V – Ma’ruza. Kimyoviy kinеtika va kimyoviy muvozanat


Download 227.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana02.06.2024
Hajmi227.39 Kb.
#1834749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kimyoviy kinеtika va kimyoviy muvozanat

Temperaturaning ta`siri
Kimyoviy muvozanat siljishiga temperaturaning ta`siri reaksiyaning 
endotermik yoki ekzotermik ekanligiga, ya`ni reaksiyaning issiqlik effektiga 
bog`liq bo`ladi.
Agar ammiak hosil bo`lishi reaksiyasining o`rganishni davom ettiradigan 
bo`lsak:
N
2
+ 3H
2
2NH
3
- H = - 46,2 kj/mol. Bu reaksiya issiqlik chiqishi 
bilan boradi, ekzotermik reaksiya ( H < O). Bu sistemada temperaturani oshirsak 
temperatura yutilishi bilan boradigan reaksiya 2NH
3
N
2
+ 3H
2
tezligi ortadi 
(V
to`g`ri 
< V
teskari
) va muvozanat chap ga siljiydi.


Temperatura pasaytirilsa, issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiya to`g`ri 
tezligi ortadi (V
to`g`ri 
> V
teskari
) va muvozanat o`ngga NH
3
hosil bo`lishi tomonga 
siljiydi.
Har qanday muvozanatda turgan sistemada temperaturaning ortishi 
endotermik reaksiya tezligi ortishiga, temperaturaning pasayishi - ekzotermik 
reaksiya tezligi ortishiga olib keladi.
Ko`rib chiqilgan kimyoviy muvozanat siljishiga uch faktor ta`siridan 
umumiy xulosa: agar muvozanatda turgan sistemaga tashqaridan ta`sir etilsa 
(moddalar konsentratsiyasi, bosimi, temperatura o`zgartirilsa) sistema o`z 
muvozanatini shu ta`sir kamayadigan reaksiya borishi tomoniga siljitadi. Buni 
kimyoviy muvozanat siljishi to`g`risida Le-Shatele prinsipi (yoki qoidasi) deyiladi. 
Bu qoida har qanday kimyoviy muvozanatda turgan reaksiya (texnologik jarayon) 
uchun qo`llanilib, jarayonlar borishini boshqarishning asosini tashkil etadi.
Takrorlash uchun savollar.
1. Kimyoviy kinetika deganda nimani tushunasiz?
2. Reaksiya tezligi nima?
3. Moddalar massalari ta`siri qonunining mohiyatini tushuntiring.
4. Vant-Goff qoidasini tushuntiring.
5. Aktivlanish energiyasi nima, uning ahamiyati nimadan iborat?
6. Katalizator nima? Uning asosiy "vazifa"si nimadan iborat?
7. Gomogen va geterogen kataliz deganda nimani tushunasiz?
8. Ingibitorlar nima?
9. Reaksiyaning molekulyarligi va tartibi deganda nimani tushunasiz?
10.Zanjir reaksiyalar haqida izoh bering.
11. Qaytar va qaytmas reaksiyalar deb qanday reaksiyalarga aytiladi.
12. Kimyoviy muvozanat nima?
13. Muvozanat doimiysi nima va uning fizik ma`nosi nimada?
14. Le-Shatele prinsipining mohiyatini tushuntiring.
15. Muvozanatga temperatura ta`sirini tushunish uchun nimaga e`tibor berish 
kerak?
16. Qanday sistemalarda muvozanatning siljishi bosimga bog`liq emas?
17. Muvozanatning siljishiga:
a) dastlabki moddalar miqdorining ortishi qanday ta`sir etadi?
b) dastlabki moddalar miqdorining kamayishi qanday ta`sir etadi?
v) mahsulotlar miqdorining ortishi qanday ta`sir etadi?
g) mahsulotlar miqdorining kamayishi qanday ta`sir etadi?
 
 

Download 227.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling