish odati bor.129Hind falsafasi faqatgina xudo, ahloq va borliq kabi mavzular bilan cheklanib qolmagan. Hind falsafasi juda keng. Bu falsafiy maktablarning mantig’i, bilish nazariyasi, metafizikasi, g’arb falsafasi bilan baxslasha oladi130. Hindiston azaldan o’zining ko’hna falsafiy tafakkuri, zakovat va ma’rifatga intiluvchanligi bilan mashhurdir. Jahon hamjamiyatida o’z ifodasini topgan muxolif fikrlarga cheksiz sabr-toqat bilan munosabatda bo’lish, tirik mavjudotga zulm o’tkazmaslik, diniy bag’rikenglik nazariyasi hind ruhiyatining ham ajralmas xususiyatidir. Shu bilan bir qatorda hind jamiyatida katta ahamiyat kasb etuvchi diniy kastachilik tizimi va patriarxal qoldiqlar saqlanib qolgan Britaniyaning sobiq mustamlakasi hisoblanmish bugungi Hindistonning tez orada jahon miqyosida lider davlatlardan biriga aylanishi olamshumul voqea bo’ldi. Asosan qadim va ilk O’rta asrlarda dunyoga kela boshlagan hind falsafasining asoslari to’rt ming yil mobaynida epik va mumtoz adabiy an’analari bilan o’zaro aloqada va sintezda shakllandi. Qadimiy va O’rta asr Hindistonining ilm-fan sohasidagi (shular qatori falsafa, matematika, meditsina, astronomiya va tilshunoslik sohalarida) va ayniqsa, adabiyot va san’at sohalaridagi erishgan yutuqlari ming yillar davomida unga yaqin va uzoq bo’lgan qo’shni mamlakatlar xalqlari tafakkurining shakllanishida ma’naviy ozuqa sifatida xizmat qilib keldi. Hindiston hududlarida bunyodga kelgan hinduizm va buddizm, ular asosida shakllangan turli diniy-falsafiy tizimlar nafaqat Sharqning, balki dunyoning ko’pgina xalqlarining ijtimoiy tafakkuriga o’z ta’sirini o’tkazgan. Ajabki, hayvonlar orasida ezgulik va yovuzlik tushuncha ahamiyatga ega emas. Masalan, bo’ri go’sht yemasa, ochdan o’ladi, katta baliqlar kichik baliqlarni yeb turmasa, nobud bo’ladi. Daraxtlar ham kenglik va nur talashib, bir-biriga qasd qilishadi. Kishilik jamiyatida esa barcha davr va xalqlar uchun o’zgarmas bo’lgan muqaddas qonun – cheklovlar bor. Insonlar jamiyatida ayollar, bolalar, nogironlar va keksalarga shavqatli bo’l, deyiladi. Hatto bu narsalar qonun yo’li bilan himoya qilinadi. Aynan, Upanishadlarda keltirilishicha, insonni inson qilib turgan milliyonta ruhiy-ma’naviy qadriyatlar umumlashmasi bir nom bilan ezgulik deyiladi. Ya’ni: एतमु एवाहमभ्यगासिषं तस्मान्मम त्वमेकोऽसीति ह कौषीतकिः पुत्रमुवाच प्राणास्त्वं भूमानमभिगायताद्बहवो वै मे भविष्यन्तीति ॥ १.५.४॥131 Etamu ēvāhamabhyagāsiṣaṁ tasmānmama tvamēkō̕sīti ha Kauṣītakiḥ putramuvāca prāṇāstvaṁ Bhūmānamabhigāyatādbahavō vai mē bhaviṣyantīti॥ 1.5.4॥ Upanishadlarda sof falsafiy mavzular qatorida insondagi instinktiv o’zgarishlar – turli emotsional ehtirosga berilish moyilligini so’ndirish masalalari yuzasidan ham fikr yuritiladi. Ya’ni kishi nogahon nochor va ayanchli ahvollarga tushib qolganida undan qanday qutilish yo’llarini o’rgatadi. “Inson, ba’zan xuddi dengizdagi boshqarish vositasi ishdan chiqqan va qay tomonga suzishni bilmay chayqalib turgan kemaning o’zi! Upanishadlar esa, uni to’g’ri yo’lga boshlab, xavfu xatarsiz o’z bandargohiga yetkazib qo’yuvchi bamisoli bir mayoq!”. असुर्या नाम ते लोका अन्धेन तमसाडवृताः । तॉसते प्रेत्याभिगच्छन्ति ये के चात्महनो जनाः ।।132 Asuryā nām tē lōkā andhēna tamasāḍavr̥tāḥ। Tŏstē prētyābhigacchanti yē kē chātmahanō janāḥ ।। Tarjimasi: Yovuzlik haqiqatdan zulmat dunyolari bilan o’rab olingan va odamlarni o’limga yetaklaydi. Zulmat dunyolarida yashovchilar o’zlarini o’zlari halok qiluvchilardir. Aynan Upanishadlarda ham “Avesto”dagi singari yorug’lik bilan zulmat aro kurash ketadi. Ilmiy tafakkurning tezlik bilan rivojlanishi qadimiy hind adabiyoti, san’ati va falsafasining yuqori darajaga etishishiga sabab bo’lgan. Qadimiy hind sivilizatsiyasining yutuqlari bugungi Hindiston hayotiga tabiiy xolda singib ketgan. Boshqa mamlakatlarga nisbatan Hindistonga ko’proq xos bo’lgan an’anaviylik uning madaniyatining rivojlanishiga va umuman uning doimiy ravishda ilgarilashga bo’lgan harakatiga hech qachon to’siq bo’lmagan. Shuningdek Upanishadlarning Hindistondagi falsafiy tafakkur va ma’naviyatda tutgan o’rni shu qadar yuksak ediki, ular oz’idagi boy bilim xazinasi bilan musulmon hukmronligi davrida ham, inglizlar davrida ham, hattoki hozir ham o’z mohiyatini saqlab keldi. Oldin Upanishadlar sanskrit tilida bo’lib, keyinchalik boshqa tillarga tarjima qilindi. U chet tillaridan ingliz, faransuz, rus va nemis tillariga tarjima qilingan. Upanishadlar Hindistonda maktab darsliklariga ham kiritilgan. Ayniqsa, hozirgi hindiy tilida juda ko’p soddalashtirilgan nusxalari bolalar kitobi ko’rinishida Hindistonda juda ko’p tarqalgan. Ulardan hozirda hind yoshlari o’zlari uchun kerak bo’lgan axloqni yetarli darajada qadriyat sifatida foydalanishga asos bo’lmoqda. Shunday qilib, o’z navbatida Upanishadlardagi ezgulik g’oyalari tinchlik yo’lida xizmat qilgan. Ezgulik va yovuzlik o’rtasigi kurash barcha davrlarda bo’lib kelgan. Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi ziddiyat insonning biologik va ruhiy tabiati orasidagi ziddiyatdan paydo bo’ladi. Insonlar jamiyatida ayollar, bolalar, nogironlar va keksalarga shavqatli bo’l, deyiladi. Hatto bu narsalar qonun yo’li bilan himoya qilinadi. Aynan, Upanishadlarda keltirilishicha, insonni inson qilib turgan milliyonta ruhiy-ma’naviy qadriyatlar umumlashmasi bir nom bilan ezgulik deyiladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling