Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi
III BOB. TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI
Download 1.13 Mb.
|
Gulmirzayeva Aziza ilmiy ishi
III BOB. TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI3.1. Qovoqcha nav namunalaring unuvchanligiQovoqcha hamda kulcha qovoqchalar issiqsevar ekinlar. Havo harorati kulcha qovoqchanikida 13-14°C hamda qovoqchaniki 8-10°C ga yetganda unib chiqa boshlaydi, biroq bunday sharoitda ko‘chatning unishi juda sekin kechadi. Mazkur ekinlarning urug‘i unib chiqishi uchun eng qulay harorat 25-30°C. Bunday haroratda nixol 4-6 kundan keyin unib chiqadi. O‘simlikning normal o‘sishi uchun zarur harorat 25-27°C bo‘lishi kerak. Harorat 15°C dan past bo‘lganda, o‘simlikning rivojlanishi sekinlashadi. 8-10°C da kasallanadi, 3-4°C da esa 3-4 kundan keyin halok bo‘ladi. Qovoqcha haroratning +6-10°C ga pasayishiga uzoq vaqt chidaydi. Bu ekinlar hatto salgina sovuqni ham ko‘tara olmaydi. Qovoqcha tuproq hamda havo namligiga juda talabchan. Tuproqning eng qulay namligi rivojlanish namligiga qarab 70-80%, hamda havoning nisbiy namligi 70- 85% bo‘lishi lozim. Tuproq namligining 100% ko‘tarilishi ham, 60% pasayishi ham hosildorlikning kamayishiga olib keladi. Qovoqcha nisbatan quruqqa chidamli ekin, biroq sug‘orishni yaxshi qabul qiladi. Kulcha qovoq qovoqchaga nisbatan suvga talabchanroq. Bodring, qovoqcha hamda kulcha qovoqchalar yorug‘sevar o‘simliklar. Ular qisqa yoki uzun kunga neytral. Bodring hamda kulcha qovoqni 5 sm chuqurlikdagi tuproq 13-15°C isiganda eka boshlasa bo‘ladi. Bu muddat janubiy rayonlarda aprelning boshiga, shimoliy rayonlarda esa aprelning oxiriga to‘g‘ri keladi. qovoqcha ekishni bir xafta oldin tuproq 10-11 isigan paytda boshlash mumkin. Aholini yangi uzilgan bodring bilan uzluksiz ta’minlab turish maqsadida u apreldan to iyulning boshlarigacha bir necha muddatda ekiladi. Tuzlash uchun yetishtiriladigan bodring urug‘i yerga 15 iyundan 10 iyulgacha ekiladi. Hosili ko‘p marta yig‘ib olishga mo‘ljallangan, hosil berishi cho‘ziladigan bodring navlari keng qatopra lentali ikki yo‘lli qilib, sug‘orish jo‘yagi keng qatop 40 sm tartib bo‘yicha har bir uyaga ikki nixolnioralig‘idan olinib, 110+70 joylashtirib ekiladi. Urug‘ 40 4 70 70 sm tartibda ikki qatorlab ekilganda ham yaxshi natija beradi. Mazkur tartiblar bo‘yicha ekilganda gektariga 27 ming uya yoki 54 ming o‘simlik joylanadi. Shu tartibda har bir uyaga 5-6 tadan urug‘ ekilsa, urug‘ sarfi gektariga 5 kg ni tashkil qiladi. Kulcha qovoq va qovoqcha xuddi shu tarzda, keng qatorlab ekiladi. Biroq o‘simlik oralig‘i ancha ochiq (60-70 sm) olinadi hamda har bir uyada bir o‘simlik qoldiriladi. Kulcha qovoq urug‘ining ekish miqdori gektariga 3-4 kg, qovoqchaniki gektariga 4-5 kg. Qovoqchalar 7-10 kunligida uziladi. Kulcha qovoq esa marinadlash uchun 2-3 kunligida tuzlash hamda qovurish uchun esa 5-7 kunligida uziladi. Hosilni yig‘ib olish paytida palakni ag‘darish yoki bosish mumkin emas, zero bu uning o‘sishiga salbiy ta’sir etadi, hosildorlikni kamaytiradi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling