Va ularni olish usullari
Download 122.22 Kb.
|
Reja m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar-fayllar.org
Reja: m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar 4-ma’ruza. Bilimlar. Bilimlarning tiplari, xususiyatlari, tushunish darajalari va ularni olish usullari Reja: 1. M a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar. 2. Bilimlarning tiplari va bilimlarni sinflash. 3. Bilimlarning xususiytlari. 4. Bilimlarni tushunish darajalari. 5. Bilimlarni olish usullari va aspektlari. 6. M a’lumotlar bazasidan bilimlarni ajratib olish usullari Tayanch iboralar: M a’lumotlar (Data), bilim (knowledge), bilimlarni namoyish qilish (knowledge representation), protsedurali axborot (procedural information), mashina s o ’zi (computer word), bit (bit),bayt (byte), abstraktli m a ’lomotlar tipi (abstract data types), m a ’lumotlar bazasi (data base), m a ’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT)-(data base management systems), база знаний (knowledge base), Bilimlar muhandisi (knowledge engineering), interfeysli bilimlar (interface knowledge), muammoli bilimlar (the problem o f knowledge), protsedurali bilimlar (procedural knowledge), strukturali bilimlar (structural knowledge), metabilimlar (metaknowledge), sintaktika (syntactics), semantika (semantics), pragmatika (pragmatics), extensial bilimlar (extensional knowledge), intensional bilimlar (intensional knowledge), deklarativli bilimlar (declarative knowledge), bilimlarni namoyish etishning mantiqiy modeli (logical methods o f knowledge representation), bilimlarni namoyish etishning evristik modeli (heuristic methods o f knowledge representation), mulohazalarni hisoblash (propositional calculus), 1-tartibli predikatlar mantiqi (predicate logic o f the 1st order, ichki izohlanuvchanlik (internal interpretability), strukturalashtirilganlik (structured), bog’langanlik (coherence), semantil metrika (semantic metric), faollik (activity), bilimlarni tushunish darajalari (level sofunder standing knowledge), bilimlarni metatushunish (metaunder standing o f knowledge) 73 M a ’lumotlar -b u alohida faktlar bo’lib, predmet soha(PrS)dagi obyektlar, jarayonlar va hodisalarni hamda ularning xossalarini tavsiflaydi. Bilimlar - bu PrSdagi obyektiv qonuniyatlar (prinsiplar, aloqalar, qonunlar) bo’lib, ular amaliy faoliyat va professional tajribalar natijasida olinadi va mutaxassislarga ushbu sohada masalalarni qo’yish va yechishga imkoniyat yaratadi. Bilimlar - bu yaxshi strukturalashgan ma’lumotlar, yoki ma’lumotlar haqidagi ma’lumotlar, yoki metama’lumotlar. Katta sovet ensiklopediyasida bilimga quyidagicha ta’rif bergan: «Bilim - haqiqylikni anglash natijalarining amaliyotda tekshirilganligi va unung inson miyasida to ’g ’ri aks ettirilganligidir. Bilimlar hayotiy, ilmiylikka asoslanmagan, badiiy, ilmiy (nazariy va empirik)» bo ’lishi mumkin[1]. SI sohasidagi tadqiqotlarning asosi bilimlar bilan bog’liq yondashuvdan iborat. SIning bazaviy paradigmalari asosan bilimlar hisoblanadi. Bilim tushunchasi boshqa ko’plab fundamental ilmiy tushunchalar (algoritm, intellekt, faoliyat va h.k) kabi intuitiv shaklda aniqlanadiganlar tipiga kiradi. Ba’zi PrS haqidagi bilimlar ushbu PrSdagi obyektlar haqidagi ma’lumotlar majmuasidan, ushbu sohadagi obyektlarning muhim xossalaridan va ularni bog’lovchi munosabatlardan, jarayonlar hamda unda vujudga keladigan vaziyatlardan hamda ushbu vaziyatlar bilan bog’liq muammolarni tahlil qilishdan iborat [1]. Bilim tushunchasi ma’lumot yoki axborot tushunchasidan qanday farq qiladi? Bilim - bu tashqi olamdan tirik mavjudod (subyekt) yordamida idrok etilgan axborotlar. Bilimning m a ’lumotdan farqli tomoni uning subyektivligidadir [2]. Bilim subyektning hayotiy tajribalariga, uning tashqi olam bilan o’zaro aloqalar tarixiga, ya’ni uning o’rganish va o’zini-o’zi o’rganish jarayonlariga asoslanadi. SI bo’yicha yaratilgan adabiyotlarga asoslangan holda bilimning ma’lumotlardan farqli tomonlarini quyidagicha ko’rsatish mumkin [2-4]: • bilimlar ko’proq strukturalashgan bo’ladi; • bilimlarda ma’lumotlarga o’xshab bilimlarning alohida elementlari emas, balki ular orasidagi o’zaro bog’liqlik muhim ahamiyatga ega; • bilimlar ma’lumotlarga nisbatan o’zini-o’zi izohlovchi bo’ladi, ya’ni bilimlarda ulardan qanday foydalanish haqidagi axborotlar mavjud bo’ladi; • bilimlar m a’lumotlarga nisbatan faolroq bo’ladi, ya’ni bilimlar ulardan foydalanayotgan tizim harakatiga ta ’sir etishi mumkin. Shuni ta ’kidlash joizki, bilimlar bilan m a’lumotlar orasida qat’iy chegara yo’q, chunki oxirgi 20 yillar mobaynida m a’lumotlar bazalarini boshqaruvchi tizilarni yaratuvchilar m a’lumotlarni va bilimlarni bir-biriga o’xshash qilib qo’ydilar. Misol sifatida m a’lumotlar bazalarini loyihalashda semantik to ’rlarni qo’llash, obyektga yo’naltirilgan m a’lumotlar bazalarining paydo bo’lishi, saqlanuvchi protseduralar va h.k.larni keltirish mumkin. Shunday qilib, bilimlarning m a’lumotlardan yuqorida keltirilgan farqli 74 Download 122.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling