Usmanova Lola Ahmadovna mirzo g‘olib maktublarida fe’lga oid kategoriyalarning ifodalanishi
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
mirzo golib maktublarida felga oid kategoriyalarning ifodalanishi
1 - bob bo‘yicha xulosalar
Insho san’atining go‘zal namunasi sifatida qadrlangan maktublar mualliflarning o‘zlari tomonidan yoki ularning muxlislari tomonidan jamlanib, bir to‘plam holiga keltirilgan. Ana shunday maktublar Sharqda asosan arab va fors tillarida yozilgan. Mirzo Asadulloxon G‘olibning nasriy asarlari sirasiga kiradigan maktublari tufayli shoir insho janrida katta o‘zgarish yaratdi. G‘olib xatlarining hozirgacha juda ko‘p qayta nashrlari chop etilganligi diqqatga sazovordir. Urdu nasrchiligida va epistolyar janrda maktub yozishning yangi uslubini kashf etgan adib sifatida uning xatlarini saqlab qolish ustida olimlar o‘z hissasini qo‘shishgan. Mirzo G‘olib maktublari nafaqat hind xalqalari, balki qator mamlakatlardan olimlar e’tiborini qaratdi. Lekin shuni qayd etish lozimki, uning maktublari fe’l shakllari asosida ilk marta tahlil etilyapti. 45 Шоматов О.Н. Жанубий Осиё тилларига кириш (3-қисм). – Т.: ТошДШИ нашриёти, 2004. – 36 б. 46 O‘sha asar. – 36 b. 33 Olim Xaliq Anjum matnning tanqidiy nashrini tayyorlaganida muallifning qalbidan o‘tgan o‘ylarni va o‘zi bayon qilgan kechinmalarga putur yetkazmagan holda yoritib berishga harakat qilgan. Chunki muallif o‘z qo‘li bilan yozgan nusxasida ham xatolar uchrashi mumkin. “Ude hindi” va “Urduye mualla” to‘plamlari so‘nggi yuz yillik ichida eng ko‘p fotoprintdan nashr etilgan kitoblar hisoblanadi. Bunga sabab, bu kitoblar hamisha maktab va kollejlarning o‘quv dasturidan joy olib kelgan. Mirzo G‘olibning munshaot janriga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Uning maktublari nafaqat adabiyot olamida katta o‘zgarish va yo‘nalishlarni yoritdi, balki shu bilan birga o‘z zamonasining ijtimoiy-siyosiy ahvolini va ziddiyatlarini qog‘ozga tushirib, ham tarixiy, ham ijtimoiy olamga sezilarli darajada ko‘p yangi ma’lumotlar berishga o‘z xissasini qo‘shdi. G‘olibning maktublari sodda va ravon uslubda yozilgan bo‘lib, mazmuni tushunarli va muallif maqsadi aniq bo‘lgani holda ayrim maktublar g‘oyatda badiiy serjilo va jimjimador uslubda ham yozilgan. Fe’lga xos kategoriyalar rus hindshunoslarining ilmiy asarlarida juda to‘liq yoritilganligini alohida ta’kidlash lozim. Mayl kategoriyasi asosan fe’lning predikativ shakllariga mansub bo‘lib, ish-harakatning amalga oshirilishida reallik va noreallikka nisbatan o‘zining umumlashtirilgan tavsifining ifodalanishida aks etadi. Genetik nuqtai nazardan, istak maylining oddiy shakli aniqlik maylining hozirgi zamon shakliga borib taqaladi. Dimshitsning urdu tilida buyruq maylining oddiy va hurmat ma’nosidagi turlari mavjudligi haqidagi nazariyasiga keyingi boblarda to‘liq ma’lumot berilgan. Ularni maktub matnidagi jumlalar misolida ko‘rib chiqish ishimizning ilmiy ahamiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biz o‘rgangan olimlarning fikrlaridan mayl kategoriyasi voqelikka nisbatan bayon qilinayotgan axborotning munosabatini namoyon qilishi kelib chiqadi. Zamon 34 kategoriyasining grammatik ifodasi esa harakatga munosabat yoki harakatning holatida aks ettirilishi ko’zda tutiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling