V – Ma’ruza. Kimyoviy kinеtika va kimyoviy muvozanat
Download 227.39 Kb. Pdf ko'rish
|
Kimyoviy kinеtika va kimyoviy muvozanat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaksiyalarning aktivlanish energiyasi.
Temperaturaning ta`siri
Kimyoviy reaksiyalarning borishi va ularning tezligi ko`pchilik hollarda sistemaning temperaturasiga bog`liq bo`ladi. Bu bog`liqlikni Vant-Goff qoidasi bilan tushuntirilib, u quyidagicha ta`riflanadi: sistema temperaturasi har 10 0 S ga o`zgarganda kimyoviy reaksiya tezligi 2 - 4 marta o`zgaradi. Bu qoidaning matematik ifodasi: Bu erda: va - temperaturaning oxirgi va boshlangich qiymatiga to`g`ri keladigan reaksiya tezliklari; t – temperatura farqi, - reaksiya tezligining temperatura koeffitsienti, uning qiymati 2 dan 4 gacha bo`ladi. Formuladagi ifoda temperatura dt birlikka o`zgarganda reaksiya tezligi necha marta o`zgarishini bildiradi. Yuqoridagi fikrlardan quyidagi tabiiy savol kelib chiqadi. Nima uchun ko`pchilik hollarda temperaturaning ortishi bilan kimyoviy reaksiya tezligi ortadi. Bu savolga javob berish uchun har qanday kimyoviy o`zgarishning asosiy sharti bo`lgan - reaksiyaga kirishuvchi modda molekulalari (atom, ionlari) ning o`zaro to`qnashuvi shart degan tushunchaga e`tibor berish kerak. Boshqacha aytganda reaksiyaning aktivlanish energiyasi tushunchasini bilish kerak. Reaksiyalarning aktivlanish energiyasi. Kimyoviy reaksiyalar ro`y berishining asosiy sharti - reaksiyada ishtirok etuvchi zarrachalarning o`zaro to`qnashuvidir. Lekin, zarrachalar o`rtasida, yuz beradigan har qanday to`qnashuv ham yangi modda hosil bo`lishiga olib kelavermaydi. Juda kamchilik to`qnashuvlargina kimyoviy o`zgarishlarga olib keladi. Bunday to`qnashuvlar "aktiv to`qnashuv" deyiladi. Bunda A + V AV aktiv to`qnashuv tufayli dastlabki A va V moddalar molekulalari tarkibidagi "eski" kimyoviy bog`lar uzilib, yangi bog`lar hosil bo`ladi. Bu jarayon amalga oshishi paytida oraliq modda - "aktiv kompleks" hosil bo`ladi: Ana shunday "aktiv to`qnashuv" ro`y berishi uchun zarrachalar odatdagidan yuqoriroq energiyaga ega bo`lishi kerak. Zarrachalar o`rtasida aktiv to`qnashuv uchun zarur bo`lgan eng kam energiya miqdori kimyoviy reaksiyaning aktivlanish energiyasi deyiladi. Aktivlanish energiyasi E akt holida belgilanadi, kkal/mol yoki kj/mol birliklarda o`lchanadi. E akt kimyoviy reaksiyalarning asosiy kinetik harakteristikasi hisoblanadi. Aktivlanish energiyasi va reaksiyaning yo`nalishi o`rtasidagi bog`lanish aktivlanish energiyasi grafigi deyiladi. Yuqoridagi umumiy tenglama bilan ifodalanuvchi reaksiya yo`nalishi va aktivlanish energiyasi o`zgarishi o`rtasidagi bog`lanish (grafik) 11-rasmda keltirilgan. Grafikdan ko`rinib turibdiki, E aktivlanish energiyasi dastlabki moddalarni reaksiya mahsulotiga aylanishidagi asosiy energetik "to`siq" dir. Agar bu "to`siq" ning balandligi (E akt - qiymati) qanchalik kichik bo`lsa, kimyoviy reaksiya shunchalik tez va oson amalga oshadi. Ma`lumki, reaksiya boradigan sistema temperaturasi oshishi reaksiya tezligini ortishiga, ya`ni berilgan issiqlik energiyasi zarrachalarning aktiv to`qnashuvi uchun zarur bo`lgan energiyaga tezroq etishiga olib keladi. Bu o`z navbatida zarrachalarning (E akt - energiyasiga teng bo`lsa) to`siqdan "tez o`tishiga", ya`ni reaksiya qisqa vaqtda sodir bo`lib, ko`p mahsulot hosil bo`lishiga sabab bo`ladi, shuning uchun reaksiya tezligi temperatura ortishi bilan keskin o`zgaradi. To`g`ri reaksiya uchun ham (E to`g`ri ), teskari reaksiya uchun (E teskari ) ham aktivlanish energiyasining o`ziga xos qiymati bor. Ko`pchilik hollarda E to`g` < E tes bo`ladi. Bu energiyalar o`rtasidagi farq E teskari - E to`g`ri = N kimyoviy reaksiyaning issiqlik effektiga teng bo`ladi. Reaksiyalar tezligi E akt qiymatiga bevosita bog`liq. Agar reaksiyaning E akt < 40 kj/mol bo`lsa, bu reaksiya juda tez boruvchi reaksiya bo`ladi. Bularga ionlar o`rtasidagi reaksiyalar, enish, portlash reaksiyalari misol bo`ladi. Ba`zi hollarda bu reaksiyalarning tezligini o`lchab ham bo`lmaydi. Agar reaksiya uchun 40 kj/mol < E akt < 120 kj/mol bo`lsa, bular o`rtacha tezlikda boruvchi reaksiyalar bo`lib, ularning tezligini laboratoriya sharoitida o`rganish mumkin. Masalan: Na 2 S 2 O 3 + H 2 SO 4 Na 2 SO 4 + SO 2 + H 2 O + S reaksiya Agar E akt > 120 kj/mol bo`lsa, bu reaksiyalar juda qiyin va uzoq davom etadigan reaksiyalardir. Bu reaksiyalarni amalga oshirish qiyin yoki ularni tezligini oshirish uchun katta energiya sarflash kerak. Odatda, hozirgi zamon texnologiyasi uchun bunday reaksiyalar yaroqsizdir. Download 227.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling