V – Ma’ruza. Kimyoviy kinеtika va kimyoviy muvozanat


REAKSIYA TEZLIGIGA TA`SIR ETUVCHI OMILLAR


Download 227.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana02.06.2024
Hajmi227.39 Kb.
#1834749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kimyoviy kinеtika va kimyoviy muvozanat

REAKSIYA TEZLIGIGA TA`SIR ETUVCHI OMILLAR
Kimyoviy reaksiyalarning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar 
konsentratsiyasiga, bosimga, temperaturaga, katalizatorga va moddalarning 
tabiatiga, agregat holatiga (qattiq moddalar uchun maydalanish darajasi - 
dispersligiga) bog`liq bo`ladi.
Moddalar konsentratsiyasining ta`siri
Ma`lumki, moddalar bir turdan ikkinchi turga o`tishi, ya`ni kimyoviy 
reaksiya borishi uchun reaksiyada ishtirok etuvchi moddalar molekulalari o`zaro 
to`qnashuvi kerak. Agar biror hajm (yoki yuza) birligida ma`lum vaqt oraligida 
zarrachalarning o`zaro to`qnashuvlar soni qanchalik ko`p bo`lsa, yangi modda 
hosil bo`lishi ham shunchalik ko`p bo`ladi. O`z - o`zidan ayonki, zarrachalar soni 
bevosita moddalarning konsentratsiyasi (hajm birligiga to`g`ri keladigan "mol" lar 
soni) ga bog`liq bo`lgani uchun reaksiyaning tezligi bevosita moddalarning 
konsentratsiyasiga bog`liq bo`ladi. Yuqoridagi bog`liqlikni K.M.Guldberg va 
M.Vaage (1867 y) o`rganib turli reaksiyalar uchun moddalar massalari ta`siri 
qonunini kashf etgan.
Bu qonunga ko`ra: kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi 
moddalar konsentratsiyalari ko`paytmasiga to`g`ri proporsionaldir. Bu qonun 
kimyoviy kinetikaning asosiy qonuni deyiladi va aA + vV 
rS + dD reaksiya 
uchun uning matematik ifodasi:
(to`g`ri reaksiya uchun)
(teskari reaksiya uchun) holida yoziladi.
Agar 
reaksiyada 
gazsimon 
moddalar 
ishtirok 
etayotgan 
bo`lsa, 
konsentratsiya o`rniga har bir gazning parsial (xususiy) bosimi yoziladi:
va
Agar reaksiyada qattiq modda ishtirok etsa:


FeO
q
+ H
2(g)
H
2
O
(g)
+ Fe
reaksiyasi uchun tezlik ifodasi V
to`g`ri
= K*
ko`rinishida bo`ladi, ya`ni tezlik 
formulasida qattiq modda konsentratsiyasi yozilmaydi. Chunki, qattiq modda 
reaksiyada faqat sirti bilan reaksiyaga kirishadi va bunda uning konsentratsiyasi 
o`zgarmas bo`lib doimo "1 mol/l" ga teng deb olinadi va odatda "1" raqami 
formulalarda yozilmaydi, ya`ni [S
(qattiq)
= const = 1 mol/l].
Yuqoridagi formulalarda S - moddalarning molyar konsentratsiyasi (mol/l); 
R- gazlarning parsial bosimi, K- reaksiyaning tezlik doimiysidir.
K - tezlik doimiysi har bir reaksiya uchun asosiy miqdoriy kinetik kattalik 
bo`lib, uning ma`nosi reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalar C
A
= C
B

1 mol/l bo`lganda kimyoviy reaksiya tezligi deyiladi va u holda V = K bo`ladi. 
Ba`zi hollarda K ni solishtirma tezlik ham deyiladi.
K - har bir reaksiya uchun o`ziga hos qiymatga ega bo`ladi. Uning qiymati, 
asosan, 
reaksiyaga 
kirishuvchi 
moddalarning 
tabiatiga, 
temperaturaga, 
katalizatorga bog`liq bo`lib, moddalarning konsentratsiyasi (yoki parsial bosimi) 
ga bog`liq bo`lmaydi.

Download 227.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling