Va ularni olish usullari
Download 122.22 Kb.
|
Reja m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar-fayllar.org
4. Semantik metrika. Ba’zi hollarda axborot birliklar to'plamida axborot
birliklarning holatiy yaqinligini xarakterlovchi munosabatini, ya’ni axborot birliklar orasidagi assotsiativ bog'lanish kuchini berish foydali. Uni axborot birliklar uchun relevantlik munosabati deyish mumkin. Bunday munosabat axborot bazada qandaydir namunaviy vaziyatni ajratish imkonini beradi (masalan, «harid», «chorrahada harakatni boshqarish»). Relevantlik munosabatlari axborot birliklar bilan ishlaganda topilgan bilimlarga yaqin bilimlarni topishga imkon beradi. 5. Faollik. EHMlarning paydo bo'lishi va ularda ishlatiladigan axborot birliklarning ma’lumotlarga va buyruqlarga ajratilishidan boshlab ma’lumotlar passiv, buyruqlar esa faol vaziyatda yuzaga keldi. EHMda sodir bo'ladigan barcha jarayonlar buyruqlar yordamida amalga oshiriladi, ma’lumotlar esa bu buyruqlar tomonidan kerak bo'lganda foydalaniladi. ITlar uchun bu vaziyat yaroqli emas. Insondagi kabi ITlarda u yoki bu harakatni faollashtirishga tizimda mavjud bilimlar yordam beradi. Bazada faktlar yoki voqealar tavsiflarining paydo bo'lishi, bog'lanishlarni o'rnatish tizim faolligining manbai bo'lishi mumkin [11-15]. Axborot birliklarning sanab o'tilgan beshta xususiyatlari shunday qirralarini aniqlaydiki, qaysikim ma’lumotlar bilimlarga va MB esa BBga aylanadi. Bilimlar bilan ishlashni ta’minlaydigan vositalar majmuasi BBni boshqarish tizimlarini hosil qiladi. Hozirgi paytda ichki izohlanishlar, strukturalashtirish, bog'liqliklar to'liq ifoda qilingan BB mavjud emas, semantik o'lchov kiritilgan va bilimlarning faolligi ta’minlangan. 4. Bilimlarni tushunish darajalari Mavjud ITlarda beshta asosiy tushunish darajalarini va ikkita metatushunish darajalarini ajratish mumkin [2-4]. Birinchi daraja matndan kiritilgan savollarga javobni tizim to’g’ridan- to’g’ri ma’nosiga asoslanib shakllantirish sxemasi bilan xarakterlanadi. Masalan, tizimga «Nonushtadan keyin, soat sakkizda, Zarrux maktabga ketdi. Soat ikkida u uyga qaytdi. Tushlikdan keyin u sayr qilishga ketdi» matni kiritilgan bo’lsa, u holda birinchi tushunish darajasida tizim «Zarrux qachon maktabga ketdi?», «Tushdan keyin Zarrux nima qildi?» kabi savollarga javob bera olishi kerak. Lingvistik protsessorda matn va unga taaluqli savollarning morfologik, sintaktik va semantik tahlillari amalga oshiriladi. Lingvistik protsessorning chiqishida matn va 81 savollarning chiqarish bloki ishlay oladigan ichki ifodalari hosil bo’ladi. Maxsus protseduralardan foydalanib bu blok javobni hosil qiladi. Boshqacha aytganda, birinchi darajali tushunishda ITdan ma’lumotlarni ifodalash va bu ma’lumotlarga xulosa chiqarishning ma’lum vositalarini talab qiladi. Ikkinchi daraja: Ikkinchi darajada matndagi ma’lumotlarga asoslangan mantiqiy xulosa qilish vositalari qo’shiladi. Bular matnda yaqqol mavjud bo’lmagan axborotlarni tug’dirish imkoniga ega bo’lgan matndagi turli xil mantiqlardir(vaqtli, fazoli, kauzual va sh.k.). Bizning misolda ikkinchi darajada «Nima oldin bo’ldi: Zarruxning maktabga ketishimi yoki uning tushlik qilishimi?» yoki «Zarrux maktabdan kelgandan keyin sayr qildimi?» kabi savollarga to’g’ri javob hosil qilish mumkin. IT matnning vaqt strukturasini tuzibgina qolmay, bu kabi savollarga javob berishi lozim. Uchinchi daraja: Ikkinchi daraja vositalariga atrof - muhit haqidagi tizimlar bilimlari bilan matnni to’ldirish qoidalari qo’shiladi. ITda bu bilimlar mantiqiy xarakterga ega bo’ladi va boshqa turdagi protsedura va senariyalar ko’rinishida qayd qilinadi. Uchinchi tushunish darajasida IT «Zarrux ertalab soat sakkizda qayerda bo’lgan?» yoki «Soat ikkida Zarrux qayerdan keldi?» kabi savollarga javob bera olishi kerak. Buning uchun «maktabda bo’lish» jarayoni nimani bildirishini, xususan, bu jarayon uzluksiz va unda ishtirok etuvchi subyekt hamma vaqt «maktabda» bo’lishini bilish kerak. Uchinchi darajali tushunish amalga oshiriladigan IT strukturasi tashqi tomondan ikkinchi daraja sxemasidan farq qilmaydi. Biroq mantiqiy blokda nafaqat sof deduktiv xulosalash vositalari, balki senariylar bo’yicha xulosalash vositalari ham ko’zda tutilishi kerak. Sanab o’tilgan uchta tushunish darajalari amalda ishlayotgan barcha ITlarda amalga oshirilgan. Birinchi daraja va qisman ikkinchi daraja turli xil tabiiy tilda muloqot qilish tizimlariga kiradi. Tushunishning keyingi ikkita darajasi mavjud ITlarda qisman amalga oshirilgan. Download 122.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling