Upanishadlar va avesto
) Tangrini ulug‘lovchi hikmatlar
Download 0.65 Mb.
|
2 5262933941039408192
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) Vatan va do‘stlikni madh etuvchi
- 5) Nodonlik va gunoh haqida
1) Tangrini ulug‘lovchi hikmatlar:
a) Yazdon ogohlik va bilim sarchashmasidir. b) Tangri – barcha ilm va hunarlar kaliti. v) Tangri norozi bandaga jannatda joy yo‘q. g) Tangri yaqin odam – yaxshi ustoz. 2) Rost so‘z va haqgo‘ylik haqidagi: a) Rost so‘z sendan qoladigan eng qutlug‘ yodgorlikdir. b) Yolg‘on so‘zga og‘iz ochgandan baxt qushi qochadi. v) Yolg‘onni yoddan chiqarish yo‘li – qasos olishdan voz kechish. 3) Vatan va do‘stlikni madh etuvchi: a) Vatanning tutuni ham shirin. b) Do‘stlik rishtasi poklik bilan mahkam tutiladi. v) Pok niyatli kishilar do‘stlik va to‘g‘rilik tarafdoridir. 4) Umr va donolik to‘g‘risida: a) Qarilikka da’vo yo‘q, o‘limga chora yo‘q. b) Bilim tengi yo‘q boylik, boylik esa o‘lchovsiz narsa. v) Aqli raso kishi baxtli va farovondir. g) YAxshilar uyingga yo‘l solishga, izidan ezgulik ham keladi. d) Adashganni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan yaxshi odamdir. 5) Nodonlik va gunoh haqida: a) Baxtsizlar ichida eng ashaddiysi – gunohkor kishidir. b) Tog‘ jilg‘alaridan bittasini quritgan odam Tangri dushmanidir. v) Orqasidan g‘am keladigan quvonch shodlik emas196. Xalq donishmandligi va tafakkurining nodir durdonalariga aylangan ushbu hikmatlar asrlar osha kishilar shuurini yaxshi xulq, pok niyat va odamiylik kabi fazilatlar bilan ravshanlashtirishga xizmat qilib kelmoqda. Shuningdek Upanishadlarda turli maktablar ham moksha haqida o’z xulosalarini ilgari surganlar. Nirvana bu moksha tushunchasini bir turi. Lekin nirvana bu biror narsadan xalos bo’lishlik, jonni uzil kesil qutqazish bo’lib, inson tirik davrida amalga oshadi. Yo’ga falsafasida ham moksha haqidagi ta’limotni uchratamiz. Yo’galar uchun butun xayot tinchlik va osoyishtalikni qidirishdan iborat. Bu maqsadga individ o’zidagi “men”ning moxiyatini to’liq egallaganidan so’ng, ongi sof bo’lgach, har qanday azob-uqubatlardan qutulishdan so’ng erishishi mumkin. Yo’galarning pirovard oqibat maqsadlari “o’z-o’zini bilish farog’ati”, barcha narsalardan butunlay xalos bo’lishlik, sof ongga ega bo’lishlik asosida sodir bo’ladi. Bu bamisoli vedantachilarning mokshaga, jaynistlarning ruxiy ozodlikka va buddistlarning nirvanaga erishishi kabi amalga oshadi. Hayot g’am va quvonchga to’la. Haqiqatda ham hayotda quvonchli damlar juda ko’p, lekin unda barcha tirik mavjudotlar duchor qilingan azob-uqubatlar ko’proqdir.197 Kimgadir bu azob-uqubatlardan qochib-qutulish nasib qilgan bo’lsa ham u qarilik va o’limdan qochib qutula olmaydi. Odatda biz uch turdagi azob-uqubat qurboni bo’lamiz: adhyatimika, adhibhautika va adhidayvika. Birinchi turga ichki sabablar ya’ni tanaga bog’liq va ruhiy kasalliklar kiradi. Masalan bosh og’rig’i, shamollash, qo’rqinch, nafrat va ko’raolmaslik kabilar. Ikkinchi turiga tashqi omillar natijasida yuzaga keladigan azob-uqubatlar kiradi. Bular odamlar, jonivorlar natijasida yuzaga keladi. Masalan qotillik, ilon chaqishi va shunga o’xshash hodisalar. Uchinchi turga esa g’ayritabiiy sabablar - arvohlar, shaytonlar natijasida yuzaga keladigan azob-uqubatlar. Insonlar har qanday azobdan bir umrga holi bo’lib, faqat rohat-farog’atda yashashni xohlaydilar. Lekin buning iloji yo’q. Inson o’zining moddiy va nomukammal tanasi bilan bog’langan ekan inson azob-uqubatda yashashga majbur.198 Shuning uchun inson gedonistik ideallardan voz kechgan holda azob-uqubatlardan xalos bo’lishga harakat qilishi lozim. Upanishadlarda ozod bo’lish yoki xalos bo’lish deyilganda, azob-uqubatning to’liq va mutlaq to’xtashishi tushuniladi. Qanday qilib barcha azob-uqubatlardan mutlaq qutulish mumkin? San’at, ilm-fan, insoniyatning barcha erishgan yutuqlarining barchasi bizning azob-uqubatlarimizni vaqtincha bartarf etadi, bir umrga emas. Bunday masalaning yechimini hind faylasuflari voqelikni to’g’ri anglashda topganlar. “Umumiy qoida - barcha azob-uqubatlar manbayi bilimsizlikdir199”. Bilimsiz inson ko’p azob-uqubatlarga giriftor bo’ladi, chunki u tabiat va hayot qoidalarini bilmaydi. Sharqona demokratiya bu yaxlitlikni, umumiylikni rad etmaydi, aksincha, ushbu garmoniya qonunlariga muvofiq rang-baranglik bo’lishini yoqlaydi. G’arbda demokratiya, ayniqsa, liberal demokratiya, individ manfaatlarini umum manfaatlarga qarshi qo’yadi, shaxs erkinligi kishilar o’rtasidagi raqobatni, kim o’zdini ulug’laydi. Shunga muvofiq, sharqona demokratiyaning eng muhim jihatlaridan yana biri shundaki, u ota-onaga hurmat, andisha, milliy bosiqlik, yoshi ulug’larga hurmat, o’zaro maslahat, har qanday keskin masalada ham tomonlarning kelishuvlariga asoslanadigan faoliyat hisoblanib, ana shu xususiyatlari bilan ushbu ijtimoiy tushuncha g’arb demokratiyasiga asoslanadi. Ayniqsa, hozirda Hindistonda axborot texnologiyalari juda tez rivojlanib bormoqda. So’nggi ikki yildan beri har bir haftada ikkita yangi axborot texnologiyalariga oid firma ro’yxatdan o’tmoqda. Bizneschilarning tahminan 60 million dollarli mablag’iga ega “Draper India” fondi direktori Kiran Nadkarnining fikricha, biznesmenlarning yoshi ham yosharib bormoqda. Ularning o’rtacha yoshi hozir 40 dan 25 ga tushgan. Hindistonda o’rtacha umr yoshi 64 yilni tashkil qiladi. Hindistonda besh yoshgacha bo’lgan bolalarning 40%i yetarli darajada to’yib ovqatlanmaydi. Hindistondagi partiyalarga e’tiborni qaratsek, milliy partiya 6ta, davlat, ya’ni shtat partiyalari 51 ta, hali nom taratmagan partiyalar 1709 tani tashkil qiladi. Bularning ichida eng asosiysini Bharati Janata partiyasi egallaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, ularda ko’p partiyaviylik tizimi hamda partiyalar o’rtasida raqobat kuchli. O’zbekistondagi mavjud to’rtta partiya: Adolat SDP, XDP, LiDeP va Milliy tiklanish partiyasi mavjud. Biz hali mustaqil jihatdan yosh davlat bo’lganimiz uchunmi, yoki hali to’la rivojlanmaganlgimiz uchunmi, bizda partiyalar o’rtasidagi raqobatni kuzatmaymiz. Millatning ma’naviyatini yuksaltirish uchun ta’lim sohasi muhim hisoblanadi. Masalan, O’zbekistonda 12 yillik ta’lim jarayoni davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Hindistonda bu holat to’liq ta’minlanmagan. Masalan, davlat tasarrufida bo’lgan maktablardan biri Agrada joylashgan “Be primeri skul Lazer push” deb nomlangan maktabga e’tiborimizni qaratsek, maktabda umumiy 200 ta o’quvchi tahsil oladi. Maktab besh yillik. 1-sinfdan 5-sinfgacha 1 tadan sinflar bo’lib, 1 smenada o’qitiladi. O’quvchlar besh yoshdan boshlab o’qishga qabul qilinadi. O’qish mudati soat o’nda soat to’rtgacha, behsta sinf uchun ikkita o’qituvchi dars beradi. Ularning oylik maoshi 5000 rupiyani tashkil qiladi. Maktab binosi ko’rimsizgina binoda joylashgan. Bolalar yerda sholchalarda o’tirib ta’lim olmoqdalar. O’qituvchilar uchun alohida stol, stul yo’q. Maktabning kichkinagina hovlisi bo’lib, bolalar tanaffus vaqtida o’sha yerda o’ynab olishadi. Farroshlar va texnik hodimlar xizmatidan foydalanilmaydi. O’qitish faqatgina hindiy tilida bo’lib, ingliz tili, kompyuterdan boshqa asosiy fanlar o’qitiladi. Yordamga muhtoj o’quvchilarga stipendiya beriladi va darslik bilan ta’minlanadi. O’qish bepul. Ta’til 52 kun. “Avesto”, avvalo, ta’lim-tarbiya va ezgulik kitobidir. Unda axloq va axloqsizlik, poklik va razillik o‘zaro zid bo‘lib, u ezgulik va yovuzlik olamlari o‘rtasidagi kurashning tarkibiy qismidir. Bunda yaxshi andesha, yaxshi so‘z va yaxshi amal ilohiylashtirilib, bu uch asl nom bilan atalgan muqaddas ruhlarga uch marta namoz o‘qilgan, bularning teskarisi bo‘lgan yovuz ruhlar esa la’natlangan. Chunki inson komillikka intilar ekan, axloq aqidalariga e’tiqodi buzilib, zulmat ichida qolmasligi uchun o‘z qalbida haqiqat va rostlik chirog‘ini yoqishi, jaholat pardasini chil-parchin qilmog‘i kerak, deb ta’lim berilgan. Bu hol ma’rifatga asoslangan ezgulik olami – axloq dunyosi bilan jaholatga qoplangan yovuzlik olami – tubanlik dunyosi o‘rtasidagi kurash talqinlarida yorqin aks etadi. “Avesto” ta’limiy-axloqiy o‘gitlar majmuasi hamdir. Bu o‘gitlar Zardushtdan tashqari shohlar, vazirlar va kohinlar tilidan keltirilgan bo‘lib, ko‘p asrlik hayotiy saboqlar, kuzatishlar ifodasidir. So‘z odobi, ota-onaga hurmat, yoshlar tarbiyasi, oila va muhabbat kabi masalalarga oid pandu nasihatlarda rostgo‘ylik, kattalarga hurmat, sobitlilik, halol yashash, kasb-hunarga nisbatan fidoiylik, sadoqat va muruvvat ko‘rsatish kabi fazilatlar ta’sirchan bayon etilgan. Avesto”da qayd etilgan ta’lim tizimi yoshlarga diniy va dunyoviy bilimlarni singdirishda oila, maktab va o‘quv dargohlari hamda jamoatchilik o‘rniga alohida ahamiyat berilgan. Bunda ezgulikka ishonish, unga e’tiqod saqlash, yomon niyat va yovuzlikdan holi bo‘lish bosh dasturulamal bo‘lib, ilm, hunar va odob kabi fazilatlar shu yo‘ldagi zaruriy shart sanalgan; - Barkamol shaxs tarbiyasi “Avesto”ning barcha qismlarida bevosita yoki bilvosita aks etuvchi markaziy masalalardan biridir. Bunda ezgulik insoniy kamolotning bosh yo‘li, axloqiy tarbiyaning asosiy mezoni sifatida izohlanadi; - “Avesto”da ta’lim tizimining har bir bosqichi ilm va hunar, jismoniy va aqliy faoliyatning o‘zaro uzviyligi asosida qurilgan. Bu jarayonda ota-ona, ustoz-murabbiy va jamoatchilikning o‘rni alohida ta’kidlanib, har birining yosh avlod tarbiyasidagi burchi hamda mas’uliyati umum manfaatlariga daxldor deb sanalgan, yaxshi ustoz qanchalik ulug‘lansa, yomon tarbiyachi shunchalik la’natlangan; “Bizning qabul qilayotgan barcha qonun va qarorlarimiz, reja va dasturlarimiz — bu mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻladimi, davlat hokimiyati va boshqaruv tizimi, huquq-tartibot, sogʻliqni saqlash, taʼlim-tarbiya sohalari faoliyatini takomillashtirish boʻladimi, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirish boʻladimi — bularning barchasi ana shunday ezgu maqsadlarga qaratilganini, oʻylaymanki, sizlar yaxshi tushunasiz”200- deb ta’kidlaydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Harappa yodgorliklaridagi Asvata, ya’ni holi banyan daraxti yaprog’idan Om shaklidagi yozuv topilgan. Harappa yodgorligining bu tasviriy matnini Brahma timsoli sifatida topib o’qilganligini ko’rish mumkin. Hindistondagi har bir tadqiqotchi ilmiy ish qilishdan oldin Upanishadlarga bevosita murojat qiladi. Upanishadlardagi falsafiy qarashlar har bir odamni rejali hayot yo’lini tanlashini, so’nggi maqsadlarga qay tarzda yetishishini tushuntiradi. Hind yoshlari ham Upanishadlarning soddalashtirilgan nusxalarini ko’proq o’qib o’rganishsa, ular milliy tarbiyasi va qadriyatlarini ma’lum darajada saqlab qolishadi. यस्मिन्सर्वारिग भूतान्यात्मैवाभूद्वजानतः तत्र को मोहः कः शोक एकत्वमनुपश्यतः ।।201 Yasminsarvārig bhūtān'yātmaivābhūdvajānataḥ Tatr kō mōhaḥ kaḥ śōk ēkatvamanupaśyataḥ ।। Tarjimasi: Kimda kim o’zligini anglamas ekan, u haqiqatdan butun umrini qayg’u-hasrat va aldanishda o’tkazadi. Bir so’z bilan aytganda, Upanishadlardagi ezgulik g’oyalari insonni o’zligini anglashlashga yordam beradi. Yaxshilik timsoli Asha ta’rifiga bag‘ishlangan sahifalarda ta’lim-tarbiyaga, xususan, axloqiy-ma’naviy tarbiyaga doir diqqatga molik mulohazalar mavjud. Shuning uchun ham Zardushtning “tarbiya qilguvchilar uchun atalgan poyonsiz mehr-muhabbatingni ato ayla”, – degan iltijosiga ko‘ra Ahura Mazda odamlarga qarata, “Ey, ilm olmoq niyatida uzoq-yaqindan kelgan insonlar! Yomon tarbiyachi hech qachon hayotingizni tubanlashtirmasin, devparast durg‘vandlar avraguvchi til bilan sizlarni gumroh qilmasin” (Yasna 45 – Goh), deya ogohlantirishi bejiz emas. Ilmiy-amaliy anjumanlardan birida (1998-yil 27-noyabr kuni bo’lib o’tgan) respublikamiz rahbarlarining ma’naviyatni asrab avaylash borasidagi siyosati xususida so’z yuritildi. Shunda atoqli adabiyotshunos olim, donishmand inson Ibrohim G’afurov Gegelning “Kurash- insoniy taraqqiyotning lokomotivi” degan konsepsiyasi mavjudligini, endilikda unday konsepsiyalarning umri o’tganini, sinfiy kurashlarga barham berilgani holda juda ko’plab sinfchalar kurashi vujudga kelganini, Prezidentning ma’naviyat borasida ko’rsatayotgan say-harakatlari shular singari kurashlarni keskinlashtirish uchun emas, balki muvozanatga keltirish uchun hizmat qilishini takidlaydi. Shunga yaqin fikrni mashxur F.Fukuyamaning “Ishonch” asarida ham uchratish mumkin. Bir qarashda, F.Fukuyama S.Xatingtonning g’arb, islom, konfutsiy, yapon, hindu madaniy guruhlari o’rtasida dunyo miqyosida ziddiyat kelib chiqishi ehtimoli haqidagi farazlarni inkor etmaganday tuyuladi, ikkinchi tomondan esa u “Madaniy tafovutlar nifoq keltirib chiqarishdan ko’ra, ijodiy qayta tug’ilishga hizmat qilishga moyil”, degan fikrni ilgari suradi. Nazarimizda, ushbu fikr to’g’riroq va foydaliroqdir, zero, yer yuzi xalqlari orasidagi munosabatlardan ularning parchalanishiga olib keluvchi ziddiyatli holatlarni bo’rttirib ko’rsatishdan ko’ra, birlashuvga sabab bo’ladigan rishtalarni, omillarni kashf etish muhimroq ko’rinadi. Nomlari dunyoga tanilgan ayrim taniqli zotlarning qiyomat kunini bashorat qilishga, insoniyatni halokatga olib boradigan ijtimoiy-siyosiy, milliy, e’tiqodiy, ekologik talofotlarni ming bir maqomda isbotlashga urinishlari odamlarni ajablantiradi. Aql-idrok kuchi va iqtidorini antogonistik ziddiyatlarni “kashf” etishdan ko’ra munosabatlar o’rtasidagi murosa nuqtalarini toppish va rivojlantirishga yo’naltirish afzalroqdir. “Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin”202. Bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri, bu inson va uning ma’naviy olami hisoblanadi. Globallashuv jarayonining o’ziga xos xususiyati shuki, hech bir voqelik uni chetlab o’ta olmaydi. Shu jihatdan shaxs ma’naviy olamiga tahdid solib turgan omillar juda ko’p. Ma’naviyat sohasidagi globallashuv jarayoni bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki yo’nalish va an’anada namayon bo’lmoqda. Birinchidan, insoniyat sivilizatsiya tarixida erishilgan har qanday moddiy va ma’naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminallashib, universallashib bormoqda. Boshqacha aytganda, milliylik va umuminsoniylik tamoyillarining integratsiyalashuv jarayoni kechmoqda. Ikkinchidan, millatlar va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy rivojlanishidagi barqarorlik, ular manfaatlaridagi o’ziga xoslikni mutlaqlashtirish insoniyatga, shu jumladan, o’z millatining kelajagiga xavf tug’diradigan salbiy hodisalarning insonlar ma’naviyatiga ta’sir etuvchi mafkuralashgan holdagi globallashuvga olib kelmoqda. Bu xalqaro terrorizm, ekstremizm, fundamentalizm va narkobiznes hodisalarida namoyon bo’lmoqda. Biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo’layotgan g’oyalar tez fursatda butun dunyoga tarqalmoqda. Natijada odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning ma’naviy bosimini doimiy ravishda Hindiston va O’zbekiston kabi davlatlar sezib yashamoqda. Dunyoda turfa mamlakatlar ko’p, yurtlar bisyor. Ammo yoshi necha ming yillarni bo’ylagan, shoir tili bilan aytganda “tarixi ming asrlar ichra pinhon” qadriyatlarni o’zida gavhar misol aylab, saqlab kelayotgan yurtlar yer yuzida sanoqli. O’zbekistonimiz va Hindiston ham ana shunday qadimiy, nodir va umrboqiy qadriyatlar o’lkasi. Ularning tarixi, milliy va madaniy boyliklari Vatanimiz, insoniyat tamadduning ilk o’choqlaridan bo’lganligini doimo eslatib qalbimizga g’urur bag’ishlab kelgan. Lekin afsuski, “birlikdagi turfalik go’zalligi”ni “bir ota-ona farzandlari” hisoblanmish insonlar tomonidan jaholat va mutaassiblik bois irqiy, milliy va diniy “tafovut” ma’nosida talqin qilinishi, qadimdan ko’plab qonli to’qnashuv hamda urush-janjallarga sabab bo’lgan. Hatto ibtidoiy va nisbatan “qoloq davrlar”dan o’tib taraqqiyotga yuz tutgan hozirgi kishilik jamiyatida ham diniy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy yoki iqtisodiy ziddiyatlarni tahdid va qurol kuchi bilan “hal qilish” usullari hamon o’z ahamiyatini yo’qotganicha yo’q. Aksincha, bu an’ana firqaparastlik, aqidaparastlik, ochiq terrorizm ko’rinishida borgan sari shiddatli va keskin tus olmoqda. Endilikda bunday tendensiyalarga barham berishning murakkabligi yana shundaki, fan-texnika taraqqiyoti, demak, tezkor aloqa vositalarining katta imkoniyatlari tufayli tajovuzkorona xatti-harakatlar uchun bir mamlakat tugul, butun boshli qit’alar miqyosidagi chegaralanish ham o’z jug‘rofiy ma’nosini yo’qotdi desak, mubolag‘a bo’lmaydi. Ma’naviy tahdid – deganda tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy, g’oyaviy va information hurujlarni nazarda tutish lozim. Shu hurujlarning ba’zilari inson ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatmoqda. Bunda Islomni obro’sizlantirishga urinishlar misolida ko’rish mumkin. Bunda aynan Hindiston va Pokiston o’rtasidagi ziddiyatlarda islom dini va boshqa dinlar o’rtasida muammolar yuzaga kelmoqda. Masalan, Pokistonda joylashgan Lashkari Toiba qurolli guruhi 2008-yil noyabr oyida 10 ta qurolli kishisini Mumbayga hujum qilishi oqibatida 165 kishi hayotdan ko’z yumdi. Bundan tashqari, Kashmir o’rtasidagi muammo ham Hindiston va Pokiston o’rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Bunday holatlar Ozbekistonda hududiy qo’shni davlatlar o’rtasida yuzaga kelmoqda. Misol uchun, 2010-yil 13-may-iyun oylarida sodir bo’lgan Andijon-O’sh voqealari keltirish mumkin. Hindistonda hozirda hindlar 80,5%, musulmonlar 13,4%, xristianlar 2,3%, sikxlar 1,9%, buddistlar 0,8%, jaynistlar 0,4% hamda boshqa dinlar 0,8%ni tashkil qiladi. Hindistonda boshqa davlatlarga nisbatan eng ko’p dinlar jamlangan makon hisoblanadi. Millatlar hamda dinlar o’rtasida ham har ikki davlatlar ichki hayotida hamda qo’shni hududlarda nizolar kelib chiqmoqda. Masalan Hindistondagi Sikxlarni oladigan bo’lsek, ular tahminan17 mln kishini tashkil qiladi. Ularning asosiy qismi Panjob hududida yashaydi. Ular mustaqillik talab qilib chiqishmoqda. Bu vaziyatlar dinni niqob qilib olgan fundamentalistlar va ekstemistlar o’rtasida ham kelib chiqmoqda. Fundamentalistlar diniy aqidalarni mutloq haqiqat, deb bilishib, ulardan chekinishni gunox, deb xisoblagan bo’lsalar, ekstremistlar o’z maqsadlarini zo’rlik, zo’ravonlik yo’li bilan amalga oshirishga harakat qildilar. O’zbekistonni xalqaro terrorizmga qarshi kurashida dunyo davlatlari bilan tuzgan xalqaro shartnomalari ham alohida axamiyat kasb etadi. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko’plab xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, bu masalalarda o’zining tashabbuslarini ilgari surayotganini ham alohida ta’kidlash lozim va zarur. Buning dalili sifatida 1999-yil 16-fevralda Toshkentda sodir etilgan portlashlar, terrorchi jangarilarning 2000-yil avgustida Bo’stonliq, Sariosiyo tumanlari Qirg’izistonning Botkent tumaniga kirishga intilishlari, 2004-yil 28-29 aprel kunlari Toshkent shahri va Buxoro viloyatida amalga oshirilgan portlatishlarni keltirish mumkin. Bularning barchasi xalqaro terrorchilikka qarshi kurash O’zbekiston milliy xavfsizlik va mustaqilligi uchun ham o’ta dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun O’zbekiston mustaqilligining birinchi kunidan boshlab respublikamizning milliy manfaatlarini va milliy xavfsizligini himoya qilishda xalqaro terrorchilikka qarshi kurash mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ustuvor yo’nalish sifatida belgilab qo’yildi va izchil amalga oshirilmoqda. Birinchi Prezident I.A. Karimov xalqaro terrorizmning ko’lami jahon miqyosida kengayib borayotganligidan tashvish bildirib, eng yirik anjumanlar minbaridan turib, jahon hamjamiyati, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (EXXT) va boshqa xalqaro tashkilotlarni transmilliy jinoyatchilik ko’rinishlaridan bo’lmish xalqaro terrorchilikka qarshi qattiyat bilan kurash olib borishga davat etdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’z navbatida - “Dunyoda turli qarama-qarshiliklar keskinlashib, terrorizm, ekstremizm xavfi kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda tinchlik degan bebaho neʼmatning qadr-qimmati va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Biz "Oʻzbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak", degan daʼvatning mohiyatini chuqur anglagan holda, tinchlik uchun har birimiz masʼul ekanimizni unutmasdan, doimo hushyor va ogoh boʻlib yashashimiz kerak”203. Jahonda faoliyat ko’rsatayotgan turli siyosiy kuchlar maxsus xizmatlarining moliyaviy mablag’lari yordamida rivojlanayotgan, ayniqsa, katta iqtisodiy va energetik imkoniyatlarga ega bo’lgan mamlakatlarda, hususan Hindistonda Hinduizm dini ostida yuzlab sektalar faoliyat yuritmoqda. Jumladan, ulardan “Naga”, “Thagi”, “Taynaya”, “Shavavadinov”, “Kapaliki” kabi sektalar mavjud bo’lsa, O’zbekistonda “Birlashish cherkovi”, “Oq birodarlik”, “Iyegova Guvohlar”, “AUM-Sinrikiyo”, “Sayentologik cherkov”, “Ad-ventes” kabi diniy sektalar va missionerlik harakatlari quloch yoymoqda hamda ma’naviy boshboshdoqlikni vujudga keltirishga urinishmoqda. Bugungi kunda MDH hududida 45 tadan ortiq shunday sektalar faoliyat yuritmoqda. Etnik va diniy nizolar har ikki davlatda mavjud. Hindistonning janubiy qismidagi Tamillarni oladigan bo’lsak, ular ikki qismga bo’linishgan. Biri Shri Lanka tamillari bo’lsa, ikkinchisi hind tamillari. Tamillar hanuzgacha mustaqillikni talab qilib chiqishmoqda. 1970-yillardan boshlangan bu holat hozirgacha davom etmoqda. 1983-yil iyul oyida antitamillar tartibsiz holda tamillar hududiga bostirib kirishadi. Bunga javoban Tamillar 13 soldatni o’ldirishdi. Oqibatda antitamillar tomonidan 2000 tamil o’ldirildi, yuz minglab tamillar uylarini tashlab ketishdi. Tamillarni hozirda chet el emigrantlari hamda boshqa mamlakatlar tomonidan oliyaviy jihatdan taminlanib turishadi. Asosiy millatchi guruhi “Tamil Alamaning ozod sherlari” guruhidir. Bu guruh 3000dan 5000tagacha odamlarni o’z ichiga oladi. Hozirda yoshlar orasida axloqning buzilish xolatlari ko’p mamlakatlarda global darajaga yetmoqda. Bizning mamlakatimizda ham axloqi salbiy tomomga o’zgarayotgan yoshlar soni ortib bormoqda. Bularni oldini olish uchun bizda ko’plab dasturlar amalga oshirilmoqda. Yuksak ma’naviyatli yosh avlodni tarbiyalash masalasi yurtboshimizning ham doimiy e’tiborida bo’lib kelmoqda. Zeroki, ma’naviyatsiz xalqning kelajagi yo’qdir. Xulosa qilib aytganda Hindiston 1947-yilninng 15-avgustida Hindiston mustaqillikni qo’lga kiritdi. Bu tarixiy siyosiy voqea nafaqat Hindiston xalqlarini, shu bilan birga, butun progressiv insoniyatni ruhlantirdi. Hindiston xalqlarini mustaqillik uchun olib borgan kurashi tarixi ikki yuz yilni o’z ichiga oladi. Ingliz mustamlakachilari siyosatiga qarshi olib borilgan turli shakldagi kurashning asosini, tabiiyki, milliy g’oya tashkil etadi. Milliy mustaqillik uchun erkin va ozod yashash uchun, qolaversa, aholi savodsizligini tugatish va zamonaviy ta’lim tizimini yaratish uchun olib borilgan kurashning asosini, aynan milliy g’oya tashkil etadi. Atoqli sharq faylasufi Said Nasafiy millat ideali haqida o’zining quyidagi fikrlarini bayon etgan: “Faqat ikki hil millatgina idealiga ega bo’ladi. Birinchisi – taraqqiyot yo’liga kirgan millat, bunday millatlar tanazzul va iste’bdod chog’ida, ham o’zligini yo’qotmaydi. Bu hol muayyan shaxslarga ham taaluqlidir. Ikkinchisi – horijiy asorat va istebdod haqoratidan qutulgan xalqlardirki, ular azob-uqubatdagi taqdirdoshlik tufayli yagona idealga muhtojdirlar”. Hindistondagi turli xalqlar, qabilalar va etnik guruhlarni ingliz mustamlakachilarining olib borgan siyosatiga qarshi safarbar etgan buyuk – kuch milliy g’oya bo’lgan edi. O’zbekiston ham 70 yil davomida mustamlakachi davlat hukmi ostida bo’lganligi ikki davlat taqdirini o’xshahligidan dalolat beradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi, ya’ni har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish huquqiga ega bo’lganidek, bu Hindistonda ham huddi shu moddaga amal qilinadi. Xavf-xatar, turli tahdidlar va qarama-qarshiliklar to'lib toshgan insoniyat dunyosi bir daqiqa ularsiz hayot kechirmaganligi sababidan xam “Avesto”da ilgari surilgan ‘ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal” g'oyalari jamiyat va insonlarning barqaror tinchlik va farovonlik bilan yashashga chaqirgani xam bejiz emas. Bu asarning yozilganiga 3000 yilga yaqin vaqt bo'lgan bo'lsa xam, unda ilgari surilgan g'oyalarning ahamiyati oshib borayotganini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Chunki tarixiy taraqqiyotda insonlarning bexavotir yashashi va xayot kechirishiga bulgan taxdidlar oshganidan oshib borayotir. “Bozor ahlin bilgani ta’ma, Oliy inson – yuksak atama, Komillikda yakka-yagona, Qavmi bozor uchun begona. Oliy odamdan ochsangiz so’z, “Barchaga teng!” deb pirpiratar ko’z. Lablarida istehzo, handa, Degay: “Barcha Tangriga banda. Tor ko’nglingiz biroz qiling keng, Xudo qoshida barchamiz teng!” Ortiq ma’buda yo’q, ahli dil, Avom kabi bo’lmang hech botil. Yuragingiz to qilmagay marg, Bozorni tez aylagaysiz tark!”204 Nafaqat yaratganning oldida, balki jamiyat qonunlari oldida teng huquqlilik asosida hozirgi, ya’ni yer yuzidagi jami insonparvar kuchlarning mafkuraviy tahdidlarga kurashishda, dinlar o’rtasidagi ushbu xalqaro ahamiyatga molik muammoni faqat jismonan bartaraf etish emas, balki uning ma’naviy yechimiga ham yetarli e’tibor bermoqlik davr talabiga aylanib bormoqda. Shunday qilib, .“Avesto” ta’limiy-axloqiy o‘gitlar majmuasi hamdir. Unda so‘z odobi, ota-onaga hurmat, yoshlar tarbiyasi, oila va muhabbat kabi masalalarga oid pandu nasihatlarda rostgo‘ylik, kattalarga hurmat, sobitlilik, halol yashash, kasb-hunarga nisbatan fidoiylik, sadoqat va muruvvat ko‘rsatish kabi fazilatlar ta’sirchan bayon etilgan. Upanishadlar va “Avesto” inson xatti-harakatlari va fe’l-atvorini tartibga soluvchi turmush me’yorlarining qomusi sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Ular o’z davrida inson huquqlari, jinoyat va jazo, xatti-harakatlar uchun javobgarlik me’yorlarini, o’zaro munosabatlarning qonun-qoidalarini ishlab chiqdiki, xuddi ana shu bilan jamiyat ma’naviy qiyofasini shakllantirishga asos bo’lgan huquqiy-me’yoriy hujjat maqomini egalladi. Bugungi kunda o’tmish bilan hamohang tarzda barcha yoshdagi shaxslar uchun mafkuraviy immunitetni rivojlantirish hamda zamon bilan hamnafas dinning asl mohiyatini tushunishga olib keladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling