Upanishadlar va avesto
Download 0.65 Mb.
|
2 5262933941039408192
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. UPANISHADLAR VA “AVESTO”DA EZGULIK KATEGORIYASINING QADRIYATIY MOHIYATI “Avesto”da ezgulik kategoriyasining genezisi va strukturasi
I bob bo’yicha xulosalar
1. Upanishadlar hamda “Avesto” nainki diniy yo’nalishda, balki ko’hna hind falsafasi, huquqshunosligi, psixologiyasi, etika va estetikasi, tabiati, tili, urf-odatlari hamda ijtimoiy hayot shakllarini ilmiy tadqiq etishda ham ahamiyati nihoyatda katta. Vedik adabiyotlar falsafa tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar beradi. Upanishadlar asosan falsafiy masalalar bayon etilgan asardir. Upanishadlar va “Avesto” ta’limoti keyingi davr falsafiy ta’limot va maktablarining g‘oyalari rivojlanishiga madaniy sivilizatsion va g’oyaviy asos bo’lganligi hamda “Avesto” va Upanishadlardagi gotlar matnlari sanskrit va zend tillarining o’xshash jihatlarini, uning Qadimgi Hindistonda, Midiyada, Eronda, Ozarbayjonda va Turonda mavjudligi, mintaqa xalqlari ushbu tilda so’zlashganliklarini asoslab berdi. 2. Upanishadlar va “Avesto”dagi falsafiy masalalarning zaminida shunday fundamental muammolar yotadiki, ya’ni bizni o’rab turgan olamda insonning o’rni va ahamiyati, tashqi olamning va insonning tabiati, xarakteri, ruhiy kechinmalari, olamni bilish imkoniyati, axloqiy normalari bevosita ta’lim va tarbiya bilan bog’liqligi haqida fikrlar germenevtik yondashuv orqali matnlar asosida ochib berilgan. 3. Upanishadlar va “Avesto”da mifologik qatlamlari ezgulik va yovuzlik kuchlari o’rtasidagi dual konsepsiyaga asoslangan qarama-qarshilikning albatta ezgulik g’alabasi bilan tugashi ruhi bilan sug’orilgan. Shu bilan birgalikda, Upaishadlar AUM uchlik sifatida Ahura Mazdaga qiyoslangan. “Avesto” va Upanishadlarda mifologik qatlamlar ko’plab real tarixiy voqea-hodisalarning umumlashma bayonlari yoki ularga ishorat qiluvchi lavhalar bilan qorishgan holda berilgan. II BOB. UPANISHADLAR VA “AVESTO”DA EZGULIK KATEGORIYASINING QADRIYATIY MOHIYATI “Avesto”da ezgulik kategoriyasining genezisi va strukturasi “Avesto”ning xalq, ruhiyati va ma’naviyatining ulkan manbai ekanligi haqida jahon olimlari o’zlarining hayratomuz fikrlarini bildirganlar, bugun ham u haqida badiiy va ilmiy asarlar yaratib kelinmoqda. Ana shunday asarlarning mualliflaridan biri ingliz avestoshunos olimi Lourenst Millz xisoblanadi. U shunday yozgan: “Agar kishilik tafakkuri bir doston bo’lsa va uning qadr-qimmati borasida so’z yuritilsa, u xolda “Avesto”ni bu dostonning eng yuqori pog’onasi deb bilmog’imiz lozim. “Avesto” ma’naviyatning eng qadimgi targ’ibotchisidir. Zardushtiylik o‘tmishda mintaqamiz xalqlarini, shu jumladan, o‘zbek xalqi ajdodlarini ezgu g‘oyalar hamda ularga tayangan ilk davlatchilik jarayonlari atrofida birlashtirgan. O‘z davri uchun inqilobiy darajada yuksak yangi dunyoqarash tizimi - zardushtiylik shu qadar teran ijtimoiy va tafakkuriy ildizlarga ega ediki, keyinchalik murakkab tarixiy bosqichlarda ham xalqning kundalik urf-odatlarida, marosimlarining amaliyot qatlamlarida zardushtiylik g‘oyalarining turli amaliy ko‘rinishlari transformatsiyalashgan holda saqlanib kelmoqda. Zero, “Milliy istiqlol mafkurasida dinning mohiyati, uning insonparvarlik g‘oyalari, dinga sog‘lom munosabat masalalari ham o‘zining oqilona ifodasini topishi zarur. Toki, har bir vatandoshimiz, ayniqsa yoshlar faqat islom dini to‘g‘risida emas, umuman dunyodagi mavjud dinlar, ularning mohiyati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lsin. Ijtimoiy sohaga oid darslarda yoshlarga din bilan dunyoviy hayot masalalarining, bular o‘rtasidagi mo‘‘tadil munosabat bo‘lishi zarurligini ochib berish kerak”102. Muhimi shundaki, zardushtiylikda Ahura Mazda azal mavjud va abadiy iloh maqomida alohida mavqega qo’yilgan. Umuman, barcha ezgu borliq uning tomonidan yaratilgan deyiladi. Har bir ezgu xilqatning yovuz ziddi esa, Axriman (Anxra Maynyu) tomonidan yaratiladi. Lekin Axrimanning o’zini ham odamlarning ibrat ko’zi uchun Ahura Mazda o’z-o’zligidan ayirib yaratgan. “Videvdot”ning tarkibida saqlanib qolgan borliq dunyoning yaralishi hamda Yima Xshayati (Jamshid) podsholigi haqidagi 1-2-fragardlaridan tashqari barcha qismlari zardushtiylik ulamolari tomonidan tartibga solingan, to‘ldirilgan, hatto, maxsus yozilib, Avesta tarkibiga kiritilgan, deb hisoblanadi. “Videvdot” fardardining birinchi qismida ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi munosabat quyidagicha keltiriladi: 1.Ahura – Mazda Zardusht Spitamaga dedi: “U yerda ko’p yaxshi narsalar bo’lmasligiga qaramay, men har bir yerni qimmatli (insonlar uchun) qilib yaratdim. Men har bir yerni insonlar uchun qimmatli va qadrli qilib yaratmaganimda butun olam Ariyan Veyjaga ravona bo’lar edi”103. Ya’ni bunda birinchi makon haqida so’z yuritilmoqda. Jamiki mavjud narsalar, shu jumladan, insonning yashashi uchun joy nazarda tutilmoqda. Bu “Avesto”ni yaratilish joyi, ya’ni Xorazm nazarda tutiladi. Bu makon hayot uchun zarurat. M.Ishoqov tarjimalarida esa, “(Dunyodagi) barcha yerlarni unda yashovchi bandalarim nazarida (o’zga yerlardan) yaxshiroq qilib men yaratganman. Har bir yerni undagi xalqlar uchun ma’qul qilib yaratmasam edi, barcha yerlardan odamlar (Yerlarning eng bihisht-jannatmisoli etib yaratganim) Aryanam-Vaeju (Eranvej)ga qarab oqib kelavergan bo’lar edi”104. Yuqoridagi fikrlarga qiyosiy tarzda har qanday jamiyatda insonlar jannatmakon joyda yashashni orzu qiladi. O’z navbatida bu imkoniyatdan kelib chiqqan zaruratdir. Bu xuddi olovda yuz beradigan zaruratga o’xshab ketadi. Suvdan bug’ chiqarilib so’ng haroratga aylanishi uchun u orqali suv bug’latiladi, u shu bug’latishga muhtojdir. Shu bilan birga quyosh dunyomizga issiqlik berish uchun harakat etishga ham muhtoj. Bu xuddi duradgorga daraxtni arralashga arra, bo’lish va parchalashga bolta kerak bo’lganiday bir holdir105. 2. Men butun mamlakat va davlatlarning birinchi Xudosi Ahura-Mazda Vankhi Daytya tomonidan jannatmakon Ariyana Veyjani yaratdim. Bunga qarshi butun yomonliklar va o’lim xudosi Angra Maynyu – izg’irinda ayyor Devas uchun bu yerda hukmron bo’ldi106. Har qanday jamiyatda yaxshilik ortidan yomonlik ham bo’ladi. 3. U yerda 10 ta qish oylari bo’lgan hamda suvlar, yer va daraxtlar uchun juda sovuq bo’lgan ikkita yoz oylari ham bo’lgan. Xuddi o’sha yerda butun falokatlar manbai qish paydo bo’lgan. Odatda qish fasli axloqiy jihatdan salbiy ma’noda beriladi. 4. Men ikkinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda sug’dlar yashaydigan mamlakatni yaratdim. Butun yomonlik va o’lim xudosi esa, chorvaga va o’simliklarga o’lim olib keldi. Bu o’z navbatida har qanday sharoitda va vaziyatda yomonlik mavjudligidir. 5. Men uchinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda baquvvat muqaddas Maurini yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, bosqinchilik va gunohni yaratdi. 6. Men to’rtinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda tinchlikka boy chiroyli Bakhini yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, chumolilar va chumolilar tepaligini yaratdi. 7. Men beshinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda Mauri va Bakhi o’rtasida joylashgan Nsayani yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, ishonchsizlik gunohini yaratdi. 8. Men oltinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda Haroyi uyini yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, ko’z Yoshi va faryodni yaratdi. 9. Men yettinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda yovuzlik ko’lankasini sug’irib tashlovchi Vaykeretani yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, Keresaspani parchalobchi Payrika Knothayitini yaratdi. 10. Men sakkizinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda bol yaylovli Urvanyani yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, ko’z kibrlanish gunohini yaratdi. 11. Men to’qqizinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda vehrkanaslar yashaydigan Khentanini yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, adolatsizlik gunohini yaratdi. 12. Men o’ninchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda betakror Harahvaytini yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, o’limni ko’muvchi gunohni yaratdi. 13. Men o’n birinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda yorqin va maftunkor Hayetumantini yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, ko’zi yovuz joduni yaratdi. 14. Bu belgi shuni bildiradiki, bir nima yaratilsa, (yuqoridagi) ularda ko’z yoshi qayg’usi kuchayadi va yovuzliklar yomon ishlarga qo’l urishga undaydi. Bulardan so’ng insonlar o’limga yaqinlashadi va yuraklarida tashvish uyg’onadi. 15. Men o’n ikkinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda uch musobaqadan biri bo’lgan Rakhani yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, ishonchsizlik gunohi yaratdi. 16. Men o’n ichinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda baquvvat va go’zal Chakhurini yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, yovuzliklarni ko’paytiruvchi gunohni yaratdi. 17. Men o’n to’rtinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda Thraetoniyada tug’ilgan Azidahakani chilparchin qiladigan Varenani yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, ayollardagi noodatiy tashvishlar va varvar jabr-zulmini yaratdi. 18. Men o’n beshinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda yetti muqaddas daryoni yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, ayollardagi noodatiy tashvishlar va keraksiz issiqlikni yaratdi. 19. Men o’n olttinchi davlatlar va mamlakatlar xudosi Ahura-Mazda Rakhaning asoslariga binoan, xo’jayni yo’q erkin davlat yaratdim. Yomonliklar va o’lim xudosi Angra-Maynyu esa, qishni va Devasni yaratdi. 20. Yana boshqa chiroyli, keng, sevimli, maftunkor, yorug’ davlat va mamlakatlar ham bor edi107. “Videvdot” naski qadimiy asotirlardan tortib, zardushtiylik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy dunyosiga oid hayot me’yorlariga qadar mufassal ishlab chiqilgan qonun-qoidalarning universal majmuidir. Bu yodgorlikning ahamiyati shundaki, unda umumbashariy qimmatga ega ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-aksiologik qoidalar bilan birgalikda Markaziy Osiyoda istiqomat qilib kelayotgan xalqlarning, xususan, o‘zbek xalqining milliy tafakkuriy xususiyatlarini, urf-odatlarini, udum, irim-sirimlarining genetik asoslarini idrok etishga ham xizmat qiladi. “- Ey, olamni yaratgan Zot! Ey, Haqiqat! Zamini hammadan ko’ra baxtliroq bo’lgan dunyodagi birinchi joy qayer? Ahura Mazda javob berdi: - Ey, Sipiytmon Zardusht! Bunday joy qo’lda pokiza o’tin, barsam, hovana va yangi yangi sog’ilgan sut tutgan, o’z amal-e’tiqodiga dilda ishonchi sobit, o’ktam ovoz, keng yaylovlar ishqi bilan masrur va bu yaylovlarni qo’shiqqa solgan bir ashavan oyoq bosgan zamindir”. Vandidod. Uchinchi Fargard, birinchi bo’lim.108 Ya’ni bu yerda barcha jonzotlar orzu qiladigan farovon hayot haqida ketyapti. Inson borki, butun umrini farovon hayotga erishishga bag’ishlaydi. Olam kezar Zardusht bearmon, Necha o’lkalar ichra sarson. Ming bir darvesh ichra vohidi Turfa elat-ellar shohidi. Kashf ayladi yaxshiligin ham, Tubanligu baxshiligin ham. Va nihoyat keltirdi imon: To’rt tomonda hamon hukmron, Avval-oxir zabardast davlat Ezgulik-Yovuzlik basavlat.109 “Yomon tarbiyachi o’z ta’limi bilan ilohiy so’zlarni teskari qiladi va tiriklik idrokini xarob aylaydi. Haqiqatda u odamlarni rostlikning bebaho sarmoyasidan va Ezgu Niyatidan bahrasiz aylaydi. Ey, Mazda! Ey, Ashah – Haqiqat! Men olamimdan bosh ko’targan ushbu kalomlar bilan sizlarga qurbonlik keltiraman”. Yasna 32-hot110. “Avesto”da ta’kidlanishicha, barcha ezgu so‘zlar Ahura Mazdaga tegishlidir. Bu so‘zlarning tub mohiyati axloqning uch tamoyiliga ham “ezgu” so‘zining qo‘shilishida (ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal) yorqin mazmun-mohiyatini izohlab, kishilarni ularga rioya qilishga undaydi (20 – Goh). Jumladan, “Do‘stlikka chinakam do‘st bo‘lganlarga eng oliy ezgulik muyassar bo‘ladi”, “Asha – Haqiqatning jamiki fayz-shukuhi, qudrati haqiqat istovchilarga muyassar bo‘ladi”, “Haqiqatni alqovchilarga haqiqatning mukofoti nasib etadi” kabilar. Inson xarakterini belgilovchi 5 ta asosiy xususiyat “Avesto”da ta’riflangan. Ularda ikkitasi bevosita ezgu so‘zga aloqadordir. Bular so‘zning aniq va ma’noli bo‘lishi hamda Ahura Mazdaga e’tiqod faqat ezgu so‘z bilangina ifodalanishidir. Kitobda “eng muhim so‘z qaysi?” savoliga “burch”, “sahiylik”, “yaxshi niyatni ifodalovchi so‘z” kabi javoblarni uchratish mumkin111. Shuningdek, inson faoliyatining mohiyatiga aloqador o‘zak vositalar sifatida aql, bilim, odob qatorida ezgu ish bilan uyg‘unlashgan ezgu so‘z ham qayd etiladi. Qadimda kishilarning so‘zda sehr bo‘lishi haqidagi qarashlari “Avesto”da ham aks etgan. Jumladan, Videvdotning 21 – fargarida so‘zning sehrli kuchi, xastaliklarni davolashdagi o‘rni hususida fikr yuritiladi. Ezgu so‘zlar bilan davolashda oliy ilohni ulug‘lovchi duolarni bexato o‘qish, har bir so‘zda xaloskorlik mo‘jizasi borligiga ishonish talab qilinadi. Zero, ezgu so‘z ruhiyatga oziq, xasta dilga malham, kayfiyatga ko‘tarinkilik bag‘ishlovchi vosita sifatida e’zozlangan. “Avesto”da ezgulikni ifoda etuvchi va bevosita dunyoviy ma’no ustuvor bo‘lgan so‘zlar ishtirokidagi hikmatlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: 1) ta’limiy-axloqiy o‘gitlar. Bular mashhur tarixiy shaxslar va murabbiylarning farzandlarga yoxud umuman, kishilarga qarata murojaat nasihatlaridir. Bular ikki xil: a) o‘zgalar so‘zlariga munosabatni ifodalovchi nasihatlar: “Eshitganlaringga diqqat bilan quloq sol”, “Yovuz va yolg‘onchilar nutqiga quloq solma”, “Boshliqni ulug‘la, uni hurmat qil va so‘zlariga quloq tut”, “Ulug‘ martabali donishmand kishilarni e’zozla, so‘zlariga quloq sol” va boshqalar. b) o‘zing aytadigan so‘zga aloqador nasihatlar: “Hech kimga yolg‘on gapirma”, “Rostga ham, yolg‘onga ham qasam ichma”, “Aniq gapir. O‘ylamay so‘ylama”, “O‘tkir so‘zni gapir, so‘z – ezgu nutqdir. Ammo sukut ham bor. Sukut – nutqdan afzal”, “ikkiyoqlama gapirma”, “O‘zing zarar ko‘rmayin desang, yig‘inlarda yolg‘onchining yonida o‘tirma”, “Shilqim va ezma bo‘lma” kabilar. 2) ta’limiy-axloqiy xarakterdagi hikmatlarga aylangan umumlashgan xulosalar: “Rost so‘z sendan qoladigan qutlug‘ yodgorlikdir”, “Haqgo‘ylik va rostlik Tangri odatidir”, “Kim yolg‘on so‘zga og‘iz ochsa, baxt qushi undan qochadi”, “Gapiruvchi nodon bo‘lsa ham eshituvchi dono bo‘lmog‘i zarur”, “Sukut – eng yaxshi odat”, “Ovqatlanish paytida gapirmoq gunohdir” va boshqalar. “- Ey, olamni yaratgan Zot! Ey, Haqiqat! Zamini hammadan ko’ra baxtliroq bo’lgan dunyodagi birinchi joy qayer? Ahura Mazda javob berdi: - Ey, Sipiytmon Zardusht! Bunday joy qo’lda pokiza o’tin, barsam, hovana va yangi yangi sog’ilgan sut tutgan, o’z amal-e’tiqodiga dilda ishonchi sobit, o’ktam ovoz, keng yaylovlar ishqi bilan masrur va bu yaylovlarni qo’shiqqa solgan bir ashavan oyoq bosgan zamindir”. “Avesto”ning turli nashrlari va tarjimalaridan keltirilgan so‘z fayzi haqidagi ushbu namunalarda qadim ajdodlarimizning turmush saboqlari umumlashgan bo‘lib, ular asrlar davomida xalq orasida keng qo‘llanilib kelindi, ba’zi hikmatlarning biroz o‘zgargan turdosh variantlari paydo bo‘ldi, lekin ularning tub mohiyatidagi “so‘zdagi sehr, she’rdagi hikmat” ma’nosi hozirda axloqiy qadriyat sifatida yashab kelmoqda. Ezgulik ne’matlaridan kishilarni bahramand etishda yaxshi va halol amallarning alohida o‘rni bor. Nomukammal jahonning komillik sari intilishida ezgu amal asosiy omil bo‘lib, u avvalo, jaholat va zulmni qoralash, insonning ozod va erkin yashashiga, ijodiy intilishlarini quvvatlashga, umuman, har jihatdan poklanishiga qaratilgan. Jumladan, ezgu amal “...yaxshi ishlash, omonatga xiyonat qilmaslik, ojizlarni qo‘llash, serg‘ayrat bo‘lmoq, xalq, Vatan uchun xizmat qilmoq, mehmondo‘stlik, parhezkorlik, yomon ishlardan yuz o‘girmoq, mehribonlik, insonparvarlik, jamiyat qonunlariga itoat etmoq, o‘tganlarni esda tutmoq, haqiqat talab bo‘lmoq, be’morlar holidan xabar olib turmoq, muhtojlarga yordam berish, o‘z ishi va kasbiga mehr qo‘yish, adolatli bo‘lmoqdan iboratdir112. Bu amallarning har biri kishi qalbidan yomon niyatlarni quvishga, dilini ravshan, iymonini but qilishga xizmat etadi. Shuning uchun ham ezgu amal sohibi shu yaxshi me’yorlarga rioya qilishi va boshqalarni ham shunga da’vat etishi savob sanalgan. Zero, “Har bir ayol yo er o‘zi durust va yaxshi deb bilgan narsasiga amal qilishlari va boshqalarni ham ogohlantirishlari hamda ular ham o‘sha narsaga amal qilishlari kerak” (Yasna, 35-Goh)113. Bunday kishining qalbi pok, xulqi xush bo‘lib, hunar va ilm egallasa, foydali mehnat bilan shug‘ullanib rizqi-ro‘zi halol bo‘lsa, uning amali sobitqadam, so‘zi chin bo‘ladi. Bu esa ikki olamda ham eng go‘zal sanalgan fikr, so‘z va amal bo‘lib, oxirat mukofoti umidida ular olamni obod aylab, unga fayz bag‘ishlash” uchun donolaru nodonlarga bayon etiladi. Olijanob fazilatlar tantana qiladigan, adolat ulug‘lanadigan jamiyat hayoti go‘zal hisoblangan. Jamiyatda axloqiy tamoyillarni saqlashda axloqiy intensivlik masalasi ma’naviy majburiyatni keltirib chiqaradi. Misol uchun biron bir tadbirkor raqobatchisisga moddiy zarar bilan birgalikda ma’naviy zarar ham yetkazadi. Bu axloqiy harakat- axloqiy instensivlikka teng.114 Kishilarni ezgulikka yo‘llashda ezgu so‘zning o‘rni alohida ta’kidlanib, u pok fikrning ifodasi va inson axloqining tarkibiy qismi hisoblangan. Shuning uchun kishilarga so‘zda, mulohazada va kundalik hayotda pok e’tiqodga suyanish tavsiya etilgan. Xususan, so‘z va ish birligi g‘oyasi alohida ta’kidlangan. Zardushtiylar hayotida so‘zning o‘rni va qudrati, inson shaxsi va ma’naviyatini boyitishdagi ahamiyatiga donishmandlik ramzi sifatida alohida urg‘u berilgan. Subutsizlik, aytilgan so‘zga amal qilmaslik qattiq qoralangan. Videvdotning 4 fargardi, 2-bo‘lim, ikkinchi qismida Zardusht: “Ey dunyoni yaratuvchi zot! Ey haqiqat! Qasamlarning sanog‘i nechtadir”, deb so‘raydi. Ahura Mazda mening qasamlarim oltita bo‘lib, birinchisi so‘z qasamidir, deb javob beradi 115. Qasamlar boshida so‘z qasami turishi bejiz emas. Chunki insonning ichki dunyosi va fikri, avvalo, so‘zda ifodalanadi, iymon e’tiqodi aytgan so‘zida va qilgan ishida aks etadi. So‘zdagi ma’no-mazmun shaxsning aql-farosat darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham Videvdotning uchinchi qismida : “kim so‘z qasami yolg‘iz so‘zning o‘zigina deb tushunsa, uni qo‘l qasami bilan tuzatish va unga tavon to‘latish zarur”ligi aytilgan. “Avesto”dagi “triniti” - axloqiy uchlik g‘oyasi eng qadim davrlardan boshlab, kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ta’limiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo‘ldi. “Dinkard”da keladi: “Ahrimaniy Oz ilohiy ulug’vorlik va farog’at asosi bo’lmish “Farr” dan (“hurra”) odamlarni mahrum etishga safarbar qilingan. Yaratuvchi farrni Ozdan saqlash uchun aqlhiradni yaratdi. Farrnig hayotiyligi aqlning farzonaligidan, uning halokati “varina”dan. Fathulla Mujtaboiy buyuk Hofiz Sheroziyning bir baytini sharxlarkan, shoir “Oz” (dev) va “aql”ning “Dinkart” kitobida yuqorida naql qilingan holatini ajib bir yo’sinda ifoda etganing qayd etadi: Solho bandagii mazhabi rindon kardam, To ba fatvoyi xirad hirs ba zindon kardam. Necha yil bandalik ul mazhabi rindon ettim, Aql fatvosi bila hirsni zindon etdim. Hvdamatanam - “Yetti hot”ning ilk va so’nggi so’zi. Yasna, 35- hotning 2-bandi shu so’z bilan boshlanadi. (Ayrim avestoshunoslarning fikricha,” Yetti hot” aynan shu banddan boshlanadi.” Hvamatanam” “Avesto”ning deyarli ko’plab o’rinlarida duch keladi. Bu uning nechog’li katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.” Hvamatanam” duosining tarjimasi quyidagicha:” Ezgu fikr, ezgu kalom va ezgu amalnikim bu yerda va har yerda ulug’lanadi va ulug’langusi, madh etaman. O’zim ham jonu dilim bilan yaxshilikka intilaman”116. Yuqoridagi fikrlar mazmun jihatdan, yaxshilik ezgulik sari yetaklovchi yo’l ekanligi, har qanday amal hamda har qanday joyda ezgulik bo’lishini ko’rsatadi. Ezgulik aksiologik qadriyat sifatida insonning jamiyatda o’z ijtimoiy o’rnini topishga xizmat qiladi. Insonning ijtimoiy maqomi, uning umuminsoniy qadriyat sifatidagi ko’rsatkichlarini baholashda nimalarga ustuvorlik berish to’g’ri bo’ladi, degan savol qo’yiladigan bo’lsa, albatta, uning moddiy va ma’naviy mavjud ekanligiga shubha tug’ilmaydi. Chunki inson ijtimoiy munosabatlarga kirishar ekan, nafaqat oila a’zosi, davlat fuqarosi, jamiyat a’zosi yoki u bu mulkka, ijtimoiy guruhga daxldor, shuningdek, u bir xil keng ma’nodagi moddiy va ma’naviy umumiylikdagi aqlining “uyushma”sidan kam iboratdir. Ana shu “uyushma”da nima yetakchilik qiladi, degan savolga javob izlaganimizda, ularni o’zaro bog’lab turadigan botiniy qudrat, kuchga ko’proq ustuvorlik berish mumkin bo’ladi. Bunga qanday asos bor? Asos shuki, o’ziga xoslik bilan “uyushgan” insonlarga agar tashqaridan ularning izzat-nafsi, or-nomusi, g’ururi, “men”ligi poymol etilsa yoki manfaatlariga zid bo’lgan kuchlar, xatti-harakatlar yuzaga kelsa, ular kasb-kori, egallab turgan mansabi yoxud yoshi va yashash hududidan, jinsidan qat’i nazar, o’zaro birlashib, ularga qarshi turadilar va o’z millatining or-nomusi, g’ururi va iftixorini himoya qilishda yagona kuch bo’lib birlashadilar. Bu “siyosat”mi yoki allaqanday odamlar tomonidan o’ylab chiqilgan harakatlarmi? Yo'q, albatta. Bu ana shu “uyushmani” ushlab, o’zaro bog'lab turgan botiniy (ichki) kuch-qudratdir. Agar bu uyushmani bog’lab turgan botiniy kuch uzilsa, u jamiyatda taraqqiyot orqaga ketadi. Avestoda jamiyat zavoli haqiqat radi, porso va qudrat sohibi Surush bilan ifodalanadi. Ya’ni: “Jahonni yuksalturuvchi ashavan, Ashah – haqiqat radi, porso va qudrat sohibi Surushni olqishlaymiz. U kayaza gunohiga botgan yerga shikast beradi. U kayaziy gunohiga botgan yerga shikast beradi. U kayaziy gunohiga botgan xotinga shikast beradi. U tiriklikni tubanlashtiruvchi g’oyatda qudratli duruj devini mag’lub etadi. U jahon ahli behruzligini didboni va qo’riqchisidir”117. Avestoda Surush butun yaxshillik olamini, ya’ni Mazda olamini qo’riqlashini ko’rishimiz mumkin. Eng asosiysi — bu jarayon tabiiy kechadi, unga kimningdir ko'rsatma berishiga zarurat yo'q. Ya’ni, insonlarni o'zaro bog'lab turadigan ilohiy kuch o'zini ko'rsatadi. Bundan kelib chiqadigan g’oya shuki, bugun millatning shakllanish jarayonini tarixiy, ijtimoiy va jamiyat taraqqiyoti bilan bog'lashning o'zi yetarlimikan? Fikrimizcha, bu jarayonga yana ham chuqurroq, qarashga to'g'ri keladi. Ya’ni, odam bolasi inson bo'lib dunyoga kelishi bilan birga, o'zida millatning qandaydir ichki ma’naviy “elementlari”, ruhiyatini, o'ziga xosligini ona qornidayoq, oziqlanish va ulg'ayish jarayonida shakllantirishi mumkin-ku? Yana ham aniqrog’i, u insonga qon bilan “kirib”, ruhiyatda amal qilishga aylanadigan iloxiy qudratdir, deyishimiz mumkin. Biz o'zimizning ko’p yillik ilmiy qiziqishlarimiz va kuzatuvimiz natijasida mazkur jarayonga real hayotda kuzatilgan misollarni keltirishimiz mumkin. Jumladan, real xayotda rus millatiga mansub bola o'zbek oilasida tarbiyalansa, albatta, u aqlini taniganidan keyin, ko’proq, rus bolalari bilan, o’zbek bolasi ham xuddi shunday ulg'ayganida o'z millatiga mansub bolalar bilan o'ynashga moyilligi kuchli bo'lganligining guvohi bo'lganmiz. Yoki yana bir misol: ota-onasidan judo bo’lib, bolalar uyida tarbiyalangan bolalar garchand o'zlarining ona tillarini bilmasalarda, ulg'ayganlaridan keyin o'zlarining ota-onalari mansub bo'lgan millatning urf-odat, an’ana va qadriyatlariga nisbatan mehr-muhabbatlari kuchli bo'lishini ham real xayotda ko'plab uchratib kelamiz. Bunga o'zbekning buyuk rassomi Ro’zi Choriyev asarlarida, u bilan bo'lgan suhbatlarda bu inson bolalar uyida tarbiyalanib, ta’lim olgan, yoshligida o'zbek tilini deyarli bilmagan, ulg'ayib balog'at yoshiga yetganida ham uni “chala” gapirsada, o'zbek bo'lganidan faxrlanib, o'zbekona urf-odat, udum va marosimlarga sadoqati kuchli edi. Shunday qilib, “Avesto”dagi ezgulik kategoriasi “triniti” – uchlik sifatida real va ruhiy olamga bab-baravar tegishlidir. U insonning jismi va ruhini poklashga, jismoniy va ma’naviy yetuklikka xizmat qiladi. Uning qalbi ezgu niyatlar va Tangriga sadoqat tuyg‘ularini jo etadi, yovuz kuchlar kirdikorlarini fosh qiladi. Bunda ustozlar, kohinlar o‘gitlari va murabbiylar faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ta’lim jarayonida bunga katta e’tibor berilgan. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling