Upanishadlar va avesto


Upanishadlar va “Avesto”da axloqiy kategoriyalarning qadriyatiy ahamiyati


Download 0.65 Mb.
bet19/29
Sana17.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1208123
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
2 5262933941039408192

3.3. Upanishadlar va “Avesto”da axloqiy kategoriyalarning qadriyatiy ahamiyati
“Keyingi paytda umumxalq harakatiga aylanib borayotgan besh ijobiy tashabbusning mazmuni va ahamiyatini yoshlarimiz chuqur tushunib, uni amalga oshirishda faol ishtirok etayotganini biz albatta yuksak baholaymiz”188. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan nazarda tutilayotgan harakatlar strategiyasining to’rtinchi va beshinchi bandlari aynan jamiyatning ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan. Jamiyatning asosiy bo’ginini yoshlar tashkil etgani bois, ularning huquq va manfaatlari ta’minlash yurtimizda davlat siyosati darajasigacha ko’tarilib, doimo e’tiborimiz markazida bo’lib kelmoqda. Shuni ham unutmaslik kerakki, inson eng asosiy oliy qadriyat hisoblangan ayni zamonda tabaqa tizimi hind ma’naviy, ma’muriy-ijtimoiy hayoti mazmuniga aylangan qonun-qoidalarning mingyilliklar mobaynida o’z tamoyillarida qoim qolganligi, hind jamiyatida tabaqa tizimining barqarorligiga asoslangan.
Tabaqa tizimi, mantiqan, hind hayotining to’rt asosiy qon tomiri bo’lib, ularning har birida insonlarning jamiyatda tutgan o’rni va mavqeiga muvofiq turmush tarzi, toat-ibodati, xulq-atvori, yurish-turishi, yemoq-ichmog‘i kabi ruhoniy va jismoniy amallari mujassamlanadi. Tabaqa tizimi mavzuyi ilmiy muomalaga kiritilibdiki, Hindiston va xorijda chop etilgan maqolalarda bildirilgan xulosalar, hali biror umumiy to’xtamga kelmagan. To’g‘ri, masalani inkor etib bo’lmaydigan obyektiv va subyektiv tomonlari bor. Ularning biri, tabaqalanish singari insonning yaratilishidan huquqlarini poymol etuvchi tamoyilni diniy asosda rasmiylashtirilgani bo’lsa, ikkinchisi, tabaqa tizimini hind jamiyati hayotining poydevori sifatida qonunan amalda joriy qilinganligi, yoki bir xalq, bir millat vakillari bo’lsa-da, quyi tabaqalilarning o’qish-o’rganish, kasb tanlash tugul, hatto irqiy kamsitilishdan ham tahqirli tuyuluvchi oddiy insoniy muomala munosabatlarida teng huquqqa ega emasligi. Lekin tabaqa tizimi zamini mantig‘iga hindlarning ko’zi bilan qaragudek bo’lsak, tabaqalanishning jamiyatni boshqarishda eng samarali uslub tarzida baholanishi, kishini o’ylantirib qo’yadi. Balki tizim tamoyili dunyo dinlari tarixida kuzatilgan, ya’ni sun’iy ravishda e’tiqodga “payvand qilingan” rasm-rusumlar, mantiq qolib manfaat yo’lida “kashf etilgan” an’analar badaliga ma’nan qashshoqlashgandir? Yoki bunga hozircha fanga noma’lum bo’lgan sabablar mavjuddir? Ammo biz uchun bu muammoda muhimi, uning ijobiy yo salbiy voqeligi emas, balki qadriyat sifatida shakllanib kelayotganini o’rganish hamda ular haqida real va asosli ma’lumotlarga ega bo’lishdir. Upanishadlardagi dunyo azob-uqubatdan iboratligi haqida ta’limotini biz ko’pchilik hind falsafiy maktablarida uchratamiz, shunday bo’lsada sankhyaning bu muammoga began javobi qolgan maktab vakillarinikidan farq qiladi. Agar sankhya ta’limotini buddizm bilan solishtirsak, ularning azob-uqubatlarning manbai haqidagi qarashlari o’xshashdir. Buddizmning ikkinchi ilohiy haqiqati: “Azob-uqubatning manbai hayotning o’zidir, bilimsiz, joxil undan qutilib chiqa olmaydi.” Bu yerda ham bilimsizlikka urg’u berilyapti. Buddizmda esa buning yechimi sankhya maktabinikidan farq qiladi. Buddizmning uchinchi ilohiy haqiqati: “Azob-uqubatdan qutulishning birdan bir yo’li chegarasiz istak va xohishlardan voz kechishdir.” Upanishdalar falsafasida esa inson o’zi va atrof muhit haqida qanchalik ko’p bilimga ega bo’lsa u azob-uqubatdan shunchalik uzoqlashgan bo’ladi. Bu yerda biz ko’ramizki, bir xil savolga turli maktab vakillari turlicha javob berishga harakat qilganlar. Bu borada sankhya falsafiy tizimi o’z o’rniga ega. U bizga azob-uqubatlardan qutulishning amaliy yo’lini ko’rsatib bergan. Yunon faylasufi Suqrotning “o’zingni bilgin va anglagin” degan so’zlarining amaliy ahamiyati qadimgi hind faylasuflariga bir necha yuz, balki ming yillar oldin ma’lum bo’lgan va ular bundan amaliyotda foydalanishgan. Hind faylasuflari tomonidan ilgari surilgan yo’l bilim olish, o’zini anglashdir. Bu yo’l hozirda eng ko’p aholi soniga ega bo’lgan davlatlardan biri Hindiston xalqining azob-uqubatlarini nechog’lik kamaytirgani hammamizga ma’lum.
Qadimgi hind ma’rifati haqida shuni alohida ta’kidlash joizki, bu diyorda qisman hali oriylar tasarrufidan muqaddam va ayniqsa, undan keyin ilm-bilim olishga bo’lgan intilish ommaviy xarakterga ega bo’lgan. Yuqori va o’rta tabaqa vakillari brahman, kshatriy va vayshiyalar uchun boshlang‘ich bilim jamiyatdagi majburiy vazifalar sirasiga kirgan. Shu tariqa Hindistonda azaldan an’anaviy “upanayama - yosh bolalarni o’qishga berish marosimi” o’tkazilib, bundan qizlar ham istisno etilmagan. Hatto eng past va ko’pchilikni tashkil qilgan tabaqadagi shudralarga ham maxsus ta’lim berilgan. Va ushbu soha tadqiqotchi olimlari olib borgan izlanishlar xulosasiga ko’ra, “Hindistondagi savodli aholi soni foizi Afina va Sparta fuqarolariga nisbatan ancha yuqori bo’lgan”.
Ta’lim tizimida ishlagan va undan manfaatdor bo’lgan aholining deyarli barcha qatlamlari – o’qituvchi va o’quvchilar soliq to’lashdan ozod bo’lgan. “Fuqaroning o’ziga to’q oilalari savodxonlik sohasi rivojiga xayr-sadaqalar qilish yo’li bilan o’z hissalarini qo’shganlar. “Guru-kul - ustoz-shogird” tamoyiliga asoslangan bilim sohasida shogird o’z ustozi xonadonida nafaqat o’quvchi, balki u shuningdek, oila a’zosi huquqida yashagan”.
Avestoda ham ta’lim tizimiga alohida e’tibor berilgan.
“Yomon tarbiyachi o’z ta’limi bilan ilohiy so’zlarni teskari qiladi va tiriklik idrokini xarob aylaydi.
Haqiqatda u odamlarni rostlikning bebaho sarmoyasidan va ezgu niyatidan bahrasiz aylaydi.
Ey, Mazda! Ey, Ashah – Haqiqat! Men olamimdan bosh ko’targan ushbu kalomlar bilan sizlarga qurbonlik keltiraman”189. Yasna 32-hot.
Hind savodxonligi tarixida rasman maktablar faoliyati milodning I asr o’rtalaridan boshlangan. Ibodatxona hujralarida rohiblar bilan birga oddiy fuqarolar ham bilim olgan. Ba’zi bunday o’quv joylaridagi maktablar o’zining maxsus dasturi nufuzi tufayli hatto oliygoh maqomi darajasiga ko’tarilishga ham muyassar bo’lgan.
U yerda talabalar asosan besh yo’nalishda tahsil olganlar:
1. Shabda - grammatika.
2. Shilpasthana - san’at.
3. Abhidharma - falsafa.
4. Chikitsa - tibbiyot.
5. Hetu - mantiq.
Rasman o’quv dasturiga kiritilgan yuqoridagi fanlardan tashqari, talabalar sanskrit tili bo’yicha egallagan bilimlarini mustaqil ravishda nasr va nazmda sinab ko’rganlar190. Zardushtiylik ta’limotida shaxs tarbiyasi, uning ma’naviy-ma’rifiy etukligi g‘oyasi asosiy o‘rin tutadi. Bu g‘oya “Avesto”, “Denkard”, (“Din sarguzashti”, “Bundaxshin”, “Olamning yaratilishi”) kabi kitoblarda va boshqa sharhlarda muayyan voqealar bayoni, savol-javoblar yoxud pand-nasihatlar shaklida o‘z ifodasini topgan. Kishilar, xususan, yoshlar ongiga axloqiy aqidalarni singdirishda ezgulik tamoyili bosh mezon vazifasini o‘tagan. Shaxs kamolotini ta’minlashga yo‘naltirilgan qarashlar ifodasi bo‘lgan mazdaparastlik ta’limotida ezgulik motivlarini kuylovchi tarbiyaviy o‘gitlar, asosan, ikki yo‘nalishda aks etadi. Birinchisi – Ahura Mazda va Zardusht faoliyati bilan bog‘liq voqealardan chiqadigan xulosalar – saboqlar bo‘lib, u bilvosita rivoyatlar, ilohiy sarguzashtlar talqinida ifodalanadi. Ikkinchisi esa bevosita pand-nasihat xarakteridagi kohinlar, mo‘badlar, Zardusht o‘gitlari bo‘lib, umumga qaratilgan murojaati shaklidadir.
Birinchi yo‘nalish ko‘proq “Avesto”ning boshqa nasklarida, shuningdek, “Dinkard” va uning alohida nusxalarida hamda “Bundaxshin”da kengroq aks ettirilgan.
“Avesto”ning barcha qismlaridagi axloqiy tarbiyaga xos bosh xususiyat – ezgulik g‘oyasi orqali jamiyatni ma’naviy sog‘lomlashtirish, insonni manfur va yomonlik illatlaridan xalos etishga intilishning ustivorligidadir. Shu sababli zardushtiylarning turmush tarzi, ta’lim tizimi odamlar orasidagi o‘zaro munosabatlarining asosiy mezoni axloq me’yorlari ekanligi ham tasodifiy emas.
Zardushtiylar hayotida ezgulikning tarkibiy qismlaridan biri – axloqiy tarbiya yagona tizim bo‘lib, unda ta’lim jarayoni muhim xalqadir. Bu jarayon asosini mazdaparastlik dini aqidalari, Ahura Mazda murojaatlari va Zardusht o‘gitlarini o‘rganish tashkil etadi. Ayniqsa, “Yasht” va “Goh”larda bu masalalarga keng o‘rin berilgan. Kishilar ruhiyatiga ezgu fikr, rost so‘z va halol amalni singdirish ularni axloqiy poklash yo‘li deb tan olingan. Bu fazilatlar bevosita Ahura Mazda tilidan yoxud Zardusht tomonidan bayon etiladi. Bunda axloq-odobga ilm sifatida qaralib, tarbiyachi – murabbiylar, ezgulik targ‘ibotchilari o‘rniga alohida e’tibor berilgan. Ular “yaxshi” va “yomon” toifalarga bo‘linib, yaxshi muallimlar Yazdonga yaqin kishilar sanalib, “aqlu farosat bilan yovuzlikka qarshi kurashganlari uchun Ahura Mazda yo‘lini tutganlar” deb hisoblangan.
Yuksak axloq sohibi shunday zotki, u Asha – Haqiqat bilan andisha qilib, faqat ezgulik yo‘lini tanlaydi, komillik, abadiylik va saodatga intiladi. Bu jihatdan tarbiyachining o‘rni o‘zgacha, “Yasna”ning 32 – “Goh”ida aytilganidek, “yomon tarbiyachi o‘z ta’limi bilan ilohiy so‘zlarni teskari qiladi va tiriklik idrokini xarob aylaydi, odamlarni rostlikning bebaho sarmoyasidan va ezgu niyatdan bahrasiz aylaydi”.
Bu o‘rinda alohida diqqat qaratilgan ikki jihatni ta’kidlash zarur. Birinchisi ta’limning mohiyatini belgilovchi “ilohiy so‘zlar” bo‘lsa, ikkinchisi “rostlikning bebaho sarmoyasi” va ezgu niyatidir.
Jon insonning tirikligi va hayotidir. Tananing og’riyotgan a’zosida jonni his qilish mumkin. Jon haqidagi ilk falsafiy tassavvurlar odatda olov, havo, atomlar harakati bilan bog’langan bo’lib, insonning tabiati, individualligi hisobga olinmagan. Suqrotdan oldingi falsafa to’laligicha shunday xususiyatga ega. Masalan, olovni oqil va olijanob, suvni tuban asos deb hisoblagan Geraklit jon(psihiya) olov va suvdan iborat bo’ladi degan g’oyani ilgari suradi. Olov ko’proq bo’lgan quruq joni-eng oqil va maqbul hisoblaydi. Jon namlangach o’z kuchini yo’qotadi, ho’llangan esa halok bo’ladi. Shu sababli jon olovi kuchliroq yonishi uchun faol ma’naviy va aqliy hayot kechirishga harakat qilishi lozim. O’z navbatida ayrim kishilarning jonlari butun dunyoning birinchi sababi hisoblangan va uni boshqaradigan dunyoviy aql olovi – “logos” bilan bog’liq. Jonning abadiyligi Platon qarashlarida Jon “shakl”, shakl – “eydos”, jon – “metafizikaning obyekti” ekanligi g’oyalari orqali ifodalangan. Inson mavjudligining tuganmasligiga, jonning(ruhiy mohiyatining) o’lmasligiga ishonch miflar, jahon dinlari, ezotorik ta’limotlar, shuningdek, Pifagor, Platon falsafasi misolida qadimgi yunon metafizikasining ham mag’zini tashkil etgan. Ikkinchi bosqichda inson shuhratparastlik, amalparastlik, o’zga kishilar bilan chiqisha olmaslik, ikkiyuzlamachilik, tuxmatchilik, yashirin munofiqlik kabi illatlardan ham qutulish kerak. Uchinchi bosqichga ko’tarilish uchun inson sahovat, qanoat, sabr-toqat, mehr-muruvvat, muloyimlik, itoat, ayniqsa, ilmga berilgan insonga aylanadi. Bu bosqichlarga jonning poklanishi evaziga erishiladi. Arizona universitetining anesteziologiya va psixologiya fakulteti professori Styuart Xameroff va britaniyalik fizik Rojer Penrouzlar insonlarni qiziqtirayotgan o’limdan keyingi hayot haqidagi savollarga javob berdi. Ular inson o’lganidan keyin ham ruh kabi jon abadiy yashashini isbotlashdi. Amerikadagi Science telekanalida “Samo yo’li bo’ylab” ko’rsatuviga bergan intervyusida S.Xameroff aytishicha, inson miyasi bu kvant ko’rinishidagi kompyuter, ong, aql – uning dasturlari to’plamida, qalb – bu informatsiya bo’lib, kvant zarralari shaklida yig’ilgan. Inson joni neyronlarga qaraganda ancha ulkan va kuchli materialdan yaratilgan. Xameroff va Penrouzlar ko’ngillilar orqali tajribada sinadiki, aksariyat kishilar o’limi oldidan klinik o’limni boshidan kechiradilar, masalan, faqat yorqin ranglarni ko’radi yoki his qiladilar hamda o’z samo yo’lida uchadilar. Uning kvant informatsiyasi kosmosga borib turadi, qachon shifokorlar uning hayotini qaytarishsa, joni tanasiga qaytadi va hammasini eslaydi. Insonning o’limidan keyingi hayoti haqida Sharq so’fiylik ta’limotida ruhning samoga uchishi va qayta tug’ilishi uchun yana tanaga qaytishi aytiladi191. Lekin fanda Xameroff jonning abadiyligini kvantlar orqali isbotladi. Bundan kelib chiqadiki, inson tanasi o’lsada, jon o’lmaydi. Kvantlar, ya’ni zarralardan tashkil topgan jon koinotga tarqalib, parchalanib ketadi.
Butun hind falsafasiga taalluqli g’oyalarning eng mashhurlaridan biri bu jonning ko’chib yurishi haqidagi ta’limotdir. Bu narsa Sanskrit tilida sansara deb atalsa, yunon tilida esa, metensomatoz deb yuritiladi.192 Hindlar talqini bo’yicha inson vafotidan so’ng, uning joni ko’chib o’tadi. U hayvonlar, hatto o’simliklar tanasiga ko’chib o’tishi mumkin. Hindistondagi hech bir falsafiy maktab bu g’oyani inkor qilmaydi. Upanishadlar davridayoq biz hayvonlar va o’simliklar tanasida qayta tirilgan inson joni haqidagi matnlarni uchratishimiz mumkin.193 Yunonistonda Jonning ko’chib yurishi haqidagi g’oyalarni Empedokl va Pifagor maktablarida uchratishimiz mumkin. Ba’zilarning fikricha, Empedokl bu g’oyani misrliklardan o’zlashtirgan deb, hisoblashadi.
Jonning abadiyligi yoki uning boqiyligi g’oyasi ham barcha hind faylasuflarining umumiy qarashlaridir. Hindlar uchun o’lim faqatgina tana bilan chelkanib qoladi. Brihaspati namoyondalari kelajakdagi hayotni inkor qilgan bo’lsalar ham qolgan maktab vakillari kelajakdagi hayotga ishonganlar. Hindlarning inson o’lgandan keyin, ruhi yerda qolib, boshqa bir shaklga o’tishiga barcha hindlar ishonadi va buni inkor qilmaydi.
Bu holat shu paytgacha isbotlanmagan bo’lsada, insonni hayotini boshqarishga, uni yomon ishlardan qaytarishga va ezgulikka chorlashga yordam beradi.
Hind falsafasida moksha yoki ozod bo’lish nazariyasi Upanishadlar negizida shakllangan. Moksha ham Om ezgulik kategoriyasi asosida shakllangan. मोक्ष, ya’ni Moksha so’zi sanskritcha so’z bo’lib, o’zini-o’zi ozod qilish ma’nosida keladi.194 Bu tushuncha Upanishadlarda Sansaradan keyingi jarayon hisoblanadi. Milodiy II asrda yozilgan Upanishadlarda keltirilishicha:
प्राण इति होवाच सर्वाणि ह वा इमानि भूतानि
प्राणमेवाभिसंविशन्ति प्राणमभ्युज्जिहते सैषा देवता
प्रस्तावमन्वायत्ता तां चेदविद्वान्प्रास्तोष्यो
मूर्धा ते व्यपतिष्यत्तथोक्तस्य मयेति ॥ १.११.५॥195
Prāṇa iti hōvāca sarvāṇi ha vā imāni bhūtāni
Prāṇamēvābhisanviśanti prāṇamabhyujjihatē saiṣā dēvatā
Prastāvamanvāyattā tāṁ cēdavidvānprāstōṣyō
Mūrdhā tē vyapatiṣyattathōktasya mayēti॥ 1.11.5॥
Tarjimasi: Inson qayta tug‘ilish zanjiridan uziladi va Moksha yo’li tomon boradi. Bu yo’l to’g‘ri hisoblanadi.
Chunki har bir inson o’z hayotida ma’lum bir darajada gunohli ishlarga qo’l uradi. Agar u doimiy qayta tug‘ilish jarayonidan halos bo’lmasa, u inson keyingi hayotida umuman yo’q bo’lib ketishi, yoki inqirozga yuz tutushi mumkin. O’z o’zidan ko’rinib turibdiki, bu holat insonlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Oxirgi yozilgan Upanishadlarda sansaradan xalos bo’lib, moksha yo’lini izlashga o’tiladi. Bu bir tomondan to’g‘ri hisoblanadi. Chunki har bir inson o’z hayotida ma’lum bir darajada gunohli ishlarga qo’l uradi. Sansarada esa bu holat uning keyingi hayotlarida borgan sari regressiv holat sari yuz tutadi. O’z o’zidan ko’rinib turibdiki, bu holat invsonlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Karma o’zi xatti harakat hamda amalni bildiradi. Biz har bir kishi o’zi xizmat qiladigan narsasini oladigan olamda yashaymiz. Dunyodagi barcha nomukammalliklar azob-uqubatlar insonning o’z xatti-harakatlari oqibatidir.
“Avesto”da inson o’z-xatti harakatlarida insonning ma’naviy kamolotida axloq maqomining bunday yuksak qadrlashi, shaxsiy-axloqiy o‘rnakka e’tiborning kuchayishi, inson irodasining yovuzlik va axloqsizlikka qarshi chiniqtirishga da’vat etilishi zardushtiylik ta’limotidagi donishmandlikning eng muhim jihatlaridan biridir. Binobarin, inson go‘zalligi tushunchasining bir qismi bo‘lgan axloq shaxsning jismoniy, ma’naviy barkamolligini tarbiyalashdagi asosiy me’yori hamdir. Bunda turli masalalar, xususan, odob-axloq xususida uzoq asrlar davomida turmush tajribalarining xulosasi sifatida shakllangan hikmatlar – aforizmlarning ham alohida o‘rni bor. Ular “Avesto”ning barcha qismlarida, shuningdek “Zardusht pandlari” deb atalgan to‘plamda voqealar bayoni davomida yoxud ustozlar nasihatlari tarkibida uchraydi. Ularni mavzu jihatdan shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin:

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling