Tadqiqotning maqsadi. Xorazm viloyati sharoitida qovoqcha nav namunalarini o‘rganish va ulardan ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat.
Tadqiqotning vazifasi:
qovoqcha nav namunalarini ekish va urug`larning unuvchanlik ko`rsatkichlarini o`rganish;
Xorazm viloyati sharoitida qovoqcha nav namunalarining o`sishi va rivojlanishi ko`rsatkichlarini o`rganish;
qovoqcha nav namunalarining hosildorlik ko`rsatkichlarini kompleks baholash;
qovoqcha nav namunalarining biokimyoviy va fiziologik ko`rsatkichlari aniqlash;
Tadqiqot obyekti sifatida Xorazm viloyati o`tloqi allyuvial tuproqlarida “Aral”, “Sadum” “Evrika” “Grecheskiye 110”, “Unumdor” va “Gʻayrat” nav namunalari tanlab olindi.
Tadqiqot predmeti Xorazm viloyati o`tloqi allyuvial tuproqlarida qovoqcha nav namunalarining o`sish va rivojlanish ko`rsatkichlari va hosildarligini o`rganishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat.
Xorazm viloyati o`tloqi allyuvial tuproqlarida qovoqcha nav namunalariningo`sish va rivojlanish ko`rsatkichlarini tadqiq qilingan;
“Aral”, “Sadum” “Evrika” “Grecheskiye 110”, “Unumdor” va “Gʻayrat” qovoqcha nav namunalarihosildorlik ko`rsatkichlarini tadqiq qilingan;
qovoqcha nav namunalarining fiziologik va biokimyoviy ko`rsatkichlari aniqlangan.
Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati. Qоvоqcha qimmatli ekin hisоblanadi. Ilmiy ishning amaliy ahamiyati shundan ibоratki, Xorazm viloyati o`tloqi allyuvial tuproqlarida qovoqcha nav namunalarini yetishtirishda uning o’suv muddati, sharoiti aniqlandi va xosildorlik ko`rsatkichlari o`rganildi.Qovoqcha (kabachok) nafaqat oz mazasi, balki salomatlik uchun koni foyda ekanligi bilan alohida e’tirofga sazovor. U organizm uchun muhim sanalgan mikroelementlarga boy bo’lib, tarkibida ko’p miqdorda kaliy, temir va magniy saqlaydi. Yaxshi ma’lumki, ushbu modda yurak, miya, mushaklar va jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Qovoqcha tarkibidagi pektin organizmdagi suv-tuz almashinuvini yaxshilaydi, radionuklinni tashqariga chiqarib yuboradi, qonni tozalab undagi holesterin darajasini me’yorga keltiradi. Bundan tashqari, pektin moddalar almashinuvini rag’batlantirish husususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |