Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi


Download 1.13 Mb.
bet2/11
Sana15.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1487520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gulmirzayeva Aziza ilmiy ishi

Mavzuning dolzarbligi. Aholining oziqlanishida sabzavot va poliz mahsulotlari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda va shu sababli respublikada ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. «FAOSTAT» dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra (2020), qovoq va qovoqchani jahon bo‘yicha ishlab chiqarilishi 35.4 mln. tonnani tashkil etgan. Qovoq va qovoqchani ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoriga Xitoy (7.48 mln.t), Hindiston (5.11 mln. t.), Ukraina (1.27 mln. t.), Rossiya (1.14 mln. t.) va AQSH (1.05 mln. t.)ni kiritish mumkin. Mamlakatlar miqyosida bu ekinlarning o‘rtacha hosildorligi 20,7 t ga-1, Bahraynda 74,0 t ga-1, Indoneziyada 68,0 t ga-1, Ispaniya, Xitoy va Polshada 41,6 t ga-1 dan 49.8 t ga-1 ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida qovoq va qovoqcha ekinlari egallagan umumiy maydoni 9571 ming gektarni, yalpi hosil 180.0 ming tonnani va o‘rtacha hosildorlik 18.8 t ga-1 ni tashkil qiladi. Oziq moddalar va vitaminlarga boy qovoqcha mahsulotlariga ichki va tashqi bozor talabining ortib borishi sababli yuqori mahsuldor navlarni joriy etish va urug‘chiligini tashkil qilish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida H.S. Paris qovoqchaning morfologik va xo‘jalik qimmatli belgilarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan; Robert Westerfield (AQSH), Rosie Lerner B. (AQSH), Michael N. Dana. (AQSH), R.N. Rashmi (Xindiston), K. Sato-Nara (Yaponiya), K. Yuhashi (Yaponiya), K. Higashi (Yaponiya) olimlari qovoqchaning yuqori hosildor nav va duragaylarini tanlash bo‘yicha, Yaponiyada K. Hosoya – turli ekish muddatlarida mahsulot yetishtirish bo‘yicha, M. Kubota va H. Ezura – urug‘lik qovoqcha mevalarini yetishtirishga oid ilmiy tadqiqotlar bajarishgan. Rossiyada I.V. Yermolenko qovoqchani turli ekish muddatlarini o‘rgangan, M.V. Doljenko, S.D. Sokolov – bahorgi ekin ekish muddati uchun navlarni tanlash, S.V. Kuzmin – urug‘lik qovoqcha mevalarini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha, hamda N.V. Smurova (Moldova) qovoqchaning morfologik va xo‘jalik qimmatli belgilarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazgan. O‘zbekistonda M.N. Kulakova va Sh. Jabborovlar tomonidan qovoqcha navlarini tanlash, ularning morfologik va biologik belgilari va xususiyatlarini o‘rganish, ekish muddatlari va sxemalari bo‘yicha, nav texnologiyasini takomillashtirishga oid tadqiqotlar bajarilgan.
O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoiti uchun ilk bor 1950 yilda M.N. Kulakova tomonidan qovoqchaning Grecheskiye 110 navi yaratilgan va rayonlashtirilgan. O‘simlikshunoslik ilmiy tekshirish instituti tomonidan 2015-2016 yillarda qovoqchaning “Unumdor” va “Gʻayrat” nomli uzun palakli navlari rayonlashtirilgan. 1989 yilda Sh.Jabborov Zarafshon vohasida qovoqchani yetishtirishda 20 aprelni maqbul muddat deb tavsiya etgan. Respublikamizda iqlim sharoitining o‘zgarishi va aholi sonining ko‘payishi hisobiga iste’molning ortishi munosabati bilan bugungi kunda qovoqchaning seleksiyasi va urug‘chiligi hamda urug‘dan va ko‘chatdan ekishning maqbul muddatlarini belgilash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish zarur.
Bugungi kungacha Xorazmda qovoqchani mahsulot uchun hamda ekinbop urug‘larini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmagan. Shundan kelib chiqqan holda Xorazmda viloyati sharoitida yetishtirishga mos navlarni tanlash; agrotexnika ishlarini yengillashtirish uchun ixcham palakli navlarni ajratish va ishlab chiqarishga joriy etish; qovoqchaning urug‘lik mevalarini yetishtirish usullari; ekish muddatlarini belgilash bo‘yicha tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Bu esa, shubhasiz, urug‘chilikni rivojlantirish, parhezbop qovoqchaning mahsulotlariga ichki va tashqi bozor talablarini qondirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, bahorgi va takroriy ekin ekish muddatlarida mahsulot va urug‘lik mevalarni yetishtirishga xizmat qiladi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling