V – Ma’ruza. Kimyoviy kinеtika va kimyoviy muvozanat


Kimyoviy muvozanatning siljishi. Le-SHatele prinsipi


Download 227.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana02.06.2024
Hajmi227.39 Kb.
#1834749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kimyoviy kinеtika va kimyoviy muvozanat

Kimyoviy muvozanatning siljishi. Le-SHatele prinsipi.
Agar muvozanatda turgan sistemaning biror parametri yoki reaksion 
muhitning sharoiti o`zgartirilmasa, sistema uzoq vaqt mobaynida bu muvozanat 
holatida turaveradi. Agar shu sistemaning biror parametri (sharoiti) o`zgarsa, 
sistemaning 
muvozanat 
holati 
buziladi. 
Boshqacharoq 
aytganda 
V
to`g`ri
V
teskari 
(muvozanat holat) sharti o`zgarib, V
to`g`ri 
= V
teskari
bo`lib qoladi. Bu 
holat faqatgina quyidagi ikki shart: V
to`g`ri 
> V
teskari
yoki V
to`g`ri
. < V
teskasri
dan biri 
amalga oshganda ro`y beradi. Bunga kimyoviy muvozanatning siljishi deyiladi. 
Muvozanat o`ngga yoki chap tomonga siljiydi. Sistema kimyoviy muvozanati 
moddalar konsentratsiyalari (s), bosim (R) va temperatura (T) o`zgarganda siljishi 
mumkin. Bu faktorlarning muvozanatni siljishiga qanday ta`sir etishini ko`rib 
chiqamiz.
Kimyoviy muvozanat siljishiga moddalar konsentratsiyasining ta`siri.
Agar ammiak hosil bo`lishi reaksiyasida (muvozanatda turgan) dastlabki 
moddalardan N
2
(yoki N
2
) ning konsentratsiyasini oshirsak massalar ta`siri 
konuniga ko`ra V
to`g`ri 
= K
to`g`ri 
[N
2
]*[H
2
]
3
ifodaga muvofiq to`g`ri reaksiya tezligi 
ortishiga olib keladi. Bunda sistemada N
2
va H
2
ning miqdori kamaya boshlaydi. 
NH
3
miqdori muvozanat holatidagi nisbatan ortadi. Reaksion aralashmada NHz 
miqdorining ortishi o`z navbatida teskari reaksiya NH
3
N
2
+ 3H
2
tezligi 
V
tekari
ortishiga sabab bo`ladi va ma`lum vaqtdan so`ng sistemada yangi muvozanat 
holati qaror topadi.
Bu muvozanatda turgan sistemada yana N
2
(yoki N
2
)ning miqdorini 
oshirsak yana xuddi yuqoridagi singari holat qaytariladi. Kimyoviy muvozanat 
o`ng tomonga siljiydi (V
to`g`ri 
> V
teskari
) va yana qaytadan muvozanat qaror topadi 
(V
teskari 
= V
to`g`ri
).
Agar sistemada reaksiya mahsuloti NH
3
ning miqdori oshirilsa, muvozanat 
teskariga - chapga siljiydi (V
to`g`ri 
< V
teskari
) va yana qaytadan muvozanat qaror 
topadi.
Umuman, 
muvozanatda 
turgan 
sistemada 
dastlabki 
moddalar 
konsentratsiyasining ortishi bu moddalar miqdorini kamaytiruvchi reaksiya tezligi 
ortishi (V
to`g`ri 
> V
teskari
) ga olib keladi, muvozanat o`ngga, ya`ni reaksiya 
mahsulotlari miqdori ortishi tomonga siljiydi.
Reaksiya mahsulotlaridan birining miqdorini ortishi, shu mahsulot miqdorini 
kamaytiruvchi reaksiya, ya`ni dastlabki moddalar hosil bo`lish reaksiyasi (V
to`g`ri 

V
teskari
) tezligi ortishiga, muvozanatni chapga siljishiga olib keladi.
Yuqorida aytilgan misolimizda dastlabki moddalar konsentratsiyalarining 
kamayishi teskari reaksiya, V
teskari 
< V
to`g`ri
ortishiga, ya`ni shu moddalar miqdorini 
oshiruvchi reaksiya tezligi ortishiga olib keladi.
Hosil bo`lgan mahsulot NH
3
- ning miqdorini kamayishi V
to`g`ri 
> V
teskari
ga 
olib keladi, muvozanat o`ngga siljiydi.


Aksariyat hollarda, gazsimon moddalar ishtirokida boruvchi reaksiya 
(sistema) larda bosim o`zgarishining kimyoviy muvozanat siljishiga ta`siri ham 
xuddi yuqorida bayon etilgandek tushunilishi kerak.
Azot, vodorod va ammiakdan iborat kimyoviy muvozanatda turgan 
sistemaning umumiy bosimi 3 marta (sistema hajmini 3 marta kamaytirish bilan) 
oshirilganda muvozanat qaysi tomonga siljishini tahlil etaylik.
Bunda, bosimning 3 marta ortishi gazsimon moddalarning miqdori 3 marta 
ortshiga va muvozanat siljishiga sabab bo`ladi. Natijada muvozanat qaysi tomonga 
siljiydi? Shu savolga javob beraylik.
Bosim o`zgarishigacha barcha moddalar konsentratsiyasi: [N
2
]
muv.
, [H
2
]
muv.

[NH
3
]
muv.
Reaksiyalar tezliklari:
V
to`g`ri 
= K [N
2
]
muv.
*[H
2
]

muv.
va V
teskari 
= K [NH
3
]

muv.
Gazlarning bosimi 3 
marta oshirilganda ularning konsentratsiyalari: 3[N
2
]
muv.
; 3[H
2
]
muv.
va 3[NH
3

bo`ladi. Har bir reaksiyaning tezligi:
V
to`g`ri 
= K(3[N
2
]
muv.
) (3[H
2
]
muv.
) = 81 K[N
2
]
muv.
[H
2
]
muv.
V
teskari
=K(3[NH
3
]
muv.
) = 9K[NH
3
]
muv.
bo`ladi.
Demak, sistema bosimining 3 marta ortishi to`g`ri reaksiya tezligini 81 
martaga, teskari reaksiya tezligini esa 9 marta ortishiga olib kelar ekan. Natijada 
to`g`ri reaksiya tezligi teskari reaksiya tezligidan 3 marta yuqori bo`lib, muvozanat 
buzilib (V
to`g`ri 
>> V
teskari
bo`lgani uchun) o`ngga siljiydi.
Bu holat reaksiya tenglamasining o`ng va chap tomonlaridagi stexiometrik 
koeffitsientlar (1 mol N + 3 mol H = 2 mol NH
3
) yig`indisi (4 mol mol) o`zaro 
teng bo`lmagani uchun ro`y beradi. Agar tenglamada dastlabki moddalar "mol" lar 
soni hosil bo`lgan moddalar "mol" lari soni bilan teng bo`lsa, masalan H
2
+ Cl
2

2HCl (1 mol + 1 mol = 2 mol) bosimning o`zgarishi sistema muvozanatini 
o`zgaruviga olib kelmaydi. Lekin tenglamadagi moddalardan birortasining 
konsentratsiyasi o`zgarishi, muvozanatni u yoki bu tomonga siljitgan bo`lar edi.
Yuqoridagilarga asosan xulosa qilsak, sistema hajmini kamaytirish bilan 
bosimning ortishi kimyoviy muvozanatni gaz molekulalari soni kamayadigan 
tomonga, ya`ni bosim kamayadigan tomonga siljitadi. Bosimning kamayishi esa 
muvozanatni bosim ortadigan tomongan siljitadi. Reaksiyaning o`ng va chap 
tomonlaridagi stexiometrik koeffitsientlar yig`indisi o`zaro teng bo`lsa, bosimning 
o`zgarishi muvozanat siljishiga ta`sir etmaydi.

Download 227.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling